E-qaror gov uz Vi-68-185-12-171-K/22



Yüklə 8,98 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix25.12.2023
ölçüsü8,98 Kb.
#196557
VI-68-185-12-171-K 22



e-qaror.gov.uz
VI-68-185-12-171-K/22
1
2022 - yil 9 - dekabr
VI-68-185-12-171-K/22
Gurlan tuman hokimligi
“Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash” bo‘yicha bajarilgan
ishlarning yakuniy natijalarini ko‘rib chiqish yuzasidan tuzilgan tuman
komissiyasining 2022-yil 3-iyundagi 49-son yig‘ilish bayonini tasdiqlash
to‘g‘risidagi xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining 2022-yil 1-iyuldagi
VI-59-90-12-171-K/22-soni qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchlar kiritish
to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi "Maxalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi
Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi
“Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan
o‘tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish
tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 299-son qarorining
ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Ayerogeodeziya markazi Xorazm
hududlararo bo‘linmasi tomonidan “Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini
belgilash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan Gurlan shaharchasi hamda tuman
hududidagi qishloqlar chegaralarini belgilash bo‘yicha bajarilgan ishlarning yakuniy
natijalarini ko‘rib chiqish yuzasidan tuzilgan tuman komissiyasining 2022-yil 3-
iyundagi yig‘ilishining 49-son bayoni ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qarorning nomlanishi “Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini
belgilash bo‘yicha bajarilgan ishlarning yakuniy natijalarini ko‘rib chiqish yuzasidan
tuzilgan chegaralarini belgilash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tuzilgan ishchi
guruhining 2022-yil 3-iyundagi 49-son yig‘ilish bayonini ijrosi yuzasidan” deb
o‘zgartirilsin.


e-qaror.gov.uz
VI-68-185-12-171-K/22
2
3. Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining 2022-yil 1-iyuldagi
VI-59-90-12-171-K/22-son qarorining 2- bandi chiqarib tashlansin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi
o‘rinbosari U.Davlatov hamda xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy
komissiya raislari zimmalariga yuklatilsin
Kengash raisi
U.Jumaniyazov

Yüklə 8,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin