2
Fiziologiya
(yunon.
fizis-tabiat,
logos-ta'limot,fan)
tirik
organismning
funksiyalarini,unda
sodir
bo'ladigan
jarayonlarni
o'rga-nadi.Bu
fan
hujayra,to'qima,a'zo va tuzilmalarning hayotiy faoliyatini
yaxlit organizmga xos
bo'lgan barcha murakkab va muhim jarayonlarning asosiy mexanizmlarini,ularning
funksio-nal aloqadorligini, ichki va tashqi muhit sharoitiga bog'langan
holda keng
ma'noda o'rganadi.
Organizmni ta'minlaydigan moddalar almashinuvi, ovqatla-nish, nafas olish, qon
aylanish, ayiruv, ichki sekretsiya bezlari, asab tizimi faoliyati va boshqa vazifalar
fiziolgiyaning asosiy o'rganish maqsadidir.Fiziologiya organizmda sodir bo'ladigan
funksiyalarni, ularning
hamma xususiyatlarini, ko'rinishlarini o'zaro munosabatlarini
organizmning turli funksional holatlarida va tashqi muhitning turli sharoitida
aniqlashga intiladi.
Fiziologiya funksiyalarining tarixiy (filogenetik) va indivi-dual (ontogenetik)
rivojlanishini, ularning doimo o'zgaruvchi tashqi muhit
sharoitiga moslashishini
o'rganadi.Shunday qilib,fi-ziologiya organizm funksiyasini (lotincha «funksio»- ijro
qilish, faoliyat ko'rsatish) har bir hujayra, to'qima, a'zo; tizilmaning bir butun
organizm sathidagi bajaradigan vazifasi va faoliyatini o'r-gatadi.
Odam fiziologiyasi - tibbiyot nazariyasining
poydevori hisoblanadi, uning
rivojlanishi pedagogika va psixologiya uchun juda katta ahamiyatga ego.Odamda
uchrab turadigan ko'pgina kasalliklarni oldini olishda,me'yorida o'sish va
rivojlanishini ta'-minlashda, turli muhit
sharoitlariga moslanishda,atrof-muhit to-
zaligini saqlab turishda, mehnat va sport mashqlarini ko'ngilda-gidek maqsadga
muvofiq
holda tashkil qilishda,kishi umrini uzaytirish muammolarini yechishda
fiziologiya yutuqlariga ta-yaniladi
.