E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

 
Fiziologik funksiyalar 
Organizm hayot faoliyatining moslashishiga yoki o'zgarti-rilishiga qaratilgan har 
bir biologik reaksiya fiziologik funksiya-lar tufayli amalga oshiriladi.Tashqi muhit 
ta'sirini sezish hamma organizmlarga xos xususiyat bo'lib, odamda juda taraqqiy 
qilgan bo'ladi.Musbat va manfiy ta'cirlovchilar uzoq vaqt mobaynida ma'lum bir 
izchillik bilan ta'sir etib tursa,ularni qo'llanish ta'sir-lovchilarning xiliga qarab 
hamisha bir fiziologik funksiyaga sa-bab bo'ladi.Hujayra, to'qima, a'zo yoki 
organizmning har qanday fiziologik funksiyasi filogenez va ontogenez 
natijasidir,chunki rivojlanish jarayonida har bir tizilmaning o'ziga xos funksiyalari 
paydo bo'ladi va ular miqdor va sifat jihatdan o'zgaruvchan bo'-ladi. Modomiki 
shunday ekan, turli fiziologik funksiyalarining vujudga kelishi organzimning tashqi 
va ichki (irsiy) omillari ta'-siri bilan bog'liq ekanligi ayon bo'lib turibdi. 
Fiziologik funksiyalar va moslashish xilma-xilligi modda-lar almashinuvi 
(metabolizmi) va tashq muhit ta'siriga qarab muntazam o'zgarishiga bog'liq,chunki 
metabolizm hayotning za-rur shartidir va tirik organizmning asosiy funksiyasidir. 
Moddalar almashinuvining to'xtashi oqibatida organizm o'-ladi,sitoplazma 
yemirilib 
ketadi,kimyoviy 
birikmalar 
pafchala-nib,hyech 
avvalgi 
hollga 
qaytmaydi.Barcha fiziologik funksiya-lar-o'sish, rivojlanish, ko'payish, ovqatlanish 
va ovqatni hal qi-lish,nafas olish,sekretsiya va hayot faoliyati tashlandiqlarini chi-
qarish,harakat,tashqi muhitning o'zgarishiga javoban ro'y beruv-chi reaksiyalar va shu 
kabilar modda almashinuviga bog'liq. 
 
Gomeostaz 
Gomeostaz (homeostasis grekcha «homeow-o'xshash,bir xil, «stasis»-harakatsiz, 
bir xil saqlanib turish)-organizmning uy-g'unlashtirilgan reaksiyalarining majmuasi 
bo'lib, ichki muhhni bir xii doimiy saqlab turadigan vositadir.Rus olimi P.K Anoxin-
ning fikricha odam organizmida to'g'ridan-to'g'ri, qattiq o'zgar-maydigan konstanta 



(doimiyat) laming birligi tufayli hayotiy jarayonlari bir xil saqlanib turadi (qonning 
faol reaksiyasining doimiyligi, badan haroratiping o'zgarmasligi, kaliy-natriy asosi-
ning doimiyligi, me'da shirasi reaksiyasining doimiyligi va h.k). 
Ichki muhit tarkibi, fizik-kimyoviy va biologik xossalari doimiyligi mutlaq 
bo'lmay, balki nisbiy va o'zgaruvchan ekanli-gini o'qtirib o'tish lozim.Bu doimiylikka 
bir qancha a'zo va to'qi-malarning beto'xtov ishlashi tufayli erishiladi: tashqi muhit 
o'z-garishlarining ta'sirida va organizm hayot faoliyati natijasida ichki muhit tarkibi 
va fizik-kimyoviy xossalarida ro'y beradigan o'zgarishlar bir qancha a'zo va 
to'qimalarning beto'xtov ishlashi tufayli baravarlanib qoladi. 
Gomeostazning hatto salgina buzilishi patologiyaga olib keladi,modomiki 
shunday ekan,tana harorati,qonning arterial bosimi,tarkibi,fizik-kimyoviy va biologik 
xossalari va shunga o'xshash nisbiy doimiy fiziologik ko'rsatkichlarni aniqlash kasal-
liklarni aniqlash (tashxis) uchun katta ahamiyatga ega. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin