E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Energiya balansi 
Moddalar almashinuvi va energiya o'zgarishi ; bir-biridan ajratib bo'lmaydigan 
jarayonlardir. Energiya almashmasa, modda o'zgarmaydi va moddalar almashinmasa 
energiya hosil bo'lmaydi van almashmaydi. Organizmda ro'y beradigan 'eher'getlk 
jarayonlar natijasida asosan- issiqlik energiyasi hosil bo'ladi' Tanada ajralib chiqqan 
issiqlik energiyasini aniqlab, ma'lum ish bajarishga ketadigan mexanik energiyani 
issiqlik birligiga aylantirish asosida hisoblab, organizm tomonidan qancha energiya 


103 
sarflaganini aniqlash va almashinuv jarayonlarini qay darajada ekanligini bilish 
mumkin. Organizmda modda va energiya almashinuv jarayonlari tabiiyotning eng 
buyuk qonuni-materiya va energiyaning saqlanish qonuniga muvofiq ravishda sodir 
bo'ladi. Tirik organizmda materiya va energiya yaratilmaydi va yo'qolib ketmaydi
ular faqat o'zgaradi, yutiladi va ajralib chiqadi. 
Organizm tashqi muhitga issiqlik va mexanik ish tarzida energiya ajratib chiqaradi. 
Shuning uchun energiya balansini aniqlash uchun organizm qabul qilgan ovqat 
mahsulotlaridan qancha energiya olishi va qancha energiya sarf qilishini aniqlash 
talab qilinadi. 
Energiya 
hosil 
bo'lishini 
aniqlash 
uchun 
ovqat 
mahsulotlari' 
tarkibida 
qancha kaloriya borligini hisoblash kerak. Bu esa 1 g, modda yonganda 
ajralib chiqadigan issiqlik miqdoriga va issiqlik koeffitsientiga teng. Ovqat 
rnoddasining issiqlik koeffitsienti Bertlo «bombasida» yoqib aniqlangan. 
Lekin shuni hisobga olish kerakki, tanada ovqat mahsulotlaridan oksidlanish 
jarayonlarida 
hosil 
bo'lgan 
kaloriya 
miqdori 
ularda 
mavjud 
bo'lgan 
miqdordan 
birmuncha 
kamroq 
bo'ladi, 
chunki 
iste'mol 
qilgan 
ovqat 
moddalarining hammasi to'liq so'rilmaydi, Ayniqsa, oqsil moddalar tanada 
to'liq oksidlanmaydi (12-jadval). 
Bevosita kalorimetriyada organizmdan ajralib 
chiqadigan issiqlikni sezuvchi maxsus murakkab jihozlar - kalorimetrik kameralardan 
foydalaniladi. Kalorimetrda tekshirish juda aniq natija berishi mumkin. 
Organizmda oksidlanish jarayonlari energiya manbayi hisoblanadi, bu jarayonlarda 
O2 sarflanadi va CO2 hosil bo'ladi, shuning uchun gazlar almashinuvini tekshirish 
asosida, ya'ni yutilgan O2 va ajralib chiqqan CO2 miqdoriga qarab tananing qancha 
energiya sarfiaganini aniqlash mumkin. Bu usul bilvosita kalorimetriya deb ataladi. 
Organizmda ajralib chiqqan CO2 hajmining yutilgan O2 hajmiga nisbati nafas 
koeffitsienti (NK) deb ataladi. Oqsillar, yog'lar va uglevodlar oksidlanganda nafas 
kqeffitsienti turlicha bo'ladi. 
Avvalo, tana karbonsuvlar iste'mol qilganda nafas koeffitsienti qancha bo'lishini 
ko'rib chiqaylik. Misol uchun, glukoza olaylik. Bir molekula glukoza 
oksidlanishining umumiy yakunini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: 
Q HI206+6O2=6CO2+6H?O 
Reaksiya tenglamasidan ko'rinib turibdiki, glukoza oksidlanganda necha molekula 
CO2 hosil bo'lsa, o'shancha molekula O2 sarf qilinadi (yutiladi). 
Organizmda bo'lib o'tadigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlari natijasida gazlarning 
o'zlashtirilishi va ajralib chiqishiga oid sarhisob olib borish Avogadro qonuniga 
bo'ysinadi. 
Xususan, glukoza oksidlanganda nafas koeffitsienti (CO2 ning O2 ga nisbati) 1 ga 
teng bo'ladi. Boshqa karbonsuvlar oksidlanganda ham nafas koeffitsienti shuncha 
bo'ladi. Yog'lar va oqsillar oksidlanganda nafas koeffitsienti 1 dan kam bo'ladi, ya'ni 
yog'lar oksidlanganda bu raqam 0,7 ga, oqsillar oksidlanganda NK- 0,8 ga teng 
bo'ladi. Odam aralash ovqatlar iste'mol qilib turganida NK- 0,85-0,9 ga atrofida 
bo'ladi. 
Nafas koeffitsientini aniqlash orqali O2 ning issiqlik ekvivalentini bilish mumkin. O2 
ning kalorimetrik ekvivalenti deganda bir litr O2 qabul qilinganda ajralib chiqqan 
issiqlik miqdori tushuniladi. O2 ning kalorimetrik ekvivalenti moddalar 
almashinuviga bog'liq. 


104 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin