E chemberlin (1899-1967) va J. Robinsonning (1903-1983) monopolistik raqobat nazariyalari. Reja: Kirish



Yüklə 42,05 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü42,05 Kb.
#207881
  1   2   3   4

E.CHemberlin (1899-1967) va
J.Robinsonning (1903-1983) monopolistik raqobat nazariyalari.
Reja:
Kirish
1. Nomukammal bozorning xususiyatlari
2. E.Chemberlinning monopolistik raqobat nazariyasi
3. J.Robinsonning iqtisodiy ta’limoti
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Monopolistik raqobat — bu koʻpgina sotuvchilar oʻxshash boʻlgan, ammo bir xil boʻlmagan tovarlarni taklif qiluvchi bozor turi hisoblanadi[1][2]. Monopolistik raqobat va monopoliya nomlari oʻxshash hisoblansa-da, amalda bu ikki raqobat turi keskin farq qiladi. Bunday raqobat turi dastlabki qarashda sof raqobatlashgan elementlariga ega boʻlsa-da, nomukammal raqobatlashgan bozorlar(monopollashgan bozor) turiga kiradi. Monopolistik raqobatda ham faoliyat yurituvchi firmalar nisbatan koʻp, yangi firmalarni bozorga kirib kelishi yoki unda harakat qiluvchi firmalarning undan chiqib ketishida kichik cheklovlar mavjud. Lekin, bu raqobat turi baribir erkin bozordan farq qiladi. Farqi shundaki, monopol raqobatlashgan bozordagi mahsulot tabaqalashgan, yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarni har bir firma oʻziga xos ravishda ishlab chiqarib sotadi va uning mahsuloti boshqa firmalarning mahsulotidan sifati, koʻrinishi, xizmat koʻrsatish turi, uslubi, foydalanilgan materiallari va brendi bilan farq qilishi mumkin. Tovarning differensiallashuvi deganda bozorda sotiladigan tovarni turli xilligi, yagona qolipda emasligi tushuniladi. Har bir firma oʻz mahsulot markasiga ega boʻlganligi sababli maʼlum darajada bozor hokimiyatiga ega boʻladi. Masalan, har bir shaharda fast foodlar, restoranlar va non mahsulotlari(xususan, pishiriqlar) sotadigan joylar bor. Bu iqtisodiy subyektlar deyarli bir turdagi ehtiyojni qondiruvchi turli-xil mahsulotni sotadi. Toshkent shahridagi Feed Up, Oq-Tepa Lavash va Evos kabi fast foodlar oʻxshash menyuga (lavash, burger, kartoshka fri va boshqa isteʼmol tovarlari) ega boʻlsa-da, shakl, taʼm, xizmat koʻrsatish va narxiga koʻra oz boʻlsa-da farq qiladi.

Yüklə 42,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin