E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə103/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   156
Qo‘rg‘oshin — yumshoq, plastik og‘ir temirdir. Zichligi 11400 kg/m3, erish harorati 327°C. Suyuq qo‘rg‘oshin suv singari quyilib yoyiladi. Sulfat kislota ta’siriga chidamli. Cho‘zilishdagi mustahkamligi 2,1 MPa. Rengen nurlarini o‘tkazmaydi. Gamma nurlari qisman o‘tadi. Qurilishda qo‘rg‘oshin maxsus quvurlarni zanglashdan saqlovchi qatlam sifatida hamda tovush va suvdan muhofaza qilishda ishlatiladi. Qo‘rg‘oshin sulfidli tog‘ jinsi rudasidan olinadi.
Qalay — yumshoq, zanglashga chidamli temir. Zichligi 7230 kg/m3, erish harorati 232°C. Oson eruvchan qotishmalar olishda, po‘latni mis bilan yopishtirishda ishlatiladi. Cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi 3,5— 4,5 MPa. Cho‘zilish darajasi 40%, qattiqligi 12 ga teng. Sanoatda tog‘ jinsi qalay toshi rudasidan olinadi.
Mis va uning qotishmalari. Pardozbop mis qizil rangli, zichligi 8800 kg/m3, erish harorati 1083°C bo‘lgan temirdir. Cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi 2,0 MPa, cho‘ziluvchanlik darajasi 30-60% ga teng. Mis yumshoq va plastik temir, metall bo‘lib, elektr va issiqlikni o‘zidan tez o‘tkazadi. Mis misli, sulfidli va oksidlangan rudalardan olinadi. Asosan elektr simlari va har xil pardozbop qotishmalar olishda qo‘shimcha sifatida ishlatiladi.
Mis bilan ruxni qo‘shib olingan qotishma latun deb ataladi. Latunning mustahkamligi va zanglashga chidamliligi yuqori, shuningdek, uni sovuq yoki qizigan holatda bolg‘alash mumkin. Ayrim hollarda latunga qo‘rg‘oshin, qalay, aluminiy, kremniy singari metallar qo‘shib qotishmalar olinadi. Latundan pardozbop latun taxtasi, sim, quvurlar, shuningdek, me’moriy qismlar ishlanadi. Agar misga 10% gacha qalay qo‘shilsa qalay bronzasi olinadi. Bronza inshootlarning ichki qismida santexnika uskunalari, shamollatish panjasi, karniz (qosh) farnituralar va pardozbop listlar sifatida ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda mis va uning qotishmalari qimmat bo‘lganligi tufayli ularning o‘rniga shisha, plastmassalar, kimyoviy qayta ishlangan yog‘ochlar ko‘plab ishlatilmoqda.



Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin