E nuritdinov odam fiziologiyasi


Jismoniy mehnatning qon aylanishiga ta'siri



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Jismoniy mehnatning qon aylanishiga ta'siri 
Jismoniy mehnat uchun kerakli energiy^a organik moddalarning oksidlanishi 
natijasida hosil bo'ladi. Shuning uchun jismoniy mehnat vaqtida organizmning 
kislorodga bo'lgan ehtiyoji keskin ortadi. Kislorodning qon orqali tashilishi sababli 
ish paytida faol a'zolarning qon bilan ta'minlanishi (skelet mushaklari, yurak) oshishi 
kerak. Bu asab va gumoral yo'llar bilan boshqaraladigan yurak-tomir tizimi 
faoliyatining kuchayishi va shu bilan birga kislorod ehtiyojini qoniqtirish natijasida 
amalga oshiriladi. To'qimalarni qon bilan ta'minlash jarayoni ishdan oldihroq (start 
oldidan) boshlanadi. Bo'lajak jismoniy ish haqida kishining fikrlashi, yurak-tomir va 
mushaklarning bajariladigan ishga tayyorgarligi, ular faoliyatining bajariladigan 
ishga nisbatan o'zgarishi reflektor yo'li orqali yuzaga chiqadi. Bunday funksional 
qayta qurish bosh miya yarim sharlari po'stlog'i va., gipotalamusdan kelayotgan asab 
impulslari orqali o'tadi bu faoliyatningasosida tashqi va ichki muhitdan ta'sir 
ko'rsatuvchi turli ta'sirlovchilarga javoban shartsiz va shartli reflekslar mexanizmlari 
yotibdi. 
Jismoniy ishga tayyorgarlik (start oldi) vaqtida simpatik asabning markazlari 
qo'zg'aladi, buyrak usti bezining faoliyati oshib, yurak faoliyatini kuchaytiradi, qonni 
qayta taqsimlash jarayonini o'zgartiradi va arterial qon bosimi oshadi. Organizmning 
bu reaksiyalari jismoniy ish uchun tayyorgarlik davri bo'lib, skelet mushaklari, yurak 
va o'pka qon aylanishini kuchaytiradi. 
Ishning boshida qon aylanishi boshqariluvida qo'shimcha reflektor, gumoral va 
jismoniy omillar ishga solinadi. Bosh miya po'stlog'i tomonidan harakat samaraor 
apparatiga asab impulslari yuboriladi, shu bilan birga vegetativ asab tizimi o'z ta'sirini 
o'tkazadi. Buning natijasida, simpatik asab markazlari qo'zg'aluvchanligi yanada ham 
oshadi, parasimpatik (adashgan) asab markazlajr qo'zg'aluvchanligi esa keskin 
susayadi. Shu vaqtning o'zida ishlovchi mushaklar arteriolalari va kapillarlari 
kengayadi, hozirgacha mehnat jarayoniga jalb bo'lmagan katta va kichik qon tomirlari 
ishga solinadi, ya'ni mahalliy qon aynalish jarayoni to'liq ishga solinadi. Biroq, 
ishlovchi mushaklar qon tomirlarining kengayishi bilan bir qatorda qorin bo'shlig'ida 
joylashgan va mehnat jarayonida passiv ishtirok etadigan a'zolar qon tomirlari 
torayadi. 
Yurak - tomir faoliyatining mehnat vaqtida o'zgarishi reflektor yo'l bilan amalga 
oshiriladi, 
asab 
impulslari 
harakat 
apparatining 
proprioretseptorlari 
va 
xemoretseptorlardan kelib, qon va boshqa to'qimalarda hosil bo'lgan turush moddalar 
borligidan xabar beradi. 
Jismoniy mehnat vaqtida yurak mushaki qisqarish qobiliyati oshgani sababli 
yurakning sistolik qon hajmi ortadi. Shiddatli jismoniy mehnat natijasida sistolik qon 
hajmi bir daqiqada-120-140 ml, yurak qisqarish tezligi 200 gacha va undan ham 
ko'proqqa yetadi. Daqiqali qon hajmi 25-30 1 gacha, qonning skelet mushaklariga 
quyilishi 22-25 1 gacha oshadi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin