E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə102/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   156
Cho‘yanning xossalari. Tuzilishiga ko‘ra, cho‘yan oq va kulrang bo‘ladi. Oq cho‘yan mo‘rt va juda qattiq bo‘ladi. U, asosan po‘lat va bolg‘alashbop cho‘yan olishda ishlatiladi. Kulrang cho‘yan, asosan siqib ishlanadigan buyum va konstruksiyalar (ustun, tayanch taglik, oqova suv quvurlari, metro devorlarini qoplashda ishlatiladigan tyubing va h.k.) tayyorlashda ishlatiladi. Kulrang cho‘yanning mexanik xossalarini yanada yaxshilash uchun oq suyuq cho‘yanga maxsus modifikatorlar qo‘shiladi va yuqori mas’uliyatli obyektlar qurilishida ishlatiladi.
Bolg‘alashbop cho‘yan yuqori plastikligi, qayishqoqligi, hamda qayta ishlanishi osonligi bilan boshqa cho‘yanlardan farq qiladi. Oq cho‘yan neytral yoki oksidlovchi (qum yoki simobda) muhitda uzoq vaqt (100 soat) davomida yuqori haroratda (980—760°C) qizdirib olinadi.
Po‘latning xossalari. Qurilishda temir konstruksiyalar tayyorlashda, asosan oddiy uglerodli, qizdirib qayta ishlangan konvertordan chiqqan, kam legirlangan konstruksiyabop po‘latlar ishlatiladi.
Qurilish konstruksiyalarini tayyorlashda, asosan kam uglerodli va kam legirlangan po‘lat navlari ishlatiladi. Kam legirlangan po‘lat ishlatilganda 20% ga, yuqori mustahkam po‘lat ishlatilganida esa 40% ga yaqin po‘latni tejash mumkin. Pardozbop po‘lat olishda va uning xossalarini yaxshilash maqsadida, uning tarkibiga legirlovchi qo‘shilmalar qo‘shiladi va legirlangan po‘lat hosil bo‘ladi.
Pardozbop po‘lat legirlovchi qo‘shilmalarning miqdoriga ko‘ra, ko‘p legirlangan, legirlangan va kam legirlangan po‘lat xillariga bo‘linadi. Qurilishda asosan kam legirlangan po‘latlar ishlatiladi. Po‘latlarning mexanik xossalari quyidagi 8.1-jadvalda keltirilgan.


8.1-jadval
Pardozbop qurilish po‘latlarining mexanik xossalari


8.1-jadvalning davomi


PARDOZBOP RANGLI TEMIRLAR VA QOTISHMALAR


Aluminiy va uning qotishmalari. Aluminiy yengil, kumushsimon oqish rangli metall. Uning afzalligi zichligining kichikligida, mustahkamligining yetarli darajada yuqoriligidadir. Aluminiyning zichligi 2700 kg/m3 (po‘latga nisbatan 3 barobar kichik) cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi toza aluminiyniki 10 MPa, qo‘shilmali konstruksiyabop aluminiyniki 62 MPa gacha bo‘lishi mumkin. Cho‘zilish darajasi 20—30%. Demak aluminiy bilan po‘latga bir xil yuk qo‘yilsa, aluminiyning deformatsiyasi anchagina katta bo‘ladi.
Aluminiy va uning qotishmalarini yuqori haroratdagi chiziqli kengayish koeffitsienti 22  106 ga teng bo‘lsa, po‘latniki 11,8  106 ga teng. Aluminiy boksid, nefelin, aluminiy tog‘ jinslaridan olinadi.
Xomashyoni kompleks qayta ishlaganda aluminiydan boshqa soda, potash, sement, sulfat kislotasi, o‘g‘it va boshqa mahsulotlar ham olish mumkin. Toza aluminiy mashina qismlari, aluminiy uni bo‘yoq, gaz hosil qiluvchi pardozbop ko‘p kavakli beton, aluminiy qog‘ozi (folga), elektr simlari va boshqalarni olishda ishlatiladi. Yuqori sifatga ega bo‘lgan, samarali isitgichlar, bezak ashyolar, odatda aluminiy folgasidan ishlanadi. Issiqlik energiyasini qaytaruvchi hamda aluminiy qotishmasini anod bilan oksidlab arxitektura qismlari olish mumkin.
Yengil va pardozbop aluminiydan, asosan qurilish buyumlari va konstruksiyalari tayyorlanadi. Tarkibida Cu, Mn, Mg, Si bo‘lgan aluminiy qotishmalarining mustahkamligi 50 MPa ga teng. Aluminiy, mis, magniy va marganesdan tashkil topgan qotishmalar dyuraluminiy deb ataladi. Aluminiy qotishmalaridan yassi va to‘l- qinli taxtalar, ezib ishlangan, egilgan, parchinlangan va payvandlangan buyumlar hamda uzun quvurlar tayyorlash mumkin.
Aluminiy qotishmalaridan ishlangan qurilish konstruksiyalari o‘zining ko‘rinishi bilan chiroyli, zilzilabardosh, sovuqqa, o‘tga, zararli muhitga chidamli, magnitga ta’sirlanmaydigan samarali xossalarga ega.
Qurilishda yuqori samarali pardozbop ko‘pik-aluminiy ashyolari ham ishlatiladi. Buning uchun erigan suyuq aluminiyga o‘zaro kimyoviy birikish natijasida gaz chiqaruvchi temir gidridlari (titan, bariy yoki sirkoniy) qo‘shiladi. Natijada, kichik hajm va og‘irlikdagi pardozbop serg‘ovak, yengil, issiqlik o‘tkazuvchanligi kichik bo‘lgan aluminiy hosil bo‘ladi. Zichligi 100—300 kg/m3 ga teng bo‘lgan ko‘pik- aluminiy plastik xossaga ega. Uni kesish, ulash va yopishtirish qiyin emas.
Magniy anchagina yengil metalldir. Zichligi 1730 kg/m3, erish harorati 649°C. Toza magniyning chidamliligi kichik. Magniy dengiz ostidagi oddiy osh tuzi cho‘kindisidan hosil bo‘ladigan karnallit va magnezitdan olinadi. Magniy maxsus yengil qotishmadan ishlangan qism va buyumlar uchun qo‘llaniladi.
Rux — oson suyuqlanadigan (419°C), zichligi 7000 kg/m3 gacha bo‘lgan yengil metall. Rux, asosan qotishma tarkibida bo‘lib, mix, bolt va tombop po‘lat va boshqalarni ruxlashda ishlatiladi. Oddiy haroratda rux mo‘rt bo‘ladi. 150°C gacha qizdirganda plastik holatga o‘tadi. Rux, rux sulfidli (ZnS) tog‘ rudasidan olinadi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin