7-bob. Zilzilabardosh zaminlar va ularni loyihalash tayanch iboralar



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə6/14
tarix20.05.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#118279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
12-13-Mavzu. Zilzilabardosh zaminlar va poydevorlar

Muvozanat tezlanishi deb shunday zilzila tezlanishiga aytiladiki, uning ta’sirida tebranayotgan grunt o‘z mustahkamligini saqlaydi. Demak, zaminga ta’sir etayotgan zilzila tezlanishining miqdori muvozanat tezlanishidan yuqori bo‘lgandagina grunt inustahkamligini yo‘qotib, zarralar o‘rtasida o‘zaro zichlashuv yuz beradi, aks holda esa zamin yahlit holatda tebranishni davom ettiradi.
Muvozanat tezlanishi quyidagicha aniqlanadi:
, (7.10)
bunda: g -jismning erkin tushish tezlanishi;
- zaminning istalgan nuqtasiga inshoot og‘irligidan uzatiluvchi tik bosim;
w- gruntning ichki ishqalanish burchagi;
cv - gruntning umumiy bog‘lanish kuchi;
w- gruntning zichligi;
T - tebranish davri;
Vk - zilzila ko‘ndalang to‘lqinining tezligi.
Qurilish maydonining seysmik jihatdan shu tegra uchun o‘rnatilgan ballga mos kelish sharti (7.9) ifodaga asosan km =1,0. Boshqa hollarda, ya’ni kmkm>1.0 bo‘lganda qurilish maydonning zilzila ballini tegra balliga nisbatan km ning miqdoriga mos ravishda kamaytirilishi, yoki oshirilishi tavsiya etiladi.
Zilzilabardosh zaminlar usuli o‘zining oddiyligi, murakkab hisoblashlar va hech qanday qo‘shimcha xarajatlar talab etmasligi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga uni amaliyotda qollanishi qurilish maydomning zilzilabardoshligini baholashda vetarli darajada aniq ma’lumotlar bilan bog‘liq (7.2-jadval).
7.4 Zilzila ta’sirida gruntning mustahkamlik ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi
Zilzila jarayonida grunt qatlamlari bo‘ylab bo‘ylama, ko‘ndalang va yer yuzasi bo‘yicha tarqaluvchi to‘lqinlar hosil bo‘lib, grunt zarralariga va g‘ovaklardagi suv hamda gazlarga ta’sir ko‘rsatadi. Natijada siqilish-cho‘zilish va siljish zo‘riqishlari vujudga keladi. Bu vaqtda grunt egiluvchan deformatsiya ta’sirida bo‘lishi bilan birga, ba’zi hollarda uning tuzilmasi buzilib zarralar o‘zaro zichlanishi ham murnkin.
Ushbu darslik miiallifi tomonidan taklif etilgan Namlangan gruntlar tuzilmasining zilzila ta’sirida buzilishi nazariyaga asosan nam holatdagi boglangan gruntlarga zilzila ta’sir etganda, ushbu ta’sir dastavval grunt zarralari aro bog‘lanish kuchlari orqali; qabul qilinadi. Ular siljituvchi seysmik zo‘riqishlar ta’siriga bardosh bersa grunt kvazi qattiq jism holida tebranishni davom ettiradi.
Bu jarayonda zarralariaro boglanishlar faqat elastik xususiyagga ega bo‘ladi.
Demak zarralari bog‘langan gruntlar tuzilmasining seysmik zo‘riqish ta’sirida buzilishi ularning siljishga qarshi ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga bog‘liq ekan.
Gruntlarning siljishga qarshi ko‘rsatkichlari ularning siljituvchi tashqi kuchlarga nisbatan bo‘lgan asosiy mustahkamligi bo‘lib, ular bosim ta’siri va zarralarning o‘zaro bog‘lanish holatiga qarab o‘zgaradi.


Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin