6.2. Ilk o‘spirin!ar aql-idrokining xususiyatlari
Ilk o ‘spirin barcha faoliyat bosqichida mustaqil fikr yurita olmasligi uning
psixikasidagi jiddiy kamchilikdir. Ilk o‘spirinlarga adabiy qahramon qiyofasini
ifodalash, asar mohiyati, mazmuni va g‘oyasi yuzasidan mustaqil holda hukm va
xulosa chiqarish topshirilganda ular, birinchidan, asami o‘qishgan, biroq hech
qanday xulosa chiqarishmagan, ikkinchidan, mavzuga ijodiy yondashmasdan
o‘qituvchining har bir so‘zini esda saqlab olib, hech o‘zgarishsiz qaytadan aytib
berishga harakat qilishgan, uchinchidan, o‘zlari maktabdan va sinfdan tashqari
faoliyatlarida eshitganlari, o‘qiganlari bilan o ‘qituvchining axboroti, ma’lumoti
xabami umumlashtirib javob berishgan, to‘rtinchidan, o‘z fikrlarini bayon etishga
qiynalganlarida asar dan ko‘chirmalar keltirishgan.
0 ‘quvchilarda nazariy tafakkumi shakllantirishda to‘garak va fakultativ
mashg‘ulotlar, kasbiy fanlar muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, ilk
0
‘spirin
o'quvchining
mustaqil
fikrlashini
rivojlantirishda
o'qituvchilar,
sinf
rahbarlarining siymolari muhim rol o'ynaydi. 0 ‘qituvchilar ilk o'spirinlarda
o4rganilayotgan narsa va hodisalaming ob’ektivligi, haqqoniyligi, to‘g‘riligiga
ishonch hosil qilishlari, ulardan qanoatlantirishlari va ulami isbotlashga o‘rgatib
borishlari zarur. Ikkinchidan, fan o‘qituvchilari ulami narsa va hodisalar
to‘g ‘risida
original
fikr
yuritishga
yoMlashlari
kerak.
Uchinchidan,
177
o‘quvchilaming mashg‘u!otlarda qo'llanaverib, ma’naviy eskirgan bir qolipdagi
so‘zlardan,
iboralardan
foydalanishlariga
yo‘l
qo‘ymasliklari
kerak.
To‘rtinchidan, fan o‘qituvchiIari o‘spirin yigit va qizlarga bilimlarini amaliyotga
tatbiq qilishni o4rgatishlari shart, buning uchun ularda amaliy malakalami
shakllantirishga harakat qilishlari lozim.
Tafakkur boshqa psixik jarayonlardan ajralgan holda rivojlanishi mutlaqo
mumkin emas. Shuning uchun tafakkur rivojlanishi bilan birga o‘quvchining nutq
faoliyati ham o‘sadi. Bu esa o ‘quvchida o‘z fikrini to‘g‘ri, aniq ifodalash
malakasini tarkib toptiradi, nutqining tuzilishini takomillashtiradi va lug‘at
boyligini yanada oshiradi.
Ilk o‘spirin adabiy asarlami o‘qish va tushunish orqali mustaqil fikrlashga,
mulohaza yuritish va munozaraga o‘rgana boradi. Unda asta-sekin tabiat va
jamiyat o‘zining nuqtai nazari, e’tiqodi, qarashi shakllanadi. M a’lumki shaxsning
ana shu fazilatlari fikrlashi, mustaqil o‘ylashi, to‘g‘ri hukm va xulosa chiqarishi,
qat’iy qarorga kelishining natijasidir.
Yigit va qizlaming adabiy asami baholashi, u haqda shaxsiy fikrlarini
bildirishi, muammoli tomonlari yuzasidan bahslashuvi va hokazolarda insoniy
xislatlaming muayyan darajada ishtirok etishi aql tanqidiyligining aynan
o‘zginasidir. Turmushda uchraydigan noo‘rin tanqidiylik esa ilk o ‘spirinning
badiiy didi va hayotiy tajribasi zaifligidir. 0 ‘qituvchi ayni shu paytdagi asosiy
vazifasi - o‘quvchilar tafakkuridagi tanqidiylikni haqqoniylik darajasiga
ko‘tarishdan, ularga voqelikka odilona, oqilona tanqidiy nuqtai nazardan qarashni
o‘rgatishdan iboratdir.
Mazkur yoshdagi o‘quvchi aqlining tanqidiyligida og‘machiIikka moyillik
kuchli bo‘ladi. Og‘machi!ikning eng asosiy sabablaridan biri - voqelikning
mohiyatini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tushunmaslikdir. Shuningdek, uning “o‘z
pozitsiyasi”da bo‘sh kelmasligi, narsa va hodisalaming asl mohiyatini anglab
turib,jo‘rttaga “o‘jar!ik” qilishi ham ana shu og‘machilikning bir ko‘rinishidir.
Ularda moddiy dunyo to‘g‘risida shaxsiy fikrlar, mulohazalar, ilmiy
dunyoqarash tarkib topganidan keyingina tafakkuming tanqidiylik
xususiyati
rivojlana boshlaydi. Aqlning yoki tafakkumnng tanqidiyligini tarbiyalashda
0
‘qituvchi o'quvchining o ‘ziga xos tipologik xususiyatiga, aqliy kamolot
darajasiga, bilimlari saviyasiga, mulohaza doirasining kengligiga, nutq
qobiliyatiga, shaxsiy nuqtai nazariga, o ‘qishga nisbatan munosabatiga,
qiziqishining xususiyat va darajasiga, aqliy faoliyat operatsiyalarini qanchalik
bilishiga, mavjud o ‘qish ko‘nikmasi va malakalariga alohida e’tibor berishi lozim.
Aql tanqidiyligining rivojlanishi yangicha ta’lim muassasa o‘quvchilarini
moddiy dunyoni, atrof-muhitni o‘rganishga, o‘quv materiallarini puxta
o ‘zIashtirishga, ta’lim jarayonida tashabbuskorlikka, faollikka da’vat etadi va
bundan tashqari, voqelikni isbotlash va asoslash ko‘nikmalari tarkib topishiga
imkon yaratadi. 0 ‘rganilayotgan hodisa to‘g ‘risida hukm va xulosa chiqarish,
tasdiqlash yoki inkor qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
178
Ilk o'spirin tafakkurining sifatini uning mazmundorligi, chuqurligi,
kengligi, mustaqilligi, samaradorligi, tezligi tashkil qiladi. Tafakkuming
mazmundorligi deganda, ilk o ‘spirin ongida tevarak-atrofdagi voqelik bo‘yicha
mulohazalar, muhokamalar va tushunchalar qanchalik joy olganligi nazarda
tutiladi. Tafakkuming chuqurligi deganda, moddiy dunyodagi narsa va
hodisalaming asosiy qonunlari, xossalari, sifatlari, o‘zaro bogManishi va
munosabatlari ilk o'spirinning fikrlashida to‘liq aks etishi tushuniladi.
Tafakkuming kengligi esa o‘zining mazmundorligi va chuqurligi bilan bog‘Iiq
bo‘ladi. 0 ‘quvchi narsa va hodisalaming eng muhim alomat va xususiyatlarini
mujassamlantirsa, o*tmish, hozirgi zamon va kelajak haqidagi mulohazalarini
bildira olsa, buni keng tafakkur deyiladi. Tafakkuming mustaqilligi deganda, ilk
o‘spirin tashabbuskorlik bilan o ‘z oldiga yangi vazifalar qo‘ya bilishi va ulami
hech kimning yordamisiz oqilona usullar bilan bajara olishi tushuniladi. Aqlning
tashabbuskorligi deganda, ilk o*spirinning o‘z oldiga yangi g‘oya, muammo va
vazifalar qo‘yishini, ulami amalga oshirishda samarador vositalami ham o‘zi
topishga intilishini anglaymiz. Aqlning pishiqligi vazifalami bajarishda yangi
usullami tez izlab topish va qo‘llay olishda, eskirgan vositalardan qutulishda
namoyon bo‘ladi. Agar o‘quvchi muayyan vaqt ichida ma’lum soha uchun
qimmatli yangi fikrlami aytgan boMsa, nazariy va amaliy vazifalami hal qilishda
yordam bersa, buni samarador tafakkur deyiladi. Tafakkuming tezligi savolga
to‘iiq javob olingan vaqt bilan belgiianadi. Ilk o‘spirin tafakkurining tezligi qator
omillarga: birinchidan, fikrlash uchun zarur materialning xotirada mustahkam
saqlanganligiga, uni tez yodga tushira olishga, muvaqqat bog‘lanishning
tezligiga, turli his-tuyg‘ulaming mavjudligiga, o‘quvchining diqqati va
qiziqishiga; ikkinchidan, uning bilim saviyasiga, qobiliyatiga, egallagan
ko‘nikma va malakalarga bog‘liqdir.
Ilk o ‘spirin qobiliyati, layoqati va iste’dodi ta’lim jarayonida mehnat
faoliyatida rivojlanadi. Uning qanchalik iste’dodli ekanini aniqlash uchun
ziyrakligi, jiddiy sinovga shayligi, mehnatga moyilligi, intilish, psixik tayyorligi,
mantiqiy fikrlashining tezligi, izchilligi, samaradorligiga e’tibor berish kerak.
Qobiliyatning o‘sishi bilimlar, ko‘nikmalar, malakalaming sifatiga bog‘liq bo‘lib,
shaxsni kamol topish jarayoniga qo‘shilib ketadi.
Ilk o‘spirinlikda o‘tiladigan darslar, laboratoriya ishlari va amaliy
mashg‘ulotlar, referat konspekt yozish kabi ta’limiy faoliyat turlari yangicha
ta’lim muassasi o‘quvchilari o‘zlashtirishi zarur materiallami mustaqil holda
tushunishga olib keladi. Bu ishlar kundan-kunga ko‘proq ahamiyat kasb etishi
natijasida tafakkur tobora faol, mustaqil, ijodiy tus olib boradi. Bulaming barchasi
ilmiy-nazariy
tafakkuming shakllanishiga, tevarak-atrofdagi voqelikning
umumiy qonuniyatlarini bilish qobiliyati o‘sishiga, aqliy unkoniyatlar vujudga
kelishiga, tabiat va jamiyat rivojlanishining qonunlarini anglab olishga muhim
shart-sharoitlar yaratadi.
Ilk o‘spirinlar biror hodisani asoslagan, isbotlagan paytlarida uning muhim
xususiyatlariga, birlamchi jihatlariga sinchkovlik bilan qaray boshlaydilar.
179
Darsliklardan o‘qigan va o‘qituvchi!ardan eshitgan axborotlar, xabarlar va
ma’lumotlarga ishonish va ulardan qanoat hosil qilish uchun faol harakat
qiladilar, biroq ularda o‘smirlar singari obro‘ ketidan ergashish juda kam sodir
bo‘ladi. Ular har bir darsda tanishilgan materiallaming mohiyatiga, inson uchun
zarurligiga ishonch hosil qilishga to‘xtovsiz intiladilar. Ba’zan ta’lim jarayonida
shaxs tomonidan biror narsaga e’tiroz bildirsa yoki shubhalansa, uni nohaq
ravishda qoralaydi. Tafakkumi oqilona yo‘llar bilan o ‘stirish uchun favqulodda
holatlarda o ‘quvchining mazkur
xususiyatini
yomonlamay,
balki
uni
rag‘batlantirish to‘g ‘riroq bo‘ladi.
Ilk o‘spirinlik yoshida kollej o‘quvchi!ari aqliy faoliyatning omillari va
usullari bilan yetarli darajada qurollangan bo‘Iadi!ar.
Shunday qilib, ta’lim jarayonida turli fanlami o‘qitish tufayli keng ko‘lamli
bilimlar sistemasi o‘zlashtirilishi orqali kollej va akademik litsey o‘quvchilarida
tafakkuming faolligi, mustaqilligi, mazmundorligi, mahsuldorligi ortadi. Ularda
dialektik-refleksiv nazariy tafakkur tarkib topadi. Shu sababli voqelikning ichki
bog‘lanishlari, munosabatlari jamiyat rivojlanishining qonunlarini bilish va
anglab olish ko‘nikmasi yuqori pog‘onaga ko‘tariladi.
Agar o'smirlar tafakkuri yaqqol-obrazli tafakkuming mavhum tafakkurga
aylanishi bilan xarakterlansa, bu yoshdagi o ‘quvchilarda dialektik-kreativ
tafakkur qobiliyati rivojlana boshlaydi va bu tafakkur tabiat hamda jamiyat
rivojlanishining umumiy qonunlari bilan bevosita boglliq bo‘Iadi. Mazkur
qonunlaming vujudga kelishi, o‘zgarib borishi, o‘ziga xos xususiyatga ega
bo‘lishi, shuningdek, o‘zaro uzviy bog‘liqligiga doir murakkab bilimlar ulaming
yosh xususiyatiga aynan mosdir.
Dostları ilə paylaş: |