6
reaksiya ko'rsatishga maxsus moslashgan. Bunday hujayra va to'qimalar
qo'zg'aluvchan
deb ataladi,ular-ning ta'sirotga qo'zg'alish bilan javob qaytarish
qobiliyati esa
qo'zg'aluvchanlik
deb yuritiladi.
Ta'sirlovchining qo'zg'alishiga sabab bo'ladigan minimal kuchi qo'zg'aluvchanlik
o'lchovi bo'lib xizmat qiladi.Ta'sirotning shu minimal kuchi ta'sirot bo'sag'asi deb
ataladi. Reaksiyalarni yuzaga chiqarish uchun zarur ta'sirotning
minimal kuchi
qancha katta bo'lsa, ya'ni ta'sirot bo'sa-g'asi qancha yuqori bo'lsa, qo'zg'aluvchanlik
o'shancha tezroq paydo bo'ladi va aksincha,ta'sirot bo'sag'asi qancha past bo'lsa,
qo'zg'aluvchanlik o'shancha kechroq paydo bo'ladi.
Qo'zg'alish
Qo'zg'aluvchan hujayralar uchun ta'sirlovchilarning ta'siriga o'ziga
xos javob
beradigan qobiliyati bor,ularda maxsus fiziolo-gik jarayon -
qo'zg'alish
ro'y beradi.
Qo'zg'alish fizikaviy va kimyoviy jarayonlar va funksional o'zgarishlar
yig'indisida
namoyon
bo'ladigan
murakkab
to'lqin-simon
biologik
reaksiyadir.Qo'zg'alish jarayonida hujayra mem-branasining
bioelektrik jarayonlari
o'zgaradi, hujayra fiziolgik tinchlik holatidan shu hujayraga xos fiziologik faol
holatiga o'ta-di:
mushak qisqaradi,bez hujayrasi sekret chiqaradi,asab
impuls-lari
paydo bo'ladi.
Qo'zg'aluvchan hujaylarda uning sitoplazmasi bilan tashqi muhit o'rtasida, ya'ni
hujayra yuzasidagi membrananing ikkala tomonida biopotensiallari doim farq
qiladi.Hujayra membranasi shu tariqa qutblangan (polarizatsiyalangan)-ichki
yuzasi
tashqi yuzasiga nisbatan manfiy zaryadli.Shu potensiallar farqini mem-brana
potensiali deb atashadi. Bu farq bir necha o'n millivoltga mos keladi.
Har qanday organizm va uning barcha hujayralari ta'sirla-nuvchan bo'ladi, ya'ni
tashqi muhit ta'sir etganda o'z struktura-sini o'zgartirish, aktiv faoliyat ko'rsatish,bu
faoliyatni kuchay-tirish yoki susaytirish bilan javob beradi.Turli ta'sirlarga
javoban
organizm va hujayralari strukturasining o'zgarishini biologik reaksiyalar,ularni
vujudga keltiradigan va yuzaga chiqaradigan ta'sirlarni esa ta'sirlovchi yoki stimullar
deb yuritishadi.
Tashqi muhitning yoki organizrn ichki holatining bar qan-day o'zgarishi
yetarlicha katta bo'lsa, yetarlicha tez ro'y bergan bo'lsa
va uzoq davom etsa,tirik
hujayraning yoki butun organi-zmning ta'sirlovchisi bo'la oladi.
.
Dostları ilə paylaş: