E nuritdinov odam fiziologiyasi


Eshituv sezgilarining paydo bo'lishi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Eshituv sezgilarining paydo bo'lishi 
Eshituv sezgilari havo to'lqinlarining nog'ora pardasiga urilishi natijasida kelib 
chiqadi. Havoning tehranishi tashqi eshituv yo'llari orqali nog'ora pardasiga borib, uni 
tebrantiradi. Nog'ora pardasining tebranishi eshituv suyakchalarida takrorlanadi va 
uzangining serbar tomoni orqali ichki quloqning oval darchasidagi pardaga o'tadi. 
Perilimfa esa tebranib endolimfaning tebranishiga sabab bo'ladi. Endolimfa tebranar 
ekan, Kortiy ii'/osidagi tuklarni tebrantiradi va shu bilan eshituv asabining oxirlarini 
•. o'/g'aydi. Eshituv asabining relseptorlarida kelib chiqqan qo'zg'alish bosh niva 
po'stlog'iga eshituv analizatorining miyadagi mintaqasiga (ul, u2So'nggi yillarda bar 
xil tezlikdagi tovushlarni sezish haqida yangi ma'lumotlar olinadi. Masalan, past 
tezlikdagi tovush tebranishlari chi anoq kanallarining jami perilimfasini tebrantiradi. 
Bu tebranishlar 
z navbatida asosiy membrananing tebranma hakatlariga sabab 
bo'ladi. Asosiy membrana bilan birgalikda sezuvchi hujayralarning barcha tolachalari 
ham tebranadi. Ular tebranganda ro'y beruvchi o'zgarishlar qo'zg'alishni vujudga 
keltiradi, bu qo'zg'alish eshituv asabi orqali bosh miyaning tegishli markazlariga 
boradi. 
Past tovush tebranishlari perilimfaning hammasini emas, faqat bir qismini tebranma 
harakatga keltiradi. Natijada asosiy membrananing tebranishlari ham kichkina joy 
bilan cheklanib, tolalachalarning faqat bir qismida qo'zg'alish vujudga keladi. Asosiy 
membrananing tebranadigan qismlarining kattaligiga va qayerda ekanligiga qarab
har xil tezlikdagi tovushlar seziladi. 
Odam qulog'ining tovushni sezadigan muayyan chegaralari bor. Boshqacha aytganda, 
havo bir soniyaga 16 martadan 20000 martagacha tebranganda odam qulog'i buni 
sezadi. Eshituvning yuqori chegarasi yosh ulg'aygan sayin o'zgaradi. Odam qancha 
keksa bo'lsa, qulog'i shuncha kam tebranishni sezadi. Odam 35 yoshda havoning ko'p 
deganda 15000 marta tebranishini, 50 yoshida esa hatto 13000 marta tebranishini 
seza oladi. 
Hayvonlarda eshituv chegaralari odamdagidan xiyla katta bo'ladi. Masalan, it bir 
soniyada 35000 tebranishni eshitadi, odam esa buncha tebranishni mutloqo 


130 
eshitmaydi. Shu xususiyat borligidan odam tamomila tinch deb hisoblaydigan 
joylarda ham it tovushni eshitadi. It shu xususiyati borligidan soqchilik xizmati uchun 
juda qimmatli hayvon hisolanadi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin