126
bo'ladi, buning natijasida hosil bo'ladigan potensial retseptor potensiali deb ataladi.
Та'sir potensialining tarqalishi membrananing qarshilik ko'rsatishiga
va hajmiga
bog'liq bo'lib, elektroton deb ataladi. Shu sababli asab tolalarida retseptor
potensialining sekinlik bilan tarqalishi elektrotonik tarqalish deb ataladi. Retseptor
potensialining
elektrotonik tarqalishi, neyron dendritlari va soma orqali aksonga
berilishi retseptor faoliyatining uchunchi bosqichi hisoblanadi.
Nihoyat, to'rtinchi bosqich retseptorlarda ta'sirotni asab impulslarga aylanishi
(kodlanish, transformatsiyalash) dan iborat. Hosil bo'lgan axborot impulslari afferent
asab tolalari orqali markaziy asab tizimining tegishli sensor
mintaqalariga yetkazib
beriladi.Ta'm bilish analizatori
Ta'm bilish retseptorlari tilda qisman yumshoq tanglaydi joylashgan ho'lib, og'izga
kirgan moddalar haqida ma'lumot beradi. Ta'm bilish retseptorlarining ta'sirlanishi
hazm a'zolarini ishga soladigan ko'pgina shartsiz reflekslarning qo'zg'atuvchisi
hisoblanadi.
Eng ko'p uchraydigan retseptorlar-ta'm bilish so'rg'ichlaridir. Ta'm bilish so'rg'ichlari
ipsimon, bargsimon, zamburug'simon va tarnovsimon bo'ladi. Bitta so'rg'ichda 250
tagacha retseptor joylashgan.
Ta'm se/gilarini shirin, achchiq, sho'r va nordon deb to'rt guruhga bo'lish mumkin.
Shu to'rtta asosiy sezgining aralashmasidan iborat bo'lgan boshqa ta'm sezgilari ham
anchagina bor. Modda ta'm biluvchi retseptorga ta'sir eta olishi uchun suyuqlikda
erigan bo'lishi kerak.
Ta'm bilish sezgisining kelib chiqishi uchun haroratning ahamiyati juda katta.
Qaynoq va sovuq ovqat ta'm bilish sezgilarini susaytiradi. Buni kundalik turmushda
ko'rish mumkin. Qandli choy qaynoq bo'lsa, deyarli ma/.asi yo'qqa o'xshab tuyiladi.
Shuningdek og'izda bir chaqmoq qand , o!ih, sovuq suv bilan ichib yuborilsa, shirin
mazasining deyarli hech bir se/ilrnasligi ham ma'lum.
Ta'm bilish analizatorining uchta ncyroni farq qilinadi. Birinchi neyron tilning shilliq
qavatidagi ta'm bilish so'rg'ichlarida tilning ildiz
qismi va yutqum sohasida
joylashgan bo'lib, uzunchoq miyaga borib tugaydi. Ikkinchi neyron uzunchoq
miyaning birinchi neyron tamom bo'lgan joyidan boshlanib, talamusda (ko'ruv
do'mbog'ida ) tugaydi. Uchinchi neyron talamusdan boshlanib, ta'm bilish a'zosining
miya po'stlog'idagi markazida, ya'ni orqa markaziy pushtaning pastki uchida tugaydi.
Ta'm bilish sezgisini yuzaga chiqaruvchi bir nechta ta'sirlovchi
bir vaqtda yoki
ketma-ket qo'llanilganda, ta'm bilish kontrasti va ta'mlarning aralashib ketishi
mumkin: Ta'm bilish kontrasti shundan iboratki, ta'm
bilish sezgisini yuzaga
chiqaruvchi boshqa bir ta'sirlovchi ta'sirida qanday bo'lmasin bir ta'mni sezish ortadi.
Masalan, shirin sezgisini yuzaga chiqaradigan ikki yoki uch ta'sirlovchi bir vaqtda
ta'sir etganda ba'zan yangi ta'm sezgisining keiib chiqishi ta'mlarning aralashib ketishi
deb ataladi; yangi ta'm bilish sezgisi o'z komponentlariga o'xshamaydi.
Dostları ilə paylaş: