7-bob. ZILZILABARDOSH ZAMINLAR VA ULARNI
LOYIHALASH
Tayanch iboralar: Zilzila, gipotsentr, epitsentr, “Kichik seysmik rayonlashtirish”, mezon grunt, “Zilzilabardosh zaminlar”, muvozanat tezlanishi, seysmo o‘ta cho‘kuvchanlik moduli
Peja:
7.1.Umumiy ma’lumotlar
7.2.Qurilish maydonining zilzilabardoshligi
7.3.“Zilzilabardosh zaminlar” usuli
7.4.Zilzila ta’sirida gruntning mustahkamlik ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi
7.5.Suvga to‘yingan gruntlarning zilzila ta’sirida quyqalanishi
7.6.Zaminlarning zilzila jarayonida yuk ko‘tarish qobiliyati
7.7.Zamin zilzilabardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar
7.1 Umumiy ma’lumotlar
Zilzila tabiiy ofat bolib, undan yer sharining juda ko‘p qismi zarar ko‘radi. Kuchli zilzilalar quruqlikda tog‘larning yemirilishi va o‘pirilishiga oub kelib, tekisliklar o‘rniga yangidan-yangi ko‘llar, botqoqliklar hosil bo‘lishiga, daryo o‘zanlarining tubdan o‘zgarishiga va xokazolarga olib kelsa, dengiz va okeanlarda esa kuchli to‘lqinlar hosil qilib atrof quruqliklari yuvib ketadi.
O‘z-o‘zidan malumki, bunday ofat natijasida qo‘l mehnati bilan bunyod etilgan ko‘plab boyliklar yo‘qolib, eng havflisi insonlar halok bo‘lishidir.
Zilzilaning eng xavli tomoni, uning to‘satdan yuz berishi va ko‘pincha halokatli tugashidir. Buning asosida bino va inshootlarning buzilishi yotadi.
Zilzilani bashoratlashga hozircha erishilmagan. Shunday ekan, uning zararli ta’sirini kamaytirish yo‘llaridan biri zilzilaga chidamli bino va inshootlar barpo etishdan iboratdir.
Buning ushun zilzila yuz beradigan tegralarda quriladigan bino va inshootlar kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan seysmik ta’sirlarga nisbatan hisoblangan bo‘lishi shart.
7.1-rasm. Sinusoida xarakati
Zilzila jarayonida tebranib turgan grunt bilan uning ustidagi qurilishlar orasida hosil bo‘ladigan o‘zaro ta’sir seysmik zo‘riqishlardan tashkil topadi.
Ularning ta’sirida inshoot qurilmalari bo‘ylab tarqaluvchi inertsiya kuchlari ma’lum miqdorga yetgach binoning shikastlanishi va hatto buzilishi hollatlari yuzaga kelishi mumkin.
Zilzila nihoyatda murakkab sharoitda yer qatlamining chuqur joylarida yuz beradigan surilishlar va siljishlar oqibatida vujudga kelib uning markazi (gipotsentr), odatda, 20-50 km va undan ortiq chuqiulikda joylashadi. Bunday chuqurlikda yiiz beradigan katta miqdordagi siljishlar yer qatlami bo‘ylab tarqaluvchi siqi1ib-cho‘ziluvchan bo‘ylama-ko‘ndalang egiluvchan to‘lqinlar hosil qiladi. Mazkur to‘lqinlarning tarqalish tezligi grunt turiga bog‘liq bo‘lib, ularning o‘rtacha qiymatlari, o‘ta namli qumlarda 150-200 m/s; yirik sochiluvchan tosh, shag‘allarda 600-800 m/s; loyli gruntlarda 1400 – 1800 m/s; yahlit qoya jinslarda esa 2500 - 4000 m/s.
Egiluvchan to‘lqinlar yer yuzasiga yetib kelib inshootda tebranma harakat vujudga keltiradi. Bu harakat eng oddiy ko‘rinishda sinusoida bo‘ylab (7.1-rasm) quyidagicha ifodalanadi:
, (7.1)
bunda: y - vaqt birligida muvozanat holatidan chetlanish masofasi;
Dostları ilə paylaş: |