MOOS ning qattiqlik shkalasi
Ishqalanishga qarshilik. Pol, zinapoya, yo‘l singari ishqalanish kuchi ta’sirida bo‘lgan joylarda ishlatiladigan ashyolar ishqalanishga sinab ko‘riladi. Buning uchun kub, plita yoki diametri 25 mm ga teng bo‘lgan silindr (namuna)lar tayyorlanadi.
Ashyoni ishqalash doirasida 1000 marta aylantirilganda namunaning 1 sm2 yuzasidan yo‘qotgan og‘irligiga
ishqalanish deb ataladi.
QURILISH ASHYOLARINING UMUMIY XOSSALARI
Ushbu tushuncha barcha pardozbop qurilish ashyolariga tegishli bo‘lib, ularning xossalari va ichki tuzilishlariga ko‘ra zararli muhit ta’siriga chidamli mexanik kuchlar, biologik va kimyoviy moddalar ta’sirida ishonchli xossalarni o‘zida mujassam etgan ashyo bo‘lmog‘i kerak. Masalan, qurilish ashyolarining chidamliligi deganda, ular qayerda ishlatilmasin hamma xossalari bo‘yicha davlat andozalarini qoniqtiradigan, shuningdek, uzoq davr zararli muhitda ishlatilganda ham sifat ko‘rsatkichlari yomon bo‘lmaydigan ashyolarni tushunmoq lozim.
Pardozbop qurilish ashyolarining chidamliligi ularning tarkibiga, tuzilishiga va sifatiga, shuningdek, unga ta’sir etuvchi zararli moddalar xiliga, harorat, namlik kabi ko‘rsatkichlar darajasiga bog‘liq. Har bir ashyo qanday muhit sharoitida ishlatilishiga qarab tanlanadi. Masalan, konstruksiya yoki buyum kislota yoki uning eritmalari ta’sirida bo‘lsa, shu muhitga chidamli bo‘lgan ashyolar (kislotaga chidamli betonlar, tosh eritmasi asosida ishlangan buyumlar, suyuq shisha va h.k.) tavsiya etiladi.
Pardozbop qurilish ashyolarining chidamliligi (ishlatilishida) ta’sir etuvchi zararli muhitda qancha davrda buzilish nuqsonlari paydo bo‘lishi, namunalarni tajribaxonalarda zararli suyuqliklarda saqlab ularning og‘irliklari va mustahkamliklarini hamda rangining o‘zgarishi bilan baholanadi.
Bino va inshootlarni ko‘tarib turuvchi barcha konstruksiyalarning zararli muhitda chidamlilik muddati ulardan foydalanish davriga teng bo‘lishi kerak. Ashyolarni zararli muhitda chidamlilik ko‘rsatkichi chidamlilik koeffitsienti orqali ifodalanadi:
Kch. R3/Rт
Bunda: R3 — namunani zararli muhitda n kun saqlagandan keyingi mustahkamligi; Rт — tabiiy sharoitda n
kundan keyingi mustahkamligi.
Agar, K3 0,8 bo‘lsa, ashyo shu zararli muhitga chidamsiz bo‘ladi va bunday ashyo ishlatishga tavsiya etilmaydi. Pardozbop ashyolar bundan istisno. Chunki, bunday ashyolar ijtimoiy sharoit, muhit va ma’naviy nuqtai nazardan tez eskirishi yoki buzilishi mumkin. Qurilish ashyolari uzoq vaqt saqlanganda eskirish xususiyatiga ega. Uning tuzilishi, rangi va xossalari ishlatilishi davrida o‘zgaradi. Bunday ashyolar havodagi namni o‘ziga yutadi, undagi kimyoviy moddalarda almashish va parlanish jarayonlari ro‘y beradi. Ashyoning ichki zarrachalar yuzasida energiya holati o‘zgaradi. Natijada, moddalararo bog‘lanish kuchi susayadi. Tashqi ob-havo tasiri, qor, yomg‘irlar ashyoda fizik-kimyoviy jarayonni yana faollashtiradi. Pardozbop qurilish ashyolari ichida polimerlar, gips-qog‘oz plitalar, gips-o‘simlik chiqindi buyumlari, yupqa polimer pardalar, rezinalar tabiiy sharoitda xiralashadi, mo‘rtlashadi va nihoyat eskirib ishlatishga yaroqsiz bo‘ladi.
Qurilish ashyolarining tarkibini hisoblashda, ularning o‘zaro mosligi inobatga olinadi. Shuningdek, devor yuzalarini pardozlashda ishlatiladigan yelim va har xil lok-bo‘yoqlarni tanlashda, o‘zaro moslik bo‘lmasa, ular qatlam-qatlam bo‘lib ko‘chib ketadi.
O‘zaro moslik bo‘lmagan tarkibli qurilish ashyolari oz vaqt ishlatilgandan keyin asta-sekin buzila boshlaydi. Chunki, ashyoning tarkibiy qismini tashkil etuvchi moddalarning o‘zaro yopishish mustahkamligi anchagina kichikdir. O‘zaro moslikni ta’minlashda ashyolarni ishlab chiqarish texnologiyasining ahamiyati katta. O‘zaro moslik bo‘lmasa, pardozbop ashyolar yuzasidagi energiya quvvatini pasaytiruvchi tadbirlarni qo‘llash lozim. Buning uchun ayrim temir yuzalari bo‘yashdan oldin oksidlanadi yoki bo‘yash kerak bo‘lgan devor yuzalari oldin xomaki moylanadi (gruntovka).
Pardozbop ashyolarning o‘z atrofidagi moddalar bilan kimyoviy birika olish qobiliyati uning kimyoviy xossalarini ifodalaydi. Ayrim ashyolarning ichki tuzilishida kimyoviy bog‘lanish faolligi susaymagan bo‘ladi. Pardozbop ashyodagi moddalarning birikishi oqibatida uning xossalari o‘zgaradi. Bu jarayon ashyoning quyidagi ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi natijasida sodir bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |