Assimilastiya va dissimilatsiya Odam tashqi muhitdan ovqat qabul qilishi,organizmda uning o'zgarishi,hazm
qilinishi, hosil bo'lgan qoldiq moddalarning tashqi muhitga chiqarilishi
moddalar almashtnuvi yoki
me-taboiizm deyiladi.Ovqat tarkibidagi organik moddalarning
kimyoviy,mexanik,termik o'zgarishi natijasida ulardagi potensial energiyasiga
aylanadi. Hosil bo’lgan energiya hisobiga to'qimalar va a'zolar ish bajaradi,hujayralar
ko'payadi,ularning eskirgan tarkibiy qismlari yangilanadi,yosh organizm o'sadi va
rivojlanadi. Ana shu energiya hisobiga odam tana haroratining doimiyligi
ta'minlanadi.
Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog'liq bo'lgan ikki jarayon:
assimilatsiya va
dissimilatsiya orqali o'tadi. Bularni
anabolizm va
katabolizm deb
ham aytiladi.
Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o'tishi
assimilatsiya yoki
anabolizm deyiladi. Bu jarayon natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari
yangilanadi, ular ko'payadi. Or-ganizm qancha yosh bo'lsa, unda assimilatsiya
jarayoni shuncha faol o'tadi. Bu esa yosh orga-nizmning o'sishi va rivojlanishini
ta'minlaydi.
Hujayralar
eskirgan
tarkibiy
qismlarining
parchalanishi
(yemirilishi)
dissimilyasiya yoki
katabolizm deyiladi. Buning natijasida energiya hosil bo'ladi va
bu energiya assimilatsiya ja-rayoni uchun sarflanadi. Dissimilatsiya jarayoni
natijasida hosil bo'lgan qoldiq moddalar ayirish a'zolari orqali tashqariga chiqariladi
(karbonat angidrid, suv, azot qoldiqlari va boshqalar).
Shunday qilib,odam organizmida assimilatsiya va dissimilatsiya jarayonlari bir-
biriga bog'liq holda davom etadi. Sog'lom bo'lgan katta odamlarda bu ikkala jarayon
bir-biriga teng muvozanatda bo'ladi.Yosh organizmda assimilatsiya jarayoni ustunroq
bo'lib, buning natijasida o'sish va rivojlanish ta'minlanadi. Keksa odamlar
organizmida esa dissimilatsiya jarayoni ustun bo'ladi.