E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə116/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   156
Epoksid smolalar — epixlorgidrid va dioksidli fenol-propanning qorishtirilishidan hosil bo‘lgan mahsulotdir. Epoksid smolaning quyuqligi va rangi asalni eslatadi. Uning ЭД-5, ЭД-6 va ЭД-14 markalari olinadi. Agar epoksid smolani sovuqda qotirish kerak bo‘lsa, qotiruvchi sifatida ftal kislota, uy haroratida qotirilsa polietilen poliamin (8—10% smola og‘irligiga nisbatan) ishlatiladi.
Epoksid smola juda mustahkam yopishuvchan bo‘lganligi uchun undan suvga chidamli har xil yelimlar — plastabetonlar tayyorlanadi.
Kremniyorganik birikmalar — organik va anorganik moddalarga xos bo‘lgan zich molekulali birikmalar guruhiga taalluqli smolalardir. Tarkibida bir qismi organik smolalardan iborat bo‘lgan kremniy bor.
Kremniyorganik birikmalar organik moddalardan yonmasligi, issiqlik, kislota va suvga chidamliligi bilan farq qiladi.
Kremniyorganik birikmalarning ayrim xillari suvda eruvchan bo‘ladi. Bular kuchsiz eritma holatida betonlarning suv shimuvchanligini kamaytirishda, buyum yuzasini bo‘yashda, hamda sement, gips singari bog‘lovchilarga (kukun holatida qo‘shish) gidrofob xususiyat berish uchun ishlatiladi.
Poliamid polimerlar — ikki asosli kislotalar bilan diaminlarni polikondensatlab olingan poliefirga o‘xshash ashyodir. Qurilish konstruksiyalarini suvdan saqlovchi parda sifatida ishlatiladi.
Poliuretanlar — tarkibida ikki va undan ko‘p gidroksil guruhlari bo‘lgan ko‘p atomli spirtlar bilan izotsianatlardan olinadi. Chiziqli poliuretan polimerlari 100°C da buzilmaydigan, namga chidamli tolalar, pardozbop parda, yupqa taxtalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
PLASTMASSALARNING KAMCHILIKLARI VA YANGI POLIMERLARNI YARATISH VAZIFALARI
Plastmassalar yonuvchanligi, mo‘rtligi, ayrimlarining tez eskirishi, yoqimsiz hidi, ba’zan esa fenol yoki shunga o‘xshash zaharli moddalar ajratib chiqarishi ularning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Plastmassalar ishlab chiqarishda monomerlar va polimerlarning birikmay qolishi — destruksiyasi (eskirishi davrida erkin ajralib chiqadigan plastifikatorlar) inson organizmiga zararlidir. Odatda, plastmassa olish jarayonida uning qotish reaksiyasi har vaqt ham nihoyasiga yetmaydi va ashyoda hamma vaqt erkin holatda monomerlar saqlanib qoladi. Bular esa o‘z navbatida zararli bo‘lib, inson organizmiga salbiy ta’sir etadi.
Sankt-Peterburgda shishaplastik, yog‘och payraxa va yog‘och tolali plitalardan bunyod etilgan eksperimental binoni tekshirish natijasida xonada fenol, murakkab efirlar va smolasimon moddalarning mavjudligi ma’lum bo‘ldi.
Shishaplastik va polimerbetondan quvur yasash tavsiya etilmaydi. Chunki, ular kimyoviy xossalarini o‘zgartiradi, tarkibida qo‘rg‘oshin tuzi bo‘lgan ПВХ dan, fenolplastdan ovqatlanish uchun idishlar ishlash ham man etiladi.
Shuningdek, plastmassaning kamchiliklariga quyidagilar kiradi:

  • ko‘pgina polimerlarni issiqqa chidamliligi kam (oddiy polimerlarning issiqqa chidamliligi 90—120°C dan oshmaydi);

  • issiqdan kengayish koeffitsienti yuqori;

  • plastik egiluvchan;

  • yuza qattiqligi kam, voloknitlar uchun 2,5 MPa, polistirollar uchun 1,5 MPa;

  • tez eskirishi.


Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin