muhokama qilish; b) har bir talabaning o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan
ma’ruzasini tinglash. Bizningcha, seminaming ikkinchi turi keng koMamda
axborotlar almashishi imkoniyatiga ega. Chunki unda dolzarb muammolar,
qonuniyatlar, xususiyatlar bo‘yicha mulohaza yuritiladi va tegishli qarorga
kelinadi.
Tajribalarda talabalaming seminar mashg‘ulotidagi faoliyati quyidagi
mezonlar asosida baholanadi:
1.
Seminar mashg‘ulotiga chiqishning muayyan maqsadga yo‘nalagani
(masalaning qo‘yilishi, bo‘lg‘usi mutaxassislikda nazariy bilimlami amaliy
bilimlarga bog‘lash).
2.
Talaba ma’ruzasining rejasi: oqilona rejalashtirish, masalani
birlamchi va ikkilamchi alomatlariga ajratish, bibliografiyani to‘g ‘ri tuzish (nodir,
yangi va kasbga oid manbalar tanlangani).
3.
Talabaning xulqi: o‘rinli bahslashuvi, to‘g‘ri javobi, materialni
chuqur tahlil qilishi, dalilni qayta bayon etishi, o‘z nuqtai nazari mavjudligi,
ixcham va lo‘nda tahlil; ma’ruzaning zerikarliligi, bo‘sh!igi.
4.
O ‘zaro aloqa: talabaning kursdoshlariga tanqidiy, samimiy, e’tirozli
munosabati; seminar qamashchilari bilan tez muloqotga kirishish imkoniyati.
5.
Talabaning
mashg‘ulotni
ishonch
bilan,
mutaxassislarcha
yakunlashi, tengdoshlari bilimini boyitishi yoki aksincha; seminarda barcha
holatlar va munosabatlami yozib borishi, unga o‘z qarashlarini bildira olishi.
Ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish uchun
quyidagi psixologik holatlarga e’tibor berish lozim:
1.
Matn va birlamchi manbalar bo‘yicha muhim va nomuhim belgi hamda
alomatlami ajratish yoki mavhumlashtirish.
2 .0 ‘zIashtirilayotgan o‘quv materiallarini o‘z vaqtida tahlil qilib borish va
umumlashtirish.
3. Talaba o‘quv materialini idrok qilishi uchun aqliy faoliyatining barcha
jabhalari bo‘yichayo‘I-yo*riqIar berish.
4. 0 ‘qituvchi nutqidan xayolan ilgarilab ketib, uning yakunlovchi fikrini
oldindan fahmlay bilish va boshqalar.
Shunday qilib, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarining samaradorligini
oshirish bilan oliy maktabdagi ta’lim va tarbiya jarayonida kamol toptiruvchi
hamda tarbiyalovchi prinsiplami amalga oshirish, talabalarga o‘zini o ‘zi
boshqarishni o ‘rgatish mumkin. Hozirgi davrda Mirzo Ulug‘bek nomidagi
0 ‘zbekiston Milliy universitetida nazariy va amaliy bilimlaming nisbatan 40:60
ko‘rinishiga ega.
Dostları ilə paylaş: