Tana vaziyatini va harakatlarini sezish Tana yoki undagi ayrim qismlarning fazodagi vaziyatini bilish uchun odam avvalo
ko'zidan foydalanadi. Ammo, bunda ko'ruv a'zoning qatnashishi shart emas. Odam
ko'rmasdan, ya'ni ko'zini yumib turib ham o'ziningtana vaziyatini biladi. Ko'zdan
qolgan kishilar o'z tanasining vaziyatini bemalol va bexato biladilar. Buning sababi
shuki, tana yoki undagi qismlarning vaziyati teridagi bosh retseptorlari va mushak,
bo'g'im, paylardagi proprioretseptorlar bilan seziladi.
Tanamizning qanday bo'lmasin bir qismining vaziyati o'zgarganda (qo'l bukilganda,
yozilganda yoki bir oz aylantirilganda) bir yoki bir necha bo'g'im siljiydi, muayyan
mushak guruhlari taranglashadi va bo'shashadi, shuningdek terming tarangligi ham
o'zgaradi. Proprioretseptorlarning ta'sirlanishi natijasida markaziy asab tizimiga
impulslar borib turishi tufayli gavda vaziyati bemalol bilinadi. Odam xoh o'tirgan
bo'lsin, xoh yotgan bo'isin, ko'zini yumib turib, o'zining vaziyatini bemalol aniqlay
oladi. Buning sababi shuki, terming muayyan qismlaridagi bosimning o'zgarishi,
mushak va paylarning taranglanish darajasi tana vaziyati haqida signal berib iuradi.
Tananing vaziyatini va harakatini aniqlashda, shuningdek harakat tezligining
o'/garganini bilishda teri sezgisining rctseptorlari bilan proprioretseptorlardan tashqari
vestibular apparatning faoliyati ham katta rol o'ynaydi. Bu apparat tananing fazodagi
vaziyatini va harakatini sezish, shuningdek muvozanatni saqlash a'zosidir. Tana
muvozanatining har bir o'zgarishi tufayli vestibular apparatning retseptorlari
ta'sirlanadi, shuning oqibatida tanani rostlashga yordam beradigan muayyan mushak
guruhlari refleks yo'li bilan qisqaradi yoki bo'shashadi.
Vestibular apparat ikki qismdan: dahliz va yarim doira kanallardan iborat. Dahliz endolimfa bilan to'la. Bu suyuqlikda otolitlar yoki statolitlar deb ataladigan
maxsus tuzilmalar bor, ular kalsiy fosfat tuzlaridan iborat. Gavda vaziyati
o'zgarganda, jumladan boshning vaziyati o'zgarganda dahliz retseptorlardagi
statolitlarning vaziyati o'zgaradi. Bu retseptorlar eshituv asabining vestibular tolalari
bilan bog'langan.
Statolitlarning bosim darajasi o'zgarganda retseptorlar ta'sirlanib, qo'zg'alish bilan
javob beradi. Dahliz retseptorlarning qo'zg'alishi natijasida ayrim mushak
guruhlarining tonusi refleks yo'li bilan o'zgaradi.Yarim halqa kanallar uchta bo'lib,
o'zaro pcrpendikular uch tekislikda turadi (181-rasm). Har bir kanalning uchi
kengayib, yo'g'on tortadi, ampula deb shuni aytiladi. Ampulada maxsus tuzilmalar
bor. Eshituv asabining vestibular tolalari shu yerda tugaydi. Endolimfa aylanma
harakat qilganda o'zining inertligi va yopishqoqligi tufayli yarim halqa kanallarning
devorchalaridan bir muncha uzoqlashadi, shuning natijasida retseptorlarning bosilishi
o'zgaradi. Endolimfa bosimining o'zgarishi darajasi vestibular asabning retseptoriga
ta'sir etadi. Vestibular apparatdagi retseptorlar qo'zg'alganda bir qancha reflektor
reaksiyalar kelib chiqadi. Tana, qo'l-oyoq, bo'yin va ko'z mushaklarining tonusi
131
refleks yo'li bilan o'zgaradi, ularning qisqarishi tufayli bosh muayyan vaziyatda
tutiladi va butun tana vaziyati o'zgaradi.