e-qaror.gov.uz
VI-68-185-12-171-K/22
1
2022 - yil 9 -
dekabr
VI-68-185-12-171-K/22
Gurlan tuman hokimligi
“Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash” bo‘yicha bajarilgan
ishlarning yakuniy natijalarini ko‘rib chiqish yuzasidan tuzilgan tuman
komissiyasining 2022-yil 3-iyundagi 49-son yig‘ilish bayonini tasdiqlash
to‘g‘risidagi xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining 2022-yil 1-iyuldagi
VI-59-90-12-171-K/22-soni qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchlar kiritish
to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi "Maxalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi
Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari
Gurlan tuman Kengashi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi
“Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash,
yer resurslarini xatlovdan
o‘tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish
tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 299-son qarorining
ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Ayerogeodeziya markazi Xorazm
hududlararo bo‘linmasi tomonidan “Ma’muriy-hududiy
birliklar chegaralarini
belgilash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan Gurlan shaharchasi hamda tuman
hududidagi qishloqlar chegaralarini belgilash bo‘yicha bajarilgan ishlarning yakuniy
natijalarini ko‘rib chiqish yuzasidan tuzilgan tuman komissiyasining 2022-yil 3-
iyundagi yig‘ilishining 49-son bayoni ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qarorning nomlanishi “Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini
belgilash bo‘yicha bajarilgan ishlarning yakuniy natijalarini ko‘rib chiqish yuzasidan
tuzilgan chegaralarini belgilash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tuzilgan ishchi
guruhining 2022-yil 3-iyundagi 49-son yig‘ilish bayonini ijrosi yuzasidan” deb
o‘zgartirilsin.
e-qaror.gov.uz
VI-68-185-12-171-K/22
2
3. Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining 2022-yil 1-iyuldagi
VI-59-90-12-171-K/22-son qarorining 2- bandi chiqarib tashlansin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish
tuman hokimining birinchi
o‘rinbosari U.Davlatov hamda xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy
komissiya raislari
zimmalariga yuklatilsin
Kengash raisi
U.Jumaniyazov