: ! t. '
194
qolaverishi ham mumkin. Ilk o*spirinlaming do‘stligi to‘g‘risida beto‘xtov,
uzluksiz mulohaza yuritish mumkin, shuning uchun bu m a’ruzada yoritilmasdan
qolib ketgan masalalar yuzasidan materiallami mustaqil ta’lim soatlarida
0
‘rganib, o‘zlashtirib olasizlar, deb ularga ishonch bildirish maqsadga muvofiq.
Ilk o ‘spirinlarda dunyoqarash muammosining tahlili shaxs shakllanishining
muhim bo‘g‘imi bo‘lib hisoblanadi. Dunyoqarash - jamiki olamga (o‘n sakkiz
ming va undan ortiq) nisbatan shaxsning munosabati borliqning
asosi va
prinsiplari haqidagi tasaw urlar tizimi, odamning turmush falsafasi, uning barcha
bilimlarining yig‘indisi va natijasi. Dunyoqarash bilimlar tizimidan tashqari
e’tiqodlar, qadriyatlar, m a’naviyat tizimini ham o‘z ichiga qamrab oladi. Ular
dunyoqarashiga xos bo'lgan izlanishlardan biri o‘z hayotining (turmushining)
ma’nosini qidirishdir. Ilk o*spirin yigit va qiz hayotining shunday bir formulasini
topislmi istaydiki, bu formula turmushning barcha qonunlari, qoidalari,
mexanizmlari, prinsiplari, holatlari, xususiyatlari, hodisalari va jarayonlarini o ‘z
ichiga qamrab olishdan iboratdir.
Dunyoqarash ikkiyoqlama tavsifdan tashkil topadi va o‘ziga xosligini
namoyon etadi. Kognitiv - kognitiv nuqtai nazardan dunyoqarash ob’ektiv
borliqni qanchalik to‘g‘ri aks ettirish bilan tavsiflanadi. Akseologik - akseologik
nuqtai nazardan esa -dunyoqarash shaxs faoliyatini qanday boshqarilishi bilan
tavsiflanadi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, dunyoqarash inson faoliyatini
boshqarar ekan, u progressiv yoki reaksion optimistik yoki neosimistik faol ijodiy
yoki sust-kuzatuvchan bo‘lishi mumkin. Biz yuqorida ilk o‘spirinlaming
rivojlanishidagi eng asosiy xususiyatlarini ko‘rib chiqdik, xolos.
6.6. Ilk o'spirinlar tafakkurining o‘sishi
Ilk o ‘spirinlik yosh davri ma’ruza tipidagi darslar, laboratoriya ishlari va
amaliy mashg'ulotlar, referat, tuzish, konspekt yozish kabi o ‘quv faoliyati turlari
akademik litsey va kasb-hunar kolieji o ‘quvchilari o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan
materiallami mustaqil tushunishga olib keladi.
Mazkur faoliyat tiplarining
kundan-kunga ko‘proq ahamiyat kasb etishi natijasida tafakkur borgan sari faol,
mustaqil, ijodiy xislatlar bilan boyib boradi. О‘quvchi laming aqliy faoliyati
o‘zining umumlashtirish va abstraksiyalash jarayonining yanada yuqoriroq
darajasi hamda narsa v a . hodisalaming kelib chiqish sababini tushuntirish
an’anasining ortib borishi ajralib turadi. Bu ba’zi holatlaming chin yoki chin
emasligini ko‘rsatish bilan, chuqur xulosa chiqarish bilan, o‘rganilayotgan narsani
tizimga kiritish bilan tavsiflanadi va tafakkuming tanqidiyligi bilan boshqa yosh
davrdagi o‘quvchilardan ham sifat, ham miqdor jihatidan tafovutlanib turadi.
Bulariing barchasi ilmiy-nazariy tafakkuming shakllanishiga va tevarak-atrofdagi
voqelik haqidagi umumiy qonuniyatlami bilish qobiliyatiniig o‘sishiga
intellektual-ijodiy, zaxira va imkoniyatining ochilishiga, tabiat va jamiyat
taraqqiyoti qonunlarini anglab olishga muhim shart-sharoitlar yaratib beradi. Ilk
o‘spirinlar u yoki bu holatni asoslangan, isbotlagan davrda ulaming asosiy
tomoniga, muhim xususiyatlariga, birlamchi jihatlariga sinchkovlik' bilan qaray
boshlaydilar. Darsliklardan o ‘qigan va o'qituvchi tomonidan bayon qilingan
axborot va ma’lumotlarga ishonch va qanoat hosil qilish uchun faol harakat
qiladilar, biroq o ‘smirlar singari obro‘ ketidan ko‘r-ko‘rona ergashish holati
ularda juda kam ko‘zga tashlanadi. Ular har bir darsda tanishishga to‘g ‘ri kelgan
materiallaming chin mohiyatiga, inson uchun zaruriyatligiga, haqiqat ekanligiga
ishonch hosil qilish uchun to‘xtovsiz intiladilar. Ba’zan ta’lim jarayonida ilk
o‘spirin tomonidan u yoki bu narsaga nisbatan e’tiroz yoki shubha tug‘ilsa,
o‘qituvchi uni nohaq ravishda qoralaydi va «ishonmovchi» deb ayblaydi.
Tafakkumi oqilona yo‘llari bilan o‘stirish uchun favqulodda holatlarda
o‘quvchining mazkur xususiyatini qoralamasdan, balki uni rag‘batlantirish
to‘g‘riroq bo‘ladi. Chunki bu xislat rivojlanishi natijasida narsa va hodisalami
asoslash, dalillash, isbotlash, ishontirish kabi aqliy kamolotga yordam beruvchi,
bilimlami puxta o‘zlashtirishga eltuvchi aqliy faoliyat komponentlari
takomillashadi.
Bu yosh davriga kelib, akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari
aqliy faoliyat texnikasi va metodikasi bilan yetarli darajada qurollangan
bo‘ladilar. Ammo mazkur yuksalishga qaramasdan, ularda bu sohada ma’lum
darajada kamchiliklar uchrab turadi. Bir tomondan, narsa va hodisalaming to‘la
isbotlanmay qolishi hodisasi ko‘zga tashlansa, ikkinchi tomondan esa, tafakkumi
faollashtiruvchi turli xususiyatli, maxsus o‘ziga xoslikka ega bo‘lgan o‘quv
faoliyati usullariga yetarli darajada ega bo'lmasligidir. M a’lumki, fikr yuritish
operatsiyalarini faollashtimvchi aqliy usullardan oqilona foydalanish ko‘zlagan
maqsadga yetishda asosiy rol o‘ynaydi.
Fikrlash faoliyatida mustaqillikning yo‘qligi yoki kamligi akademik litsey
va kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining muhim kamchiliklaridan biri hisoblanadi.
Ularga badiiy adabiyot obzorini tavsiflab berib, mazkur asar yuzasidan mustaqil
hukm chiqarish topshirilgan taqdirda qanday xatti-harakatni amalga oshirish
mumkin? Birinchidan, asami bir necha bor o ‘qishi, ammo hech qanday xulosa
chiqarmasligi mumkin. Dckinchidan, o‘qituvchi so‘zlarining har birini eslab qolib,
ulami mexanik ravishda so‘zlab berishga harakat qilishi mumkin. Uchinchidan,
o‘zi shaxsan boshqalardan eshitganlari bilan o ‘qituvchi axborotini o‘zaro
aralashtirib, sintez qilib javob berishga intiladi. To‘rtinchidan, o‘z shaxsiy fikrini
bayon etishga qiyinchilik tug‘ilsa, u holda asardan parchalar keltirishga urinadi
va hokazo.
Ilk o ‘spirin o‘quvchilar fikr yuritishdan erinib, materiallami hech
o‘zgarishsiz «tayyor holda» egallab oUshga intilib, hatto darsliklarda va boshqa
manbalarda kam uchraydigan, javobini topish mumkin bo‘lmagan taqdirda ham
ijodiy izlanishlarga harakat qilmaydilar. Lekin ta’lim mazmuni va o‘quv
faoliyatining xususiyati bu yoshdagi o‘quvchilaming fikr yuritish operatsiyasiga
ulkan talab qo‘yishini ular xayollariga ham keltirmaydilar. Bu yoshga kelib, ular
o‘quv materiallarini mustaqil ravishda abstraksiyalash va umumlashtirishga qodir
bo‘ladilar. Mana shunday fikr yuritish zaminida nazariy tafakkur vujudga keladi.
0 ‘qishga qiziqish esa asta-sekin aniq fanlarga qiziqishga aylana boradi.
196
Agar o ‘smir tafakkuri yaqqol-obrazli tafakkurdan abstrakt (mavhum)
tafakkurga o‘sib o ‘tish bilan tavsiflangan bo‘lsa, katta maktab yoshidagi
o'quvchilarda dialektik-nazariy tafakkur qilish qobiliyati rivojlana boshlaydi. Bu
tafakkur tabiat va jamiyatning umumiy taraqqiyot qonunlari bilan bevosita
aloqadordir. Mazkur qonuniyatlaming vujudga kelishi, o‘zgarib borishi, o‘ziga
xos xususiyatga ega bo‘lishi, shuningdek, ulaming o ‘zaro uzviy bog‘Iiqligi
singari murakkab bilimlar ilk o‘spirinlar yosh xususiyatiga mutlaqo mos keladi.
Akademik litsey va kasb-hunar kolleji o ‘quvchilarida nazariy tafakkuming
shakllanishida darsdan va sinfdan tashqari ishlar muhim ahamiyatga ega,
jumladan, turli to‘garaklar o ‘quvchi bilimini chuqurlashtirib, uning bilim
doirasini kengaytiradi. Ayniqsa, bu borada mustaqil bilim olish faoliyati muhim
rol o ‘ynaydi. Agar to‘garaklar shaxsiy tashabbuskorlikka asoslanmay tashkil
etilsa va ijodiy xususiyatga ega boMmasa, u holda ko‘zlagan natijasini bermasligi
mumkin (mustaqil ishlar, testlar, kompyuter, internet).
Fizika o‘quv predmeti sifatida o‘quvchilarda abstrakt tafakkumi
rivojlantiruvchi asosiy manbadan biri bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, fizika fani
bo‘yicha o'tkaziladigan olimpiadalar, qiziqarli ijodiy bahslar, qo‘shimcha
manbalardan topilgan dalillar, kashfiyotlar, koinot sirlaridan ma’lumotlar, jahon
energetikasi masalalari, laboratoriya metodi orqali fizik qonuniyatlar bilan
yaqindan tanishish imkoniyatlari ilk o‘spirinda fikr yuritish faoliyatida siljishni
vujudga keltiradi. Bu narsalaming barchasi o‘quvchilarda bilishga qiziqishni
taraqqiy ettiradi.
Masalan, kimyo fani bo‘yicha tashkil etilgan to‘garakda ishtirok etish
natijasida o‘spirinlarda moddalaming kimyoviy xususiyatlari va xossalari hamda
ulaming tuzilishi haqida qo‘shimcha bilim oladilar. Kimyoning sanoat va qishloq
xo‘jaligidagi ahamiyati to‘g‘risida ko‘pgina qo'shimcha ma’lumotlar bilan
tanishishga muvaffaq boMadilar. Matematika asosan o‘quvchilaming abstrakt
tafakkurini o‘stirishga qaratilgan fan bo‘lib, algebraik, geometrik, trigonometrik
shakllar va ulaming turli variantlari bilan chuqur va har tomonlama tanishish
muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyot ilk o‘spirinlarda mantiqiy va ijodiy
tafakkumi o‘stirishda asosiy rol o*ynaydigan fan hisoblanadi. To‘garaklar ta’siri
ostida mustaqil fikr yuritish, aqlning tanqidiyligi, nutq madaniyati tez sur’atlar
bilan taraqqiy eta boshlaydi Bundan tashqari, ilk
0
‘spirinning badiiy san’atga
bo‘lgan qobiliyati o‘sadi, badiiy didi, ijodiy qobiliyati, ijodiy ftkri va xayoli
kamolot sari ko‘tariIa boradi.
Ilk o ‘spirin o‘quvchiIar tafakkurining mustaqillik darajasini vujudga
keltirishda o‘qituvchining o‘zi ulkan rol o‘ynaydi. Birinchidan, u o‘quvchilami
o‘rganilayotgan qonuniyat va xossalaming to‘g‘riligi haqida ishonch hosil
qilishga, mavzular yuzasidan qanoatlanishga, isbotlash va daiillashga o‘rgatib
borishi kerak. Bundan tashqari, sanab o‘tilgan jarayonlami amalga oshirish uchun
eng qulay usul va metodlardan foydalanish kerakligi to‘g‘risida to‘la ma’lumot
berilishi maqsadga muvofiqdir. Ikkinchidan, o ‘qituvchi o ‘quvchilami narsa va
hodisalar haqida original yoki nostandart fikr yuritishga, ijodiy yondashishga
197
o‘rgatishi lozim. Buning uchun ulami mantiliy fikr yuritish usullari bilan
tanishtirish darkor. Uchinchidan, qo‘Uanaverib eskirib tarixiylikka aylangan
so‘zlardan, terminlardan, iboralardan foydalanishga, umuman, shablonizmga yoM
qo‘ymaslik, ilk o‘spirinlami ijodiy izlanishga yetaklashni hech vaqt diqqat-
e’tibordan
chetga
chiqarmaslik
zamr.
To4rtinchidan,
o‘qituvchi
ilk
o‘spirinlaming oldiga bilimlami amalda tatbiq qilish vazifasini qo‘yishi shart.
Beshinchidan, o4qituvchi ilk o‘spirinlaming individual xususiyatlarini hisobga
olib, zaxiradagi aqliy imkoniyatlaming ishga solishi maqsadga molik.
Oltinchidan, o4qituvchi ilk o4spirinlar oldida muammoli vaziyatni vujudga
keltirisni va ulami hal qilish bosqichlari bilan tanishtirib, yechishga da’vat etishi
ayni
muddao.
Yettinchidan,
ilk
o‘spirinlaming
emotsional-irodaviy
xususiyatlarini, mustahkamlashda yo‘l-yo4riq ko‘rsatishi, ustanovka berishi,
ulami qiyinchiliklami yengish va oldini olishga o‘rgatish o 4qituvchining kasbiy
burchidir.
0 ‘qituvchi zimmasiga qo‘yilgan vazifalar va shartlaming barchasi
pedagogik faoliyatga tatbiq qilishga muyassar bo‘linsa, hamisha ularga rioya
qilinsa, u taqdirda akademik litsey va kasb-hunar kolieji o‘quvchilari
tafakkurining mustaqilligini shakllantirish bosqichida yuksak amaliy vazifalar
ro‘yobga chiqqan bo‘ladi. Bunday ulkan talab va vazifalami pedagog sharaf bilan
bajarish uchun o‘z fanini mukammal egallash yo4lida ko‘p mehnat qilish, siyosiy
savodxon boMishi, psixologik bilimlami puxta egallashi, o‘quvchilam»ng
psixologik xususiyatlarini to‘la o4zlashtirishi, psixologik ta’lim va tarbiya
qonuniyatlari bilan qurollanishi maqsadga muvofiqdir.
Tafakkur boshqa psixik jarayonlardan ajralgan holda taraqqiy etishi
mumkin emas. Shu sababdan tafakkur rivojlanishi bilan birgalikda ilk
o‘spirinlaming axloqiy-ma’naviy sifatlarida ham muhim o‘zgarishlar vujudga
keladi, uning nutq madaniyati o‘sadi. Bu esa o‘quvchining o‘z ftkrini to‘g‘ri
ifodalash malakasini tarkib toptirib, nutq tuzilishini mustahkamlaydi, uni
murakkablashtiradi va lug4at tarkibini yanada boyitadi.
Akademik litsey va kasb-hunar kolieji ta’limi oxiriga kelib, o‘quvchi
mustaqil fikrlash malakasini egallab, mustaqil aqliy mehnat texnikasini, uning
metodlarini o‘zlashtirgan holda mustaqil bilim olish ko'nikmasini shakllantirishi
lozim. Biroq fikr yuritish faoliyati mustaqilligining rivojlanmaganligi ulaming
o‘quv faoliyatida katta kamchilik hisoblanadi. Bu kamchilikning asosiy sababi
o‘quv topshiriqlarining noto‘g‘ri qo'yilishi, o‘quvchilardan mulohaza yuritishni
uzluksiz talab etmasllk va mustaqil fikrlash qobiliyatiga e’tibor bermaslikdir.
0 ‘quv topshiriqlarining noto4g ‘ri qo4yilishi natijasida o‘spirinlar «tayyor
mulohazalar quli» bo‘Iit? qolaveradilar. Shu sababli o4qituvchi yuqoridagi
fikrlami e’tiborga olishi mutlaqo shart. Akademik litsey o‘quvchilarida va kasb-
hunar kolieji sub’ektlarida u yoki bu xildagi vaziyatni to‘g4ri aniqlashga,
asoslashga va isbotlashga, butun diqqatini qaratishga moyillik kuchli bo‘ladi.
Dars jarayonida duch kelinadigan narsa va hodisalaming chin ekanligiga ishonch
hosil qilishga intilish bu yoshdagi yigit-qizlarda o‘ta kuchlidir. Lekin, ba’zi
198
hollarda o‘qituvchilarimiz о*quvchilaming ana shu intilishiga noto‘g ‘ri
munosabatda bo‘lib, ulami o ‘rinsiz tanqidchilikda qoralaydilar, ulardagi bunday
intilishning yosh xususiyatidan kelib chiqishini nazarga olmaydilar. Shu sababli
o‘quvchilardagi tanqidiylikni faqat qoniqtiribgina qolmasdan, balki uni
rag‘batlantirish kerak, chunki bu yoshdagi kontingentlarga xos xususiyatdir. Bu
xususiyat ulaming aqliy faoliyati taraqqiyoti uchun foydalidir. Ishonch,
dalillashga talabchanlik, asoslash va isbotlash, o‘zlashtirilgan bilimlami anglash,
shaxsiy nuqtai nazarga ega bo‘lish kabi xislatlami e’tibordan chiqarmaslik zarur.
0 ‘qituvchi fikrlash, analiz qilish yo‘lini shunday tushuntirishi kerakki, o‘quvchi
mustaqil va to‘g‘ri xulosa chiqara olsin. Buning uchun o ‘qituvchida didaktik
qobiliyat mavjud boMishi shart.
Ilk o'spirinlar o‘zlariga xos bo‘lgan tanqidiylikni, o ‘zlarining aniq nuqtai
nazarini adabiyot, tarix, jamiyatshunoslik fanlaridan ko‘ra aniq fanlami o‘rganish
paytida namoyish qilishlari qiyinroq bo‘ladi. Ulardagi tanqidiy tafakkuming,
qat’iy mulohaza qilishning yetarli darajada taraqqiy etmaganligi, badiiy did va
umummadaniyat hissining kamligi badiiy asar qiymatini yuzaki baholashga olib
keladi. Asar to‘g‘risida chuqur fikr yuritmasdan turib uning qiymatini aniqlashga
shoshish mazkur yoshdagi o‘quvchilaming real turmush bilan badiiy asar
o‘rtasidagi farqni anglay olmasligidan kelib chiqadi.
Ilk o‘spirin o‘quvchi adabiyot faniga o‘smirga qaraganda boshqacharoq
yondashadi. Bu ko‘p tarmoqli bo‘lib, turli xususiyatli masalalami hal etishni
nazarda tutadi. Jumladan, ilk o‘spirinni hayajonga solgan savollarga'kitobdan
javob topish, shaxsiy dunyoqarash pozitsiyasi bilan o ‘zini qoniqtirish, personaj
idealini yaratish kabilar. Berilgan bu tavsifnoma ilk o‘spirin ruhiy olamining to‘la
shakllangan holda turmushga kirib kelishidir. Bayon etilganlarga ko‘ra,
o‘quvchiga olqituvchining «tayyor» bilim berishi, ulami zerikarli holatga tushirib
qo‘yadi. Shu sababdan, bunday ko‘ngilsiz holni vujudga keltirmaslik maqsadida
mustaqil fikr yuritishga undovchi yo‘lni topish juda zarur.
0 ‘quvchilarga ma’naviy ozuqa bera olmaydigan darslar fanga nisbatan
qiziqishini susaytiradi. 0 ‘quvchi, ma’naviy boylik orttirish yoMlarini izlaydi.
Vujudga kelgan ma’naviy talabini qondirishni istaydi. Ko‘pincha ular bunday
ehtiyoj ini qondirish uchun mustaqil bilim olish yo‘l va usullarini qidiradi. Oqibat
natijada ijodiy izlanish va evristik uslublami intuitsiyadan ustun ekanligini anglab
yetadilar.
Odatda ta’lim jarayonida an’ana tusiga kirib qolgan bir qolipdagi, monoton
darslardan qochish zarur. Iloji boricha o‘ng‘aysiz holatni yuzaga keltirmaslik
maqsadida pedagog butun kuch, va irodasini, mahoratini ishga solishi maqsadga
muvofiqdir. Darsning jonli va qiziqarli o'tishi uchun ilk o‘spirinlarni doimiy
faollashtirib borish yaxshi natija beradi.
Ushbu yoshdagi o‘quvchilar xususiyatlaridan yana biri — darslikda bayon
qilingan fikr va qarashlardan
foydalanmay turib, adabiy asami mustaqil
tushunish sari intilishdan iboratdir. Ammo bunday intilish, izlanish hamma vaqt
199
ham badiiy did malakasi bilan mustahkam aloqada bo*lavermaydi. Buning asosiy
sababi, ularda estetik did saviyasining yetarli rivojlanmaganligidir.
Adabiyot fani mehnatning yangilik yaratuvchi, o‘zgartuvchi faoliyat
ekanligini ilk o‘spiringa tushuntirsa, shaxsiy hayot va turmush sharoitini
tanishtirsa, nozik czgu-tilak yoki his-tuyg‘uga ma’lum yoM bilan yetishga ko*mak
bersa, u holda o‘quvchining bu fanga nisbatan munosabati ijobiy tomonga
o‘zgarishi mumkin.
Ilk o‘spirin u yoki bu xildagi adabiy asami o‘qish, tushunish orqali mustaqil
fikr yuritish, mulohaza qilishga kundan kun o‘rganib boradi. Uning mustaqil
nuqtai nazari, qarashi, shaxsiy pozitsiyasi shakllanadi. 0*z-o‘zidan ma’Iumki, bu
fazilat ilk o‘spirinning shaxsiy fikri, mustaqil o‘ylashi va qarorga kelishining
natijasi bo‘lib, o‘zgalaming tashqaridan bergan maslahati mahsuli emasdir. Balki
bu narsa fikr yuritish faoliyatining rivojlanib borishidan dalolatdir.
Adabiy asami baholash, unga nisbatan shaxsiy fikrini bildirish,
munozaraga kirishish kabi xislatlaming mayjudligi tafakkur tanqidiyligining
o ‘zginasidir. Noo‘rin tanqidiylik esa uning badiiy didi, nutq madaniyati va
turmush tajribasining kamchiligidir.
Psixolog
V.A.Kmteskiy
mazkur
yoshdagi
o‘quvchi
aqlining
(tafakkurining)
tanqidiyligini
ko‘rsatish
maqsadida,
L.A.Shumeeva
ma’lumotidan foydalanib, quyidagi dalillami keltiradi.
"Men hech vaqt hayajonlanmayman, ammo siz chuqur hayajonlanib,
to‘Iqinlanib turibsiz. 0 ‘ylaymanki, bunday holatni vujudga keltirishingiz pedagog
burchingizni ado etishlik bo4lsa kerak. Mana siz M. Gorkiy asarining tilidan o ‘ta
hayajondasiz — menga esa uning tili mutlaqo yoqmaydi. M. Gorkiy asarini
o‘qiganman. Birinchi satrda shunday iboralami ishlatadi: “Dengiz qah-qaha
uradi?” Bu jumla mening qalbimni hech qachon larzaga keltirmaydi, aksincha,
kulgimni qistatadi. Men bu kulayotgan dengizni tasaw ur qilishga harakat
qilaman, ancha zo‘rma-zo‘rakilikdan keyin, baqaloq, puchuq, yuzlari qip-qizil,
kichkinagina piфiroq ko‘zli allaqanday bir ayolni xayolimga keltiraman. Uning
yuzlari shamoldan qimirlaganday bo‘lib turadi. Keyinroq bo‘lsa, Quyosh nur
sochishi bilan o‘zini behad baxtiyor hisoblaydi Dengiz esa, quyoshning
erkalovchi purini aks ettirish bilan ovora. Bu nima degani?! Buni qanday
tushunmoq kerak? Qanday tasaw ur qilish mumkin?! Men faraz qilayapman,
sap-sariq odam har kuni ertalab baxtiyorona ko'zguga tikiladi, ko‘zgu ham
o‘zicha go‘yo baxtiyor, chunki u bu baxtiyor chehrani o ‘zida aks ettirgani uchun
behad baxtiyor. Bu narsa hech qachon mening kulgimni qistatmaydi. Qani, bunda
kulish uchun yumoristik iboralar?! Nega bunday yozishadi?! Bu nima degan gap,
axir?! Nahotki, oddiyroq yozishning iloji boMmasa, ha?!"
V.A.Kmteskiy tavsiyasiga ko‘ra, yuqorida suhbat qatnashchisi hisoblangan
o‘qituvchi, bu o‘rinda epitet va metaforalami o‘quvchiga tushuntirib, unda
adabiyotga nisbatan nozik didni paydo qilishga va uni o ‘stirishga harakat qilishi
kerak edi. Ammo pedagog bilan o'quvchi o‘rtasida bunday samimiy suhbat bo‘lib
o ‘tmagan. Shunisi, achinarliki, o‘quvchining shu mazkur asarga nisbatan o4z
■
,
Dostları ilə paylaş: |