E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə100/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   156
TEMIR ASHYOLAR
Aziz o‘quvchida savol tug‘ilishi mumkin: — nega «temir ashyolar» deb nomlangan, boshqa kitoblarda
«metall materiallari» deyilganku? Darhaqiqat shunday. «Temir rudasi» so‘zi atamalarda rasmiy tan olingan. Bu degani tog‘ jinsi xomashyosida temir moddasi borligidan darakdir. Uni eritdik deylik. Demak, xom- ashyodan temirni ajratdik va «temir ashyosi» hosil bo‘ldi.
Bizning ota-bobolarimiz «material», «metall» demagan, balki «ashyo», «temir» deb kelganlar. So‘z atamalarida «ashyoviy dalillar» degan ibora bor. Shunday ekan «xomashyoviy dalillar» deyilmaydi. Xomashyo qayta ishlangandan keyin (pishirib, maydalab, qorishtirib va h.k.) uni ashyo deb atash asl ma’noni bildiradi.
Biz mualliflar «temirchi» ustani «metallchi usta» deyish noto‘g‘ri bo‘ladi degan fikrdamiz.
Pardozlovchi uchun temir ashyolarini bilish shartmikin? Biz shart deb o‘ylaymiz. Chunki, cho‘yan, po‘lat, aluminiy va rangli temirlardan pardozlash ishlarida keng foydalaniladi.
O‘zbekiston temir sanoati va uning paydo bo‘lishiga doir boy tarixga ega emas. Bunga sabab, bizning yer osti boyliklarimizda temir rudasining kamligi bo‘lsa kerak.
Hozirgi vaqtda temir ishlab chiqarish sanoati asosan quyidagi texnologiyalarga asoslangan. Yuqori haroratdagi tog‘ jinsi — rudani eritib olingan suyuq temirni kislorod bilan qaynatib yuqori sifatli po‘lat olish; suyuq po‘latni vakuumlash usulida sifatini oshirish; maxsus xossalarga ega bo‘lgan yuqori navli po‘lat va cho‘yanlarni olish; samarali texnologiya asosida nefelindan aluminiy olish; prokat usuli bilan egiluvchan yupqa lentasimon po‘lat o‘ramalari olish; suyuq po‘latni qoliplarga (samarali usul bilan) quyish; vakuumda diffuziya usuli bilan payvandlash; po‘lat bu temir qo‘shib vakuumda qayta ishlab (legirlash); temir kukunini qayta ishlash va zichlash kabi bir qator yangi texnologiyalarga asoslangan temir sanoati mavjuddir.
Uglerodli temir eritmalaridan olinadigan ashyolarga asosan po‘latni kiritish mumkin. Po‘lat yuqori haroratda eritilganda yoki sovitilganda undagi uglerodning kamayishi yoki oshishi hisobiga po‘latning xossalari keskin o‘zgaradi. Eritma tarkibida uglerod miqdori 2% gacha bo‘lsa — po‘lat, 2% dan oshsa cho‘yan deb ataladi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin