E nuritdinov odam fiziologiyasi


To'r pardaning tuzilishi va funksiyalari



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

To'r pardaning tuzilishi va funksiyalari 
To'r pardada ko'ruv retseptorlarining fotoretseptorlari joylashgan. Bu retseptorlar 
ko'ruv asabining oxiri-yorug'ni sezuvchi qismi hisoblanadi. To'r parda murakkab 
tuzilgan bo'lib, mikroskopda ko'rilganda 10 qavatdan tuzilganligi aniqlangan (185-
rasm). To'r pardadagi asab hujayralari bir-biriga bog'langan uchta neyrondan iborat. 
Bu neyronlar tayoqcha va kolbacha shaklida bo'ladi. Odam ko'zida tayoqchasimon 
neyronlar soni 130 ml gacha yetadi, ular qorong'ida ko'radi. Kolbachasimon 
neyronlar esa 9 ml ga yaqin bo'lib, ular kunduzi (yorug'da) ko'radi (rangn ajratadi). 
Tayoqchasimon, kolbachasimon retseptorlarda qabul qilingan impulslar ikkinchi 
neyronga, ulardan uchinchi neyronga o'tadi. 


133 
Uchinchi neyron neyrit (akson) lardan iborat ko'ruv asabini hosil qiladi, u ko'zning 
orqa qismidan chiqadi va ko'ruv yo'lini hosil qilib, tizzasimon tanachaga boradi. To'r 
pardaning yorug'ni eng yaxshi sezuvchi qismi-sariq dog' deyiladi, u ko'zning orqa 
qutbida joylashgan. Sariq dog'ning o'rtasi bir oz chuqurlashgan bo'lib, u markaziy 
chuqurcha deyiladi. Ko'zning oldingi qutbi bilan markaziy chuqurcha orasidagi chiziq 
ko'zning optik o'qi deyiladi. Ko'zning optik moslamalariga shox parda, oldingi 
kamera suyuqligi, ko'z gavhari va shishasimon tana kiradi. 
Ko'rish asabining ko'z soqqasidan boshlanadigan qismi ko'r dog' deyiladi. To'r 
pardaning bu qismida yorug'ni sezuvchi retseptorlar bo'lmaydi. Bu yerdan to'r pardani 
oziq moddalar va kislorod bilan ta'minlovchi g'on tomirlari o'tadi. 
To'r pardaning eng tashqi qavati pigmentli epiteliydan tuzilgan, unda fuksin degan 
pigment bor. Bu pigmet, fotoapparat ichki devorlarining qora rangiga o'xshash 
yorug'likni yutib, uning qaytishiga va sochilishiga to'sqinlik qiladi va shu bilan ko'ruv 
sezgisining ravshan chiqishiga imkon beradi. 
Ba'zi tungi hayvonlarda fotoretseptorlar bilan pigment hujayralar o'rtasida yorug'likni 
aks ettiruvchi qavat bor, bu qavat maxsus kristallardan yoki iplardan tuzilgan. 
Ulardan yorug'lik qaytishi tungi hayvonlar ko'zining tashqi yorug'da nur sochishiga 
sabab bo'ladi. Yorug'likni qaytaradigan qavat borligidan tikka yorug'lik nurlarigina 
emas, qaytgan yorug'lik nurlari ham fotoretseptorlarga ta'sir etadi, bu esa yorug'lik 
kam sharoitda yorug'lik se/ish imkoniyatini oshiradi. 
Fotoretseptorlar hujayralar qavatidan ichkari tomonda bipolyar neyronlar qavati bor, 
bu ncyronlarga ichkari tomondan ganglionar asab hujayralari qavati taqalib turadi. 
Tayoqcha va kolbachalar tashqi qavatda yotganligi, ganglionar hujayralar esa to'r 
pardaning ichki (shishasimon tanaga taqalib turgan) qavatini hosil qilganligi uchun 
yorug'lik shishasimon tana orqali to'r pardaga tushganda fotoretseptorlarga yetishdan 
oldin to'r pardaning hamma qavatlaridan o'tishi kerak. 
Ganglionar neyronlarning o'siqlari ko'ruv asabining tolalarini tashkil etadi. Shunday 
qilib, yorug'Hk ta'sirida fotoretseptorlarda vujudga kelgan qo'zg'alish ikkita asab 
hujayrasi - bipolyar va ganglionar neyronlar orqali ko'ruv asabining tolalariga o'tadi. 
Ana shu asablarining oxirlarida sinapslar hosil bo'ladi. Bu sinapslarda xolinesteraza 
bor, shuning uchun bir neyrondan ikkinchi neyronga impulslar о Uganda atsetilxolin 
ajralib chiqadi. Bir ganglionar neyronga birlashgan fotoretseptorlar ganglionar 
neyronning retseptiv maydoni hosil qiladi. turli ganglionar hujayralarning retseptor 
maydonlari bir-birini yopib o'tadi va o'/aro bog'lanadi. Buning asosiy sababi shuki, 
to'r pardada gorizontal (yulduzsimon) va amakrin neyronlar bor.ulardan 
tarmoqlanuvchi o'siqlar chiqadi, bu o'siqlar bipolyar va ganglionar hujayralarni 
birlashtiradi. Shu sababli bitta ganglionar hujayra bir necha o'ng ming fotoretseptorlar 
bilan bog'lanishi mumkin. 
Markazga intiluvchi tolalardan tashqari, ko'zda markazdan qochuvchi asab tolalari 
ham topilgan, bu tolalar markaziy asab tizimidan ko'z to'r pardasiga impuls olib 
keladi. Markaziy asab tizimi to'r parda neyronlari o'rtasidagi sinapslarning 
o'tkazuvchanligini o'sha (markazdan qochuvchi) tolalar yordamida o'zgartira oladi va 
qo'zg'alish jarayoniga tortilgan neyronlar sonini shu tariqa boshqara oladi, deb 
hisoblashadi. To'r pardadagi markazdan qochuvchi asab tolalarining ikkinchi tipi-
tomir harakatlantiruvchi tolalardan iborat. Markaziy asab tizimi to'r parda 
tomirlarining diametrini shu tolalar yordamida o'zgartira oladi. To'r pardaning o'ziga 


134 
xos murakkab asab apparati ko'ruv axborotini tahlil qilish va qayta ishlab chiqishda 
qatnashadi. Ko'z to'r pardasi fotoretseptorlar joylashgan anchayin bir joy emas; u 
markaziy asab tizimining go'yo periferiyaga chiqarib qo'yilgan bir qismi hamdir. 
Tayoqcha va kolbachalarning turli funksiyalari haqidagi tasavvurga ikki yoqlama 
nazariya bo'lgan. Bu nazariyani tasdiqlaydigan bir talay dalillar mavjud. MUsalan, 
tungi hayvonlar - boyqush va ko'rshapalak to'r pardasida tayoqchalar ko'proq bo'lsa, 
kunduzgi hayvonlar - kaptar, tovuq, kaltakesak ko'zining to'r pardasida kolbachalar 
ortiqroq. Tayoqchalarning sezuvchanligiga nisbatan kolbachalar sezuvchanligi ko'p 
marta kam. Shu sababli g'ira-shirada "qosh qoraygan" vaqtda to'r parda markazidagi 
kolbachalar bilan ko'rish keskin darajada susayib, to'r parda periferiyasidagi 
tayoqchalar bilan ko'rish ustun turadi. Tayoqchalar ranglarni sezmagani uchun g'ira-
shirada odam ranglarning farqiga bormaydi ("tunda mushuklarning hammasi ham kul 
rang bo'ladi"-degan ibora shundan kelib chiqqan). 
Tayoqchalar funksiyasi buzilganda (masalan, ovqatda vitamin A yetishmaganda 
shunday bo'ladi) g'ira-shirada ko'rish funksiyasi buziladishabko'rlik kelib chiqadi; 
bunday odam kunduzi bemalol ko'radi-yu, qosh qorayganda ko'zi hyech narsani 
ko'rmaydi. Kolbachalar zararlanganda esa, aksincha, yoruqqa qarab bo'lmaydi-
bunday odam xira yorug'da yaxshi ko'radi-yu, ravshan yorug'da ko'zi hyech narsani 
ko'rmaydi. Bu holda ranglarni mutloqo ko'rmaslik - axromaziya kelib chiqadi. 
XX asrning 80-yillarida hayvonlar ko'zining to'r pardasida yorug'likka sezgir 
pigmentlar kashf etilgan va bu moddalar yorug'da rangsizlanib qoli-shi ko'rsatib 
berilgan edi. Ammo, bu pigmentlarning eng ko'p uchraydigan vakili rodopsin avval 
Yu.A.Ovchinnikov (1982 yilda), keyinchalik amerika olimlari (D.Xoggnes, 
Dj.Natans,1989) tomonidan mukammalroq o'rganib chiqildi. 
Ularning fikriga ko'ra, to'r parda fotoretseptorlari membranasi fotolipidlardan tuzilgan 
bo'lib, fosfatidilxolin (40%), fosfatidiletanolarnin (38%) va fosfatidilserin (13%) ni 
tashkil etadi. Fotoretseptorlardagi taxminan 95% oqsillar tarkibi rodopsinning 
pigmenti tarkibiga mos keladi. rodopsinning polipeptid zanjiri 348 aminokislotadan 
tarkib topgan. 
Rodopsin vitamin A aldegidi-retinen va opsin oqsilidan tarkib tcpgan yuksak 
molekulali birikmalardir. Yorug'lik ta'sirida rodopsin bir qancha kimyoviy 
o'zgarishlarga uchraydi. Retinen yorug'likni yutib, o'zining geometrik izomeriga 
o'tadi. Bu izomerning xarakterli belgisi shuki, uning yon zanjiri to'g'rilanib, retinen 
bilan opsin o'rtasidagi aloqa uziladi. Ayni vaqtda avval ba'zi oraliq moddalar-bato 
rodopsin, lumirodopsin va metarodopsin hosil bo'ladi, so'ngra opsin va trans-retinal 
va vitamin A hosil bo'ladi. 
To'r pardadagi fotokimyoviy jarayonlar g'oyat tejamli bo'ladi, ya'ni hatto juda ravshan 
yorug' ta'sir etganda ham tayoqchalardagi rodopsinning faqat ozgina qismi 
parchalanadi. Masalan, G.Uold ma'lumotlariga qaraganda, 100 lyuks intcnsivlikdagi 
yorug'lik ta'sir etganda 5 soniyadan keyin har bir tayoqchadagi 18 mln. rodopsin 
molekulasidan atigi 1200 t^.si parchalanadi, ya'ni ko'ruv purpurining qariyb 
0,005%>i yemiriladi. 
K ruv pigmenti (rodopsin) ning yoru lik yutishi va parchalanishi unga ta'sir etuvchi 
yoru lik nurlarining to'lg'in uzunligiga bo liq. Odam ko'zining to'r pardasidan 
ajralib chiqadigan rodopsin to'lqin uzunligi qariyb 500 mmk bo'lgan yorug'lik 
nurlarini, ya'ni, spektrning yashil qismidagi nurlarni maksimal darajada yutadi. 


135 
Qorong'ida xuddi ana shu nurlar ravshanroq tuyiladi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin