MAVZU: OVQAT HAZM QILISH TIZIMINING YOSH
XUSUSIYATLARI VA OVQATLANISH GIGIENASI
Odam hayot faoliyatini saqlashi, mehnat qilishi, o‘sib, rivojlanishi uchun tashqi muhitdan ovqat moddalarini qabul qiladi.
Odamning xazm qilishi kanali 8-10 m. uzunlikda bo‘lib, unga: og‘iz bo‘shlig‘i va undagi organlar halqum, qizil o‘ngach, oshqozon, ingichka va yo‘g‘on ichaklar, yirik bezlardan jigar, me’da osti bezi kiradi.
Ovqatning tarkibida oqsillar, yoglar, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar va suv bo‘ladi.
Og‘iz bo‘shlig‘ida ovqat tishlar yordamida mexanik maydalanadi, so‘lak bezlaridan ishlab chiqarilgan so‘lak yordamida qisman ximik parchalanadi, ovqat luqmasi so‘lak bilan aralashadi.
Og‘iz bo‘shlig‘i
Tishlar yuqorigi va pastki jar suyaklariga mahkamlangan bo‘lib, har bir tish koronka, bo‘yni va ildiz qismlari bori. Katta odamlarda tishlar 32 ta bo‘lib, 16 tadan joylashgan, yarmisida 2 ta kurak, 1 qoziq, 2 kichik va 3 katta oziq tishlari bor. Uchinchi katta oziq tishlari aql tishlari deb yuritiladi.
Sulak bezlariga til osti, jag‘ osti, quloq osti bezlari kiradi. Sulak bezlaridan sulak tinimsiz ishlab chiqariladi. Sulak shartsiz, shartli reflekslar asosida ajraladi.
YUtish murakkab fiziologik protsess bo‘lib, nerv markazi uzunchoq, miyada joylashgan. Ovqat luqmasi chaynalib, sulak bilan aralashgandan so‘ng, silliqlanib til yordamida halkumga o‘tkaziladi. Ovqat yutilgandan so‘ng qizil o‘ngach orqali oshqozonga o‘tadi.
Bolaning 6-8 oyligidan boshlab, sut tishlari chiqa boshlaydi. Avval 6 oylikdan sut tishlari chiqa boshlaydi. Ular 20 ta bo‘ladi: 2ta kurak, 1ta qoziq, 2 ta kichik oziq tishlari. Sut tishlari 6-7 yoshdan boshlab doimiy tishlar bilan o‘rin almashinadi. Bolaning 7 yoshida birinchi katta ozik tishi, 8 yoshida 1nchi kesuvchi tishi, 9 yoshida 2 chi kesuvchi, 10 yoshda 1 chi kichik oziq tishi, 13-16 yoshida katta og‘iz tishi, 11-15 yoshida 2 chi oziq tishlar; 18-30 yoshida 3 - oziq tishlar chiqadi.
Gigienasi: Uxlashdan avval tishlarni chutka va poroshok bilan tozalash, ovqatlangandan so‘ng og‘izni iliq sovuq suv bilan chayqash zarur. Bolalar juda sovuq yoki juda issiq ovqatlarni iste’mol qilishi, tishi bilan qattiq narsalarni maydalashi mumkin emas. Bolalarning 11-12 yoshida ovqat moddalariga bir sutkada 200 sm3 ovqatdan tashqari vaqtida 400-600 sm3 sulak ajraladi.
Ovqatning oshqozonda hazm bo‘lishi.
Oshqozon katta odamlarda noksimon shaklida bo‘ladi. Uning kirish va chiqish qismlari, tubi, katta, kichik aylanalari ajratiladi, Oshqozonning kirish va chiqish qismlarida sfinteri bor. Oshqozon shillik, muskul, seroz qavatlaridan tuzilgan. Oshqozon shillik qavatining ostida 14 mln. oshqozon bezlari joylashgan bo‘ladi. Oshqozonning xajmi katta odamlarda o‘rta hisobda 2,5-3 dm3 etadi. Ularda bir sutkada 1,5-2 dm3 oshqozon shirasi ishlab chiqariladi. Oshqozon shirasining 99% suv, 0,3-0,4% organik modda va tuzlardan iborat. Oshqozon shirasi tarkibida 0,3-0,4% xlorid kislota saqlanadi. Ovqatlangandan 20-30 minutdan so‘ng oshqozon to‘lqinsimon qiskarib ovqat oshqozon shirasi bilan aralashadi. Katta odamlarda aralash ovqat oshqozonda 3-4 soatdan so‘ng 12 barmoqli ichakka o‘tadi. Sut va sutli ovqatlar oshqozondan o‘n ikki barmoqli ichakka tez o‘tadi.
Bolaning yoshi ortishi bilan oshqozonning xajmi ham o‘zgarib boradi. YAngi tug‘ilganlarda – 30-4 5smZ bulsa, 10-12 yoshda 1500 sm3 bo‘ladi. 2 yoshgacha oshqozon nok shaklida bo‘lsa, 7 yoshda kolba shaklida bo‘ladi. 5-6 yoshda bolalar oshqozon shirasida xlorid kislota miqdorining kam bo‘lishi bakteriyalarni zararsizlantirish xususiyatini kamaytiradi. Bolalar oshqozon shirasining tarkibida: pepsin, ximozin, lipaza, amilaza va boshqa fermentlar bo‘ladi. Lekin bu fermentlarining kuchi kam. Oshqozonning kirish qismidagi kardiy sfinktiri mustaxkam berkilmaydi. 10—12 yoshda oshqozon harakati kuchayadi. Oshqozon massasi: chaqaloqlarda-6,5g, 14-20 yoshda 127 g, 20 yoshdan so‘ng 155 g. Oshqozon massasi yosh bilan barobar 24 marta, gavda esa 20 marta kattalashadi.
Ichakda ovqatning hazm bo‘lishi
Ingichka ichakning uzunligi katta odamlarda 6-7 m, diametri 2,5-3 sm. U 12 barmoqli ichak- 20 sm, och ichak va yon bosh ichakka bo‘linadi. 12 barmoqli ichakda o‘t suyuqligi va oshqozon osti bezining shirasi yordamida va ichak devorlarida ishlab chiqilgan ichak shirasi ta’sirida ovqat bo‘tkasi parchalanadi.
Ichak shirasi 99% suv, qolgan qismi fermentlar (eripsin, lipaza, amilaza) va tuzdan iborat bo‘ladi. Bir sutkada 1 ,5-2 litr ichak shirasi ishlab chiqariladi. Ichak devori ishqoriy xususiyatga ega. Ichak devorlari juda ko‘p so‘rgichlardan iborat bo‘lib, ular qon tomirlariga juda boy bo‘ladi. Parchalangan ovqat shular yordamida qonga suriladi.
Bolalarda ichakning uzunligi katta odamnikiga qaraganda uzun. Bola yoshi ortishi bilan ichak shirasini miqdori va fermentlarning konsertratsiyasi ortib boradi.
Oshqozon osti bezi og‘irligi chaqaloqlarda-2,63 g., 12 yoshda uning uzunligi katta odamnikiga teng bo‘ladi. Me’da osti bezining og‘irligi 70-80 g. barg shaklida, uning boshi, tanasi, dum qismlari bo‘ladi. Me’da osti bezi shirasi tarkibidagi eripsin, oqsillarni aminokislotalargacha, lipaza yog‘larni yog‘ kislotasi va glitsiringacha parchalaydi.
JIGAR
Jigar Organizmdagi eng katta bez bo‘lib, og‘irligi 1,5 kg., chap qovirg‘alar ostida joylashgan. Jigar qondagi zaharli moddalarni zararsizlantiradi; qon deposi hisoblanadi. Bu erda 10% qon zapasi saqlanadi; o‘lganeritrotsitlar jigarda to‘planadi, bolalarda esa eritrotsitlar hosil bo‘ladi; Kuper hujayralarida o‘t suyuqligi ishlab chiqariladi; ortiqcha glyukozani glikogen sifatida zapas saqlab turadi; tana temperaturasini turg‘un saqlashda ishtirok etadi.
Jigardan doimiy ravishda ovqatlangandan 20-30 minutdan so‘ng o‘t ajralib chiqadi. O‘t yog‘larni emulsiyalaydi, ichak harakatini yaxshilaydi, ichakdagi mikroblarni o‘ldiradi. YAngi tug‘ilgan bola jigarning og‘irligi 130 g, 2-3 yoshda-460 g, 6-7 yoshda-675 g, 8-9 yoshda- 720 g, 12 yoshda-1130 g, 16 yoshda-1260 g. Bolalar o‘tning konsentratsiyasi va miqdori kam bo‘ladi.
Hazm kanalining harakatlari.
Odam ovqatlangandan 15 minutdan so‘ng ichak muskullari qiskarib, uch xil peristaltik, segmentli, mayatniksimon harakatlana boshlaydi. Ichak harakatlanganda ovqat massasi qorishadi, to‘g‘ri ichak tomonga harakatlanadi, Ichakning reflektor yo‘lidan kisqarishi ichak devorini ximik va mexanik ta’sirlanishi tufayli vujudga keladi. Ovqat butkasi bolalarda ingichka ichakda jami 12-13 soat atrofida o‘tadi.
So‘rilish
Ovqat moddalari ximik, mexanik, ta’sirlar natijasida parchalanib, suvda erigan holga kelgandan so‘ng ichak devorlaridan qon tomirlari va limfaga so‘riladi. Oshqozonda suv, alkogol, ba’zi oziqa moddalari, qisman uglevodlar so‘rila boshlaydi. Ichak so‘rgichlarining qisqarishini piyoz, chesnok va kalampir 5 marta tezlashtiradi. So‘rgichlar qon tomirlariga juda boy.
Bolalar orasida oshqozon - ichak kasalliklari 1 yoshgacha -40%, 5 yoshgacha - 30% va 5 yoshdan yuqorilarda 15-20% tashkil etadi. Noto‘g‘ri ovqatlanish, ovqatlanish gigienasining buzilishi, issiq sharoit, og‘riq, jigar etishmasligi bolalarda ovqat hazm qilish organlarining yomon ishlashiga olib keladi.
Organizmda moddalar almashinuvi. Odam tashqi muxitdan ovqat qabul qilish, organizmda uni o‘zgarishi, xazm qilinishi, hosil bo‘lgan qoldiq moddalarning tashqariga chiqarilishi moddalar almashinuvi deyiladi. Moddalar almashinuvi natijasida energiya hosil bo‘ladi. Bu energiya hisobiga organlar ish bajaradi, hujayralar kupayadi, yosh organizm o‘sadi va rivojlanadi, tana xaroratining doimiyligi ta’minlanadi. Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan ikki jarayon, ya’ni assimilyasiya va dissimilyasiya orqali o‘tadi. Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o‘tishi assimilyasiya deyiladi. Assimilyasiya natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ular kupayadi. Organizm qancha yosh bo‘lsa, unda assimilyasiya shuncha aktiv o‘tadi, bu esa yosh organizmning o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi .
Hujayralar eskirgan tarkibiy qismlarining parchalanishi dissimilyasiya deyiladi. Buning natijasida energiya hosil bo‘ladi. Dissimilyasiya natijasida hosil bo‘lgan qoldiq moddalar ayirish organlari orqali tashqariga chiqariladi. Keksa odamlar organizmida dissimilyasiya jarayoni ustun bo‘ladi. Sog‘lom organizmda bu ikkala jarayon muvozanatda bo‘ladi. Jismoniy mehnat, sport, aktiv turmush odam tanasidagi to‘qimalarning yangilanishi, organizmning yosh,
sog‘lom va tetik saqlanishiga olib keladi. Moddalar almashinuvida ishtirok etadigan asosiy oziq moddalar-oqsillar; yog‘lar, uglevodlar, mineral tuzlar, vitaminlar va suv hisoblanadi.
Oqsillar almashinuvi. Oqsillar, ya’ni proteinlar odam organizmining cog‘lom, normal o‘sishi, sog‘ligi va rivojlanishida muhim rol uynaydi. Ular organizmda ikki xil fiziologik vazifani bajaradi, ya’ni plastik va energetik. Oksillarning plastik ahamiyati shunday iboratki, ular barcha hujayra va to‘qimalarning tarkibiy qismiga kiradi. Oqsillarning energetik vazifasi esa, ular parchalanganda energiya hosil bo‘ladi, masalan, 1g oqsil parchalanganda 4,1 kkal. energiya ajratadi. Bu energiya odam tanasini xaroratini birday saqlash, ichki organlarni normal ishlashi, odamning harakatlanishi va boshqa ishlarni bajarish uchun sarflanadi. Oqsillar molekulasidagi aminokislotalar soniga qarab oqsillar sifatli va sifatsiz turlarga bo‘linadi. Tarkibida organizm uchun barcha aminokislotalarni uzida to‘plagan oksillarga sifatli oqsillar deyiladi. Ular xayvon mahsulotlarida (go‘sht, baliq, ikra, sut va sut mahsulotlarida) bo‘ladi. Tarkibida ba’zi aminokislotalari bo‘lmagan oqsillar sifatsiz oqsillar deyiladi. Ular non, non mahsulotlarida bo‘ladi. Bolalar organizmini normal o‘sishi va rivojlanishi uchun kundalik ovqat tarkibida sifatli oqsillar 80-90% tashkil etishi kerak. Bolalar ovqati tarkibida sifatli oqsillarning kam bo‘lishi o‘sish va rivojlanishni sekinlashtiradi, yuqumli kasalliklarga chidamlilik xususiyati pasayadi, nerv sistemasining kuzg‘aluvchanligi, akliy faoliyat susayadi. Oqsillar ortiqcha bo‘lsa nerv sistemasi, jigar va buyraklar faoliyati buziladi .
Uglevodlar almashinuvi. Uglevoddar organizmda asosiy energiya manbai bo‘lib, hisoblanadi, 1 g uglevod parchalanganda 4,2 kkal energiya ajraladi, Bir sutkalik energiyaning 56% uglevodlar hisobiga hosil bo‘ladi. Uglevodlar asosan o‘simliklardan olinadigan ovqat maxsulotlarida ko‘p bo‘ladi (non, kartoshka, mevalar, qovun-tarvuz, shirinliklar). Uglevodlar normadan ortik iste’mol qilinsa, organizmda yog‘ga aylanib semirishga olib keladi. Jismoniy mexnat, sport bilan shugullanuvchi odamlarda me’yoridan ortiq uglevodlar qabul qilinsa, uning parchalanib energiya hosil qilgan qismidan tashkari qolgan qismi glikogenga aylanadi. Glikogen parchalanganda energiya hosil bo‘ladi.
YOglar almashinuvi. YOg‘lap hujayralarda bo‘lib, oqsillar singari plastik va energetik vazifani bajaradi. 1g yog parchalanganda 9,3 kkal. energiya ajratadi. YOglar ikki xil bo‘ladi: xayvon, o‘simlik. xayvon yoglariga dumba, charvi, capyog‘, baliq yoglari kiradi. O‘simlik yorlariga zig‘ir, paxta, kungaboqar, kunjut, makkajo‘xori va zaytun moylari kiradi. Kundalik ovqat tarkibida yoglar etishmasligi yuqumli kasalliklarga, tashqi muxitning noqulay ta’siri- sovuqqa odamning chidamliligi, akliy va jismoniy ish bajarish qobiliyati pasayadi. YOglarni ortikcha iste’mol qilish semirishga olib keladi.
Suv va mineral tuzlar almashinuvi. Odam organizmi uchun mineral tuz va suv ham zarur. Mineral tuzlarni odam asosan oziq-ovqat bilan oladi. Bir sutkada odam 10-12,5 g. osh tuzi iste’mol qiladi. Mineral tuzlar organizmdagi barcha funksiyalarning bir xilda kechishini ta’minlaydi, nerv sistemasi faoliyati, qon ivishi, surilish, gaz ajralish, sekretsiya va ajratish jarayonlari uchun ham zarur. Organizm uchun kalsiy, fosfor, kaliy, natriy, marganets, kobalt, mis, rux, brom, yod, oltingugurt, temir va boshqa mikro va makroelementlar ham juda zarur. Agar biror mineral moddalar etishmasa turli xil kasalliklarga yuzaga chikadi. M-n. organizmda kalsiy etishmasa nerv va muskul kuzg‘aluvchanligi kuchayadi, bu spazmofil kasalligiga olib keladi, yod
etishmasa qalqonsimon bezning faoliyati buzilib, buqoq, kasalligi paydo bo‘ladi, natriy xlorid kupayib ketsa, xarorat ko‘tariladi.
Suv odam organizmi barcha hujayra va to‘qimalarining tarkibiy qismiga kiradi. Jumladan qonning 92%, miya to‘qimasining 84%, tana muskullarining 70%, suyaklarning 22%, suvdan iborat. Katta yoshdagi odamlarning tanasini 50- 60% suv tashkil qiladi, yoshlarda suv miqdori bundan kuproq. bo‘ladi. M-n. chaqaloq tana massasining 80% ni suv tashkil etadi. Organizmdagi barcha kimyoviy protsesslar suv ishtirokida bo‘ladi. Agar odam ovqat iste’mol qilmay, fakat meyorida suv iste’mol kilsa u 40-45 kungacha uning tana massasi 40% kamayguncha yashashi mumkin. Aksincha ovqat meyorida bo‘lib, suv iste’mol qilinmasa, tana massasi 20-22% kamaysa, bir xaftaga etar-etmay odam xalok bo‘lishi mumkin. Odamning sutkalik suv balansi 2,2-2,8 l.
Vitaminlar. Vitaminlar ham yog‘lar, oqsillar, uglevodlar, mineral tuzlar, suv kabi organizm uchun zarur bo‘lgan ozika moddalardan hisoblanadi. Rus olimi N.I. Lunin (18531938} 1880 yilda organizm uchun zarur bo‘lgan moddalardan biri vitaminlar ekanini birinchi bo‘lib isbotladi. 1912 yilda K. Funk tomonidan vitaminlar deb nomlandi (vita —xayot degan ma’noni anglatadi. Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo‘lib, ular organizmning o‘sishiga, modda almashinuviga, immun xolatiga, yurak-qon tomir, nerv tizimining ish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Agar biror vitamin organizmga mutlaqo kirmasa avitaminoz, etishmasa gipovitaminoz, meyoridan ortib ketsa gipervitaminoz deyiladi. Xar bir vitamin turli xil vazifani bajaradi.
A vitamin o‘sish vitamini deyiladi. U organizmning o‘sish va rivojlanishida, teri ustki qavati xolatini normal saqlashda, ko‘z o‘tkirligini yaxshi bo‘lishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Bu vitamin etishmaganda teri kuruqlashib, yorilib, nafas yullari va oshqozon ichak qavatining yallig‘lanishi kasalliklari yuzaga keladi. Vitamin D balik yogida, sariyogda tuxum saririda, jigarda, sabzi, qizil kalampir, o‘rik tarkibida ko‘p bo‘ladi. V gruppa vitaminlarga V1 (tiamin), V2 (riboflavin), Vb, V12, V15, RR (nikotin kislota) kiradi. Bu vitaminlar nerv sistemasining faoliyati, kon yaratilishi uchun zarur. Ular guruchda, loviya, nuxat, yongokda, pivo achitqisida, jigarda, tuxum sarig‘ida bo‘ladi. S vitamin (askorbin kislota) moddalar almashinuvida muhim rol uynaydi. Bu vitamin etishmaganda singa kasalligi paydo bo‘ladi. Bolaning mulki, og‘zi yaralanadi, tishlari tushib ketadi. Bu vitamin karam, petrushka, pomidor, kuk piyoz, na’matak, apelsin, limon, olmada ko‘p bo‘ladi.
D vitamin organizmda kalsiy va fosfor almashinuvi normal o‘tishida ishtirok etadi. Ayniksa u ikki-uch yoshgacha bo‘lgan bolalar suyagining normal shakllanishi, o‘sishi va rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Bu vitamin etishmasligi natijasida yosh bolalarda raxit kasalligi yuzaga keladi. Bu vitamin baliq yogida, tuxum sarig‘ida, sut va sut maxsulotlarida ko‘p bo‘ladi. U kuyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida bola terisida tabiiy ravishda hosil bo‘ladi.
Demak vitaminlar bola organizmidagi barcha xayotiy muhim fiziologik jarayonlarning normal o‘tishida, o‘sish va rivojlanishda muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun bolaning kundalik ovqatida vitaminlarga boy mahsulotlar bo‘lishi kerak. Bu mahsulotlar bo‘lmagan vaqtda dorixonada tayyor xolda sotiladigan vitamin tabletkalaridan kuniga 1,2 dona iste’mol qilishi kerak.
Ovqatlapish tartibi va ovqatlanish gigienasi
Bolaning bir kunda eydigan ovqati shu vaqt ichida sarf etilgan energiya o‘rnini qoplashi va o‘sishni ta’minlashi kerak. Bolalarni ovqatlantirishda ovqat tarkibidagi mahsulotlar nisbatini olish kerak. Umumiy ta’lim maktablarida va maktab internatlarida birinchi smenadagi o‘quvchilarga ertalabki nonushta 7.30dan 8gacha bir kunlik ratsionning 25%, ikkinchi nonushta 11-12 da ratsionning 15-20% ni, maktabdan qaytgandan so‘ng tushlik eyishi kerak, bu ratsionning 35% tashkil etadi, kechki ovqat 19-20 da ovqat ratsionini 2025% tashkil etishi kerak.
Oziqa moddalari energiya manbai va qurilish materiali hisoblanadi. SHuning uchun ular to‘la qimmatli ovqat eyishlari kerak. SHundagina ular yaxshi o‘sadi, turli kasalliklarga chidamli bo‘ladi. Bolalar ovqati barcha zaruriy moddalardan, o‘simlik va xayvon mahsulotlaridan, sifatli mahsulotlardan va etarli darajada bo‘lishi, to‘q tutishi kerak. Ovqatlanish tug‘ri tashkil qilish katta ahamiyatga ega. o‘rta maktab o‘quvchilari 4 marta ovqatlanishlari, nimjon bolalar tez-tez ovqatlanishlari zarur. Ovqatlanishda shaxsiy gigienaga, stol atrofida o‘zini tutishga, dasturxon go‘zalligiga rioya qilish kerak. Xayotda ovqatdan zaxarlanish ko‘p uchrab turadi. Zaxarlanish bakterial va bakteriyasiz turlariga bo‘linadi. Bakterial zaxarlanish turiga salmonellyoz kiradi. Bu salmonellalar tushgan ovqatni eganda rivojlanadi. Bu ovqat turlariga go‘sht, tuxum, sut mahsulotlari kiradi. Bundan tashkari pichoq taxtalar, stollarda, qo‘lda bu mikroblar bo‘lishi mumkin. Ular pashsha, sichqon, kalamush, it, mushuk orqali ham yukadi. Zaxarlanish belgilari: bir kun o‘tkach o‘t rufagi atrofida og-riq paydo bo‘ladi, qusadi, ich ketadi, bosh og‘riydi, tirishishadi, sovuq ter bosadi.
Botulizm. Tabiatda keng tarqalgan botulinus tayokchasi bilan zararlangan ovqatni iste’mol qilish orqali odam o‘tkir zaxarlanadi. Odam zaxarli konservalar, quziqorin, tuzlangan baliq, dudlangan mahsulotlar, go‘sht orqali yukadi. Bir necha soat o‘tgach zaxarlanish belgilari paydo bo‘ladi: muskullari bo‘shashadi, ko‘zi yaxshi ko‘rmaydi, og‘zi kuriydi, nutqi buziladi, yutishi qiyinlashadi, nafas olishi kiyinlashib, bemor xalok bo‘lishi mumkin. Stafilokokklardan zaxarlanish. Terisiga yara chiqqan, angina, konvyuktivit bilan og‘rigan kishilar infeksiya tashuvchi bo‘ladilar. Odamning tomog‘ida, burun shilliq qavatida, terida, ichagida kasallik mikroblari bo‘ladi. Bu mikroblar sut, baliq, mahsulotlarida, sabzavotlarda bo‘ladi. Bunda odam qusadi, qorinda og‘riq paydo bo‘ladi, xarorat ko‘tariladi. Dizentiriya, dizentiriya tayokchalari orqali yuqadi. Asosan iflos qo‘l orqali o‘tadi va nihoyatda yuqumli hisoblanadi. Bola tez suv yo‘qotadi, xarorat ko‘tariladi, ich ketadi va ba’zida qon aralash bo‘ladi. Bakteriyasiz zaxarlanishga qo‘ziqorindan, qo‘rg‘oshindan, bodom, o‘rik, olxo‘ri, shaftoli danagidan zaxarlanish kiradi. Ovqatdan zaxarlanishning oldini olish uchun maxsulotlarni to‘g‘ri saqlash, sanitariya-gigiena, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish kerak.
YOD VA TEMIR TANQISLIGI KASALLIKLARI
Yod tanqisligi kasalliklari insonning eng ko’p tarqalgan yuqumli bo’lmagan xastaliklari sirasiga kiradi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, yod tanqisligi tufayli 800 million aholi qalqonsimon bez (endemik bo’qoq)ning kattalashishidan, 45 millioni esa – aql zaifligidan aziyat chekmoqda. Yod, qalqonsimon bezning me’yorida faoliyat olib borishi uchun, gormonlari sintezlashtirish, barcha a’zolar va tizimlarning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy mikroelement hisoblanadi.
Yod yetishmovchiligi miyaning me’yorida rivojlanishini buzilishiga olib keladi, minglab odamlar aqliy zaiflikning eng og’ir darajasi bo’lmish – kretinizmdan aziyat chekmoqdalar.
Ayni paytda yod tanqisligining holatini nazorat qilish bo’yicha Halqaro kengash (ICCIDD) tuzilgan. Ular 100 dan ziyod davlatlarni kelishgan holda harakat qilib, oziq-ovqat va uy hayvonlarining ozuqasiga qo’shishga mo’ljallangan barcha tuzlarning yodlashtirilishini amalga oshirishga muvaffaq bo’lindi.
Sotuvda sifatli yodlangan osh tuzining mavjud emasligi, aholi o’rtasida bo’qoqni ommaviy profilaktika qilish ishlarida uzilishlar sodir bo’lmoqda. Bo’qoq xastaligiga duchor bo’lgan ayollarda ko’pincha hayz ko’rish tsiklining buzilishi, bepushtlik va boshqa anomal (noto’g’ri) holatlar kuzatiladi yoki xomlador bo’lsa bolalar aqli zaif bo’lib dunyoga keladi.
Bundan tashqari YTH (yod tanqisligi holati) bolalar o’limining ortib ketishiga, o’lik bola tug’ilishi va odamning ruhiy – ijtimoiy rivojlanishining tutilib qolishiga olib keladi. Qalqonsimon bezning me’yorida faoliyat olib borishi uchun, yodni sutka mobaynida 0,1-0,2 mikrogramm iste’mol qilish zarur. Insonning butun umri davomida bu o’ta muhim mikroelementning 3-5 gramm kifoya qiladi.
Uni yodlangan tuz va tarqibida yod mavjud bo’lgan mahsulotlar orqali har kuni iste’mol qilib turish zarur. O’zbekistonda 25 mln., axoliga 1,29 mln. endokrin tizimi bilan kasallangan odam to’g’ri keladi, shulardan 60 foizini bolalar va o’smirlar tashkil etadi.
Tekshirishlarning ko’rsatishicha, «Florans, Tempo, Orzu, Lazzat, Xojaikon, Qoraqolpoq savdo» firmalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan osh tuzlari tarkibidagi yod miqdori JSST me’yorlariga (41,1-65 g/t) mos keladi.
Amaliyot shuni ko’rsatmoqdagi, faqat huqumat tomonidan qilinadigan sa’yo-haraqatlaru, qo’llab-quvvatlashlargina ishlab chiqaruvchilarni barcha sanitariya-gigiena talablariga tegishli ravishda muvofiq keladigan, yodlashtirishni yetarli darajada ta’minlashga qodir bo’lgan yodlangan tuz chiqarishga majbur qila oladigan tegishli qonunlar, qarorlarni qabul qilinishi va tatbik etilishini ta’minlashi mumkin ekan.
Turli martabadagi rahbarlar ushbu tadbirlarning millat salomatligi darajasiga, o’sib kelayotgan avlodning aqliy darajasiga ta’sir ko’rsatishi xususidagi yorqin tasavvurga ega bo’lishlari lozim.
3 may 2007 y. O’zbekistonda «O’zbekiston YTK oldini olish» konuni kabul kilindi.
TEMIR TANQISLIGI ANEMIYaSI VA UNI OLDINI OLISH
Anemiya (kamqonlik) deganda qonda gemoglobinning umumiy miqdori pasayishi, ko’pincha qon hajmi birligida kontsentratsiyasining kamayishi tushuniladi. Qondagi umumiy gemoglobin darajasining norma 119-130 g/l bo’lgani holda anemiyada 111,0 g/l va undok pastrok pasayib ketishi kuzatiladi.
O’zbekistonda temir tanqisligi anemiyasini oxirgi 10-15 yil ichidagi kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, bolalar va o’smirlar orasida uning tarqalishi 25-88 foizgacha yetar ekan, kasallikka chalinish xavfi ko’proq 1-2 yoshgacha bo’lgan bolalarda, o’smirlarda va homilador ayollarda kuzatiladi.
Organizmdagi umumiy temir miqdorining 60 foizi ertrotsitlarning gemoglobinida to’plangan, u kislorodning bog’lanishida va uni butun organizm bo’ylab tarqatishda ishtirok etadi. SHuning uchun, uning organizm tarkibidagi kamayishi eritrotsitlar gemoglobin yetishmovchiligi va gipoksiyaga (hujayralarga kislorodning kerakli miqdorda yetib bormasligi) olib keladi.
Anemiyadan aziyat chekadigan bolalar odatda jismoniy va aqliy rivojlanish borasida o’z tengqurlaridan orqada qoladilar, ular tez-tez xastalanib turishlari mumkin.
Agar ayol kishi homiladorlik paytida anemiya dardiga yo’liqsa, u vazni yetarli bo’lmagan zaif bolani dunyoga keltirishi mumkin, bu esa kichkintoy uchun xatarlidir. Ayrim hollarda anemiya onalar o’limiga olib kelishi ham mumkin. Bu bizni tashvishga solmay qo’ymaydi. Bizning O’zbekistonda homilador ayollarning 80%, tug’ish yoshdagi ayollarning 60% va 57% bolalar anemiyadan aziyat chekishmoqda.
Anemiyada kuzatiladigan simptomlar:
-
teri qatlami va ko’rinib turgan shilliq qavatlarning rangsizligi;
-
bosh aylanishi, behollik;
-
tirnoqning yupqalashishi va sochning sinuvchanligi;
-
ishtaha kamayishi, ta’m buzilishi paydo bo’ladi (bolalar bo’r, kesak yeyishadi);
-
og’ir hollarda-nafas yetishmasligi, yurakning tepa qismida sistolik shovqin;
-
jigar va qorataloq o’lchamining kattalashishi.
Ovqatlanishning ahamiyati.
Ovqatda temir manbalari juda ko’p. go’sht, jigar, tuxum sarig’i temirga boy mahsulotlar hisoblanadi. O’simlik mahsulotlaridan suli, grechixa, jo’xori, dukkakli o’simliklar yormalarida, qora nonda va boshqa boshoqli mahsulotlar tarkibida ko’p bo’ladi. SHuningdek, olma, shaftoli, anor va boshqa mevalarda ham temir miqdori ko’p bo’ladi.
Kunlik ovqatlanish tartibiga go’sht, baliq va oqsilga boy mahsulotlarni kiritish foydalidir. Sabzavotlar, mevalar, ko’katlar ovqatlanishda muhim o’rin tutadi, chunki organizmga yaxshiroq so’rilishi va o’zlashtirilishi uchun A, S va boshqa vitaminlar kerak bo’ladi.
-
go’sht, parranda, baliq mahsulotlari va jigar;
-
nonushtaga-vitaminlar bilan boyitilgan boshoqli mahsulotlar;
-
sabzavot va mevalar;
-
yangi ko’katlarni iste’mol qilish foydali;
-
ovqatlanish vaqtida choy ichishdan saqlanish lozim, chunki choy tarkibida bo’ladigan tanin moddasi temir so’rilishiga to’sqinlik qiladi.
Yana bir to’sqinlik qiluvchi omil bug’doy unining kepagi va jigar rang guruch tarkibida uchraydigan oliy kislotasi bo’lishi mumkin. Ovqat tarkibidagi temirning so’rilish chegarasi sutkasiga 2 mkgni tashkil etadi. Kuniga katta yoshdagi har qanday kishi jinsidan qat’iy nazar 1 mg temirni yo’qotadi. Lekin ayollar hayz vaqtida, homiladorlik, tug’ruq va emizikli davrida nisbatan ko’p temir miqdorini yo’qotishadi. SHuning uchun bu davrlarda ularning temirga bo’lgan ehtiyoji minerallar bilan to’yingan to’laqonli ovqatlanish tartibiga rioya qilganda to’la qoplanmaydi. Buning natijasida temir tanqisligi rivojlanadi va bu ovqatlanish tartibini o’zgartirishga emas, balki dori preparatlari bilan davolashga asos bo’ladi. Homiladorlik, tug’ruq va emizikli bo’lgan vaqtda organizm 700-1000 mg temirni yo’qotadi, u bu zahirani 2-3 yil davomidagi qayta to’ldirib olishi mumkin. Bu vaqtdan oldinroq homiladorlik boshlanib qolsa albatta anemiya rivojlanadi.
Temir tanqisligi anemiyasining davolashda temir preparatlari qo’llanadi. Hozirgi vaqtda bir qator tarkibida temir bo’lgan dori preparatlari mavjud: temir laktati, gemostimulin, feramid, ferrotseron, ferropleks, tardiferon va boshqalar. Temir tanqisligi anemiyasini asosan ichga qo’llanadigan temir preparatlari bilan davolash zarur. Ularni nahrga yoki ovqatlanishdan 1 soat oldin yoki ba’zi holatlarda ovqatlanishlar orasida ichish maqsadga muvofiqdir, bu temirning organizmga so’rilishini osonlashtiradi. Bundan tashqari askorbin kislotsini qo’llash ham yaxshi natija beradi, chunki u temir preparatlari bilan birgalikda metallning tez o’zlashtirilishini ta’minlaydi.
O’zbekistonda faqat birinchi navli un boyitiladi, shuning uchun aynan mana shu undan tayyorlangan non sizning salomatligingiz uchun foydali hisoblanadi.
CHoy va qahva ovqatdagi temir moddasining 70-100 foizini o’zlashtirishga to’sqinlik qiladi, shuning uchun ovqat paytida yoki ovqatdan so’ng shu zahoti choy ichmang, 30 daqiqa kutib turing! CHoy o’rnini sharbat, kompot, qaynatilgan suv yoki ma’danli suv bosishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |