O‘ZBEKISTONDA ISSIQ-SOVUQNI KAM O‘TKAZADIGAN ASHYOLAR
O‘zbekistonda issiqlikni saqlovchi ashyolar «Ohangaronsement» AU ning 2 ta sexida 343,5 ming m3 quvvatda ishlab chiqarilmoqda. Uning ish unumi shartli ravishda «quruq paxta» deb ataladiganida 343,5 ming m3 ni tashkil etadi. Quyidagi 9.1-jadvalda issiqlikni saqlovchi ashyolar turlari va ishlab chiqarish haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
9.1-jadval
Issiqlikni saqlovchi ashyolarning turlari
Chirchiqdagi shisha zavodining issiqlikni kam o‘tkazadigan ashyolarni ishlab chiqaruvchi sexida (quvvati 176000 m3) shisha tola chiqarilmoqda.
«Ohangaronsement» AU mineral momiq ishlab chiqarish uchun Karaxtaydagi ohaktosh va slanesni, Shovotdagi qumoq tuproqni, Tulmasoy konidagi dolomitni ishlatadi.
Mineral momiq ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida dolomitli ohaktosh va sog‘ tuproq jinslari ishlatiladi.
Issiq-sovuqni kam o‘tkazadigan ashyolar haqida umumiy tushuncha bering.
Issiqlikni kam o‘tkazadigan ashyolarning ichki tuzilishi qanday?
Yog‘och asosida olinadigan serg‘ovak pardozbop ashyolar nima?
Polimerlar asosida olinadigan yengil muhofazabop va pardozbop ashyolar to‘g‘risida gapiring.
Tog‘ jinslaridan olinadigan qanday tolali paxta va plitalarni bilasiz?
To‘qima, o‘rama, sochiluvchan va issiqlikni muhofazalovchi ashyolar.
bob
PARDOZBOP PLASTMASSA ASHYOLARI
Plastik massalar yoki qisqacha aytganda, plastmassalar deb, tabiiy yoki sintetik polimerlarni organik yoki mineral moddalar bilan aralashtirib qizdirgan holda bosim ostida zichlab olingan turli shakldagi ashyolarga aytiladi. Plastmassalar tarkibida bog‘lovchi polimerdan tashqari to‘ldirgichlar, plastifikatorlar, pigmentlar, moylar va boshqa qotiruvchilar bo‘lishi mumkin. Polimer deganda og‘ir vaznli molekulalarning o‘zaro zich birikkan bo‘limlarini tushunmoq lozim. Bunday molekulada birikmalar bir tartibda o‘zaro takrorlangan yoki tartibsiz to‘rsimon holatda zich birikkan bo‘lib polimer ashyosi hosil bo‘ladi. Polimerlar uchun asosiy xom- ashyo sifatida o‘simliklar (daraxt, g‘o‘zapoya va h.k.), neft va gaz ishlatiladi.
Plastmassadan to‘ldirgichsiz va to‘ldirgich qo‘shib ishlangan juda zich buyumlar, ko‘p kovakli yoki tolali yengil ashyolar, temir va oynasimon plastiklar, sirti chiroyli qilib ishlangan pardozbop va qoplamabop o‘rama ashyolar, havo o‘tkazmaydigan to‘qimalar, shuningdek, emulsiya, yelim, mastika (bo‘tqa) va tolalar juda ko‘plab ishlab chiqariladi. Plastmassalarning bunchalik keng tarqalganligiga sabab shuki, ular tabiiy ashyolarga ko‘ra yuqori sifatli, hamda qurilish uchun juda qimmatli xossalarga ega. Shunday xossalardan biri uning yuqori mustahkamligi va hajmiy og‘irligining kichikligidir. Shu bilan birga zararli muhitga chidamliligi, issiqni kam o‘tkazishi, elektr tokini o‘tkazmasligi va tashqi ko‘rinishining chiroyliligidir.
Zich molekulali polimer birikmalari bir necha yuz mingdan ortiq atomlardan tashkil topgan bo‘ladi. Bunday birikmalardagi yirik og‘ir vaznli molekulalardan tuzilgan o‘lcham birligi ko‘p marta qaytarilgan
holatda joylangan bo‘ladi. Siyrak molekulalarning o‘zaro zich va og‘ir molekulalarga o‘tish jarayoni polimerizatsiya deb ataladi. Uning darajasi yirik og‘ir molekulalardagi o‘zaro zich holatdagi o‘lcham birligi soniga bog‘liq. Siyrak molekulali birikmalardagi molekulalar og‘irligi 500 dan oshmaydi. Siyrak va zich og‘ir molekulali birikmalardan hosil bo‘lgan oraliq moddalar oligamerlar deb ataladi.
Tabiatda uchraydigan polimer ashyolarga selluloza, ipak, jun, tabiiy kauchuk, kahrabo va boshqa zich molekulali birikmalar kiradi. Bundan ikki asr avval tabiiy kauchukni oltingugurt bilan qizdirib rezina olindi. Nitrotsellulozani kamfora bilan qayta ishlab sellyuloid deb ataluvchi birinchi plastmassa ishlab chiqildi. Shu- ningdek, oqsil (kazein) moddadan galalit plastmassasini olishga erishildi va h.k.
O‘tgan asrning boshlarida oddiy kimyoviy tarkibdagi modda —monomerlarni sun’iy qayta ishlab sintez yo‘li bilan zich og‘ir molekulali polimerlar olindi. 1920—1930-yillarda mochevina-formaldegid, poliefir, polistirol, polivinilatsetat (ПВA), polivinilxlorid (ПВX), polimetilmetakrilat, sintetik kauchuk va shu singari zich (yuqori molekulali) birikmali polimerlar ixtiro etildi va ishlab chiqarila boshlandi.
Plastmassadagi molekulalar tizimi (arqoni) asosan ugleroddan, ayrim hollarda kislorod, oltingugurt, azot, fosfor, kremniy, titan va aluminiy atomlaridan tashkil topgan bo‘ladi.
Sintetik polimerlarni olish texnologiyasiga ko‘ra, ular polimerizatsiyalanish va polikondensatsiyalanish xillariga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: |