6.5. Ilk o‘spirinlik davrining o‘ziga xos xususiyatlari
0 ‘smirlik yosh davrida inson psixikasiga oid materiallardan shu narsa
.na’lumki, ushbu taraqqiyot bosqichida fiziologik jihatdan rivojlanish odatda
notekis amalga oshadi. Biroq hozirgi davrda (XXI asrda) biz ilk o‘spirinlaming
rivojlanishi to‘g‘risida mulohazalar yuritar ekanmiz, shuni alohida ta’kidlash
ioizki, ularda fiziologik o‘zgarishlar, funksional holatlar bu davrga kelib
osoyishta kechish pallasiga kiradi. Bu voqelikning ko‘plab omillari,
mexanizmlari, harakatga keltimvchi kuchlari mavjud bo‘lib, muayyan vaziyatga
bog‘langan holda kechuvchi ta’sirlar orqali ro‘yobga chiqadi.
Ilk o'spirinlik davriga kelib, riyojlanish sub’ektlarida jinsiy o ‘sish
(kamolot) biologik nuqtai nazaridan o‘zini tugallanish yoki yakunlanish pallasiga
ko‘tariladi, buning natijasida ushbu ontogenez davrida organizmning barcha
tarkiblari, boMinmalari har tomonlama mustahkamlanishi yoxud takomillashuvi
sodir bo‘ladi. Ularda bo‘yning o‘sishi o‘smimikiga nisbatan biroz sekinlashadi.
Shunga qaramasdan, ba’zi bir o*g‘il ilk o‘spirinlarda bu jarayon uzoqroq davom
etishi kuzatiladi. Bo‘yning o‘sishi qariyb to‘xtash arafasidagi ilk o‘spirinlarda
vazn ortadi, kattalashadi, natijada o‘ziga xoslik vujudga keladi. Og‘irlik bo‘yning
o‘sishiga nisbatan bir necha barobar ustun turishi ham mumkin. Yuqoridagi
mulohazalarga qaramasdan, ulaming xatti-harakatidagi qo‘pollik, keskinlik
illatlari asta-sekin yo‘qola boradi. M a’lumotlar tahliliga qaraganda, og‘irlik
ortishining asosiy sabablaridan b ir i-----u ilk o‘spirinlik davriga kelib ulaming
muskullari rivojlanishidagi jadallashuv ekanligi. Fiziolog va psixofiziolog olimlar
tomonidan muskullar o‘sishining o‘rganilishi quyidagi dalillami keltirib chiqardi,
chunonchi:
Yosh davri:
Muskullarning tana og‘irligiga
nisbati:
8 yosh
27
10 yosh
32
17 yosh
4
187
Odatda
biologik, jismoniy
rivojlanish
barcha
ilk
o‘spirinlarda
bioquwatning oshib borishidan dalolat beradi. Ularda mehnat faoliyatining
murakkablashuvi, yangi mehnat ко‘ni km a lari va malakalarining vujudga
kelishiga olib keladi, lekin bunday rivojlanish ilk o*spirinlaming psixikasiga o‘z
ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi, albatta. Mazkur yoshdagi qizlarda esa o ‘zlarining
tashqi ko'rinishlariga, qiyofalariga nisbatan shaxsiy munosabatlari, e’tiborlari,
qiziqishlari, mayllari tobora kuchayib boradi. Ularda, aksariyat hollarda
o‘zlarining tashqi ko‘rinishlari yoki qiyofalarini anglagan yoki unchalik
anglamagan holda o‘zlarini yuqori baholashga intiladilar. Ilk o ‘spirinlik davrida
o‘g‘il-qizlardagi o‘zini o‘zi yuqori baholash, noadekvatlik keyinchalik
(ontogenezning keyingi bosqichida) hayoti va faoliyati davomida saqlanib
qolishi, dinamik stereotip tus olish ehtimoli mavjud boMadi. Mazkur tendensiyani
saqlanib qolish xususiyatini fransuz olimlari eksperimental tarzda o‘rganish crqali
ularda o‘zini o‘zi baholash darajasini aniqlaganlar. Tadqiqotchilar oradan 30 yil
o‘tgach, xuddi shu sinaluvchilami yig‘ib, ular bilan o‘zini o ‘zi baholash yuzasidan
tajriba ishlarini o‘tkazganlar. Olingan natijalarni psixologik tahlil qilgan
olimlaming fikrlaricha, ilk o‘spirinlik davrida dominantlik xususiyati yaqqol
ko*zga tashlanmagan sinaluvchilarda oradan 30 yil o‘tgandan keyin ham mazkur
stereotip tubdan yo‘qolmagan.
Psixologik ma’lumotlaming tahliliga qaraganda, kuchsiz, zaif, past bo‘yli
yoki ko‘rimsiz, notckislik fenomeni mavjud ilk o‘spirinlar o ‘smirlardan farqli
o‘laroq injiqlik, qaysarlik qilmaydilar, tevarak-atrofdagi odamlar bilan
shaxslararo munosabatlarda faqat nizoli holatlarga kirmaydilar. Vaholanki,
bunday toifadagi ilk o‘spirinlar o‘zlarining asosiy diqqatlarini o‘z - o ‘zini
tarbiyalashga, kamol toptirishga, zaruriy shaxs xususiyatlarini shakllantirishga
qaratadilar. Bu mayl ta’sirida jismoniy jihatdan kuchsiz, zaif his etgan ilk
o‘spirinlar fizkultura va sport bilan jiddiy, maqsadga muvofiq tarzda, maxsus
shug‘ullana boshlaydilar, qolaversa o‘zlarining aqliy rivojlanishlariga, mustaqil
fikr yuritishlariga alohida e’tibor beradilar. Bunday voqelik yuzaga kelganligi
munosabati bilan ushbu davrda kuchli va kuchsiz, bo‘ydor va pakana tuzilishga
ega bo‘lgan o ‘quvchilami (akademik litsey, kasb-hunar kollejlari sub’ektlarini)
toifalarga ajratish ancha qiyin kechadi, chunki ulaming orasidagi farqlar keskin
kamayadi. Favquloddagi vaziyatga esa akselerantlarga tez rivojlanuvchi
reterdontlar o‘sishdan orqada qoluvchilarga yetib oladilar. Buning natijasida
ulaming o‘zaro qarama—qarshiliklari keskin kamaya boradi.
Ilk o‘spirinIarda fiziologik rivojlanish o(smirlik davriga nisbatan ancha
tinch o‘tishligi bilan tafovutlanadi, xuddi shu boisdan o‘sish va o ‘zgarishlaming
yakunlovchi bosqichi deb atash mumkin. Biroq shu narsani alohida ta’kidlash
joizki, biologik, fiziologik jihatdan ilk o‘spirinlaming to‘la voyaga yetmaganligi
ulaming shaxs sifatida to‘kis shakllanganligini anglatmaydi. Ilk o‘spirinlik
davrining o‘ziga xosligi shundan iboratki, u biologik balog'atga yetishdan shaxs
kamolotiga, ijtimoiyloshuvning navbatdagi bosqichiga o ‘tishni aks ettiradi.
Mazkur davrda ham asosiy faoliyat o ‘qish, kasb-hunar tanlash bo‘lib qolaveradi,
188
lekin ularga nisbatan qiziqish biroz pasayadi, tanlab munosabatga kirishish
kuchayadi, ya’ni differensiatsiya dominantalik xususiyat kasb etadi. Bu ijtimoiy,
ijtimoiy-psixologik voqelikning ham o‘ziga xos muayyan omillari, sabablari
mavjud. Agarda o‘smirlikda asosiy faoliyat muomala, shaxslararo munosabat
bo‘lib hisoblansa, ilk o‘spirinlik davriga kelib, undan oldingi ontogenetik
bosqichdan farqli oMaroq o‘qishga nisbatan qiziqish jonlana boradi, chunki bu
davrda ta’lim sub’ektlari oldida akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarini
bitirishdek mas’uliyat yotganligi harakatlantiruvchi kuch funksiyasini bajaradi.
Bilish va kognitiv jarayonlaming barqarorligi o‘sganIigi, takomillashganligi,
kasbiy malakalar shakllanganligi o ‘quv jarayonining sifat va miqdor jihatdan
o'zgarganligidan
dalolat
beradi.
0 ‘zgarishlaming
miqdoriy
jihatdan
ko‘rinishlariga quyidagilami kiritish mumkin:
1.
Yaqqol (konkret) va mavhum (abstrakt) ilmiy tushunchalar
0
‘rtasidagi munosabatlar.
2.
Kognitiv faoliyatning jarayonlari, operatsiyalari rivojlanganligi:
taqqoslash, qiyoslash, umumlashtirish, tasniflash va hokazo.
3.
Esda olib qolishning ratsional usullarining mavjudligi (so‘z-mantiq
xotirasiga asoslangan holda).
4.
Muammoli vaziyatlar va ulaming yechimini topish imkoniyatlari.
5.
Ijodiylik (kreatsiya) usullari vujudga kelayotganligi.
6.
0 ‘zini o‘zi baholash va nazorat qilish uquvi shakllanayotganligi.
Odatda sifat o‘zgarishlarining tarkibiga o‘quv faoliyatining motivatsion va
mohiyat jihatidan o‘zgarishning variantlari kiradi. Motivatsion o‘zgarish
to‘g‘risida shuni ta’kidlash joizki, o ‘quv faoliyati ilk o‘spirin uchun shaxslararo
munosabatlarda o‘z o‘mini topish, jamoa (sinf, kurs) ichida o‘zini tasdiqlash, tan
oldirish, mustaqil turmushga, hayotga kirishga tayyorgarlik ko‘rishning motivlari
alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu motivlaming barchasi ilk o‘spirin uchun
shaxsiy ma’no kasb etadi. Shaxsning motivatsiya tuzilishida yuksak ijtimoiy
motivlardan jamiyatning to‘ laqonli, tenghuquqli a’zosi boMish, xalqqa va Vatanga
xizmat qilish, foyda yoki naf keltirish katta o‘rin egallaydi. Bilishda, kognitiv
faoliyatda o‘quv jarayoniga va bevosita unda berilayotgan materiallaming
(aksariyat fan asoslari) mohiyatiga nisbatan qiziqish ilk o‘spirinlarda o‘ziga xos
xususiyatga ega (rasmiy yoki norasmiy nuqtai nazaridan yondashish). Yuqorida
fikr, mulohaza va mushohadalardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash lozimki,
bu davrga kelib o ‘quv faoliyatining barcha motivlari (hatto ijtimoiy ahamiyat kasb
etuvchilari ham) jipslashib, barqaror tus egallaydi. Ushbu motivlaming eng
ahamiyatli, o ‘ziga xos tomonlari - bu ulaming ixtiyoriyligidir. Boshqacha so‘z
bilan aytganda, ilk o‘spirin (akademik litsey va kasb-hunar kolleji sub’ektlari)
butun faoliyatini o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalariga erishishga
qaratishidir. 0 ‘quv faoliyatining bu motivatsiya sohasida differensial (individual)
olzini o‘zi baholash hamda nazorat qilish alohida o‘rin tutadi. 0 ‘zini o‘zi bunday
yo‘sinda baholash (orttirib, pasaytirib, xolisona, haqqoniy) ilk o‘spirinning qaysi
soha kuchli va qaysida kuchsiz ekanligini to‘g‘ri (adekvat) baholashga yordam
189
beradi. bu esa o‘z navbatida o ‘zini o ‘zi rivojlantirish, ichki imkoniyatlarini
ro‘yobga chiqarish, o‘zini o‘zi namoyon etish, o‘ziga o‘zi buyruq berish kabilami
takomillashtiradi. Buning natijasida “Men”ligini egallashga intilish tuyg‘usi
shakllani boshlaydi.
Akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji o‘quv faoliyati mohiyatining
ikkinchi tomonini uning mazmunidagi o‘zgarishlar tashkil etadi. agarda o'smirlar
ma’lum voqea va hodisaning shunchaki mazmunigagina qiziqsalar (ehtiyoj
sezsalar), ilk o‘spirinlar esa mazkur hodisa yoki voqelikka nisbatan turlicha
munosabatlami izchil o‘rganib, tahlil qilib, shaxsiy nuqtai nazarini bildirishni,
talqin etishni (interpretatsiyani) xohlaydilar. Chunki ilk o‘spirinIami bor haqiqat
qiziqtiradi, qolaversa bu davrda ishonch-e’tiqod, dunyoqarash jadal sur’atlar bilan
shakllanadi. Ular har bir hodisani ko‘pyoqlama, atroflicha, butun yaxlitligi va
chuqurligi, mohiyati bilan bilishni istaydilar. Lekin shunday omil yoki sabab
mavjudkim, buning ta’sirida ular uchun qiziqarli bo‘lmagan masalalarga diqqatini
jalb qiloimaydi, natijada o‘spirinlar faoliyati susayadi. Ko‘pincha ilk o‘spirinlami
bevosita ana shu jarayonning kechishi, uning isbotlari, keltirilgan ham nazariy,
ham empirik barcha dalillar qiziqtiradi, ulami bilish faoliyatining predmetiga
joylashtirishni istaydi. Ular juda tez munozaraga kirishib ketadilar, chin haqiqat
yechimini topishga intiladilar, bu esa mustaqil fikr yuritishga, ta’lim
samaradorligidan foydalanishga harakat qiladilar. Binobarin, baholash va
baholanish istagi, bahs-munozaraga intilish mazkur yosh davrining eng asosiy
xususiyatidir. Ular fikrlashining faolligi va tafakkurining mahsuldorligi bilan
boshqa yosh davrlaridan keskin ajralib turadi. Bu narsa (voqelik)laming barchasi
turmushda fantastikada o‘z aksini topadi. 0 ‘smirlardan farqli o‘laroq ular o‘z
faoliyatini boshqara boradilar, hatto nazorat qila biladilar. Ushbu davrga kelib
tafakkuming ijodiyligi jadallashadi. Shuni uqtirib o‘tish lozimki, ilk o‘spirinlami
faqat ilmiy emas, hatto ulami etik (axloqiy) muammolar ham qiziqtiradi. Ularda
axloqiy masalalar yuzasidan kuchli baholash tizimi vujudga kela boshlaydi. Bu
jarayonda tushunarsiz hisoblangan, tasavvur qilingan dalil va isbotlar ular
tomonidan qabul qilinmaydi. Ilk o'spirinlar o‘z faoliyatlarida hissiyot va
irodaning kuchli xatti-harakatlari hamda tafakkuming faolligi bilangina
tavsiflanib qolmasdan, balki mustaqillikka (shaxs sifati tariqasida) intiladilar.
Ular
uchun
munozaraii,
bahsli
kechalar,
eksperimental
laboratoriya
mashg4ulotlari, erkin seminar mavzulari katta qiziqish, motiv, moyillik
uyg‘otuvchi stimul hisoblanadi. Bulaming barchasidan unumli foydalanish
orqaligina har bir o‘qituvchi o‘z o‘quvchilaridan (kasb-hunar kolleji, akademik
litsey sub’ektlaridan) mustaqil ravishda o‘z ma’lumotini uzluksiz oshirib borish
qobiliyatini yanada takomillashtirish mumkin.
Yuqoridagi fikr va mulohazalami umumlashtirib shuni aytish mumkin к i,
ilk o‘spirinlik davriga kelib o‘quvchilaming bilish (kreativ-ijodiy) faoliyatidagi
ijobiy p'zgarishlar, kasb-hurihr motivlari, intilish, moyillik, tabiat va jamiyatga
nisbatan ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik munosabat ular shaxsining tarkib
topistyda.(ijtimoiylashuvida) muhim rol o ‘ynaydi.
Odatda har bir yosh davrining psixologik xususiyatlari tadqiq etilganda
undagi
alohida
(individual)
shaxsning
o‘z
tengdoshlari
davrasidagi
(mikromuhitdagi) o*mi va ular bilan o‘zaro hamda shaxslararo munosabatlari
alohida izlanish predmeti sifatida ko‘rib chiqiladi. Xuddi shu bois, ilk o‘spirinlik
davrining asosiy xususiyatlaridan yana biri sifatida shuni ta’kidlash joizki, bu
davrga kelib ularda shaxslararo munosabatlarda ota-ona, o‘qituvchi, tengdoshlari,
norasmiy guruh a’zolariga nisbatan qayta orientatsiya (reorientatsiya) qilish
jarayoni tugallanadi. Ma’lumki, o‘z tengdoshlari bilan muomalaga (muloqotga)
kirishish ehtiyoji insonda 4-5 yoshidayoq vujudga kelsa-da, ushbu ehtiyoj borgan
sari kuchayadi, jadallashadi, ko‘lami ortadi, buning natijasida reorientatsiya
jarayoni namoyon bo‘ladi, tobora barqarorlashib boradi.
Materiallaming psixologik tahliliga qaraganda, ilk o ‘spirinlik davrida
tengdoshlar o'rtasidagi muomala, muloqot uch xil ko‘rinishdagi funksiyani
bajaradi:
1.
Axborot (informatsiya) kanali.
2.
Shaxslararo munosabatlami shakllanish jarayoni.
3.
Emotsional-hissiy aloqa (kontakt) o‘matish vositasi (o‘zaro ta’sir
yoki interaksiya).
1.
Axborot (informatsiya) kanali yuzasidan shuni aytib o‘tish lozimki,
ilk o*spirinlar o‘z tengdoshlaridan muayyan darajada tabiat, jamiyat, fan va
texnika to‘g ‘risidagi ma’lumot (xabar)lami oladilar. Jinslar (genderlik)haqidagi
ma’lumotlaming deyarli aksariyati tengdoshlar bilan bo‘lgan muloqotda,
muomala jarayonida o‘zlashtiriladi, qolaversa ularga nisbatan shaxsiy munosabati
shakllanadi. Shuning uchun tengdoshlari bilan munosabatga kirishmaslikning o4zi
ijtimoiy-psixologik voqelikka daxldor salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin,
buning natijasida ulaming psixikasida rivojlanishdan orqada qolish hodisasi
vujudga keladi. Axborot taqchilligi shaxsni sust harakat qilishga, loqaydlikka olib
boruvchi illatni namoyon etadi.
2.
Shaxslararo munosabatni shakllanish jarayoni - ilk o‘spirinning o‘z
tengdoshlari orasida axloqiy va nafosatga oid bilim, ko‘nikma, madaniyatni
egallaydilar. Jamoada, guruhda, jamoatchilik o‘rtasida olzini tuta bilishlik, o‘zini
o‘zi ham jismonan, ham aqlan idora qilishlik bolalik davridayoq tengdoshlar
davrasida shakllana boradi. Mazkur davrda munosabatlaming me’yori, mezoni,
paralingvistik, ekstralingvistik, prosemik, operativ-kinestetik fenomenlari bilan
qurollanish vaziyati yuzaga keladi.
3.
Emotsional-hissiy aloqa (kontakt)
0
‘matish vositasi (interaksiya
funksiyasi) - gumhning tenghuquqli a’zosi (ishtirokchisi, hamkorlik faoliyati
sub’ekti) ekanligini anglash (tushunish, o‘zini o‘zi tan oldirish, o‘z “Men”ligini
tasdiqlash), undagi o‘rtoq!archa, do‘stona (xolisona) o‘zaro yordam ilk
o‘spirinning mustaqil shaxs sifatida shakllanishida ko‘mak beribgina qolmasdan,
balki unga emotsional-hissiy kechinmalar, tuyg'ular, yuksak hislar (aqliy,
axloqiy, lazzatlanish, ehtiros, eyforiya, kayfiyat, affekt, stress, depressiya kabilar)
tolg‘risida ma’lumotlar hamda ulardan ijtimoiy turmushda foydalanish yo‘l-
191
yo‘riqlari bilan tanishtiriladi. Bulaming barchasi mazkur yoshdagi o‘g‘il-qizlami
barkamol shaxs sifatida shakllanishga puxta, barqaror, mustahkam psixologik
negiz yaratadi.
Ilk o4spirinlaming tengdoshlari haqida mulohaza yuritar ekanmiz, ular
ishtirok etgan jamoasi (guruhi) tushunchasini ijtimoiy-psixologik nuqtai
nazaridan izohlab berishga, tavsiflashga harakat qilamiz. Bizningcha (E .G \), bu
tushuncha ikki xil ma’no, mohiyat kasb etishi, shuning uchun ikki toifaga mansub
sifatida talqin qilinishi mumkin.
1.
Tor ma’nodagi, ya’ni ko‘lami ixcham bo‘lgan ijtimoiy-psixologik
xususiyatli guruh birlashmasi (rasmiy yoki norasmiy bo4ishidan qat’i nazar)
ko‘rinishi, shakli sifatida.
2.
Keng ma’nodagi, ya’ni koMami keng, umuman olganda keng
miqyosdagi tanish va notanish tengdoshlami birlashtirish tariqasida. Lekin ta’bir
joiz boMganligi tufayli shuni aytish kerakki, tor ma’nodagi ijtimoiy-psixologik
guruhlar sifatidagi tengdoshlar jamoasi bir tomondan turli yoshdagi, kasbdagi
yoshlami, masalan, sport komandasi a’zolarini o‘z ichiga qamrab olishi nazarda
tutilsa, ikkinchi tomondan, ular ijtimoiy kelib chiqisha jihatdan turli kasb-hunar
egalaridan tashkil topgan bo‘Iishi mumkin, chunonchi, kasb-hunar kolieji,
akademik litsey o ‘quvchilari, xizmatchilar, ishchilar, qishloq xo‘jaligi bilan
shug'ullanuvchilar va boshqalar.
Ilk o‘spirinlar psixikasi tadqiqot qilinar ekan, ular ko'pincha referent
guruhlarga taaliuqli ekanligi uqtirib o‘tiladi, ya’ni ularga o‘z ta’sirini o‘tkaza
oladigan hamda alohida o‘g‘il yoki qiz uchun muayyan qiymatga ega boMgan
guruh gavdalanadi. Psixologiya fanida ilk o‘spiriniik davri ikki xil guruhga
ajratiladi:
1)
rasmiy guruhlar, ya’ni muayyan muhitga daxldorligi, yaqqol vaqt
hamda fazoda hamkorlik tizimiga aloqadorligi;
2)
ixtiyorsiz, g‘ayritabiiy, spontan tarzda vujudga keluvchi guruhlar.
Odatda rasmiy guruhlar katta yoshdagi insonlar tomonidan tashkil
toptirilgan, shakllantirilgan, ham ijtimoiy, ham psixologik mexanizm bilan
boshqariladigan hamda jamiyat tashkilotlari tomonidan nazorat qilib turiladigan
odamlar jamlanmasi (birlashmasi)dir. Ijtimoiy-psixologik nuqtai nazaridan ular
ham o‘z navbatida ikkitaga bo‘linadi: a) o ‘rta maktab, akademik litsey va kasb-
hunar kolieji o‘quvchilari, “Kamolot” tashkilotlari; b) sport komandalari va
seksiyalari, madaniyat uyi va o‘quvchilar saroyidagi turli lo‘garak a’zolari.
Ilk o ‘spirinlaming ixtiyorsiz, g‘ayritabiiy, spontan guruhlari esa mazkur
yosh davridagi o‘g‘il-qizlaming o‘zlari tomonidan o'rtoqchilik, do‘stlik,
tengdoshlik asosida tashkil topadi. Psixologik ma’lumotlar qiyosiy tahlilining
ko‘rsatishicha, g‘ayritabiiy guruhlar ham o‘z navbatida uch xil xususiyatga,
ko*rinishga, morfologik tuzilishga ega bo‘lishi mumkin:
1)
prosotsial guruhlar - rasmiy jihatdan hech qaysi jamoaga, guruhga
qarashli bo‘lmasalar-da, biroq ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanuvchi,
faoliyat mahsuliga ega bo‘lgan, jamoa yoki kengroq ma’noda jamiyat a’zolari
192
bilan bir tekis qadam tashlovchi, ruhan sog‘lom, zamon nafasiga hamohang
hissiyotni gavdalantiruvchi ilk o‘spirinlardan tashkil topgandir;
2)
asotsial guruhlar - ulami muayyan muhitga ijtimoiy foydali mehnat
birlashtirmaydi. Bu gumhlar deyarli biror narsa bilan umumiy tarzda
qiziqmaydilar, boshqacha so‘z bilan aytganda, ularda ijtimoiy motivatsiya qariyb
latent holatida, biroq ulaming a’zolari bo‘sh vaqtini birga o‘tkazish uchun
uchrashadilar, xolos. Ilk o‘spirinlaming bunday gumhlari jamiyatda, uning
infratuzilmalarida uchrab turadi. Aksariyat hollarda ular xarakteridagi beqarorlik
mavjud bo‘lganligi sababli antisotsial (aksilijtimoiy) guruhlarga aylanib qolish
xavfi bor. Ma’lumki, bir stakan may dan mayxo‘rlikka, qoidabuzarlikdan
jinoyatchilikka o‘sib o‘tish o'rtasida masofa unchali katta emas;
3)
antisotsial (aksilijtimoiy) guruhlar - bu ilk o'spirinlar jamiyatning
axloqiy normalariga (me’yorlariga), milliy qadriyatlarga, ma’naviy mezonlarga,
belgilangan qonunlarga qarshi, zid mashg‘ulotlar bilan anglagan, goho
anglamagan holda shug‘ullanadilar. 0 ‘z sinfida, kursida yoki tengdoshlari,
o‘rtoqlari o ‘rtasida o ‘z o‘mini topa olmagan ilk o‘spirinlar bunday guruhni tashkil
qiladi. Aksariyat hollarda bunday guruhlaming liderlari jinoyatchilar,
retsedivistlar hisoblanadilar, ulaming xatti-harakatlarini ashaddiy ehtiyojdan
kelib chiqqan holda boshqaradilar. Bunday guruhlaming a’zolari oddiy
bezorilikdan tortib, to murakkab jinoyatchilikka qadar sa’y-harakatlarini amalga
oshiradilar. Bunday guruhlarga daxldor ilk o‘spirinlar vujudga kelishini oldini
olish uchun oila, mahalla, maktab, kollejlar, akademik litseylar, “Kamolot”
ijtimoiy harakati hamkorlikda ular ruhiyatidagi og‘ishni bartaraf etish uchun
chora-tadbirlami ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish zarur. Bu yo‘nalishda
olib borilgan psixologik tadqiqotlar natijasining ko‘rsatishicha, o‘qituvchilar
tomonidan aql-idroki, qobiliyati, ma’naviy olami, qiziqish motivatsiyasi oqilona
baholanmagan, tengdoshlari davrasida hurmat, e’tibor qozona olmagan, oilada
shaxslararo munosabatlarda muayyan maromga erisha bilmagan ilk o‘spirin
yoshidagi o‘g‘il-qizlar qonunbuzarchilik yo‘lini tanlaydilar. Ular uchun jinoyat,
jinoyatchilik tengdoshlar, voyaga yetganlar davrasida o‘zini ko‘rsatish va tan
oldirish, o ‘zgalar diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etish vositasi sifatida xizmat qiladi.
Bunday toifaga aloqador ilk o‘spiriniar o‘zlari amalga oshirayotgan jinoyatlaridan
asosiy maqsad nima ekanligini anglab yetmaydilar. Ular bilan psixologik
mashg‘ulotlar o ‘tkazish, psixotreninglar tashkil etish, psixoterapiya vositalaridan
foydalanish, proektiv metodlami tatbiq qilish orqali psixologik og4shni
kamaytirish mumkin. Ilk o‘spirinlami o‘zini o‘zi baholashga, nazorat qilishga
o‘rgatish, irodasini takomillashtirish mashg‘ulotlarini o ‘tkazish ijobiy natijalami
keltiradi. Eng samarali vositalardan biri - bu ularda qiziqish ko'lamini
kengaytirish, motivlami motivatsiyaga o‘sib o‘tkazish, ichki imkoniyatlarini
ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirish.
Ilk o‘spirinlik davrida biror ijtimoiy guruhda o‘z o‘mini topish uning uchun
qanchalik muhim ahamiyat kasb etmasin, shunga qaramasdan bu ontogenez
bosqichida eng rivojlangan his bu do'stlik bo*lib hisoblanadi. Ilk o'spirinlar
193
0
‘zlarim qanchalik ko‘rsatishga (namoyon etishga, ro‘yobga chiqarishga)
intilmasinlar, ko‘pincha o ‘zlarini tushuna va anglay oladiganlarni juda
qadrlaydilar. Ular o‘z do'stlarining oldiga o‘smirga o‘xshab umuman bajarib
bo‘lmaydigan, noreal talablarni qo‘ymaydilar, bunday do‘stlik nafaqat
mustahkam, barqaror bo'libgina qolmay, balki u chuqur negizga ega bo‘la boradi.
Ilmiy tadqiqotlar natijalarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, barcha ilk o‘spirinlarda
do‘stlikning mustahkamligi bir xil emas ekan, chunki bu turli ko‘rinish ijtimoiy-
madaniy, aqliy-ijodiy shart-sharoitlar bilan uzviy bog‘liqdir. Qizlar bilan yigitlar
o‘rtasidagi do‘stlik tuyg‘usiga nisbatan munosabat ham turlicha m a’no-
mohiyatga ega ekan. Masalan, shaharda yashaydigan yigit va qizlarda bu
do‘stlikning mustahkam ligiga ishonch kuchliroqdir. Shunga qaramasdan,
yigitlarga nisbatan bokira qizlarda bu munosabat jiddiyroqdir. Ilk o‘spirinlik
davrida bu tuyg‘u juda katta ahamiyat kasb etadi, hatto ijtimoiylashuvning muhim
fenomeni sifatida gavdalanadi. Bir tomondan u ilk o‘spirin uchun uning ichki
dunyosini ochishga xizmat qilsa, o ‘zini o‘zi anglashga yordam bersa, ikkinchi
tomondan bu yuksak tuyg‘u do‘stlik o‘zgalami tushunishga harakat qilishning
ijtimoiy turmush maktabi vazifasini bajaradi. Shuning uchun shaxsning ilk
o‘spirinlik davridagi do‘stlikka (ilk muhabbatga aylanish ehtimoli mavjudligi
tufayli)
0
‘qituvcliilar jiddiy munosabatda bo‘lishlari ayni muddaodir. Unga
o‘tkinchi mayl sifatida to ‘sqinlik qilmay, balki uni yigit-qizlarga avaylashga,
qadrlashga, ulug‘lashga o‘rgatish kerak, toki u ilk o‘spirinlar emotsional-hissiy
kechinmalarining regulyatoriga aylansin. Ilk ©‘spirmlami do'stlashish vaqtida
shaxsning yoshiga ham e’tibor berish ijtimoiy turmushda foydadan holi emas,
chunki u kishining ruhiy holatiga kuchli ta’sir etadi, hatto larzaga keltiradi (shirin
tuyg‘u, murakkab kechinma, eyforiya, ruhiy madad, stress, depressiya va
boshqalar).
Jahon psixologlarining tadqiqot natijalari quyidagi ma’lumotlami tavsifga
imkon beradi. Ulami umumlashtirish: ilk o‘spirini yigitlar do‘stlashishida: 75-
85% tengdoshini, 15-18% katta yoshdagilami, 1-7% kichik yoshda bo‘lishini
ma’qul ko‘radilar. Ilk o‘spirin yoshidagi qizlarda esa olingan m a’lumotlar
o‘zgacha xususiyatga ega. Ular: 50-60% tengdoshlari bilan, 40-50% katta
yoshdagilar bilan, kichik yoshdagilar bilan do‘stlashmaslikni afzal ko‘radilar.
Psixologlaming talqiniga qaraganda, buning barchasi ulardagi ideal do‘stlik
haqidagi tushunchalaming turli-tumanligi bilan bog‘liq ekanligi ta’kidlanadi.
Biroq ilk o ‘spirinlik davridagi do‘stlikning eng muhim xususiyatlaridan biri
shuki, ular o‘z do‘stinmg ijtimoiy o‘miga, psixologik xususiyatlariga, hayotiy
ustanovkalariga asoslangan holda tanlab olmaydilar.
Fransuz psixologi Zazzo ilk o‘spirinlardagi, shu jumladan, o‘smirlikda
kechadigan do4stlikka ta’rif berar ekan: “Bu davr eng sidqidil va olijanob davrdir”
degan edi. Keltirilgan olim fikrining asl ma’nosi shuki, ilk o‘spirinlar eng pok
do‘stlikka, ya’ni sevgiga ega bo‘lib, goho undan norozi bo‘ladilar, iztirob
chekadilar, chunki bu do‘stlik juda ko‘p ziddiyatlar makonidir. Ilk o‘spirinlar
do‘stlikka intilmasinlar, bunga bo‘Igan ehtiyoj prinsipial jihatdan qondirilmay
Dostları ilə paylaş: |