E qosimov, M. Akbarov


Betonning plastikligi va undan arxitektura shakllarini loyihalash



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə99/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   156
Betonning plastikligi va undan arxitektura shakllarini loyihalash. Pardozlovchi mutaxassisni betonning plastikligi va uni har xil shaklda qotishi qiziqtiradi. Betonning plastik xususiyati konstruktiv shakl berishda, shuningdek, betonning bezakbop teksturasi va o‘ziga xosligi katta ahamiyatga ega.
Sifatli betonda qolip va shtamp izlari o‘ziga xos bezakbop izlar qoldiradi. Betonning bunday xususiyatlari fazoviy konstruksiyalarda foydalanilgan. Jumladan, diametri 104 metrli gumbaz (kupola) ko‘rinishida sport
inshootlaridan biri Nervining loyihasi asosida qurilgan. Shuningdek, F. Kandeli loyihasi asosida qurilgan giberbolik paraboloidlar shaklida inshootni betonning o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon qiladi (8.1-rasm).
Oxirgi paytlarda beton va temir-betonning estetik xususiyatlarini ochib berish bilan birga ularning yuzasini pardozlash ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Ularning yuzasiga qayta ishlov berish natijasida fakturasi, rel’efi, teksturasi va ko‘rimliligi yaxshilanadi. Ishlov berish, asosan qotmagan beton yuzalarida yaxshi samara beradi. Bunday xolatda ishlov berish natijasida betonning dekorativ xususiyatlari yaxshilanadi.
Agar loyihalash jarayonida quyma betonlarning o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor berilsa, binolarni qurishda ulardan fazoviy shakllar ishlab chiqishga turtki bo‘ladi.
Aholisi ko‘p bo‘lgan shaharlarda ko‘p qavatli mehmonxona va turarjoy binolari quyma betondan qurilgan. Bunday binolarning o‘ziga xos me’moriy shakllari betonning plastikligi tufayli yaratiladi. Masalan, quyma betondan qurilgan mehmonxona yangi shakllarining yana bir turi yaqqol namoyon bo‘lgan (8.2-rasm).
Mehmonxona yadrosi konstruktiv sterjen sifatida yuqorigi qavatlargacha ko‘tarilgan. Barcha hajmni birinchi qavatga yopilgan yig‘ma plitalar ko‘tarib turibdi.
Me’moriy yechimida betonning ko‘rimliligi, nafisligi va plastikligi o‘z aksini topgan.
Yechilib olinadigan qoliplarga uzluksiz beton yetkazib berish juda qiyin. Ko‘p qavatli binolar tashqi shakllarining namunaviy ko‘rinishlaridan biri Marn-la-Valle shaxrida qurilgan binoda yaqqol namoyon bo‘ladi (8.3-rasm).
Yig‘ma va monolit temir-beton bino qavatlarini ko‘tarish usuli qavatli binolarni har xil shaklda fazoviy rejalashtirib qurish uchun qulay sharoitlar yaratib beradi.
Parijdagi Yangi Kretey ansamblida loyihaviy temir-beton elementlaridan chiroyli fazoviy shakl yaratilgan.
Bu balkon elementlarini bir-biriga bog‘lash natijasida hosil bo‘ladi (8.4-rasm).
So‘nggi yillarda betonning estetik xususiyatidan qurilishda foydalanish bo‘yicha yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Bunday yo‘nalish AQSh va Fransiyada «Artbeton» nomi bilan shakllandi. «Artbeton» betondan tayyorlangan konstruktiv buyumlarning fakturasiga katta e’tibor berish bilan qayta ishlash demakdir.
«Artbeton» yuzalarini pardozlash turli-tuman — mayda sopol bilan qoplangan, shisha mozayikali, tekis fakturali va h.k.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, shuni ta’kidlash lozimki, yaqin orada artbeton yangi me’moriy ko‘rinishlarning yaratilishiga sabab bo‘ladi.
Ashyolar asosan ko‘ndalang harakatdagi kuchlar ta’sirida bo‘ladi. Beton yuzasida qolipning izlari konstruksiyaning yo‘nalganligini aniq ko‘rsatadi.
Hozirgi kunda bino va inshootlar estetik xususiyatlarining shakllanishida muhandislik muhim ahamiyat kasb etadi. Moskvada quyma betondan qurilgan Ostankino teleminorasi (8.5-rasm) faqat texnik inshoot emas. Uning temir-beton qismi balandligi 385 metrni tashkil etadi. Asosiy qurilish ashyosi sifatida ishlatilgan beton muhandislik inshootiga keng shakllar berilishini ta’minlagan.
Me’moriy obodonlashtirishda ishlatiladigan beton elementlarining nomenklaturasi juda ko‘p.
Bunga bog‘ va dam olish maskanlaridagi kichkina pavilonlarni, shahar ko‘chalaridagi yo‘lkachalarni, maydonlarni va hokazolarni qilish mumkin.
Betondan turli darajada plastik shakllarni tayyorlash mumkin. Jumladan, betondan haykaltaroshlikda ham keng foydalaniladi. Toshkentdagi san’at muzeyi oldida o‘rnatilgan betondan yasalgan haykal o‘ziga xos ahamiyatga ega (8.6-rasm).
Marmar, granit kabi beton buyumlari ham yaltiroq holatigacha to‘la silliqlanishi mumkin. Beton yuzasini
yaltiratishda oq sementga kulrang qo‘shimcha qo‘shiladi.
Betonning rangi katta oraliqda och rangdan to‘q ranggacha o‘zgarishi mumkin. Beton rangiga to‘ldiruvchilarning rangi bilan bir qatorda sementning rangi ham ta’sir ko‘rsatadi. Beton rangi turg‘unligiga uning tarkibidagi to‘ldiruvchilarning tabiiy va sun’iy tarzda olinishi ham ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekistondagi ko‘pchilik konlarda rangli pardozbop toshlar mavjud. Ularni ishlab chiqarishda chiqadigan chiqindilarni temir-beton buyumlarni olishda ishlatish mumkin.
Beton yuzasidagi fakturalar, bezaklar va tekislik nafaqat betonning tarkibiga, balki uni tayyorlashdagi texnologik rejimlarga ham bog‘liq.
Bir xil tarkibdagi mayda zarrachali beton aralashmasi hamma vaqt yirik zarrachali betonlarga nisbatan och rangda bo‘ladi, chunki zarrachalarning o‘lchamlari yuzadan qaytariladigan nurlarga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Zarrachali fakturalarni olishda beton yuzasidagi sement pardalar silliqlash jarayonida olib tashlanadi. Agar beton tarkibidagi to‘ldirgichlar bir jinsli bo‘lsa, ularning fakturasi ham bir xil rangda bo‘ladi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin