Ko'ruv analizatori Ko'ruv informatsion tizimi boshqa sensor tizimlar orasida alohida o'rin tutadi. Ko'ruv
a'zosi g'oyatda sezgir a'zo bo'lib, uning yordamida odam tevarak-atrofidagi
buyumlarning tuzilishi, rangi, shakli, hajmi, bir-biridan farqini ajratadi. Odam tashqi
dunyoni ko'ruv a'zosi yordamida 90% axborotlarni idrok ctadi. Bundan tashqari,
ko'ruv analizatori organizmda fotoretseptorlarga (yorug'likni sezuvchi retseptorlarga)
ega bo'lgan yagona tizimdir. Bu tizim orqali organizm kunning tunga o'tgani
to'g'risida, uzoq-yaqin jismlarning tashqi qiyofasi to'g'risida axborot oladi. Atrofdagi
turli-tuman manzaralarni, narsalarni ko'rishimizning sababi shundaki, qaysi bir
manbadan (quyosh, elektr lampa) ularga tushgan nur qaytarilib, ko'zga tushadi va
fotoretseptorlarda qo'zg'alish hosil bo'ladi. Ko'ruv obrazining shakllanishi aks
etiirilgan nurlarni ko'z optik tizimiga - to'r pardaga aniq proyeksiyalashdan
boshlanadi va analizatorning po'stloq markazida ko'ruv doirasida qanday jism borligi
to'g'risida xulosa qilish bilan tugaydi.
Ko'zning tuzilishi Ko'ruv a'zosi ikki qismdan: asosiy qism (ko'z soqqasi) va yordamchi a'zolardan
iborat. Ko'z soqqasi sut emizuvchi hayvonlarda va odamda yumaloq bo'lib, ko'z
kosasi chuqurligida joylashgan. Uning ustki qavati oqsil parda-sklera bo'lib, bu parda
old tomonda shox moddaga aylanadi. Shox parda bilan oqsil parda orasida venoz
kanal joylashgan.
Ko'z-ko'z soqqasidan, ko'rish asabi va yordamchi qismlardan (ko'z soqqasini
harakatlantiruvchi mushaklar va ularning asablari, qovoq va kipriklar, yosh bezlari,
qon tomirlari kabilardan) iborat (183-rasm).• va koibacha shaklidadir. To'rsimon
pardaning orqa qismida ko'ruv asabining tolasi kiradigan teshikda bo'lib, u orqali
ko'ruv asabi to'rsimon pardaga o'tadi va mayda tolachalarga bo'linib, tayoqchasimon
va kolbachasimon retseptorlarga tutashadi.
Ko'z soqqasining ichki qismi-ko'z gavhari, ko'z ichi suyuqligi va shishasimon tanadan
iborat. Bulaming hammasi tiniq, shishasimon bo'lib, ko'zga tushadigan yorug'lik
nurini sindirish xususiyatiga ega.
Ko'zning yordamchi qismlariga ko'z soqqasini harakatlantiruvchi oltita mushak va
ularning asablari, ko'z yosh bezlari va ularning kanalchalari, ko'z yosh bezi hamda
qovoq va kipriklar kiradi. Mushaklar ko'z soqqasini harakatlantirib, ko'rish doirasini
kengaytiradi. Ko'z yosh be/laridan ajraladigan suyuqlik ko'zning shox pardasini
namlab, uni changdan yuvib turadi, Qovoqlar va kipriklar ko'z soqqasini tashqi
muhitning noqulay ta'sirlaridan himoya qiladi.