7-bob. Zilzilabardosh zaminlar va ularni loyihalash tayanch iboralar



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə4/14
tarix20.05.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#118279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
12-13-Mavzu. Zilzilabardosh zaminlar va poydevorlar

7.1-jadval
Seysmik koeffitsiyent kc ning qiymatlari

Zilzila kuchi kuchi, ball

7

8

9

Seysmik koeffitsiyent

0.025

0.05

0.1

Mazkur tegradagi boshqa gruntlarning zilzila ballini aniqlashda S.V.Medvedev taklif etgan quyidagi ifodadan foydalaniladi:


(7.6)
bunda: к - hisoblash balining mezon gruntiga nisbatan ortiq yoki kamligi;
vk,vm - kuzatuv olib borilayotgan va mezon gruntlarda zilzila to‘lqinlarining tarqalish tezligi;
k, m - kuzatuv olib borilayotgan va mezon gruntlar zarralarining zichligi.
Umumiy qabul qilingan qoidaga asosan (7.6) ifoda yordamida zilzila ballini aniqlashda qo‘shimcha ravishda sizot suvlarining sathi hisobga olinishi lozim.
Masalan, agar qumli loy, loyli qum, yoki changsimon gruntlar qatlamlarida yer osti suvlari inshoot poydevoriga yaqin joylashgan bo‘lsa, u holda ushbu gruntga nisbatan seysmik ball bir qiymatga oshiriladi va hokazo.
Qurilish maydonining geologik va gidrogeologik shart-sharoitlarini, hamda bino va inshootlarning zilzila oqibatida zararlanish holatlarini kuzatishlar natijasi “kichik seysmik rayonlashtirish” xaritalaridan foydalanish ba’zi kamchiliklardan holi emasligini ko‘rsatdi. Ushbu kamchiliklarning asosida katta-katta maydonlarn seysmik jihatdan teng ballarga birlashtirish yotadi.
Ma’lumki, har qanday zamin gruntlari o‘zining tuzilishi va fizikmexanik hossalari jihatidan bir-biridan tubdan farqlanadi. Shuningdek, qurilish maydonining tuzilmasi va gidrologik xususiyatlari ham turlichadir. Bunday holda butun bir tegra bo‘yicha yahlit bir seysmik ballga birlashadigan sharoitni topish xaqiqatdan yiroq.
Shuning uchun har bir alohida qurilish maydonining gruntlarini fizik-mexanik, mustahkamlik ko‘rsatgichlari va seysmik xususiyatlarini hisobga olgan holda hisoblash ballini aniqlash inshoot mustahkamligini ta’minlashning asosiv garovidir.


Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin