Tarix o’qitishning ko’rsatmali metodlari



Yüklə 236,24 Kb.
tarix01.09.2023
ölçüsü236,24 Kb.
#141253
korsatmali

Tarix o’qitishning ko’rsatmali metodlari


Tarix o’qitishning ko’rsatmali metodlari
Ko’rsatmalilik deganda, avvalo o’qitish va tarixiy bilimlarning o’rganishning ko’rsatmali usuli, o’qituvchi bayoninng manbai va uni ko’rsatmali bo’lishi, uning o’quvchilardagi aniq, tayyor obrazlarga suyana bilishi, o’quv vositasi materialini bayon qilish vaqtida ko’rsatmali qurollardan foydalanish va ko’rsatmali qurollar vositasida o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish hamda ularning o’rganilayotgan tarixiy faktlarni, voqea va hodisalarni aynan o’zini yoki ularning tasvirlarini ko’rish yordamida o’rganishlari tushuniladi.
Tarixiy hujjatlar va badiiy adabiyotlardan foydalanish o’qituvchi bayonini obrazli qilib aniqlashtirsa,
ko’rsatmali qurollar vositasida o’quvchilarda o’tmish to’g’risida yorqin va aniq tasavvur hosil bo’ladi,
o’quvchilarning eshitish faoliyatiga ko’rish va sezish organlarining faoliyati ham qo’shiladi.
SHu bilan ularning bilimi yanada chuqurlashadi, mustahkamlanadi.
SHuningdek, bezaklardan foydalanmay turib, o’rganilayotgan davrning manzarasini ham to’la, aniq va chuqur tasavvur qilib bo’lmaydi.
O’qituvchining bayoni har qancha to’liq bo’lganda ham o’quvchilarning voqealar to’g’risidagi tasavvurlari to’la bo’lmaydi.
Avvalo ko’rsatmali qurol o’quvchilarning bilim olishida muhim manba bo’lib xizmat qiladi.
Tarix o’qitishning ko’rsatmali bo’lishining ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati ham katta.
Ko’rsatmali qurollar o’quvchilarning tarixiy tasavvurlariga aniqlik kiritish va bu tasavvurlarni aniqlashtirishga yordam beradi.
Ko’rsatmali tasvirlar tarixiy fakt va hodisalarning tashqi ko’rinishinigina emas, balki ularning ichki mohiyatini ham ochib beradi.
Ko’rsatmali qurollar o’quvchilarning murakkab tarixiy hodi­salarni, tarixiy tushunchalarning ma’nosini osonroq tushunib olishlariga yordam beradi.
Ko’rsatmali qurollar o’quvchilarda tarixiy tushunchalarni shakllantirishga,
ularning nazariy xulosalash va umumlashtirishga, yakunlarini, ijtimoiy rivojlanishning ob’ektiv qonuniyatlarini,
o’zaro aloqalarni yaxshiroq tushunib olishlariga yordam beradi,
shuningdek, o’quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashning muhim vositasi bo’lib ham xizmat qiladi.
SHu tariqa, ko’rsatmalilikning ahamiyati tarixiy faktlarni, hodisalarni ko’rish organlari ishtirokida mushohada etish va ular haqida aniq tasavvur hosil qilish bilan chegaralanmaydi,
murakkab tarixiy hodisalarni, tushunchalarni tushunib olishni ham yengillashtiradi, tarixni haqqoniy tushunishga yordam beradi.

SHunday qilib, ko’rsatmalilik metodi:


1) tarixiy bilimlarning asosiy manbalaridan biri bo’lib xizmat qiladi;
2) o’quv materialining ta’lim-tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi;
3) o’qituvchi bayonining aniq, obrazli va ta’sirchan bo’lishiga yordam beradi;
4) o’quvchilarning o’quv materialini o’rganishga qiziqishini oshiradi va ularning bilish faoliyatini faollashtiradi;
5) o’qituvchining bayonini va uning darsda qo’llangan boshqa o’quv usullarini o’quvchilarning tushunib olishini yengillashtiradi;
6) o’quvchilarning fikrlash faoliyatini va ijodiy qobiliyatini o’stiradi;
7) o’quvchilar bilimining aniq, chuqur va mustahkam bo’lishiga yordam beradi.

Ko’rsatmali qurollar klassifikatsiyasi.

Predmet ko’rsatmalilik

  • Predmet ko’rsatmalilik ta’limda alohida ahamiyat kasb etadi. Fizika, ximiya yoki botanika o’qituvchilari o’rganilayotgan mavzuni o’quvchilarga formula, shakl va boshqalarda ko’rsatib tushuntirsalar tarix o’qituvchisi unday imkoniyatdan mahrumdir. Tarix o’qituvchisi o’quvchilarga ibtidoiy odamlar hayoti va faoliyatining aynan o’zini ko’rsatib berolmaydi, faqat gapirib beradi, ko’rsatsa faqat ibtidoiy kishi ishlatgan qurollarni, yashagan joylarini, yoki aytaylik feodallarning o’zaro urushlarini emas, urushda ishlatilgan qurollarni va boshqa ba’zi buyumlarni, lekin har holda kishilarning o’tmishidan qolgan bu yodgorliklar tarixiy voqealar to’g’risida real tasavvur qilishga so’zsiz yordam beradi. O’quvchilar oradan bir necha asrlar, xatto necha-necha ming yillar o’tib ketgan zamonlardagi voqealar to’g’risida ma’lumot beruvchi haqiqiy buyum va narsalarni juda qiziqish va hayajon bilan o’rganadilar. SHuning uchun ham o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida tarixiy o’tmishni o’rganishning asosiy manbalaridan biri bo’lgan bu yodgorliklarni to’plash va ulardan foydalanishga juda katta e’tibor beriladi.

Tasviriy ko’rsatmali

Ko’rsatmali qurollarni tanlash va ulardan foydalanishda o’qituvchi quyidagilarni e’tiborga olishi lozim:

Ko’rsatmali qurollardan foydalanishning metodik usullari.

1. Voqelik suratlari. Ularda muhim voqealar, ijtimoiy hayotdagi noyob faktlar, harbiy harakatlar yoritiladi. Masalan, bu suratlar o’qituvchidan voqeani yorqin hikoya qilib berishni, voqeaning rivojlanishi va undagi dramatizmni ochib berishni talab etadi. SHundagina kartina o’quvchilarga ahloqiy va g’oyaviy ta’sir etishi mumkin.

  • 1. Voqelik suratlari. Ularda muhim voqealar, ijtimoiy hayotdagi noyob faktlar, harbiy harakatlar yoritiladi. Masalan, bu suratlar o’qituvchidan voqeani yorqin hikoya qilib berishni, voqeaning rivojlanishi va undagi dramatizmni ochib berishni talab etadi. SHundagina kartina o’quvchilarga ahloqiy va g’oyaviy ta’sir etishi mumkin.
  • 2. O’rganilayotgan davr uchun tipik bo’lgan voqealarni aks ettiruvchi suratlar. Masalan, «Qadimgi Gretsiyada qul savdosi». Suratning bu turi katta bir voqeani yoki uning bir ko’rinishini o’rganish bilan bog’liq bo’lgan hamma savollarga javob bera­di. Ular ustida o’quvchilarning faol mustaqil ishlarini tashkil etish xam mumkin.

Yüklə 236,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin