E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi


 3 . Ilk o‘spirin va kasb tan lash



Yüklə 112 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/64
tarix07.01.2024
ölçüsü112 Kb.
#211287
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

6 3 . Ilk o‘spirin va kasb tan lash
Endigina o‘sib kelayotgan ilk o‘spirinlik yoshidagi o‘quvchilar kasbga 
qanday yondashadilar? Bu muammo ko‘pchilikni qiziqtiradi. Kuzatishlardan va 
turmush tajribasidan ma’lumki, odatda ilk o‘spirinlik yoshidagi o‘g‘il-qizlar 
hayotda mustaqil qadam tashlash to‘g‘risida aniq, asosli fikr bildirishga 
qiynaladilar. Shu sababli kasb tanlash davrida oqilona va to‘g‘ri yo‘l tutishni 
bilmay dovdirab qoladilar yoki tavakkaliga ish ko‘radilar. 0 ‘zlarining 
imkoniyatlarini hisobga olib harakat qilishga ojiz bo‘ladilar. Natijada noxush 
kechinmalar, 
umidsizliklar, 
ijtimoiy 
sustlik 
holatlari 
vujudga 
keladi. 
O'quvchilaming ba’zilari kasb tanlashda yaqqol ko‘zga tashlanib turgan 
namunalarga taqlid qiladilar. Bunda o‘z atroflaridagi yaqin kishilami nazarda 
tutadilar, ulaming yo‘lidan borishni moMjallaydilar. Kuzatishlarimizning birida 
G‘. ismli ilk o‘spirin (akademik litsey o‘quvchisi) o‘z kelajagi haqida quyidagi 
fikrlami bildirdi: “Ehtimol qishloq xo‘jalik texnikumiga o‘qishga kirarman. U 
menga tanish. Unda akamlar o‘qiganlar. Balki jamoa xo‘jaligida qolib ishlarman. 
0 ‘qituvchi bo‘lish orzum ham boi;. Chunki pedagogika institutida tog‘amlar 
ta’lim olmoqdalar...*’ 0 ‘quvchining bu mulohazasini tahlil qilishning hojati yo‘q, 
chunki unda biror maqsadga yo‘nalg^n g‘oya mavjud emas.
''180


0 ‘quvchilar koilejda fanlaming asoslaridan bilim oladilar, har qaysi ilk 
o‘spirin fizika yoki matematika bilan tanishadilar. Biroq ulaming hammasi 
kelajakda flzik yoki matematik kasbini egallashni xohlayvermaydi. Unda yer 
kurrasi o‘rganiladi, barcha planetalaming xususiyati bilan tanishiladi, uzoq 
qit’alar dunyo xalqlari tarixi va san’ati bo'yicha bilimlar beriladi. Ammo barcha 
0‘quvchilar sayyoh bo‘lishni istamaydi. Fan asoslari o ‘quvchilarga keng 
ko‘lamda ma’lumot va axborotlar berishga moslashtirilgan bo‘lib, o ‘spirinlar 
olingan bilimlaming kelajak, shaxsiy turmush, bilimdon shaxs boMish uchun 
amaliy ahamiyatini anglab olishi kerak.
0 ‘quvchilarda biror o‘quv faniga ishtiyoq natijasida ularda har xil 
kasblarga qiziqish vujudga keladi. Tanlangan kasbni o‘zlashtirish bilan bogMiq 
fanga qiziqish ham orttiradi. Natijada to‘garak, mashg‘ulotIariga va fakiiltativ 
kurslarga ko‘chish imkoniyati vujudga keladi. Bunday imkoniyatdan unumli 
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Akademik litsey va kollej o‘quvchilarini qiziqishlari, mayllari, intilishlari, 
qobiliyatlari, iste’dodlari asosida tanlagan kasblariga to‘g‘ri yo‘na!tirish 
o‘spirinlar uchun katta hayotiy masaladir. Kasb tanlash jarayonida ilk 
0‘spirinlarga o‘qituvchilar, ota-onalar, jamoatchilik, o‘z kasbining ustalari, 
murabbiylar alohida e’tibor berishlari kerak. Ko'p hollarda ular kattalaming 
maslahat va tavsiyalarini hisobga olgan holda qat’iy bir qarorga kelishlari 
mumkin, chunki ular o‘z xohishlarini har tomonlama asoslab bera oladilar.
V.A.Kmteskiyning ma’lumotlariga qaraganda, pedagogika instituti 
talabalarining yarmi o'qituvchilik kasbini yoqtirib o‘qishga kirgan. Ulaming 
qolgan qismi esa institutga tasodifan kirib qolgan. Biroq bu oliy o‘quv yurtiga o‘z 
xohishi bilan kirgan talabalar orasida ham har xil mulohazalar mavjud. Pedagog 
kasbini yoqtirib o‘qishga kirgan talabalaming chorak qismi faqat olgan bilimlarini 
boshqalarga o‘rgatish maqsadini bildirgan bo‘Isalar, yana shuncha ilk o‘spirin!ar 
institutda o‘qitilayotgan biror fanni sevganlari uchun o'qishga kirganini aytgan. 
Talabalaming beshdan bir qismi bolalami chin ko‘ngildan yaxshi ko‘rgani uchun 
o‘qituvchilik kasbini tanlagan.
Akademik litsey va kollejni bitirgunicha hamma o'quvchilar kasbini qat’iy 
tanlaydi, deyish mumkin emas. Ulaming aksariyati o‘zi kelajakda kim boMishini 
tasavvur ham qila olmaydi va kelajak rejasini ham tuzmaydi. Ilk o‘spirinlaming 
ko‘pchiligi ta’lim muassasini tugatgandan so‘ng oliy o‘quv yurtida ham o‘qish 
to‘g‘risida gapiradilar, bu haqda orzu qiladilar. Lekin unga kira olmagan, ya’ni 
o*zining asosiy maqsadiga erisha olmagan yoshlar tushkunlikka tushadilar. Butun 
orzu-umidlarim barbod bo‘ldi, deb o‘ylaydilar, ba’zi lari kelgusi yilda o‘qishga 
kirishga umid bogiaydilar. Kasb-hunarga har xil munosabatlar hosil bo*lishining 
asosiy sababi maktabda o‘qish davrida kasb tanlash bo‘yicha turli xil niyatlar 
paydo bo‘Iishidir.
V.A.Kruteskiy ilk o‘spirinlarda uchraydigan motivlardan quyidagilami 
alohida ifodalaydi: a) biror o ‘quv faniga qiziqish; b) vatanga foyda keltirish istagi 
(o‘ziga xos psixologik xususiyat va qobiliyatni hisobga olmagan holda); shaxsiy
181


qobiliyatini ro‘kach qilish; g) oilaviy an’analarga rioya etish (vorislik); d) 
do‘st!ari va o‘rtoqlariga ergashish; ye) ish joyi yoki o‘quv yurtining uyiga 
yaqinligi; yo) moddiy ta’minlanish; j) o*quv yurti ko‘rinishining chiroyliligi yoki 
unga joylashish osonligi.
Shuningdek, boshqa turdagi motivlar, masalan, shaxsning biror kasbga
fanga moyilligi, maqsadi, unga intilishi, kasb tolg‘risidagi ma’lumoti, o‘zining 
sihat-salomatligi, asab sistemasining va temperamentining xususiyati va 
hokazolar ham bollishi mumkin.
Ilk o‘spirinlarda kasblar haqida yaqqol tasaw ur bo‘lmasligi sababli, ular 
ko‘proq xatoga yo‘l qo‘yadilar. Tanlangan yoki tanlanishi zarur bo‘lgan kasb 
qanday shaxsiy fazilatlami talab qilishini tushunib yetmaydilar. 
0 ‘z 
qobiliyatlarini oqilona baholay olmasliklari tufayli u yoki bu kasbni egallash 
uchun qanchalik tez va aniq harakat qila olishlarini, bu ishga moslasha olishlari 
mumkinligini bilmaydilar. Biroq hozir mazkur ko‘ngilsiz holatlaming oldini olish 
va bartaraf etish imkoniyatlari mavjud. Buning uchun quyidagi pedagogik- 
psixologik omillarga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir: 1) kasblami 
o‘rganish usullarini ishlab chiqish, ulami tasniflash va lo‘nda qilib ifodalash; 2) 
o‘qituvchining kasblar bo‘yicha tashviqot ishlari olib borishi, o ‘quvchilarga 
kasblar yuzasidan maslahatlar berishi ilk o ‘spirin va uning ota-onasi bilan birga 
kasbga yo‘naltirish tadbirlarini ko‘rib chiqishi; 3) ulami kasbning asosiy turlari 
bilan tanishtirish; 4) mehnat ta’limi darslarida o‘quvchilami kasbga tayyorlash va 
qiziqish uyg‘otish; 5) psixodiagnostik va kasb tanlash usullarining amaliyotga 
tatbiq qilishga moslashtirilgan turlami ishlab chiqish; 6) joylarda zamon talabiga 
mos kasb tanlash xonalarini tashkil etish; 7) kasb tanlash targ‘iboti yuzasidan ilk 
olspirinIami ommaviy axborot vositalariga jalb qilish va psixologik jihatdan 
tayyorlash.
Tadqiqotchilar va amaliyotchilar tomonidan kasbga yo'naltirishning usul 
va usuliyatlari ishlab chiqilgan. Kasblami xususiyatlariga qarab tasniflash va 
ulami ma’lum tartibga solib ifodalab berishga erishilgan. Bu borada 
Ye.A.KJimovning sxemasi alohida ahamiyatga ega. U quyidagi kasb turlarini 
tavsiya qiladi:
1. Polizchi, chorvador, asalarichi, zootexnik, agronom, o‘rmonchi -
bionika mutaxassisligi “inson - tabiat”.
2. Chilangar, tokar, montyor, konstruktor, radiotexnik, muhandis - texnika 
mutaxassisligi “inson - texnika”.
3. Ofitsiant, sotuvchi, hamshira, o‘qituvchi, tarbiyachi, tashkilotchi -
sotsionomika mutaxassisligi “inson - inson”.
4. Bo‘yoqchi, nusxa ko‘chiruvchi, musiqachi, badiiy bezovchi yoki 
pardozlovchi, bastakor, yozuvchi, rassom - artonomika mutaxassisligi - “inson -
badiiy obraz”.
Oddiyroq ifodalansa, kasblami tabiatga xizmat qilishga, texnikaga xizmat 
qilishga, insonga xizmat qilishga va badiiy obrazlar ustida ishlashga doir 
kasblarga ajratish mumkin. Lekin mazkur kasblar tasnifida ulaming ko‘pchiligi
182


ifodalanmagan. Ana shu guruhlarga unlab yondosh kasb-hunarlami kiritish 
mumkin.
Kasb tanlashga yoMlash va kasblami targ‘ib qilish usullaridan bin -
ko'rsatmali vositalar, ya’ni fotostendlardan, kitoblar ko‘rgazmasidan, yosh 
rassom va tabiatshunoslar ijodiy faoliyatining mahsulidan, naqqoshlik va texnika 
to‘garagi ishlaridan foydalanishdir. Bundan tashqari, muzeylarga ekskursiya 
uyushtii ish orqali ham ayrim kasblarga qiziqish uyg‘otish mumkin.
Yuritilgan mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, kasb-hunar to‘glrisida 
axborotlar, maslahatlar berishning o‘zi ongli ravishda kasb tanlash uchun yetarli 
emas. Shunga ko‘ra, ilk o‘spirin o‘quvchilaming bilish faoliyatini kuchaytirish, 
ulami mustaqil bilim olishga o‘rgatish ularga o‘zlarini muayyan faoliyatda sinab 
ko‘rish imkoniyatini yaratadi. Lekin kasbga yo‘naltirishning boshqa yo‘l va 
vositalarini ham qidirish va qo‘llash kerak.
Mehnat 
psixologiyasining 
mutaxassislari 
kasbga 
yunaltirishning 
boshqacha 
usullarini: 
barcha 
fanlami 
o‘qitishning 
politexnik jihatini 
chuqurlashtirishni; tabiiy-matematik fanlarda atrofdagi ishlab chiqarishdan ob’ekt 
sifatida foydalanishni; ijtimoiy turkumdagi fanlami o‘qitishda o‘lkashunoslik 
materiallarini qo‘llab o ‘quvchilaming kasbga qiziqishni oshirish, mehnatga 
ishtiyoq uyg‘otishni; darslarda kasblar haqida axborotlar berib borishni; mehnat 
sohalari bilan o‘quvchilaming mustaqil tanishishi uchun sharoit yaratishni tavsiya 
etmoqdalar.
Qishloq sharoitida kasb tanlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar ham 
mavjud. Chunonchi, yozda o‘quvchilami ishlab chiqarishga bemalol jalb etish 
mumkin. Bunda jismoniy mehnatga ulami qiziqtirish, mehnat nashidasidan 
bahramand etish, ularda mamnuniyat hissini tarkib toptirish, ularda rejali mehnat 
qilish ko‘nikmasini vujudga keltirish, javobgarlik va mas’uliyat hissini tarkib top­
tirish lozim. Ilk 
0
‘spirinlami mehnatga tayyorlanishga rag‘batlantirishni malaka 
darajasini berish bilan yakunlash ma’qul. Ishlab chiqarish mavsumida o‘quvchilar 
brigadalarini tuzishda ulaming yosh xususiyatlari, qiziqishlari va aqliy kamolotini 
hisobga olish zarur. Brigadalarda ishlash mehnat va kasbga psixologik 
tayyorgarlik bosqichi boMadi. 0 ‘quvchilar o‘zining qaysi kasb-hunarga 
yaroqliligi yoki yaroqsizligini amaliy ishlarda sinab ko‘radilar va o‘zlariga 
ishonch hosil qiladilar.
Kasb tanlashda ilk o‘spirin yigit-qizlarda qator maqsadlar vujudga kelishi 
mumkin. Dastlabki maqsad - bosh maqsad deb ataladi va u umumxalq mehnatiga 
o‘z ulushini qo‘sha olamanmi, qanday inson bo‘lib yetishaman, hayot va faoliyat 
ideallarim nimalar bo4ishi lozim, degan fikrlardan iborat bo‘ladi. Yaqin va 
yaqqol maqsad - dastlabki faoliyat sohasi, mutaxassislikni qanday va qaerda 
egal lash, o'qishni tugatgach, dastlabki mehnat faoliyat qaysi lavozimdan 
boshlanishi, mehnat mahoratini oshirish istiqbollari haqidagi mulohazalardan 
tashkil topadi. Psixologik nuqtai nazardan maqsadga erishishning tashqi va ichki 
shart-sharoitlari mavjud. Tashqi sharoitlarga maqsad yoMidagi har xil 
qiyinchiliklar, 
qarama-qarshiliklar, 
ziddiyatlar 
mazkur 
muassasa 
yoki
183


tashkilotning imkoniyatlari, muayyan sub’ektga - yosh kasb egasiga ko'rsatishi 
mumkin boMgan qarshiligi va hokazolar kiradi. Maqsadga erishishning ichki 
shart-sharoitlariga shaxsning imkoniyatlari, sihat-salomatligi, aqliy qobiliyati, 
tirishqoqligi, irodaviy sifatlari (chidamliligi, sabr-toqati) tanlagan kasbi bo‘yicha 
ishlashi uchun zarur fazilatlari va hokazolar kiradi.
Psixologiya fanida maqsadga erishish faoliyatining qo‘shimcha, yordamchi 
turlari ham amalda uchrab turadi. Ular asosiy maqsad vositalari ish bermay 
qolganda qo'llanadi. Ilk o‘spirinlar tajribasida shunday hollar ro‘y beradiki, 
asosiy maqsadni amalga oshirishda, yengish qiyin to‘siqlarga duch kelinadi, ana 
shundagina yordamchi vositalardan foydalaniladi. Bunday holatni tasavvur etish 
uchun ulaming tajribasidan quyidagi ko‘chirmani keltiramiz: “Tanlov bo‘yicha 
yaqin oradagi kasb-hunar kollejiga kira olmayman, shuning uchun xuddi shu 
mutaxassislik bo‘yicha kollejga kirish uchun harakat qilaman...” Kasb tanlovchi 
ilk o‘spirinning mulohazasidan ko‘rinib turibdiki, u bir emas, balki bir nechta 
qo‘shimcha maqsaddan foydalanishga intilyapti. Shunga o ‘xshash maqsadga 
erishishning qo‘shimcha, yordamchi yo‘l va vositalari uchrashi mumkin. 
Qo‘yilgan maqsadni ro'yobga chiqarish uchun intilish kasb tanlash jarayonida 
ulaming shaxsiyatida ju r’atlilikni vujudga keltiradi. Bu fazilat ilk o'spirin 
shaxsining ajoyib yutug‘idir.
Akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining professiogramma 
bilan tanishishida asosiy maqsad quyidagi tarkibiy qismlami, jihatlami o ‘z ichiga 
qamrab oladi: a) asosiy mehnat qurollari - kasb tanlovchining diqqati, shijoati, 
fikr-xayoli - xuddi shu qurollariga qaratilgan va yo‘naltirilgan bo‘Iishi kerak; b) 
asosiy mehnat operatsiyalari: mehnat quroli bilan qanday faoliyatni amalga 
oshirish imkoniyati mavjudligini aniqlash va qaysi sohalarda ishlatish 
mumkinligini bilish; ishlab chiqarish jarayonidagi operatsiyalaming rolini to‘g ‘ri 
tasavvur qila olish; operatsiyalaming yangi variantlarini qidirib topish uchun 
harakat qilish; v) asosiy qurollar va vositalar, qo‘l as b obi arid an - chilangar, 
ximrg, gMjyakchi, kamon chaluvchi kabi kasb egalari foydalanadi; g) mehnat 
sharoitlari: kasb tanlovchini qurshagan tabiiy muhit va sharoitlar, kishilar va 
hokazolar.
Yuqoridagi mulohazalarga asoslanib, ilk o‘spirinlami o ‘z qiziqishlari, 
mayl, ehtiyoj, iqtidor, qobiliyat, ko*nikma va malakalarini hisobga olgan holda 
kasb tanlashga yo‘naltirish jamiyatning rivoji uchun puxta zamin hozirlaydi.

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin