E qosimov, M. Akbarov


Suv va namlikdan saqlovchi qorishmalar



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə96/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   156
Suv va namlikdan saqlovchi qorishmalar suv havzalari, kanallar, hovuz, yer osti inshootlarini suvashda ishlatiladi. Bunday qorishmalarga zichlikni oshiruvchi moddalardan bitumli suv, bentonit, temir uch xlorid, latekslar qo‘shiladi.
Polbop qorishmalar sement-qumli, temir qirindi-sementli, sement-yog‘och qirindili, magnezial, gipsli va polimer-sementli xillarga bo‘linadi. Polning ostki qatlami uchun ishlatiladigan sement markasi 300 dan kam bo‘lmasligi kerak. Ustki qatlamiga 400 va undan katta markali sementlar ishlatiladi. Sement-temir qirindi qorishmasida temir qirindisi ishlatiladi. Sement-yog‘och qirindili qorishma uchun ignabargli daraxt qirindisini 5% li kalsiy xlorid eritmasi yoki nordon oltingugurt glinozemi bilan qayta ishlash lozim. Magnezial yoki ksilolit qorishmalar tarkibida bog‘lovchi — kaustik magnezit, qotiruvchi — magniy xlorlid, to‘ldirgich sifatida — qipiq va mineral pigmentlar bor.
Gipsli pol qatlamini qurishda yuqori haroratda pishgan gips ishlatiladi. Kimyo sanoati korxonalarining pollarini qoplashda polimer-sement qorishmalari keng ishlatilmoqda.
Kislotaga chidamli qorishmalar uchun suyuq shisha, natriy kremneftorid va kislotaga chidamli to‘ldirgichlar ishlatiladi.
Issiqqa chidamli qorishmalar o‘tga chidamli g‘ishtlarni terishda o‘choqlarning ichki qismini suvashda ishlatiladi va ular portlandsement va havoyi bog‘lovchi modda shamot-boksid asosida tayyorlanadi. Bunday bog‘lovchining tarkibida markasi 400 dan kichik bo‘lmagan portlandsement, shamot kukuni, plastifika- torlardan o‘tga chidamli va bentonit loyi hamda sulfit-drojali brajka bo‘ladi. Agar o‘choqdagi harorat 1150°C dan kichik bo‘lsa, bog‘lovchi modda sifatida portlandsement, 1350°C gacha bo‘lsa, shamot-boksidli qorishmalar ishlatiladi.
Quruq qurilish aralashmalari. Zavod sharoitida sement, obdan quritilgan qum va qo‘shilmalar
hisoblangan tarkibga ko‘ra aralashtirib, buyurtmachiga mashinalarda yetkazib beriladigan quruq aralashmadir. Tayyor quruq aralashmaga tegishli miqdorda suv qo‘shib qurilish qorishmasi olinadi. Ayrim xollarda bog‘lovchi modda sifatida eruvchan yoki suyuq polimerlar ishlatiladi. Quruq aralashmalarni oddiy qorishmalardan afzalligi shundaki, quruq aralashmani qorishmaga aylantirish uchun texnologik jarayonlar qisqaradi, zavod sharoitida tayyorlanishi qorishmaning sifatini oshiradi; transport harajatlari 15% ga, qorishma chiqindilari esa 5—7% ga kamayadi; quruq aralashmani uzoq vaqt nam ta’siridan uzoq joyda saqlash kerak. Qurilishda quruq aralashmaning ishlatilishi ish unumini 20—25% ga oshiradi.
Hozirgi vaqtda qurilishning barcha sohalarida quruq aralashmalar keng ishlatilmoqda. Jumladan, g‘isht terishda, montaj va suvoq ishlarida, shpaklyovka, yelimlar yoki polbop qorishmalar tayyorlashda keng qo‘llanilmoqda. Qurilish aralashmalarini tayyorlashda asosan bog‘lovchi moddalardan portlandsement, quri- lish gipsi, havoyi ohaklar ishlatiladi. Maxsus buyurtmalar bo‘lsa, bog‘lovchi modda sifatida suvda eruvchan kukun polimerlar ishlatiladi. Mayda to‘ldirgich sifatida ishlatiladigan qumning yiriklik moduli 1...2, ya’ni qum donasining yirikligi 1,25 mm dan oshmasligi kerak. Yengil qorishmaga zaruriyat bo‘lganda ko‘pchitilgan qumlar, shpaklyovka uchun ohak uni va bo‘r kukuni ishlatiladi.
Quruq aralashmalar tayyorlashda qo‘shilmalarning roli kattadir. Aksariyat quruq aralashmalardan tayyorlangan qorishmalar g‘ovak yuzaga g‘isht terishda, suvoqchilikda ishlatiladi. Bunday qorishmalarning plastikligini va suv ushlashlik qobiliyatini ta’minlash uchun quruq aralashmaga mineral va organik qo‘shilmalardan loy, havoyi ohak, ИЭС kuli, lignosulfanat ЛСТ, СНВ, superplastifikator С-3 lar qo‘shiladi.
Qurilish qorishmalarini ishlatiladigan joyiga qarab, quruq aralashmalar har tomonlama jihozlangan beton yoki qorishma zavodlarida tayyorlanadi. Quruq aralashmalarni tayyorlash texnologik jarayoni quyidagichadir: karyerlardan keltirilgan qum loyi quritiladi. Keyin, qum elaklardan o‘tkaziladi; elangan qum tarozida tortiladi va qorgichda sement va qo‘shilmalar bilan aralashtiriladi. Tayyor quruq aralashma maxsus nam ta’sir etmaydigan omborlarda saqlanadi va buyurtmachilarga tarqatiladi.
Sinov savollari

  1. Qurilish qorishmalarining qanday xillarini bilasiz? Ularning xossalari va tarkibi haqida gapirib bering.

  2. Maxsus va pardozbop qurilish qorishmalari haqida nimalarni bilasiz?

  3. Quruq aralashmalar nima?



  1. Yüklə 300,42 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin