12-13-Mavzu. Zilzilabardosh zaminlar va poydevorlar
7.5-rasm. Dinamik bosimning qatlam chuqurligi bo‘ylab o‘zgarishi (qum n=44%, as=1000 mm/s2) 7.2-jadval Grunt shart-sharoitlarini hisobga olgan holda ayrim qurilish maydonlarining seysmik mustahkamligini aniqlash
Siljishga qarshi mustahkamlik ko‘rsatkichlari zarralari boglangan gruntlarda sochiluvchan gruntlarga nisbatan ancha murakkab xususiyatga ega. Bu murakkablik boglanish kuchlarini umumiy holda yumshoq (Cw)va bikr boglanishlardan (Sb) tashkil topishi va ularning tabiati yetarlicha o‘rganilmaganligidadir.
Shu bilan birga ba’zi gruntlarda yumshoq. ba’zilarida esa bikr boglanishlar siljishga mustahkamlikni asosiy belgilovchi sifatida namoyon bo‘lishi ma’lum.
Turli gruntlar ustida olib borilgan izlanishlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘lganki, namlangan va o‘ta namlangan gruntlarning siljishga qarshi mustahkamligini asosan yumshoq holatdagi boglanishlar ifodalaydi. Shuning uchun siljituvchi seysmik zo‘riqishlar ta’siridagi gruntning qarshiligini o‘rganishda yumshoq boglanishga etiborni qaratish lozim. Yumshoq boglanishlar esa. o‘z navbatida, zarra sirtini o‘rab turuvchi suv qobig‘idagi molekulalarning tortilish kuchiga bog‘liq.
Hozirgi zamon elektrkinetik nazariyasi grunt zarralarini o‘rab turuvchi
3 turdan iborat suv qobiqlari mavjudligini e’tirof etadi (1.6-rasmga qarang):
1) o‘ta qattiq boglangan ichki qobiq-elektr-molekulalar tortish kuchlari yordamida o‘n mingdan ortiq kuch bilan zarra sirtiga boglangan;
2) bo‘shroq boglangan o‘rta qobiq - elektr tortish kuchining susayishi oqibatida boglanish kuchi nisbatan sust, zarra sirtidan uzoqlashgan sari uning miqdori kamayib boradi;
3) tashqi qobiq - elektr tortilish ta’siridan chetda bo‘gan erkin holatdagi suv.