204
YETTINCHI BOB
0 ‘SPIRINLIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Hozirgi eng dolzarb muammolardan biri oliy o ‘quv yurtlaridagi ta’lim-
tarbiya
ishlari
samaradorligini
keskin
oshirishdan
iboratdir.
Chunki
respublikamizning rivoji, ravnaqi va istiqboli ko‘proq oliy maktab tayyorlayotgan
mutaxassislaming mahoratiga bog‘liqdir. Shuning uchun o‘qitishning yangi
ilg‘or, faol usullarini qo‘llash, oqilona vositalardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
Oliy o‘quv yurtlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonlarini samarali amalga
oshirish uchun talabalar bilan o4qituvchilar o'rtasida uzluksiz ta’sir o‘tkazish
hukm surishi lozim.
0 ‘qituvchi bilan talabaning hamkor.likdagi faoliyati negizida o‘quv-tarbiya
ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muammosi j'otadi. Bu muammo oliy maktab
psixologiyasida juda kam tadqiq qilingani sababli xuddi ana shu muammo
yuzasidan kengroq mulohaza yuritish maqsadga muvofiqdir.
7.1. Talabalaming psixologik xususiyatlari
Tadqiqotlarda talabalar deganda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishda
ijtimoiy hayotga va mutaxassislikka oid rollami muayyan qoida va maxsus dastur
asosida bajarishga tayyorlanayotgan ijtimoiy guruh tushuniladi.
Oliy o‘quv yurtidagi ta’limning o'ziga xos xususiyatlari talabalaming
boshqa ijtimoiy guruhlar bilan (ular xoh rasmiy, xoh norasmiy bo‘lishidan qat’i
nazar) muloqotga kirishish uchun muhim imkoniyat yaratadi. Talabalik davrining
asosiy xususiyatlaridan biri ijtimoiy yetuklikning jadal sur’at bilan ro‘yobga
chiqishidir. Ma’lumki, ijtimoiy yetuklik (kamolot) shaxsdan zarur aqliy
qobiliyatni hamda ijtimoiy turmushda bajariladigan turli rollami egallashga (oila
qurishga), farzandlami tarbiyalashga, foydali mehnatda qatnashishga (mas’ul
vazifada ishlashga) tayyorlanishni talab qiladi. Mazkur jarayonning bosh
mezonlari va ko‘rsatkichlari o‘rta ma’lumotlilik, jamoatchilik topshirig‘i,
mehnatda faollik ko‘rsatish, qonunlar oldida javobgarlik, mutaxassis bo‘lish
imkoniyati, unga intilish tuyg‘usi, irodaviy zo‘r berish, yosh otalik va onalik
burchi, jamoat arbobi vazifasini o‘tash, ijtimoiy guruhga raxbarlik qilish, sport
bilan shug‘ullanish, bo*sh vaqtai tashkil eta olish, to‘garakda qatnashish va
hokazolardan iboratdir.
Talabalik davri
0
‘spirinlikning ikkinchi bosqichidan iborat bo‘lib, 17-22
(25) yoshni o‘z ichiga oladi va o‘zining qator betakror xususiyatlari va qarama-
qarshiliklari bilan xarakterlanadi. Shu boisdan o‘spirinlik davri shaxsning ijtimoiy
hamda kasbiy mavqeini anglashidan boshlanadi. Mazkur pallada o‘spirin o‘ziga
xos mhiy inqiroz yoki tanglikni boshidan kechiradi, jumladan, kattalaming har xil
ko‘rinishdagi (unga yoqish yoki yoqmasligidan qat’i nazar) rollarini tez sur’atlar
bilan bajarib ko‘rishga intiladi, turmush tarzining yangi jihatlariga ko‘nika
205
boshlaydi. Katta odamlaming turmush tarziga o‘tish jarayoni shaxsning kamol
topish xususiyatlariga bog‘liq ichki qarama-qarshiliklami keltirib chiqaradi.
Pedagogik psixologiya fanidan ma’lumki, akademik litsey va kasb-hunar
kollejlari o‘quvchilami har (biologik, fiziologik, pedagogik, psixologik) jihatdan
oliy maktab ta’limiga tayyorlaydi va ularda umumlashtirish, mavhumlashtirish,
sistemalashtirish kabi qobiliyatlarda ko‘rinadigan fazilatlar namoyon bo‘ladi. Shu
bilan birga o ‘spirinda aqliy, axloqiy, estetik va g‘oyaviy-siyosiy jihatdan
muayyan darajada o ‘sish ro‘y beradi. Shunga qaramay, ular oldida oliy o‘quv
yurtida mutaxassislikni egallashga bog‘liq yangi vazifalar paydo bo‘ladi. Hozirgi
fan-texnikaning rivoji bir tomondan axborotlami, m a’lumotlami ko‘paytirsa,
ikkinchi tomondan talabalarda mutaxassislikka oid bilimlarga barqaror
qiziqishning yo‘qolishiga olib keladi, chunki qat’iylik, ijodiy izlanish, irodaviy
zo‘r berish o‘mini loqaydlik, faoliyatsizlik egallaydi. Boshqacha aytganda, ular
“tayyor axborotlaming quli” ga aylanadilar. Chunki kompyuter, internet, displey,
EHM, kalkulyatorlar inson aqliy mehnatini yengillashtiradi, ulami aqliy zo‘r
berishdan xalos qiladi. Ana shular sababli oliy o‘quv yurti ta’limi oldidagi muhim
vazifa talabalarga dasturdagi bilimlar majmuasini berishdir.
Talabalarga mustaqil bilim olish, o‘z faoliyatini o ‘zi tashkil qilish, o‘zini
o‘zi boshqarish, yangi g‘oyalami ishlab chiqish va hokazolami o‘rgatishdir. Bu
vazifalami amalga oshirishning asosiy omili - monologik ma’ruzadan dialogik
(talaba va o‘qituvchining muloqotiga asoslangan) ma’ruzaga o‘tishdir.
Psixologlardan B.G.Ananev, N.V.Kuzmina, N.F.Talizina, V.Ya.Lyaudis,
I.S.Kon, V.T.Lisovskiy, A. A.Bodalev, A.V.Petrovskiy, M.G.Davletshin,
I.I.Ilyasov,
A. V.Dmitrieva,
3.F.Esareva,
A.A.Verbiskiy,
V.A.Tokareva,
E.G‘.G‘oziev va boshqalaming tadqiqotlariga ko‘ra, oliy o ‘quv yurtlarida ta’lim
olish talabalar uchun juda og‘ir kechadi, chunki bu davrda shaxsning murakkab
fazilatlari, xislatlari, sifatlari takomillashish bosqichida bo‘ladi. Mazkur yosh
davridagi ijtimoiy-psixologik o‘sishning xususiyatlaridan biri o‘qish faoliyatining
ongli motivlari kuchayishidir. Talabalarda axloqiy jarayonlaming o‘sishi sust
amalga oshsa-da, lekin xulqning eng muhim sifatlari - mustaqillik,
tashabbuskorlik, topqirlik, farosatlilik va hokazolar takomillashib boradi.
Shuningdek, ularda ijtimoiy holatlarga, voqelikka, axloqiy qoidalarga qiziqish,
ulami anglashga intilish tobora kuchayadi.
Psixologlarimizning tadqiqotlari shaxs turmush tajribasini egallashida unda
o ‘zligini anglash vujudga kelishini, jumladan, shaxsiy hayotining mazmunini
anglashi, aniq turmush rejalarini tuzishi, kelajak hayot yo‘lini belgilashi va
hokazolar amalga oshishini ko‘rsatadi. Talaba asta-sekin mikroguruhning
notanish sharoitlariga ko‘nikib boradi, o‘zining haq-huquqlari va majburiyatlarini
bila boshlaydi, shaxslararo munosabatning yangicha ko4rinishini o Amatadi,
turmushdagi ijtimoiy rollami amalda shaxsan sinab ko‘rishga intiladi. Ulardagi
romantik his-tuyg‘ular voqelikka muayyan yondashishga birmuncha halaqit
beradi. Chunki ular turmushdagi yutuqlar va muvaffaqiyatsizlikning ijtimoiy-
206
psixologik ildizlari nimadan iborat ekanligi to‘g‘risida aniq tasawurga ega
bo‘lmaydilar.
Yosh fiziologiyasi va ontogenez psixologiyasi fanlarida to‘plangan
materiallar tahlilidan ko‘rinadiki, talaba 17-19 yoshda ham o‘z xulqi va bilish
faoliyatini ongli boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi va shunga ko‘ra xulq
motivlarining asoslanmagani, uzoqni ko‘rolmaslik, ehtiyotsizlik kabi holatlar ro‘y
beradi. V.T.Lisovskiyning fikricha, 19-20 yoshlarda ayrim salbiy xatti-harakatlar
ko‘zga tashlanadi. Mazkur yoshda xohish va intilishning rivojlanishi iroda va
xarakterdan ancha ilgarilab ketadi. Bunda odamning hayotiy tajribasi alohida rol
o‘ynaydi, chunki talaba shu tajriba yetishmasligi natijasida nazariya bilan
amaliyotni, fantaziya bilan reallikni, romantika bilan ekzotikani, haqiqat bilan
illyuziyani, orzu bilan xohishni, optimizm bilan qat’iylikni aralashtirib yuboradi.
Talabalik yillarida yoshlaming hayoti va faoliyatida o‘zini o‘zi kamolotga
yetkazish jarayoni muhim rol o‘ynaydi, lekin o‘zini boshqarishning tarkjbiy
qismlari (o‘zini o‘zi tahlil qilish, nazorat etish, baholash, tekshirish va boshqalar)
ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ideal (yuksak, barqaror, barkamol) “men” ni
real (aniq, voqe) “Men” bilan taqqoslash orqali o‘zini o‘zi boshqarishning tarkibiy
qismlari amaliy ifodaga ega bo‘ladi. Talabaning nuqtai nazaricha, ideal “Men”
ham muayyan mezon asosida yetarli darajada tekshirib ko‘rilmagan, shuning
uchun ular goho tasodifiy, g‘ayritabiiy his etilishi muqarrar, binobarin, real
“Men” ham shaxsning haqiqiy bahosidan ancha yiroqdir. Talaba shaxsining
takomillashuvida bunday ob’ektiv qarama-qarshiliklar o*z shaxsiyatiga nisbatan
ichki ishonchsizlikni, o‘qishga nisbatan esa salbiy munosabatni vujudga keltiradi.
Jumladan, o‘quv yili boshida talabada ko‘tarinki kayfiyat, oliy o‘quv yurtiga
kirganidan zavq-shavq tuyg‘usi kuzatilsa, ta’limning shart-sharoiti, mazmuni,
mohiyati, kun tartibi, muayyan qonun via qoidaiari bilan yaqindan tanishish
natijasida uning ruhiyatida keskin tushkunlik ro‘y beradi. Yuqorida aytilgan ichki
va tashqi vositalar, omillar ta’siri oqibatida uning ruhiy dunyosida umidsizlik,
ruhiy parokandalik kayfiyati, ya’ni istiqbolga ishonchsizlik, ikkilanish,
hadiksirash kabi salbiy his-tuyg‘ular namoyon bo‘ladi. Bizningcha, oliy maktabda
tarbiya (ijtimoiy tarbiya) ishlarini rejalashtirishda, ta’lim jarayonida talabaga
o‘ziga xos munosabatda bo‘lish mazkur davming muhim shartlaridan biridir.
Yuqorida aytilganlardan qat’i nazar, yigit va qizlami oliy o‘quv yurtiga
qabul qilish ularda o‘z-kuchlari, qobiliyatlari, aql-zakovatlari, ichki imkoniyatlari
va irodalariga qat’iy ishonch tug‘diradi, ana shu ishonch o‘z navbatida to'laqonli
hayot va facliyatni uyushtirishga umid his-tuyg‘usini vujudga keltiradi.
0 ‘spirinlikning ikkinchi davri xulqqa, voqelikka baho berishda
imkoniyatidan tashqari talab qo‘yish va qat’iyatlilik xususiyati bilan farqlanadi.
Shuning uchun talabalar har doim prinsipial bo‘la olmaydilar. 3 a ’zan qat’iyatlilik
kattalarga salbiy munosabatga ham aylanadi. T alabalam ing''^‘qfftivfchi’
tavsiyalarini inkor qilishi ko‘pincha turli xususiyatli nizolami keltirib chiqaradi. 1
B.G.Ananev rahbarligida o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlariaan ma’lum
bo‘lishicha, talabalar kamol topishining jinsiy va neyrodinamik xususiyatlari
207
ulaming aqliy imkoniyatlarini to*la ishga solish va sermahsul o‘quv faoliyatini
tashkil qilish uchun muhim imkoniyat, shart-sharoit yaratadi.
.Yu.A.Samarinning ta’kidlashicha, yoshlaming kamol topishida har xil
ijtimoiy-psixologik xususiyatli o‘ziga xos qarania-qarshiliklar, ichki ziddiyatlar
mavjud boMadi. Ulaming moddiy jihatdan ota-onaga, oliy o‘quv yurti
ma’muriyatiga bog‘liqligi iqtisodiy ziddiyatni keltirib chiqaradi. Bu hoi
talabalaming xohishlari bilan mavjud imkoniyatning nomutanosibligi tufayli
yuzaga keladi.
Odatda talabalar
II
va III kurslarda oliy o‘quv yurti va mutaxassislikni
to‘g‘ri tanlagani haqida yana jiddiy o‘ylaydilar.
Mazkur yosh davrida o ‘zini boshqarishning tarkibiy qismlari, ijodiy
tafakkur, muayyan hayotiy tajriba, o‘zlashtirilgan bilimlami tartibga solish
asosida his-tuyg‘ular, qarashlar, axloqiy qadriyatlar, o ‘zligini anglash va barqaror
e’tiqod shakllanadi. Talaba hukm na xulosa chiqargach, o ‘z xatti-harakatida
qat’iy turib ulami himoya qiladi, u hayotning turli sohalari bo‘yicha har xil
darajadagi ko‘nikma va malakalarga, nazariy bilimlar, ijtimoiy-psixologik
tushunchalami amaliy faoliyatga tatbiq etish imkoniyatiga ega boMadi.
B.G.Ananev rahbarligidagi tadqiqotchilar jamoasining fikricha, 18-20
yosh pallasida fiziologik imkoniyatlar yuksak darajada rivojianadi. Organizmning
tashqi ta’sirga javobi, qon bosimining optimal darajasi ortadi, qon kislorod bilan
to‘yinadi va hokazo. Insonda uquvlilikning qulay imkoniyati vujudga keladi.
Uquv — insonning axborotlami qabul qilish, eslab qolish va xotirada saqlash
qobiliyatini bildiradi. Keyinchalik insonda psixik funksiyalaming dinamikasi,
uquvlilik imkoniyatlari sira pasaymaydi. Odamning yetuklik davri quyidagi
qonuniyatlar bilan farqlanadi: 1) turli funksiyalaming rivojlanishi bir tekis va bir
vaqtda amalga oshmaydi (bir bosqichda xotira, boshqa bir bosqichda esa
tafakkur), jadal sur’at bilan o ‘sadi; 2) yoshga qarab turli funksiyalar o'zaro
bog‘liq, muvofiqlashgan xususiyat kasb eta boshlaydi; 3) yetuk inson aqlining
funksional o4sish darajasi yosh evolyusiyasining har xil bosqichida yetarli
darajada yuqori boMadi; 4) mazkur funksiyalar dinamikasida hech kanday keskin
pasayish bo‘lmaydi; 5) yetuklik davrida uquvlilik kamaymaydi.
Dostları ilə paylaş: |