E qosimov, M. Akbarov


ISSIQ-SOVUQNI KAM O‘TKAZADIGAN ORGANIK ASHYOLAR



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə108/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   156
ISSIQ-SOVUQNI KAM O‘TKAZADIGAN ORGANIK ASHYOLAR
Qoplama pardozbop yog‘och tolali plitalar — yelimli suv bilan qorishtirilgan yog‘och tolalarini qolipga joylab, zichlab, keyin su- n’iy yoki tabiiy usulda quritib olingan ashyo. Uning suvga chidamliligini oshirish maqsadida qorishmaga parafin emulsiyasi qo‘shiladi.
Plitalarning uzunligi 1200—3000 mm, eni 600—1600 mm, qalinligi esa 12,5—25 mm bo‘ladi. Plitaning hajmiy og‘irligi 40 kg/m3 dan oshmaydi.
Akustik xususiyatga ega bo‘lgan yog‘och tolali pardozbop plitalar maxsus uskunalarda oldindan tayyorlangan yog‘och-tola, bog‘lovchi modda va suvdan tashkil topgan qorishmani qoliplash yo‘li bilan ishlab chiqariladi. Yog‘och-tola plitalar devorlar, shiplar, pollar, pardadevorlar hamda bino konstruksiyalarining issiqlik va tovush o‘tkazmaydigan qismlari sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari, teatr, kino va konsert zallarining akustikasini ta’minlashda pardozbop akustik yog‘och tola plitalar ishlatiladi.
Qoplama yog‘och-qirindi plitalar, odatda yog‘och buyumlar ishlab chiqaradigan sanoat chiqindisi — yog‘och qirindi bilan sintetik smolalarni qorishtirib, keyin issiq xolatda zichlash usulida olinadi. Qorishma tarkibidagi yog‘och qirindi miqdori 88—92% va organik bog‘lovchi modda — smola miqdori esa 8—12% qilib olinadi.
Issiq-sovuqni kam o‘tkazadigan ashyo sifatida, ko‘pincha yengil va o‘rtacha hajmiy og‘irlikdagi plitalar ko‘p ishlatiladi (issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,04—0,08). Zichligi eng katta bo‘lgan qoplama yog‘och qirindi plitalar binolarning ichki qismini pardozlashda, pardadevor sifatida keng ishlatiladi. Qoplama plitaning egilishga bo‘lgan mustahkamligi ishlatiladigan yog‘ochning jinsiga va plitaning hajmiy og‘irligiga bog‘liq. Plitaning egilishdagi mustahkamligi, odatda 3,5 MPa bo‘ladi. Yog‘och-qirindi qoplama plitalarni mexanik asbob va uskunalarda ishlash oson, ya’ni plitani arralash, parmalash yoki frezerlash yo‘li bilan kerakli buyumlar tayyorlash mumkin. Yog‘och-qirindi qoplama plitaning tannarxi yog‘och-tola plitaga nisbatan kam. Chunki, yog‘och-qirindi plitaning ishlab chiqarish texnologiyasi birmuncha oddiydir.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin