E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə101/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   156
Cho‘yan ishlab chiqarish. Cho‘yan tog‘ jinsi — temir rudasi hamda temir chiqindilari va flyuslarni eritib olinadi. Tog‘ jinsi tarkibidagi temir har xil moddalar — kislorod, oltingugurt va hokazolar bilan kimyoviy birikkan bo‘ladi. Cho‘yanda asosan temirning har xil turlari mavjud, jumladan, 72% gacha magnitli temir (Fe3O4), 70% qizil temir (2Fe2O33H2O) misol qilish mumkin. Shuningdek, cho‘yan tarkibida legirlovchi aralashmalar bo‘lgan (xrom, nikel, titan, marganes va boshqalar) rangli temir rudasidan ham olinadi. Temir rudasidan cho‘yan va rangli temirlarni ajratib olish, hamda erish haroratini pasaytirish maqsadida eritmaga flyuslar yoki erituvchilar qo‘shiladi.
Po‘lat qizdirib qayta ishlanganda uning zichligi oshadi, fizik-mexanik xossalari yaxshilanadi. Po‘latni quyidagi usullar bilan qayta ishlash mumkin: chiniqtirish, maydalash, bo‘shatish, yumshatish, normal holatga keltirish.
Po‘lat eritmasiga legirlovchi qo‘shilmalardan aluminiy, vanadiy, titan, xrom va shu singari moddalar qo‘shilsa, uning eskirishiga qarshiligi oshadi.
Temirning shaklini o‘zgartirishda og‘ir po‘lat g‘o‘lalar orasida ezib yoyish (prokatka), cho‘zib yoki qator teshiklardan o‘tkazib ingichkalash (volocheniye), bolg‘alash, qoliplash, zichlash, egish, portlatish kabi usullar qo‘llaniladi (8.7-rasm).
Po‘lat issiq va sovuq holatda eziladi. Uglerodli po‘lat aylanuvchan g‘o‘lalar orasida ezilganda, uning haro- rati 800—1200°C dan kam bo‘lmasligi kerak. Po‘lat qurilishda taxta, navli va shaklli konstruksiyalar holatida ko‘p ishlatiladi. Navli po‘lat konstruksiyalar dumaloq, kvadrat shaklda, tasmasimon, keng enli tasmasimon, yupqa va qalin taxta, to‘lqinli, burchakli, dutavrli, shvellerli, uzluksiz uzun (armaturabop po‘lat) va boshqa shakllarda bo‘ladi (8.8-rasm).
Temir yuzasida hosil bo‘ladigan to‘ponni (okalina) yo‘qotish uchun uning yuzasiga sulfat kislota surtiladi, keyin u ishqor eritmasida yuviladi. Ingichkalash yoki cho‘zish usuli bilan qurilishbop armaturalar, mixlar, boltlar, burama mixlar va hokazolar tayyorlanadi. Ezib ishlangan yoki quyma temirni yana qizdirib va maxsus zarb bilan uruvchi yoki bolg‘alovchi uskunalarda istalgan shakl berib har xil buyumlar tayyorlash mumkin (8.9-rasm).
Temir bolg‘alanganda uning makro tuzilishi o‘zgaradi, xossalari yaxshilanadi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin