E qosimov, M. Akbarov


Adgeziya. Ashyolarning boshqa ashyolarga yopishishini ifodalovchi ko‘rsatkich adgezion mustahkamlik



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə15/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   156
Adgeziya. Ashyolarning boshqa ashyolarga yopishishini ifodalovchi ko‘rsatkich adgezion mustahkamlik deb yuritiladi. Ikkita har xil ashyoning adgeziyasi ularning tabiati, shakli va tegib turgan yuzalari holatiga bog‘liq. Adgeziya ko‘rsatkichlari asosan kompozitsion ashyolar va buyumlar olishda katta ahamiyatga ega.
Estetik xossalar. Arxitektura shakllarining inson ongiga emotsinal ta’siri pardozbop ashyoning estetik xossalari bilan bog‘liq. Pardozbop ashyoning estetik xossalariga, uning rangi, shakli, fakturasi, teksturasi va shu kabilar kiradi. Bu xossalar bino va inshootlarning fasadi, umumiy ko‘rkamliligini oshirishda katta ahamiyatga ega.
Rang-ko‘rinishni sezish va his qilish tuyg‘ulari orqali ashyo yoki binoning estetik holatiga baho beriladi.
Biz kuzatayotgan har qanday jismda rang bo‘lib, uni ko‘rib idrok qilamiz.
Oq (rang)-yorug‘lik har xil rangli nurlarning majmuasidan iborat. Buni Isaak Nyuton 1666-yilda quyosh nurini maxsus asbob orqali o‘tkazib kashf etdi. U oq ekranda har xil rangli yo‘llarni ko‘rdi. Unda ranglar kamalak yoyi tartibida joylashganligi aniqlanadi. Quyosh nurining tarkibiy qismlarga ajralishidan hosil bo‘lgan rang Nyuton spektri deb ataladi.
Spektrga qarab ayrim ranglar o‘rtasidagi chegaralarni aniq ko‘rsatib bo‘lmaydi, chunki har qaysi rang asta- sekin boshqa rangga o‘tib ketadi. Shuning uchun ham, spektr uzluksiz deyiladi. Spektrda yettita rangni ajratib ko‘rsatish qabul qilingan. Ular quyidagi tartibda joylashgan: qizil, to‘q-sariq, yashil, havorang, ko‘k, binafsha va zangori ranglar.
Pardozbop qurilish ashyolarining ranglarini ikki turga ajratish mumkin — axromatik (rangsiz) va xromatik (rangli). Axromatik ranglarga oq va qora ranglar, shuningdek, oq va qora ranglarni har xil nisbatlarda aralashtirib olinadigan barcha kulrang bo‘yoqlar kiradi. Axromatik ranglar spektrda yo‘q. Ular bir- biridan spektrning ko‘zga ko‘rinadigan qismidagi barcha ranglarni bir xil qaytargan holda, yorug‘likni har xil qaytarishi bilan farq qiladi. Shuning uchun ham bizga oq, kulrang va qora rang bo‘lib ko‘rinadi. Axromatik ranglardan boshqa hamma ranglar xromatik ranglar deb ataladi. Spektrning barcha ranglarini oq-qora ranglar bilan ma’lum nisbatlarda aralashtirib olingan boshqa ranglar xromatik ranglarga kiradi. Inson 300 ga yaqin axromatik va 10000 ga yaqin xromatik ranglarni ajratish imkoniyatiga ega.
Har qanday xromatik rang 3 xil xossaga ega. Ular rang-tusi, yorqinlik va to‘yinganlik xossalaridir. Rang- tusi spektrning tegishli uchastkasi to‘lqinining uzunligi bilan belgilanadi.
Agar biror xromatik rangga uning yorqinligiga teng bo‘lgan kulrang qo‘shilsa, bu xromatik rangning to‘lqin uzunligi bilan aniqlanadigan rang-tusi o‘zgarmaganidek, yorqinligi ham o‘zgarmaydi. Biroq hosil
bo‘lgan rang avval olingan spektr rangidan farq qiladi. Uning to‘yinganligi o‘zgaradi, lekin xromatik rangning tozaligi kamayadi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin