E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

 
 
Organizm ftinksiyalarining boshqarilishi va ularning xususiyatlari 
haqida tushuncha. 
 
 Organlzm va muhit 
Ma'lumki, odam va hayvonlar organizmi murakkab biologik tizim bo'lib, u 
hujayralar, to'qimalar, a'zolar va funksional tizilmalardan tashkil topgan.O'zbek tilida 
chop qilingan ba'zi-bir fiziologik darsliklarda organizm haqida bunday ta'rif berilgan: 
«Organizm-organik olamning mustaqil yashay oluvchi,o'z-o'zini boshqara olivchi va 
tashqi muhitning turli o'zgarishlariga bir bu-tun darajada javob bera oluvchl 
birligidir».Organizmni ayrim qismlar yoki ayrim hujayralar hududining to'plami deb 



emas, balki bir butun deb qarash kerak..Murakkab organizmning ham-ma a'zolari, 
tizimlari va funksiyalar bi-biriga uzluksiz ta'sir etadi.Bularning hammasi bir butun 
murakkab organimni tashkil qiladi.l.M.Sechenov ta'kidlanganidek,«organizmning 
yashashiga yordam beradigan o'zgaruvchan tashqi muhit bo'lmasa, organizmning 
yashashi mumkin emas». Bu degan so'z, organizm o'z atrofidagi tashqi muhit bilan 
o'zaro ta'sir etib turgandagina yashay oladi va shunday o'zaro ta'sir natijasida o'z-
o'zidan yangilanib turadi. 
Organizm naqadar murakkab tuzilganligidan qat'i nazar, uning barcha to'qima va 
a'zolari bir-biri bilan uzviy bog'langan holda ishlaydi.Bu bog'lanish asab va gumoral 
(qon orqali) yo'l bilan boshqariladi.Shuning uchun odam organizmi, uning barcha 
hujayra, to'qima va a'zolari bir butun deyiladi. 
Turli organizmning o'ziga xos belgisi shuki,uning tizilmalari muayyan tarzda 
tashkil top-gan va o'ziga xos murakkabligi bilan farq qiladi.Murakkab tashkilotga ega 
bo'lgan odam orga-nizmi-bir butun yaxlit mavjudotdir, unda barcha tizilmalar
hujayralar, to'qimalar, a'zolar va ularning tizimlari bir-biriga uyg'un bo'lib, butun, 
yaxlit organizmga bo'ysungan.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin