7.2 Qurilish maydonining zilzilabardoshligi Qurilish maydonining zilzilabardoshligi to‘lqinlar ta’siri natijasida hosil bo‘luvchi seysmik tebranishning yuqori qiymati max yordamida ifodalanadi.
Shuning uchun seysmik tezlanishning miqdorini to‘g‘ri va aniq belgilash inshoot loyihalashda katta ahamiyatga kasb etadi.
Bu maqsadda aholi yashaydigan yirik shaharlarda, sanoat, hamda suv inshootlari qurilishi maydonlarida maxsus geologik va gidrogeologik izlanuvlar olib boriladi va yirik masshtabli xarita tuzilib, unda turli gruntlar o‘ziga xos ballar bilan ifodalanadi. “Kichik seysmik rayonlashtirish” deb nomlanuvchi mazkur xaritalardan tegraning zilzilaga nisbatan mustahkamligi va qurilish ishlari olib borish uchun qulay bo‘lgan maydonni tanlashda foydalaniiadi (15.2-rasm).
Odatda, yahlit qoya jinslari, zich joylashgan, kam namli yirik va mayda zarrali gruntlarni zilzilaga chidamli gruntlar toifasiga kiritish mumkin. Shu bilan birga tik qiyaliklar, zax chuqurliklar va tekisliklar, shuningdek, to‘la namlangan mayda zarrali qumlar, yumshoq holatdagi loylar, o‘ta cho‘kuvchan gruntlar zilzilaga nisbatan noqulay hisoblanadi.
“Kichik seysmik rayonlashtirish” xarita tuzishda tadqiqotchilar turli holatlarni asos qilib olganlar. Masalan, Safaryan A.N.,Popov V.V., Gzelishvili I.A. va boshqalar qurilish maydonining geologik va gidrogeologik shart-sharoitlarini asos qilib oigan bo‘lsalar, Savarenskiy YE.F., Antonenko E.M., Kas A.3.,
Puchkov S. V. va boshqalar zilzila vaqtida yozib olingan gruntlar tebranishining spektr ko‘rsatkichlarini,Medvedev S.V, Вunе V.I, Karapetyan V.K, Mirzayev V.M. va boshqalar esa maydonning geologik va gidrogeologik sharoitlarini hisobga olgan holda turli asboblar yordamida yozib olingan gruntlarning seysmik xususiyatlarini asos qilib olganlar.
Kichik seysmik rayonlashtirish xaritasi Seysmik xaritalar umumiy asosga tayanib tuziladi. Biror tegra uchun xarita tuzilayotganda shu yerning muhandis-geologik qirqimi bo‘yicha “mezon grunt” tanlab olinadi. Ushbu “mezon grunt” seysmik nuqtai nazardan yirik masshtabli “Seysmik rayonlashtirish” xaritalarda mazkur tegra uchun ko‘rsatilgan ballga mos kelishi lozim (7.3-rasm). Masalan,
Toshkent shahrining ‘‘kichik seysmik rayonlashtirish” xaritasini tuzishda mezon grunt sifatida mayda tosh qabul qilingan.