E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Ko'zning adaptatsiyasi 
Ko'zning turli darajadagi yorug'likda ko'rishga moslanishi ko'zning adaptatsiyasi deb 
ataladi. 
Juda ham yorug' uydan yoki quyoshli kunda ko'chadan qorong'i uyga kirilsa, kishi 
avvaliga hech narsa ko'rmasligini hamma yaxshi biladi. So'ngra ko'z sekin-asta 
qorong'iga o'rgana boshlaydi, natijada odam narsalarning konturlarini, bir necha 
vaqtdan keyin csa hatto detallarini farq qila oladi. Bularning hammasi ko'z 
sezuvchanligining o'zgaruvchanligi tufayli bo'ladi. Qorong'i binoda to'r parda 
sezuvchanligi oshadi va odam sekin-asta ko'ra boshlaydi. Ko'zning qorong'i binoda 
ko'rishga moslashuvi qorong'iga taalluqli adaptatsiya deb ataladi. Qorong'iga taalluqli 
adaptatsiyada ko'zning sezuvchanligi taxminan 200000 marta oshadi. 
Qorong'i binodan yorug' ko'chaga chiqilganda bir muncha boshqa hodisa ko'riladi. 
Qorong'idan yorug'ga chiqqan kishi avvaliga hech narsa ko'rmay ko'zi qamashadi. 
Ko'zi og'rib yoshlanadi, natijada u ko'zini yumishga majbur bo'ladi. So'ngra ko'z 
sekin-asta o'rgana boshlaydi va tez orada yana normal ko'radigan bo'lib qoladi. 
Ko'zning narsalarni ravshan yorug'likda ko'rishga moslashuvi yorug'likka taalluqli 
adaptatsiya deb ataladi. Bu adaptatsiya davomida ko'zning sezuvchanligi juda ham 
pasayib ketadi. Yorug'likka adaptatsiya qorong'i adaptatsiyadan farq qilib, bir-ikki 
daqiqa ichida ro'y beradi. 
Ko'rish o'tkirligi tufayli odam narsalarning shaklini, ranggini, kattaligini, masofani 
ajrata oladi. Ko'zdan kechirilayotgan narsaning mayda detallarini ajratish qobiliyati 
ko'zning o'tkirligi (ko'z quvvati) deb ataladi. Ko'zning o'tkirligi ko'z bilan ayrim-


137 
ayrim ko'riladigan ikki nuqta o'rtasidagi eng kichik masofa bilan belgilanadi. Ikki 
nuqtani ko'rishda bu masofa qancha kichik bo'lsa, ko'z shuncha o'tkir bo'ladi. 
Ko'z biron nuqtaga tikilsa, shu nuqtaning tasviri sariq dog'ga tushadi, bu holda bir 
nuqtani markaziy ko'ruv bilan ko'ramiz. To'r pardaning qolgan joylariga tasviri 
tushadigan nuqtalarni periferik ko'ruv bilan ko'ramiz. 
Shunday qilib, ko'zni bir nuqtaga tikkan vaqtda ko'rinadigan nuqtalar yig'indisi ko'ruv 
maydoni deb ataladi. 
Periferik ko'ruv maydonining chegaralari perimetr degan asbob bilan o'lchanadi. 
Rangsiz narsalarni ko'rish maydonining chegaralari 60° - 90° gacha bo'ladi. Ko'k va 
sariq ranglarni ko'rish maydoni kichikroq, qizil rangni ko'rish maydoni yanada kichik, 
yashil rangni ko'rish maydoni esa ftiqat 20-40° atrofida. 
Chuqurlikni idrok etish, binobarin, masofani bilish bir ko'z bilan ko'rish (monokular 
ko'rish) da ham, ikki ko'x bilan ko'rish (binokular. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin