E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi


Mustaqil bajarish uchun vazifa



Yüklə 112 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/64
tarix07.01.2024
ölçüsü112 Kb.
#211287
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

Mustaqil bajarish uchun vazifa
\.
2 -3 yoshli bolalar guruhida geometrik jism lar yordam ida o ‘tkaziladigan 
m ashg‘ulotlami kuzatib, gum h tarbiyachisining:
a) bolalarga kub va sham i quticha teshigiga tushirish;
b) g‘ishtcha va uch qirrali prizma ‘4om ”ni quticha teshikchalariga tushirish;
v) yassi jism lam i teshiklarga tushirishni o ‘rgatish tajribalarini yoritib, o ‘z
xulosalaringizni yozib bering.
2. 
Quyidagi savollarga javob topib, mavzu b o ‘yicha m unozaraga 
tayy'orlaning:
1) ilk yoshdagi bolalar sensor tarbiyasining zarurligi;
2) sensor tarbiyaning vazifalari;
3) sensor tarbiyaning metodlari;
4) ilk yoshdagi bolalam ing shaklni idrok qilishi;
92


5) bolalami narsalam ing shakli, rangi bilan tanishtirish;
6) ularga turli geom etrik jism lam i taqqoslashni qanday o‘rgatish kerak?
7) bolalarni shakli ikki xil narsalar: qo‘ziqorin, ko‘zachalar, bayroqchalar, 
kubchalar nam unasiga qarab tanlashga qanday o ‘rgatamiz?
3.7. M a k tab g a ch a yoshdagi b o la lar o ‘sishining 
um um iy s h a rt-s h a ro itla ri
Uch yoshli bolalarga to‘g ‘ri tarbiya berish, ta ’sir o ‘tkazish, ulam ing 
harakatlarini maqsadga muvofiq yo‘naltirish orqali ularda mustaqil holda 
ovqatlanish, kiyinish, yuvinish, o ‘z o‘mini yig'ishtirish ko'nikm alarini tarkib 
toptirishga, 
ayrim 
topshiriq 
va 
vazifalami 
puxta 
bajarish 
malakasini 
shakllantirishga erishish mumkin. Mazkur yosh xususiyatlarini tadqiq qilgan 
N .M .Shchelovanov, D.B.Blkonin va boshqalam ing fikricha, bolaning uch 
yoshgacha o ‘sishida erishgan yutuqlari uning xulq-atvorini, bilish jarayonlarini 
sifat jihatdan ancha o ‘zgartirib yuboradi. Shunga qaramay, bolaning o‘sishiga 
kattalam ing ta ’siri, roli yetakchiligicha qolaveradi, lekin asta-sekin o'sib borishi 
mustaqilroq boMishini ta ’minlaydi. Ammo maktabgacha yoshdagi mustaqillik 
ko'pincha bolaning amaliy faoliyatda uncha kuchli bo4m agan shaxsiy imkoniyati 
doirasida kattalar yordam isiz harakat qilishida, nisbatan oz uchrasa-da, tobelikdan 
qutuiish tuyg'usida ro‘yobga chiqadi.
Bolaning mustaqilligi faqat uning jism oniy va aqliy imkoniyatida, kuchi 
yetadigan jarayonga nisbatan o ‘z munosabatini kattalaming ko'm agisiz amalga 
oshirishida emas, balki o‘zining kuch-quw ati, qurbi yetmaydigan, muayyan 
amaliy ko'nikm alarini egallay olmagan turmush muammolarini hal etishida ham 
ko'rinadi. M azkur psixologik holatning o ‘ziga xos jihatlari Elza Keller, 
N.A.M enchinskaya, 
V.S.Muxina, 
E.G‘oziev 
va 
N.Sodiqxo‘jaevalam ing 
mamlakatimizda, chet ellarda mashhur ona kundaliklarida yoritilgan hamda 
batafsil tahlil qilingan.
M aktabgacha yoshga qadar bolalam ing psixologik xususiyatlari yuzasidan 
mulohaza yuritishda kimning ilmiy tadqiqoti va asari boMishidan qat’i nazar, unda 
vujudga keladigan xohish, istak hamda niyatning qondirilishi individni kamol 
toptirishga, shakllantirishga qaror qilgan kattalar tomonidan amalga oshiriladi va 
boshqariladi. Mana shu yosh davrida namoyon boMadigan tarbiya jarayonidagi 
ayrim qiyinchiliklam ing tashqi va ichki alomatlari (belgilari) ham psixologik
93


ladqiqotlarda va ilmiy-psixologik adabiyotdarda k o kp marta ta’kidlangan bo'lib, 
birinchi navbatda o ‘jarlik, negativizm, qaysarlik, injiqlik kattalam ing bolalar 
nazarida obro^sizlanishi va qadrsizlanishi kabi illatlar bilan bogMiqdir. Q ator 
ilmiy-psixologik manbalarda aytilishicha, shu yoshdagi bolalarning his-tuyg‘ulari 
na irodasida muhim o'zgarishlar sodir bo‘ladi va bulam nng hammasi boladagi 
xudbinlik, o ‘ziga bino q o ‘yish, aksilijtimoiy mayl, urinish, qaysarlik, rashk kabi 
tllatlarda yaqqol aks etadi.
N.A.M enchinskaya, 
V.S.M uxinalaming 
oqilona 
m ulohazalariga 
qaraganda, bolalardagi injiqliklam ing bosh omili atrofdagi odam lam ing ular 
shaxsiga adolatsiz, noto‘g‘ri, mensimay munosabatda boMishidan iboratdir, 
bizningcha, o lzini tan oldirishga intilish ham bunga sababdir.
Kichik maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini 
o ‘rgangan A.N.Golubevaning fikricha, noqulay sharoitda bolaga tarbiyaviy ta ’sir 
ko‘rsaiish unda o'jarlikni paydo qiladi. Shuningdek, bu yoshdagi bolalarning 
o'jarligi doimiy boMmaydi, masalan, o ‘z tengdoshlariga nisbatan o'jarlik qilish 
ahyon-ahyondagina ro‘y beradi, ular asosan katta yoshdagi odam larga, shunda 
ham muayyan tarbiyachiga yoki oila a ’zolarining birortasiga o'jarlik qiladilar. 
A.N.Golubeva bolalardagi o ‘jarlik barqaror emasligi sababli uning oldini olish 
mumkinligini uqtiradi. A.P.Larinning tadqiqotida esa noqulay va nomaqbul tar­
biyaviy shart-sharoitlarda qaysarlik juda erta, hatto uch yoshda ham paydo 
bo‘lishi ifodalangan. Dastlab o ‘jarlik b a’zi-ba’zida ro ‘y beradi, lekin u hech 
qachon barcha katta yoshdagi kishilarga qaratilgan boMmaydi, binobarin, uning 
ob’ekti alohida shaxs hisoblanadi. Bola xaraklerining bu sifati m uhitning 
notokg‘ri tarbiyaviy ta ’siri oqibatida biror darajada barqarorlashsa, keyinchalik 
ko‘pchilikka qaratilgan. umumlashgan shaklga kira boshlaydi. 0 ‘jarlik bir guruh 
odamlarga yo‘nalganligini ham uchratish mumkin. A.P.Larin to‘plagan 
maMumotlar o ;jarlikning asosiy sabablari - bolaning mustaqilligini cheklab 
qnlyish, erkinlik tuyg‘usi va tashabbusini so'ndirish va uning ong xususiyatini 
(anglash sur’atini) kamsitishdan iboratligini ko‘rsatadi.
M azkur omillar bolaning kattalarga munosabati negizini tashkil qiladi va 
uning psixik o‘sishi davomida muayyan darajada o ‘zgarib boradi. U lam ing 
o ‘zgarishi kattalaming bolaga u erishgan kamolot bosqichini hisobga olib, oqilona 
munosabatda boMishiga bog‘liq. Agar maktabgacha davrda bolaga tegishlicha 
munosabatda bo‘Iimtiasa, unda o‘jarlik vujudga kelishi mumkin.
Bola xulqida muayyan sharoitning ta’siri bilan paydo bo‘lgan o ‘jarlik va 
nojo‘ya qiliqlar mavjudligi, uning psixikasida jiddiy o ‘zgarish ro‘y berganini, 
endi unga uning hozirgi o ‘sish darajasini hisobga olib, munosabatni am alga 
oshirish zarurligini bildiradi. Bolaning psixikasida vujudga keladigan inqirozning 
sabablari: 1) kattalar bolaning jism oniy va aqliy imkoniyatini; 2) xohish va 
istagini mustaqil holda tumiushda qaror toptirishga intilishini; 3) ayrim ko‘zga 
tashlangan qiyinchiliklam i bartaraf qilishga urinishini; 4) o‘z holicha ish tutishni 
chek lash land ir.
94


Kattalar bolaning ra ’yiga, m ustaqilligiga qarshi tunnasdan, mumkin qadar 
istagiga, intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish jarayonidagi 
qiyinchilik o ‘z-o ‘zidan barham topadi, nizo yoki ixtilofning oldi olinadi.
O ila va bog‘chada shaxslararo munosabatlar ilmiy asosga qurilib, oqilona 
qoidaga suyanilsa va pedagogik odob (nazokat) doirasidan chetga chiqilmasa, 
yuqorida aytilgan ziddiyatlar yuzaga kelishi mumkin emas.
0 ‘jarlik, qaysarlik, kattalarga itoatsizlikning vujudga kelishi - bolaning 
kattalarga qaramlikdan qutulishga urinish va kichik maktabgacha yosh davridan 
maktabgacha davrga o ‘tishning tashqi ifodasidir. Mustaqillikka intilish mazkur 
yosh davridagi o lzgarishlar, yangilanishlar, y a’ni shaxsiy xatti-harakatni va “men 
o ‘zim”ni anglashning mahsuli tariqasida ro‘vobga chiqish kutiladi.
D.B.Elkoninning fikricha, bolaning xohishi bilan bu xohishning harakatda 
ifodalanishi o ‘zaro mos tushmasligi, kattalar talabiga so ‘zsiz itoatkorlik uning 
istagini umum lashtirishga olib keladi, voyaga yetganlar talabiga mos emasligi 
sababli shunchaki xohish, q at’iy shaxsiy xohish darajasiga o ‘sib o‘tadi. Odatda 
“Men xohlaym an”, “0 ‘zim bajaram an” kabi m ustaqillikka intilish harakatlari 
xohishning kuchayishida o ‘z ifodasini topadi. Ana shu tariqa bola psixikasida 
xohishlarning o ‘zaro uzviy bog‘lanishi, motivlar va ularning kurashi yuzaga kela 
boshlaydi.
K.M .Gurevich 3 -4 yoshli bolalarda motivlam ing birlamchi tobeligi va 
dastlabki irodaviy harakatning paydo boblishini tadqiq qilgan. Tadqiqotchi bo­
laning oldiga jim jim ador o‘yinchoqni olish uchun avval o‘zi yoqtirmagan 
harakatni bajarish topshirig‘ini qo‘ygan. Buning uchun to‘rt qismli tajriba ishi 
amalga oshirilgan. Olingan m a’lumotlardan ko‘rinadiki: a) maktabgacha yosh 
davrida ezgu orzular asosida harakat qilish imkoniyati tug‘iladi; b) mazkur 
orzulam ing sabablari o'zaro tobeligi (bogMiqligi) bevosita sabablarga qaraganda 
ertaroq paydo boMadi; 3) bevosita idrok qilinadigan narsalarga aloqador xohishni 
bajarishga qaraganda, narsaning o ‘ziga aloqador xohishni bajarishni muayyan 
muddatga kechiktirish osonroqdir.
Shunday qilib, xohish-istakka tobe bo‘lmaslik holatidan unga nisbatan 
dastlabki intilish, xayrixohlik tuyg‘usining vujudga kelishi aynan maktabgacha 
yoshga t o ^ r i keladi. Buning zamirida bolaning mayli, niyati, orzusi, istagi, tiiagi 
va xohishining mazmuni hamda xususiyatidagi keskin o'zgarishlar yotadi.
D .B.Elkoninning ta’kidlashicha, mazkur o ‘zgarishlar bevosita idrok 
qilinadigan buyumlarga qaratilgan xohishning mantiqan mavhumroq buyumlarga 
y o ‘naltirilgan xohishga aylanishidir. Buning asosiy sabablari, bir tomondan, 
bolada oddiy umumlashtirish uquvining paydo bo‘lishi hisoblansa, ikkinchidan, 
unda nutq faoliyatining jadal sur’atlar bilan rivojlanishidir. Shundan so'ng uning 
faoliyati jozibador, maftunkor, jim jimador, yaltiroq narsalam ing tashqi 
alom atlariga va ulanii bevosita egallashga aloqador bo‘lmay, balki mazkur 
narsalam ing timsoli, ta saw u r obrazlari, kelgusida shulam ing hammasini 
o‘zlashtirish istagi asosiga quriladi. Bolaning orzu-istagi doirasidagi hali 
foydalanilmagan yangi, yashirin, ammo ro‘yobga chiqadigan imkoniyatlar uning
95


kattalar bilan munosabatida, m uomalasida, muloqotida, o ‘zining shaxsiy 
faoliyatida, his-tuyg‘usining mazmuni va rivojlanishidagi keskin, muhim 
o'zgarishlar uchun zarur shart-sharoitlar sifatida xizmat qiladi. Undagi tasavvur 
bilan uzviy bog'liq his-tuyg‘ular xohishni qondirishda oldindan taajjublanish 
jarayoniga keng istiqbollar yaratadi. Boladagi mavjud his-tuyg‘ular xohishni 
qondirishni bevosita aks ettirish bilan kifoyalanib qolmaydi, balki kelgusida 
amalga 
oshirish 
moMjallangan 
faoliyalning 
ahamiyatini 
ham 
o ‘zida 
mujassamlantiradi. Shuning uchun bolaning quvonchi bilan qayg'usi d a fa ta n
qanday maqsadni ko‘zlashga (amalga oshirishga) yo‘nalganida emas, balki qaysi 
faoliyatni (ishni) rejalashtirgani bilan uzviy bogTiqdir.
Bolaning xohish va istagidagi ayrim o'zgarishlar, u larn in g tasaw u rlar bilan 
birlashuvi maktabgacha yoshdagi sub’ektlarda faoliyatning yangi ko‘rinishlari 
(rolli o‘yinlar, ijodiy, tasviriy va konstruktiv faoliyat, sodda mehnat faoliyati) 
keng koMamda rivojlanishiga qulay imkoniyat yaratnvchi 
shart-sharoit 
hisoblanadi. Bola o'zining faoliyatida tevarak-atrofdagi narsalar va hodisalar 
to‘g lrisidagi tasavvur obrazlaridan amaliy foydalanish bilan chegaralanib qolmay. 
ularga nisbatan o ‘zining shaxsiy emotsional munosabatini ham bildiradi. Bu hoi 
ko‘pincha ulam ing ijodiy o'yinlarida yaqqol k o ‘zga tashlanadi. Ijodiy o ‘yinlarda 
bolaning kattalar faoliyati haqidagi, ulam ing o'zaro munosabati to ‘g ‘risidagi 
tasaw uri aks etadi, u ovzini kattalar bilan birga harakat qilayotgandek his etadi, 
hatto voqelikning bevosita qamashchisi vazifasini o ‘taydi.
Harakalga undovchi xohish-istak bolaning tasavvuri bilan uzviy bog'lanib, 
shuningdek, bevosita idrok qilish mumkin b o ig a n vaziyat bilan aloqaga kirishib, 
yangidan yangi xohish-istaklami keltirib chiqaradi. Hatto, bolani o lzi uncha 
qiziqmaydigan faoliyatga ham undashi yoki tanish faoliyatga yangicha shakl va 
mazmun berib uni bajarishga yo‘naltirishi mumkin. Psixologik m anbalardan 
m a’lumki, mazkur yoshdagi bolalami o ‘zlari xohlamaydigan zerikarli faoliyatga 
(chunonchi, yozishga, rasm chizishga, mehnatga, harakatli o‘yinga) majbur qilish 
mumkin emas. Ular o ‘zlari xohlamagan m ashglulotlarda juda tez charchaydilar. 
Shunday m ashg‘ulotlarga amaliy jihatdan yondashib, yaqqollik alomatlari 
kiritilsa, bolalar ishga astoydil, butun vujudlari bilan kirishib ketadi. N atijada 
ularda shu mashg‘ulotga ijodiy munosabat vujudga keladi.
Mazkur 
yosh 
davridagi 
bolalarning 
kattalar 
bilan 
m unosabatga 
kirishuvining eng muhim xususiyatlaridan biri - ulam ing xohish-istaklarini 
boshqarish imkoniyati mavjudligidir. 
Ularni kattalam ing ezgu 
niyatiga 
ko*niktirish, ota-onalar va murabbiyalar mayliga bo‘ysundirish mumkinligidir. 
Ulam ing boshqa yosh davrlaridagi bolalardan farqi ularda nisbatan xolirjam, 
barqarorroq his-tuyg‘ular mavjudligi, ulam ing affektiv holatlardan uzoqroqlik, 
nizolarga kam berilishidir. Bunday bolalarda affektiv (jazavali) holat yuz berishi 
mumkin, lekin u vaqtinchalik bo1 lib, yaqqol harakat bilan emas, balki tasavvur 
obrazlari dinamikasi bilan bog* liq holda yuzaga keladi.
Bevosita idrok qilinmaydigan holatlarga nisbatan his-tuyg'u, m urakkab 
ichki tu g ‘yon va kechinm alam ing paydo bo‘lishi, keyinchalik em otsional o'sish
96


uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratadi. L.S.Vigolskiyning ta ’kidlashicha, bola 
o ‘yin faoliyatida bem or singari yig‘laydi, o ‘yinning ishtirokchisi sifatida 
quvnaydi. Shuning uchun uning kechinmalari bemor to ‘g ‘risidagi ta saw u r 
obrazlarining majmuasi bilan ulaming nisbatan rang-barangligi bilan aniqlanadi. 
Bola tanlagan rol undagi mavjud kechinm alam ing am aliy ifodasi kabi 
gavdalanadi. Ertaklar tinglashda bolada qahramonlar to'g 'risid ag i dastlabki 
kechinm alar paydo bo‘ladi, unga emotsional ta ’sir etish imkoniyati tug‘iladi, 
kechinmalarni aks ettirish esa ta sa w u r doirasida vujudga keladi. Masalan: doktor
- davolaydi, shofyor - haydaydi, sotuvchi - mol sotadi, uchuvchi - samolyomi 
boshqaradi, o ‘qituvchi - bolalarga bilim beradi va hokazo.
D.B.EIkonin, Ye.A.Arkin, A.V.Zaporojes va boshqalam ing isbotlashicha, 
mazkur shart-sharoitlar bolada kattalar hayotida faol ishtirok etish tuyg'usi va 
istagini vujudga keltiradi. Bu holda bolaning faoliyati kattalar faoliyatidan 
farqlanadi, uning hayot sharoiti kengayadi, shaxslararo munosabat va shaxsiy 
m unosabatlam ing xususiyati oydinlashadi, unda voyaga yetganlarning kundalik 
ishlarida faol qatnashish xohish-istasi kuchayadi.
Uch yoshli bolalam ing psixologik xususiyatlari. Uch yoshda harakatni 
m uvofiqlashtirish jarayonining takomillashuvi bolaga yugurganida, birjoyda tik 
turganida muvozanatni saqlash imkonini yaratadi. Buning natijasida bola 
mustaqil holda turli harakatlami amalga oshira boshlaydi. Jismoniy jihatdan 
mustaqillikka erishish bolada erkin, kattalaming nazoratisiz, o cz holicha 
qandaydir ishlami bajarish, umuman mikro va makro muhitda shaxs sifatida 
yashash istagini tug‘diradi.
Xususan bolada ikkinchi signallar sistemasining paydo bo‘Iishi mazkur 
davr uchun muhim ahamiyat kasb etib, u eng qulay (senzitiv) o ‘sish bosqichi 
vazifasini o ‘taydi. Ikkinchi signallar sistemasining vujudga kelishi nutq va nutq 
faoliyatiningo‘sishi bilan bevosita aloqador bo‘lib, biri ikkinchisini taqozo qiladi. 
Nutq jarayonining vujudga kelishi psixofiziologiyaning shartli reflekslar 
qonunlari ta ’sirining mahsuli (hosilasi) sifatida sodir boMadi. Bolada nutq 
reflekslari kattalarga taqlid qilish asosida yoki ularning kichkintoylar bilan
97


uzluksiz muloqotga kirishuvi orqali hosil bo‘ladi hamda ota-onalar va 
tarbiyachilarning so*z va atamalarni to ‘g ‘ri talaffuz qilishni o ‘rgatishlari oqibatida 
jadal sur'atlar bilan takomillashadi.
Yuqoridagi umumiy xulosalar asosida aytish m umkinki, uch yoshgacha 
davr nutq va nutq faoliyatini eng. oqilona namoyon qilish va to‘g ‘ri, maqsadga 
muvofiq rivojlantirish bosqichi hisoblanadi. Binobarin, har bir yosh davrining 
o*ziga xos qulay o ‘sish pallalari, imkoniyatlari va o ‘ziga xos xususiyatlari 
mavjud. Bu narsa umumiy psixologik qonuniyatlarga suyangan holda talqin 
etiladi, shu bilan birga yetakchi faoliyatning roli inobatga olinadi.
Bolaning tik yurishga odatlanishi, fazoviy qonuniyatlar, o ‘ziga xoslik, 
borliqdagi m avjudotlami to‘g‘ri idrok qilish kabilar unda turli psixologik 
sifatlarni shakllantiradi, shuningdek, mutlaqo yangi shaxs xususiyatlam i vujudga 
keltiradi. Unda harakat shakllariga nisbatan sinchkovlik uquvi ko‘proq o lsadi, 
vaqtni ta saw u r qilish, vaqt oMchovlariga qiziqish tuyg‘usi uyg‘onadi. O lyin 
faoliyatida, tengdoshlari va kattalar bilan bevosita muloqotga kirishishda vaqtni, 
fazoni va harakami idrok qilish malakasi takomillashib boradi, m azkur psixologik 
kategoriyalar sifat jihatdan yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarila boshlaydi.
Mazkur davrda nutq mazmunliroq, nutq faoliyati esa gramm atik, 
morfologik va sintaksistik nuqtai nazardan to ‘g‘ri tuzilishga ega b o ‘la boradi, 
bolaning bu boradagi faolligi mislsiz darajada o ‘zgaradi. Atoqli psixologlar va 
o‘zimizning kuzatishlarimizga qaraganda, uch yoshli bola soat sayin bir 
nechtadan (ona tili yoki begona tilga doir) so‘zlami o lzlashtiradi va o ‘zining nutq 
boyligiga aylantiradi. Nutq faoliyatining rivoji o ‘zgalar nutqini oqilona idrok 
qilish va tushunish imkonini yaratadi, shaxslararo muomala ko‘lamini yanada 
kengaytiradi.
Shunga o‘xshash o ‘zgarishlar bola atrof-muhit to‘g ‘risidagi m a’lumotlarni, 
axborotlami, ilmiy bilimlai%va ijtimoiy ko‘nikmalami egallashi uchun puxta 
zamin hozirlaydi. N atijada.uch yoshlilar psixikasi yangiliklam i aks ettirish va 
ulardan ta’sirlanishdek murakkab funksiyani bajara boshlaydi. Shular sababli bu 
yoshdagi bolalar o‘zining ko‘rganIarini, eshitganlarini tez idrok qiladilar va eslab 
qoladilar, hatto ulami tushunishga intiladilar, ular o ‘z bilimdonliklarini namoyish 
etishga, o ‘zlarini shaxs sifatida ko‘rsatishga harakat qiladilar. 0 ‘zining kattalar 
orasidagi o ‘mini topish istagi, hissi “Men davrPni vujudga keltiradi. Bolaning 
yangi ehtiyoj va intilishlari kattalar tomonidan g'ayritabiiy qabul qilinishi ular 
0
‘rtasida 
“anglashilmovchilik”ni 
keltirib 
chiqaradi. 
Unda 
kattalam ing 
ko‘rsatmasi, tavsiyasi, iltimosi, buyrug‘i va tazyiqiga qarshilik ko‘rsatish tuyg‘usi 
vujudga keladi. Shu tariqa shaxslararo munosabatda ziddiyatlar, ichki nizolar, 
psixologik inqiroz namoyon b o ‘ladi. Bulaming barchasi “Men davri”ning hosilasi 
boMib, bola shaxs sifatida shakllanayotganidan dalolat beradi. Inqirozning 
sabablari har xildir.
Inqiroz davrida bolaning kattalarga qarshilik ko‘rsatishi ham turli 
ko‘rinishlarga ega bollib, ular o ‘tkinchi psixologik holat va hodisaga o ‘xshaydi. 
Lekin oila va bog‘chada qiyinchiliklam i yengish jarayonida bolaning shaxsiga
98


uning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda to ‘g ‘ri va oqilona 
yondashish uni inqirozdan ruhan mutlaqo so g io m olib chiqish imkonini yaratadi. 
Quyida ana shu qarshiliklam ing ayrim ko'rinishlari haqida qisqacha to'xtalam iz.
K o'pchilik 
psixologlam ing 
tadqiqotlaridan 
va 
o ‘zim izning 
kuzatishlarimizdan m a’lumki, bolalar m azkur inqiroz davrida bir necha 
ko'rinishdagi qaysarlik yoshini bosib o ‘tadilar.
Ana shu ko‘rinishlam ing bittasi biz nazarda tutgan davrga, y a ’ni bolaning
3 yoshiga to 'g 'ri keladi. Shu davrda uning ruhiy dunyosida sifat va miqdor 
jihatdan turli o ‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o'zgarishlar uning olamni o‘zicha kashf 
qilayotganiga, psixikasi m a’lumot va axborotlar bilan soat sayin bosib 
borayotganiga bog1 liqdir. A'yni shu yoshda bolada irodasiga ishonch hissi 
tug"iladi, u o'zligini anglay boshlaydi. O 'zligini anglash qaram a-qarshiliklarni, 
ziddiyatlam i yengish bilan am alga oshadi.
Mazkur yoshdagi bola ba’zan o ‘ziga aytilgan so'zning mohiyatini 
tushunmasligi, anglab yetmasligi, goho o ‘yinga haddan tashqari berilib ketib, 
kattalam ing ovozini eshitmay qolishi mumkin. Bunday paytda bolada tashqi 
ta’sirga yoki q o 'zg'atuvchiga e ’tibor berish qobiliyati yetishmasligi, bunga uning 
ko'tarinki yoki g 'oyat tushkin kayfiyati halaqit berishi mumkin. B a’zan bola o 'z
0
‘ylari va ichki kechinmalari bilan bandligi sababli uning tashqi ta'sirga javob 
qaytarishi biroz kechikishi ham mumkin. Ana shu jarayonga o'zgalam ing 
psixologik qonuniyatga rioya qilmay qo'pollik bilan aralashuvi yoqimtoy, odobli 
bolalam i ham darrov jahli qo'zg'aydigan, gap ko‘tara olmaydigan, nozik tabiatli 
shaxslarga aylantirib qo'yishi mumkin. Bunda kattalaming muloqotdagi 
qo'polligi bolada qaysarlikning belgilarini yaqqol namoyon eta boshlaydi. U har 
qanday taklifni, buyruqni, hatto, iltimosni ham rad qiladi, o'ziga berilgan barcha 
savollarga bir marom da “y o 'q ”, “kerakm as”, "berm aym an”, “bilm ayman” deb 
javob qaytaraveradi. Kattalar bilan bola o'rtasidagi munosabaming buzilishi 
tufayli uning xatti-harakatida o'jarlik illati paydo bo'ladi. Buning asosiy sababi 
bolada o'zining ichki kechinmalari, his-tuyg'ulariga bog'liq harakatlami mustaqil 
bajarish istagi tug'ilishi, “m en” bilan bog'liq butunlay yangi nuqtai nazaming 
vujudga kelishidir.
M azkur davm i inson shaxsini shakllantirishda eng murakkab davr desak, 
xato qilmagan bo'lam iz. Shunga ko'ra katta yoshdagi odamlar, ota-onalar, 
bog'cha tarbiyachilari shu davrda bolaga undagi o'zgarishlam i, murakkab ichki 
kechinm alam ing mohiyatini psixologik inqirozni 
inobatga olgan holda 
munosabatda 
bo'lsalar, 
ijobiy 
voqelikni 
keltirib 
chiqaradi. 
Yuqorida 
aylganim izdek, bu davrda bolaning irodasi, irodaviy sifati takom illasha 
boshlaydi, shaxsning murakkab fazilatlari xarakter xislatlari barqarorlashadi. 
Bola o'zligini angl'ashming tashqi va ichki belgilari yaqqol ko'zga tashlanadi. 
“O 'z im ” bilan b o g 'li^ e z g u niyat mustaqillikka intilish tuyg'usini vujudga 
keltiradi, binobarin, ularning ta’siri tufayli unda o 'z xulq-atvori, “yurish-turishi” 
bilan kattalam ing maqtovi va olqishini eshitish ishtiyoqi tug'iladi. Shaxsning 
xulqini baholash keyinchalik o'zini o'zi baholash darajasiga yetadi.
99


Katta yoshdagi odamlar, ota-onalar, tarbiyachilar bunday hollarda o ‘zlarini 
osoyishta tutishlari, sharoitga qarab bolaga biroz yon berishlari, b a’zan ularga 
aytganlarini qildirishlari, kerakli paytlarda masalani ochiq qoldirishlari lozim, 
chunki shaxslararo munosabatning ba’zan m uam m oligicha qolishi ham maqsadga 
muvofiqdir. Yaxshisi asabiylik vaziyatida bolaning diqqatini boshqa narsaga 
(ob'ektga) jalb qilish, uni mushkul holatdan chalg‘itish m a ’qul. Shaxsiy 
kuzatishlarimizda ayon bo‘ldiki, mazkur holat bolaning ruhiy dunyosiga qattiq 
ta'sir qiladi, u o ‘zining nojo‘ya qiliqlari kattalarga asto yoqm ayotganini anglaydi.
Shu davrda organizmning tez sur’atlar bilan o‘sishi oqibatida bola sho‘x, 
serg‘ayrat, tinib-tinchimas; hamma narsaga qiziquvchan, harakatchan bo‘lib 
qoladi. Undagi bu o ‘zgarishlar tabiiy ekanligini kattalar yaxshi bilishlari, 
o'zlarining kichkintoylarga m uomala va munosabatlarini tubdan o'zgartirishlari 
lozim. Binobarin, bola oldiga qo‘yiladigan talablar muayyan shart va sharoitga 
muvofjq boTishi kerak. Amaliy faoliyatda jism oniy va ruhiy o ‘zgarishlam i 
hisobga olmaslik kattalar bilan bolalam ing o ‘zaro m unosabatlarida qator 
qiyinchiliklami vujudga keltiradi; bola ota-onalar va larbiyachilarning gapiga 
quloq solmaydigan, topshiriqlami 
bajarmaydigan, 
qo‘rs, 
hech 
narsaga. 
ko'nmaydigan bo'lib qoladi. Bunday xatti-harakatni keltirib chiqaruvchi bosh 
sabab bolalam ing mustaqillikka intilishini kattalar tan olmasligidir. Shuning 
uchun ular goho kattalardan o‘rinli hafa boMadilar, nizoning sababini to 'g 4ri 
payqaydilar.
100


Ayrim kishilar bolaga topshiriq beradilaru, lekin uning qay darajada 
bajarilishi bilan qiziqm aydilar, bola qanday yutuqqa erishganiga e ’tibor 
bermaydilar. Bola o ‘ziga kattalam ing mensimay, hurmatsizlik bilan munosabatda 
bo'layotganini darrov sezadi. Shaxslararo munosabatda vujudga kelgan 
anglashilmovchilik va ginaxonlik ana shu holatga oqilona baho berilgunicha 
davom etadi.
Erkalanish bilan vujudga keladigan o ‘jar!ik ham uch yoshlilar ruhiy 
dunyosida ko‘p uchraydi. Bolaga m e’yordan ziyod m ehr-muhabbat q o ‘yish, uni 
haddan tashqari erkalatish, har qanday xohishini qondiraverish, talab va ehtiyojini 
solzsiz ado etish ham unda erkalik va o ‘jarlikni paydo qiladi. Shuningdek, 
bolaning xulq-atvorini, qilgan ishini maqtayverish, uni o'rinsiz taltaytirish yoki 
unga nisbatan befarq munosabatda bo‘lish ham o ‘jarlikni keltirib chiqaradi. 
Bolani e ’tiborsiz qoldirish, nazorat qilmaslik, tekshirmaslik ham noxush 
oqibatlarga olib keladi. Masalan, e ’tiborsizlik bolani qattiq iztirobga soladi, unda 
tanholik tuyg‘usini, umidsizlik, begonasirash hissini vujudga keltiradi. Bular esa 
bolada kattalarga nisbatan ichki qarama-qarshilikni, o ‘zaro ziddiyatni, nizo 
alomatlarini tug‘diradi. Q o‘p hollarda bolalami o ‘z mayliga, o ‘z holiga tashlab 
qo‘yiladi, ularga ju d a barvaqt erkinlik, mustaqillik beriladi, ammo bunday qilish 
bola shaxsini tezroq takomillashtirishga xizmat qilraaydi. Hayot va faoliyatda har 
bir bolaning oldiga aniq, yaqqol talab va topshiriqlar qo‘ymaslik, unga homiylik 
qilmaslik uning ruhiyatiga qattiq ta’sir etadi, u o ‘kinadi va ichidan kuyunadi. 
0 ‘zining himoyachisi y o ‘qligini his qilish ham bolada o ‘jarlikni yuzaga keltiradi. 
Boshqacha aytganda, bolaning ruhiy olamida kattalarga nisbatan paydo boMgan 
gina-adovat uni o'jarlikka yetaklaydi. Shaxslararo munosabatda adolat qaror 
topgunicha, ziddiyatning bosh sababchisi o ‘z xulqiga iqror bo'lgunicha qarama- 
qarshilik davom etadi. 
• 
>•••'•, 

0 ‘jarlik paydo boMgan bolaga muomalada uni behuda erkalatmaslik, 
maqtamaslik, uning barcha orzu-istaklarini qondirmaslik kerak. Xoh oilada, xoh 
bog‘chada hammaga bir xil bir maromda e ’tibor berish, bolani o‘z holiga tashlab 
qo‘ymaslik o ‘jarlikning oldini olishga xizmat qiladi.
Bolalarda vujudga keladigan illatlar - o ‘jarlik, qiyiqlik, qaysarlik va 
hokazolarning sababini u kamol topayotgan muhitdan, unga ko‘rsatilayotgan 
tarbiyaviy 
ta’sirdan, 
sharoitdan, 
shaxsni 
shakllantirish 
jarayonidagi 
kam chiliklardan qidirish lozim. Eng muhimi, ota-onalar ham, tarbiyachilar ham 
boladagi salbiy ruhiy holat o ‘tkinchi ekanini bilishlari, uning sabablarini haqqoniy 
aniqlashlari, u bilan umumiy til topishlari, unga nisbatan samimiy munosabatda 
bo1 lishlari zarur.
Hayot va faoliyatda kattalar bolaning shaxsini hurmat qilishlari, uning 
ehtiyojlari bilan hisoblashishlari, his-tuyg‘usini boshqarish imkoniyatlarini 
aniqlashlari kerak. Bolani sevish, uning yosh xususiyatlarini hisobga olish, 
qiziqishlariga e ’tibor berish - o'jarlikning oldini olishning muhim shartidir.
Uch yoshli bola jam oat joylarida, ko‘pchilik orasida o'zini qay tarzda 
tutishi kerakligini bilmaydi. Shuning uchun buni kattalar tushuntir ish lari, amaliy
10
!


ko'rsatm alar berishlari shart. Biroq bu ish harakal bilan uzviy bog'lanm asa, 
ko'zlangan natijaga erishish mumkin emas. O 'yin faoliyatida bola shaxsida xulq 
va odob malakalari asta-sekin shakllantiriladi.
Uch yoshlilar shaxsini shakllantirishda ulami boshlagan ishni oxiriga 
yetkazishga, qiyinchiliklam i yengishga, sabr-toqatga, asabiylashm aslikka, 
bardoshlilikka, yig'idan o ‘zini tiyishga, ortiqcha xatti-harakat qilm aslikka 
o'rgatish juda katta aham iyatga ega. Bolada ijobiy-axloqiy k o ‘nikm a va 
malakalar, odatlar mustaqil ishlami bajarishga intilishda vujudga kela boshlaydi. 
Shuning uchun kattalar bolani topshiriqni qanday bajarishini nazorat qilib 
turishlari lozim. Umuman aytganda, bolani o ‘z holiga tashlab qo‘yish pedagogik 
nazokatga (taktga) xilofdir.
Bolaning shaxsi tarkib topishida kattalam ing axloqiy ibrati alohida 
ahamiyatga molikdir. Lekin yuksak fazilatlami, insoniy xislatlam i shakllanti­
rishda shuning o'zigina yetarli emas, chunki bola o ‘zicha faol harakat qilmasa, 
hamkorlikdagi faoliyatda ishtirok etmasa, unda hech mahal xulq-atvor 
ko'nikmalari hosil bo'lm aydi. M a'lum ki, o'yin faoliyatida va muloqotlarda 
bolaning shaxsiy fazilatlari hamda xarakter xislatlari uning nutqiga bog'liq holda 
ro'yobga chiqadi. Bolaning nutq faoliyati qanchalik ravon va boy b o is a , u ona 
tilining durdonalaridan unumli foydalana olsa, uning o‘zaro fikr almashishi ham 
shunchalik qulay va oson am alga oshadi. Kam olotning m azkur pallasida 
egotsentrik nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Harakatli va rolli (syujetli va 
mazmunli) o'yinlar (chunonchi, 
“M illitsioner”, 
“Sotuvchi”, 
“S hifokor”, 
“Qorbobo”, “Veterinar” va boshqalar) jarayonida amaliy xatti-harakat bilan uzviy 
bog'liq holda bola shaxsida insoniy xislatlar tarkib topa boradi. O 'yin faoliyati va 
turli o'yinlar bolada irodaviy sifatlami takomillashtirishda, his-tuyg'uni 
boshqarishda yetakchi faoliyat vazifani o'taydi.
Rolli o'yin - maktabgacha yoshdagi bolalam ing yetakchi faoliyati. Rolli 
o 'y in m azkur yosh davridagi bolalam ing eng muhim faoliyati bo'lib, ular bunday 
o ‘yinda go'y o katta yoshdagi odam lam ing barcha vazifalari va ishlarini amalda 
bevosita “bajaradilar” . Shu boisdan o'yin faoliyati uchun maxsus yaratiladigan 
sharoitlarda ijtimoiy muhit voqealari, oilaviy turmush hodisalari, shaxslararo 
m unosabatlam i umumlashtirgan holda aks ettirishga harakat qiladilar. Bolalar
102


kattalam ing turmush tarzi, his-tuyg‘usi, o ‘zaro m uomala va muloqotlarining 
xususiyatlarini, o ‘ziga va o ‘zgaIarga, atrof-m uhitga munosabatini yaqqol voqelik 
tarzida ijro etish uchun turli o ‘yinchoqlardan, shuningdek, ularning vazifasini 
o ‘tovchi narsalardan ham foydalanadilar. A m m o shuni alohida ta ’kidlash lozimki, 
ijtimoiy va maishiy voqelikning barcha jabhalarini qam rab oiadigan rolli o ‘yin 
ularda birdaniga emas, balki turm ush tajribasining ortishi, ta sa w u r obrazlarining 
kengayishi natijasida vujudga keladi va mohiyati ham da mazmuni jihatdan 
oddiydan murakkabga qarab takom illashib boradi.
Yirik psbcologlar A .Vallon, J.Piaje, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, 
A.N.Leontev, B.G .Ananev, D.B.EIkonin va boshqalam ing fikricha, go‘daklik 
davrida bolaning predmetli faoliyati negizida rolli o‘yin uchun eng zarur 
sharoitlar asta-sekin vujudga kela boshlaydi. M azkur olim lar va ularning 
shogirdlari to ‘plagan m a’lum otlarga asoslanib rolli o ‘yinni vujudga keltiruvchi 
muhim omillar qatoriga quyidagilam i kiritish mumkin: 1) g o ‘daklik davridagi 
predmet bilan uni harakatlantirish orasidagi bog‘Iiqlik o ‘z ahamiyatini y o ‘qota 
boradi, natijada predmet bilan harakat alohida hukm surish imkoniyati tug'iladi 
va bola ulam i alohida um umlashgan tarzda aks ettira boshlaydi; 2) bola haqiqiy 
o‘yinchoqlar o ‘m iga ularning asl mohiyatini to ‘la aks ettirolmaydigan yasam a va 
beo'xshov nusxalaridan keng foydalanadi (fabrikada tayyorlangan q o ‘g ‘irchoq 
yoki avtom obil o ‘m iga uyda yasab berilgan shunday narsalar bilan qanoatlanish);
3) bolaning o ‘z xatti-harakatlari kattalaming ishlaridan farqlanishiga intilishi, 
unda o‘ziga xos shaxsiy harakat ko‘nikmasining paydo bo‘lishi; 4) bolada o ‘z 
xatti-harakatini kattalar faoliyati bilan qiyoslash, harakatlam ing m ohiyatini 
muvofiqlashtirish va aynan tuzilishi jihatdan bir-biriga yaqinlashtirish istagining 
tug‘ilishi; 5) bola kattalam ing hayoti va faoliyatida uchrab turadigan, odatdagi 
turmush muammolarini o ‘zida aks ettiruvchi, m a’naviy va maisliiy ko‘rinishga 
ega bo4lgan hayot jabhasini o ‘z xatti-harakatida izchil ravishda tiklashga 
(ularning rolini bajarishga) urinishi.
Rolli o ‘yin faoliyatini vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri — 
bolada o ‘z xatti-harakatini kattalar xatti-harakati bilan solishtirish, undan nusxa 
olish, aynan unga o ‘xshatish tuyg‘usining mavjudligidir. Xuddi shu sababli 
kattalar va ularning xatti-harakatlari bolaning ham tashqi, ham ichki ibrat 
namunasi bo‘ladi va kattalar uning xulq-atvori yurish-turishining ham ob’ekti, 
ham sub’ekti hisoblanadi.
G o'daklik davridan maktabgacha yoshga o ‘tgan bolalam ing faoliyati 
kattalar rahbarligidagi faoliyatdan mustaqil o ‘z-o ‘zini nazorat qilish darajasiga 
o ‘sib o ‘tadi. Biroq yuqorida ta’kidlangan barcha shart-sharoitlar o ‘zaro uzviy 
bog‘lanmasligi sababli har qanday rolli o ‘yinning negizi vazifasini o ‘tay olmaydi 
va shunga ko‘ra m a’lum davrgacha o‘yin faoliyati predm etlarga bog'liq tarzda 
am alga oshadi.
0 ‘yin 
faoliyatini 
takomillashtiradigan 
sharoitlam i 
tadqiq 
qilgan 
N.M .Aksarinaning ta’kidlashicha, o ‘yin o ‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi, buning 
uchun kam ida uchta sharoit mavjud boMishi kerak: a) bolaning ongida uni qurshab
103


turgan voqelik to‘g ‘risidagi xilm a-xil taassurotlar tarkib topishi; b) har xil 
ko‘rinishdagi o‘yinchoqlar va tarbiyaviy ta ’sir vositalarining m uhayyoligi; v) 
bolaning kattalar bilan tez-tez muomala va m uloqotga kirishuvi. B unda 
kattalaming bolaga bevosita ta’sir ko‘rsatish uslubi hal qiluvchi rol o ‘ynaydi.
Yuqorida tahlil qilingan ob’ektiv shart-sharoitlam ing o*zi rolli o ‘yinlam i 
yaratish uchun hali yetarli emas, buning uchun bola bilan kattalar 
o ‘rtasidagi 
munosabatni tubdan o ‘zgartirish lozim, aks holda, m ustaqillik vujudga kelm aydi. 
Bunda kattalar bolaga nisbatan talabchanlikni oshirishlari, uni m ustaqil ravishda 
xatti-harakat qilishga majbur etishlari m a’qul. Shunga o ‘xshash tadbirlar bolada 
mustaqillik va mustaqil faoliyatni tashkil qilish uquvini shakllantiradi. 
Maktabgacha yoshdagi bola asta-sekin kattalam ing hayoti va faoliyati dunyosiga 
kirib boradi, oldin hamkorlikdagi faoliyatda nam oyon bo4gan ijobiy his- 
tuyg‘ular, shijoat va dadillik sari yetaklovchi ruhiy kechinm alar ib rat-n am u n a 
darajasigako'tarilgan kattalaming ruhiy olamiga ko‘chiriladi. Endi bolaning o ‘zi 
mustaqil ravishda kattalam ing hayoti va faoliyatiga kirishish y o ‘llarini 
topa 
boshlaydi. U keyinchalik katta kishilam ing hayoti va faoliyatining barcha 
jabhalarida va shaxslararo m unosabatlarida qatnashish istagini k o ‘rsatadigan 
bo‘ladi. Shuning uchun rolli o‘yin u kattalar bilan bola o ‘rtasidagi yangicha 
munosabatlar asosida vujudga keladi, deb xulosa chiqarish mumkin. Rolli o ‘yin 
vujudga kelishi jihatidan ijtimoiy xususiyatga ega bo ‘lib, kattalam ing hayoti va 
faoliyatini qayta tikliash va takrorlashdan boshqa narsa emas, shuningdek, bu 
o‘yin faoliyati o*zining mazmuni va mohiyati bilan ham ijtimoiydir. Rolli o ‘yin 
bola mustaqil faoliyatining yorqin namunasi hisoblanib, u o*yinning mazmuni 
orqali kattalam ing hayoti bilan yaqindan tanishadi. Kichik m aktabgacha yoshdagi 
bolalaming rolli o ‘yinlarda faoliyatini, ana shu o*yin sharoiti va predm etli 
harakatning o ‘zaro munosabatini tekshirgan L.S.Slavina rolli o ‘yinlarda 
ko‘pincha asosiy e ’tibor o‘yinchoqlar bilan harakat qilishga qaratilishini, bunda 
o ‘yinchoq harakatining xususiyati sub’ekt uchun yetakchi faoliyat vazifasini 
o‘tashim, bu jarayonda rol ikkinchi darajali alomatga aylanib qolishini, am mo 
bola o‘yinIar (“Kubcha”, “Geometrik shakllar”, “Tushki ovqat tayyorlash” kabi 
ta’limiy mushg‘ulotlar)da qandaydir vazifani bajarishini qayd qiladi. O lim aning 
yozishicha, rol va o‘yinning shart-sharoitlari bolaning harakati uchun farqi y o ‘q 
narsalar emas, bola jism larga ijtimoiy mazmunni aks ettiruvchi voqelik sifatida 
yondashadi.
Shunday qilib, psixologik adabiyotlar tahliliga tayanib m aktabgacha 
yoshdagi bolalam ing o ‘ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilam i kiritish 
mumkin: I) bola odam lam ing faoliyati, ulam ing predmetlarga m unosabati va 
o ‘zaro muom alasiga qiziqadi; 2) bolalar rolli o ‘yinda atrofdagi voqelikning eng 
tashqi ifodali, jo ‘shqin his-tuyg‘uli jihatlarini aks ettiradilar; 3) rolli o ‘yinda bola 
kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda 
o ‘z istagini am aliyotga tatbiq qiladi; 4) kattalaming hayoti va faoliyatiga kirish 
bolaning ta sa w u ri tim sollari tariqasida namoyon bo‘lsa ham, um um an uning 
chinakam shaxsiy hayotida o ‘chmas iz qoldiradi.



Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin