E nuritdinov odam fiziologiyasi


Tana vaziyatini va harakatlarini sezish



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Tana vaziyatini va harakatlarini sezish 
Tana yoki undagi ayrim qismlarning fazodagi vaziyatini bilish uchun odam avvalo 
ko'zidan foydalanadi. Ammo, bunda ko'ruv a'zoning qatnashishi shart emas. Odam 
ko'rmasdan, ya'ni ko'zini yumib turib ham o'ziningtana vaziyatini biladi. Ko'zdan 
qolgan kishilar o'z tanasining vaziyatini bemalol va bexato biladilar. Buning sababi 
shuki, tana yoki undagi qismlarning vaziyati teridagi bosh retseptorlari va mushak, 
bo'g'im, paylardagi proprioretseptorlar bilan seziladi. 
Tanamizning qanday bo'lmasin bir qismining vaziyati o'zgarganda (qo'l bukilganda, 
yozilganda yoki bir oz aylantirilganda) bir yoki bir necha bo'g'im siljiydi, muayyan 
mushak guruhlari taranglashadi va bo'shashadi, shuningdek terming tarangligi ham 
o'zgaradi. Proprioretseptorlarning ta'sirlanishi natijasida markaziy asab tizimiga 
impulslar borib turishi tufayli gavda vaziyati bemalol bilinadi. Odam xoh o'tirgan 
bo'lsin, xoh yotgan bo'isin, ko'zini yumib turib, o'zining vaziyatini bemalol aniqlay 
oladi. Buning sababi shuki, terming muayyan qismlaridagi bosimning o'zgarishi, 
mushak va paylarning taranglanish darajasi tana vaziyati haqida signal berib iuradi. 
Tananing vaziyatini va harakatini aniqlashda, shuningdek harakat tezligining 
o'/garganini bilishda teri sezgisining rctseptorlari bilan proprioretseptorlardan tashqari 
vestibular apparatning faoliyati ham katta rol o'ynaydi. Bu apparat tananing fazodagi 
vaziyatini va harakatini sezish, shuningdek muvozanatni saqlash a'zosidir. Tana 
muvozanatining har bir o'zgarishi tufayli vestibular apparatning retseptorlari 
ta'sirlanadi, shuning oqibatida tanani rostlashga yordam beradigan muayyan mushak 
guruhlari refleks yo'li bilan qisqaradi yoki bo'shashadi. 
Vestibular apparat ikki qismdan: dahliz va yarim doira kanallardan iborat. 
Dahliz endolimfa bilan to'la. Bu suyuqlikda otolitlar yoki statolitlar deb ataladigan 
maxsus tuzilmalar bor, ular kalsiy fosfat tuzlaridan iborat. Gavda vaziyati 
o'zgarganda, jumladan boshning vaziyati o'zgarganda dahliz retseptorlardagi 
statolitlarning vaziyati o'zgaradi. Bu retseptorlar eshituv asabining vestibular tolalari 
bilan bog'langan. 
Statolitlarning bosim darajasi o'zgarganda retseptorlar ta'sirlanib, qo'zg'alish bilan 
javob beradi. Dahliz retseptorlarning qo'zg'alishi natijasida ayrim mushak 
guruhlarining tonusi refleks yo'li bilan o'zgaradi.Yarim halqa kanallar uchta bo'lib, 
o'zaro pcrpendikular uch tekislikda turadi (181-rasm). Har bir kanalning uchi 
kengayib, yo'g'on tortadi, ampula deb shuni aytiladi. Ampulada maxsus tuzilmalar 
bor. Eshituv asabining vestibular tolalari shu yerda tugaydi. Endolimfa aylanma 
harakat qilganda o'zining inertligi va yopishqoqligi tufayli yarim halqa kanallarning 
devorchalaridan bir muncha uzoqlashadi, shuning natijasida retseptorlarning bosilishi 
o'zgaradi. Endolimfa bosimining o'zgarishi darajasi vestibular asabning retseptoriga 
ta'sir etadi. Vestibular apparatdagi retseptorlar qo'zg'alganda bir qancha reflektor 
reaksiyalar kelib chiqadi. Tana, qo'l-oyoq, bo'yin va ko'z mushaklarining tonusi 


131 
refleks yo'li bilan o'zgaradi, ularning qisqarishi tufayli bosh muayyan vaziyatda 
tutiladi va butun tana vaziyati o'zgaradi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin