Racial quotas in public universities[edit]
In 1973, the Malaysian government implemented an affirmative action program, setting a quota of 55% of university places for Bumiputeras and the remaining 45% for Chinese and Indian students. The university quota system created considerable unhappiness among the Chinese and Indians.
In 2010, the Indian community was shocked at the low 2% to 3% intake of Indian students into public universities. Indians are faring badly under the meritocratic system used for university intake. Under the quota system, about 5% to 10% of the students were Indians.[28]
After the abolishment of the race quota, matriculation was introduced as an alternative for STPM. It has come under criticism for being easier than STPM and serves as an easier education path for Bumiputeras. Matriculation certificate, however, is only valid in Malaysia unlike STPM which is recognised across the world.
Parolni qayta tiklash
SAYTGA KIRISH
Начало формы
Loginni kiriting: Parolni kiriting: Meni yodda saqlashPROFILGA KIRISH
Конец формы
Bosh sahifa
Yangiliklar
Mening faoliyatim
O'qituvchilarga
O'quvchilarga
Ota - onalarga
Mening maktabim
Prev
2015 - YIL
KEKSALARNI E'ZOZLASH yili
BATAFSIL O'QISH
1 OKTYABR -
O'qituvchi va murabbiylar kuni
BATAFSIL O'QISH
Next
Pedagogik texnologiya turlari va dars modullari.
Muallif: admin
Toifa: Umumiy o'rta ta'lim
14-05-2015, 10:25
Ko'rilgan': 4105
Mavzu: Pedagogik texnologiya turlari va dars modullari.
Ta’lim–tarbiya mazmuni,maqsad va vazifalari davrlar o`tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda.Hozirda inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari ulardan ko`zda tutilgan maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimlar, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohasida ham so`nggi yillarda pedagogik texnologiya amal qila boshladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi ta'lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan, va hozirda pedagogika, psixologiya fanlarida o`z o`rniga ega bo`lgan keng ko`lamli serqirra tushunchadir. Pedagogik texnologiyada ishlab chiqarish sohalaridagi turli texnologiyalardan farqli ravishda ishlov beriladigan material o`quvchi (ta'lim oluvchi)ning aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo`lib, ularga o`qituvchi, tarbiyachi tamonidan ma'lum maqsadlarga erishish yo`lida har turli ta'sirlar o`tkaziladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o`rtalarida AQSHda paydo bo`lib, 1940-50 yillar o`rtasigacha "Ta'lim texnologiyasi" deb yuritilib kelgan va bu ibora texnika vositalaridan foydalanib o`qitishga nisbatan qo`llanilgan. 50-60 yillarda programmalashtirilgan ta'lim nazarda tutilgan, 70- yillarda "pedagogik texnologiya" iborasi qo`llanilib u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o`quv jarayonini bildirgan.1979 yilda AQSHning Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan Pedagogik texnologiyani kompleks, integrativ jarayon deb asoslangan va 80- yillarning boshidan esa pedagogik texnologiya deb ta'limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.Hozirda bu tushunchaga quyidagi turli ta'riflar berilgan:
Texnologiya – biror ishda, san'atda, mahoratda qo`llaniladigan usullar, yo`llar yig`indisi. (Izohli lug`at).
Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o`zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati metodlar yig`indisi. (V.M.Shepel).
Pedagogik texnologiya – Bu o`qituvchi (tarbiyachi)ning o`qitish (tarbiya) vositalari yordamidao`quvchi ( talaba)larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta’sir ko`rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayondir. (N.Saydaxmedov ).
;Pedagogik texnologiya – o`qitishning, ta'limning shakllari, metodlari, usullari, yo`llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig`indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi;u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat ( B.T.Lixachev).
Pedagogik texnologiya – texnika resurslari, odamlar va ularning o`zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallshtirish vazifasini qo`yuvchi o`qitish va bilimlarni o`zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo`llash va aniqlashning tizimli metodi. (YUNESKO).
Pedagogik texnologiya – bu o`qitishga o`ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir.U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko`chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi.( B.L.Farberman)
Ushbu aytilganlar asosida pedagogik texnologiyaning quyidagi eng qisqa va umumlashtirilgan ta’rifini keltirishimiz mumkin:
“Pedagogik texnologiya – barkamol insonni shakllantirish faoliyati”.
Shu bilan birga pedagogik texnologiyaning keng ko`lamli, serqirra tushuncha ekanligini hisobga olgan holda uning quyidagi yana bir nechta ta’riflarini keltirishimiz mumkin.
Pedagogik texnologiya – axborotlarni o`zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog`liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o`rgatish jarayonidan iborat.
Pedagogik texnologiya – bu o`z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo`yuvchi, butun o`qitish va bilimlarni o`zlashtirish jarayonini texnik resurslar va odamlarning o`zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish, qo`llash va aniqlashning tizimli metodidir.
Pedagogik texnologiya turlari
Pedagogik texnologiyalar uzluksiz ta’lim turlari, ta’lim sohalari hamda ayrim belgilari bo`yicha turlarga ajratiladi
Uzluksiz ta’lim turlari bo`yicha maktabgacha ta’lim, boshlang`ich ta’lim, tayanch ta’lim, maktabdan tashqari-qo`shimcha ta’lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi pedagogik texnologiyalariga bo`linadi. Shu bilan birga, ta’lim sohalari bo`yicha ona tli, xorijiy tillar, adabiyot, ijtimoiy, tabiiy, aniq fanlar, san’at, sport, texnika, texnologiya, amalaiy fanlar, kasb-hunarlar, maxsus ta’lim pedagogik texnologiyalari mavjud.
Hozirda mavjud bo`lgan pedagogik texnologiyalarni bir qancha belgilariga qarab turlarga ajratiladi. Bu belgilar haqida gapirishdan oldin shuni eslatib o`tishimiz kerakki, pedagogik texnologiya doimo kompleks xarakterga ega bo`lib, u faqat bittagina omildan, metoddan, tamoildan foydalanmaydi. Ya’ni quyida keltiriladigan turlarigagina xos bo`lgan monotexnologiyalar aslida mavjud emas. Lekin har bir pedagogik texnologiyada asosiy e’tibor ta’lim jarayonining u yoki bu tomoniga qaratilishi natijasida ularni shu belgilari bo`yicha turlarga ajratiladi.
Bilish faoliyatini boshqarish bo`yicha pedagogik texnologiyalar turlari:
Klassik ma’ruza;
Texnika vositalari yordamida o`qitish;
Maslahatchilik tizimi;
Darslik bo`yicha o`qitish;
Kichik guruhlar tizimi;
Kompyuter yordamida o`qitish
Repetitorlik tizimi;
Dasturlashtiriladigan boshqaruv.
Ta’lim oluvchiga yondashuv turi bo`yicha pedagogik texnologiyalar quyidagicha nomlanadi:
Avtoritar;
Didaktik yo`naltirilgan;
Ijtimoiy yo`naltirilgan;
Antropologik yo`naltirilgan;
Pedagogik yo`naltirilgan;
Shaxsga yo`naltirilgan;
Insonparvarlikka va shaxsga yo`naltirilgan;
Hamkorlik texnologiyalariga yo`naltirilgan;
Erkin tarbiyaga yo`naltirilgan;
Ezoterik ta’lim va tarbiyaga yo`naltirilgan.
Qo`laniladigan asosiy metod bo`yicha pedagogik texnologiyalar quyidagi turlarga ajratiladi:
Dogmatik, reproduktiv metod ;
Tushuntirish, ko`rgazmali;
Rivojlantiruvchi ta’lim;
Muammoli, izlanishli;
Ijodiy metod;
Dasturlashtirilgan ta’lim metodi ;
Dialogli metod;
O`yin metodi ;
O`z-o`zini rivojlantiruvchi ta’lim metodi;
Axborotli ( kompyuterli) ta’lim metodi
Tashkiliy shakllariga ko`ra pedagogik texnologiyalar quyidagi turlarga bo`linadi:
Hozirgi an’anaviy ta’lim;
Shaxsga yo`naltirilgan pedagogik jarayon asosidagi pedagogik texnologiyalar;
O`quvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosidagi pedagogik texnologiyalar;
O`quv jarayonini boshqarish va tashkil qilish samaradorligi asosidagi pedagogik texnologiyalar;
Materialni didaktik takomillashtirish va rekonstruksiyalash asosidagi pedagogik texnologiyalar;
Xususiy fanlar pedagogik texnologiyalari;
Alternativ texnologiyalar;
Tabiatga moslashtirilgan texnologiyalar;
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalri;
Mualliflik maktablari pedagogik texnologiyalari;
Texnologiyalarni loyihalash va o`zlashtirish texnologiyalari.
Bundan tashqari shaxsning xususiyat va sifatlari tarkibiga yo`naltirilganlik bo`yicha pedagogik texnologiyalar quyidagi turlarga ajratiladi:
Fanlar bo`yicha bilim, ko`nikmalarni shakllantirishga yo`naltirilgan –axborot texnologiyalar;
Aqliy faoliyat usullarini shakllantirishga yo`naltirilgan –operatsion texnologiyalari;
Estetik va axloqiy munosabatlar sohasini shakllantirishga yo`naltirilgan emotsional-badiiy va emotsional axloqiy texnologiyalar;
Shaxsning o`z-o`zini rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirishga yo`naltirilgan o`z-o`zini rivojlantirish texnologiyalari;
Ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo`naltirilgan –evristik texnologiyalar;
Amaliy faoliyat sohasini rivojlantirishga yo`naltirilgan amaliy texnologiyalar.
Pedagogik texnologiyalarni quyidagi belgilariga ko`ra tasnif qilinadi:
Qo`llash darajasiga ko`ra;
Falsafiy asosiga ko`ra;
Asosiy rivojlantiruvchi omiliga bo`yicha;
O`zlashtirish konsepsiyasi bo`yicha;
Shaxsiy belgi-sifatlariga ko`ra yo`nalganligi bo`yicha;
Mazmun xususiyatlari bo`yicha ;
Boshqaruv turiga bo`yicha;
Bolaga yondashuv bo`yicha;
Ko`p qo`llanilgan metodlari bo`yicha;
Ta'lim oluvchilar toifalari bo`yicha.
Pedagogik texnologiya bilan metodika orasidagi farq
Hozirgi kunda pedagogik texnologiya haqidagi aniq tushuncha va tasavvurlar birmuncha kamligi tufayli, uni xususiy metodikalar bilan deyarli tenglashtirish hollari uchraydi.Aslida esa ular orasida jiddiy farqlar mavjud bo`lib, quyida ular haqida qisqacha bayon qilinadi.
Pedagogik texnologiya – o`quvchini mustaqil o`qishga, bilim olishga, fikrlashga o`rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.
Metodika – o`qituvchining bilimi, ko`nikmasi mahorati, shaxsiy sifatlari, temperamentiga bog`liq bo`lib, ma'lum shaxs o`qituvchi uchun qulay bo`lgan o`qitish usullari va yo`llari majmuadir. U alohida metodikalarga ajratiladi. Pedagogika fani ma’lum o`quv fanlarini o`qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar.
Metodikaning pedagogik texnologiyadan farqini tushunish va amalda har ikkisidan unumli foydalana bilish talab etiladi.Ular orasidagi farqlar quyidagi jadvalda keltirilgan
Asosiy tushunchalar Pedagogik texnologiya Metodika
1 Ta'riflar Pedagogik texnologiya – insonga oldindan belgilangan maqsad bo`yicha ta'limiy va tarbiyaviy ta'sir o`tkazish faoliyatidan iborat Metodika – ma’lum o`quv fanini o`qitish hamda tarbiyaviy ishlar qonuniyatlarini tadqiq qiladi
2 Maqsad Komil insonni shakllantish Alohida o`quv fanlarini o`qitish va tarbiyaviy ishlarni sifatli bo`lishini ta'minlash
3 qo`llash miqiyosi Barcha ta'lim-tarbiya jarayonida Xususiy fanlarni o`qitishda hamda tarbiyaviy ishlarda
4 Vositalar Barcha ta'limiy va tarbiyaviy vositalar xususiy metodikalar Alohida o`quv fanlarini o`qitishda hamda tarbiyaviy ishlarda qo`llaniladigan vositalar
5 Pedagogik jarayon Ta'lim-tarbiya texnologiyasi asosida, ta'lim menejmenti va marketing asosida, ta'lim-tarbiya sohasidagi ilg`or tajribalarni umumlashtiruvchi loyihalar asosida rivojlanib boradi.
Yetarli tayyorgarlikka ega mutaxassislar tamonidan qo`llanganda o`zaro o`xshash natijalar olinishi ta'minlanadi. Ta'lim-tarbiya metodikasi asosida ijodkor o`qituvchilarning ilg`or tajribalariga tayanib rivojlanadi.
Xususiy tajribalar asosida boyitib boriladi. Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi har bir pedagogning natijasi har -xil bo`ladi.
6 Natija kafolati Oldindan belgilangan maqsadga erishish kafolati bor. Oldindan belgilangan maqsadga har bir o`qituvchi o`z imkoniyatlariga muvofiq turli darajada erishadi. Shu sababli talab darajasidagi natija kafolatlanmaydi. Asosan ijodkor o`qituvchilargina yaxshi natijalarga erishadilar.
7 Kelib chiqishi Xususiy metodikalarning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan. Ta’lim tarbiyaning turli xususiy masalalarini hal qilish zarurati natijasida kelib chiqqan.
Ushbu farqlar yuzasidan quyidagi fikrni eslash mumkin: ”Aslida zamonaviy ta’lim metodlari muqaddas qiziquvchanlikni hozircha batamom bo`g`ib tashlamagani deyarli mo`jiza, chunki bu nozik nihol ( ya’ni qiziquvchanlik) rag`batlantirish bilan bir qatorda, eng avvalo, erkinlikni talab qiladi, yo`qsa, u shaksiz, mahv bo`ladi”. ( A.Eynshteyn).
Bu yerda ta’lim metodlari qiziquvchanlikka yetarlicha erkinlik bera olmasligi nazarda tutilmoqda. Pedagogik texnologiya esa bolaning qiziquvchanligini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan.
“Pedagogik texnologiya”tushunchasi xususiy fanlar va mahalliy darajalardagi o`qitish metodikalari tushunchasu bilan mos keladigan hollar xususiy darajadagi pedagogik texnologiyalarga tegishli. Ular orasida faqat asosiy e’tiborni nimaga qaratilishida farqlar mavjud.
Texnologiyalarda ko`proq prossesual, miqdoriy va hisob-kitob komponentlari ifodalansa, metodikalarda maqsad, mazmun, sifat va variantli yo`naltiruvchi tomonlari ko`proq ifodalanadi.Texnologiya metodikalardan o`zining qayta tiklanuvchanligi, natijalarining turg`unligi, ko`plab “agar”lar(agar o`qituvchi iste’dodli, agar bolalar qobiliyatli bo`lsa, agar yaxshi ota-onalar bo`lsa….) yo`qligi bilan farq qiladi.Ya’ni texnologiya tegishli tayyorgarlikka ega bo`lgan hamma mutaxasislar tomonidan qayta tiklash va qo`llash mumkinligi bilan juda ham individual bo`lgan metoddan farq qiladi.
Metod – biror harakatni amalga oshirish yo`li, usuli yoki ko`rinishidan iborat.
Bunda harakatni amalga oshirish yo`li deb, bajarilishi talab etilayotgan faoliyat uchun qo`llash mumkin bo`lgan bir nechta yo`ldan oldindan ko`zda tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo`lga aytiladi.
Harakatni amalga oshirish usuli deb, tanlangan ma’lum yo`ldan foydalangan holda oldindan ko`zda tutilgan maqsadga erishish uchun qo`llaniladigan harakat usullariga aytiladi.
Hozircha metodlar ,metodikalar va texnologiyalar bitta tushuncha sifatida idrok qilinmoqda.Texnologiyalar va metodikalarni aralashtirilib yuborish shunday hollarga olib keladiki, ba’zan metodika texnologiyalar tarkibiga kirib qoladi, ba’zan esa aksincha
Pedagogik texnologiya o`quv jarayoni (ya’ni o`qituvchining o`quvchining faoliyati bilan), uning tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng ko`p darajada bog`langan.
O’quv fani va uni o’qitishning o’ziga xos xususiyatlariga muvofiq bo’lgan pedagogik texnologiyalarni tanlash
Pedagogik texnologiyaning asosiy yo’nalishlari.
Pedagogik texnologiyaning yo’nalishlari ko’p bo’lib, ulardan ayrimlari quyidagilar:
Hozirgi an’anaviy ta’lim. XVII asrda Ya.A.Komenskiyning didaktik tamoyillari asosida shakllanib, hozirda dunyodagi maktablarda eng ko’p qo’llanayotgan sinf-dars tizimidan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosan shu tizimni turli yo’nalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, hozirda turli yo’nalishlarda rivojlanmoqda.
Pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni o’quvchi shaxsiga yo’naltirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar: hamkorlik pedagogikasi, ta’limning insonparvarlikka asoslangan texnologiyasi va boshqalar.
O’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosidagi pedagogik texnologiyalar. Muammoli ta’lim, o’yinlar, tayanch signallar konspektlari texnologiyalari va boshqalar.
O’quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlab chiqishga asoslangan pedagogik texnologiyalar. Bu texnologiyalar o’rgatilayotgan bilimlarning didaktik tizimi chuqur mazmunga ega bo’lishi, bilimlarga tizimli nuqtai nazardan yondashish, o’quvchilarga bilimlarni egallashning eng maqsadga muvofiq yo’llarini o’rgatish kabi tamoyillarga asoslanadi.
O’quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil eilishga asoslangan pedagogik texnologiyalar. Bu texnologiyalarga tabaqalashtirilgan, individuallashtirilgan, dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyalari; ta’limning jamoa usuli, guruhli, kompyuterli ta’lim texnologiyalari kabilar kiradi.
Tabiatga muvofiqlashtirilgan pedagogik texnologiyalar. Bularga o’quvchining tabiiy imkoniyatlari, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning tabiiy imkoniyatlari va boshqa tabiatga muvofiq imkoniyatlardan to’liq foydalanishni amalga oshirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar kiradi.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari. Bularga o’quvchi shaxsining ijobiy sifatlarini, ayrim sohalardagi bilimlarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari kiradi.
Bulardan tashqari xususiy (O’quv fanlari) pedagogik texnologiyalari, alternativ hamda mualliflik pedagogik texnologiyalari yo’nalishlari ham mavjud.
Shuningdek, hozirda pedagogik texnologiyalarning boshqa yo’nalishlari ham mavjud bo’lib, ulardan asosiylari empirik, kognitiv, evristik, kreativ, inversion, integrativ, adaptiv, inklyuziv pedagogik texnologiyalardan iborat. Bu yo’nalishlarning asosiy xususiyatlari quyidagicha:
Empirik-(tajriba) sezgi a’zolari orqali bilim olish. Bu texnologiyada asosiy e’tibor sezgi a’zolarining tabiiy rivojlanganlik imkonyatlariga tayangan holda bilim berish va ularni yanada takomillashtirib borishga qaratiladi.
Kognitiv-(bilishga oid) atrofdagi olam to’g’risidagi bilimlar doirasini kengaytirish texnologiyasi. U tabaqalash (tarkibiy qismlarga ajratib o’rganish) tafakkurini shakllantiradi, bilish ehtiyojlarini rivojlantiradi.
Evristik-(haqiqatni topish) yo’naltiriuvchi savollar berish yo’li bilan ta’lim berish tizimi. Topqirlik, faollikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi, o’quv-izlanish ta’lim metodi. Optimallashgan (ko’p variantlardan eng ma’qulini, mosini, muvofig’ini tanlash) tafakkurni rivojlantiradi.
Kreativ-(ijodiy) tadqiqot xarakteriga, xususiyatiga ega bo’lib, o’quvchilarda maqsadga yo’naltirilgan ijodiy tafakkurni jadal rivojlantiradi.
Inverison-(almashtirish) axborotlarni turli tomondan o’rganish, o’rnini almashtirish xususiyatiga ega bo’lib, tafakkur (fikrlash) tizimini shakllantiradi.
Integrativ-(yaxlitlash) axborotlarni tashkil qiluvchi cheksiz ko’p kichik qismlarning o’zaro ajralmas bog’liqligi, ularning yaxlitligi, bir butunligi asosida yagona to’g’ri xulosani aniqlash.
Adaptiv-(moslashtirish) axborotlarni va ulardan foydalanish jarayonini o’rganish hamda o’rgatish uchun qulaylashtirish, moslashtirish asosida kutilgan natijaga erishish.
Inklyuziv-(tenglik) o’qituvchi bilan o’quvchining o’zaro munosabatlarida tenglik asosida ta’lim tarbiya jarayonini tashkil qilish. Shu bilan birga, imkoniyati cheklangan o’quvchilarning sog’lom o’quvchilar bilan birgalikda o’qishini tashkil qilish pedagogik texnologiyasi.
Pedagogik texnologiyaning asosiy yo’nalishlari hozirgi an’anaviy ta’limni turli yo’nalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, hozirda rivojlanib bormoqda. Turli fan o’qituvchilari tomonidan har bir o’quv fanining asosiy xususiyati, mazmunining tarkibi, amaliy, nazariy qismlarining nisbatiga muvofiq ravishda eng qulay pedagogik texnologiyalarning empirik, kognitiv, evristik, kreativ, inversion, integrativ ,adaptiv, inklyuziv va boshqa yo’nalishlarini to’g’ri tanlash jiddiy ahamiyatga ega.
Dars moduli va algoritimi
Modul- pedagogik texnologiyani o`z ichiga olgan tarkibiy bo`lak bo`lib ; o`quv materiali mazmuni hamda dars jarayoni modullaridan tashkil topadi . Pedagogik texnologiya materiallarini modulllariga ajratish modullashtirish jarayoni bilan, kichik modul, modullar to`plami, birlamchi modul va modul darajasi tushunchalaridan foydalaniladi va quyidagichata’riflanadi.
kichik modul,- pedagogik texnologiya tarkibidagi eng kichik birlikni ifodalaydi. Amalda bunday kichik modulni tashkil qiluvchi boshqa kichik modullarga ajratish mumkin emas deb hisoblanadi.
birlamchi modul- pedagogik texnologiyani uning biror darajasidan boshlab tasvirlashga dastlabki modul sifatida tanlangan va o`z tarkibiga bir yoki bir nechta kichik modullarni oladigan modul.
modullar to`plami,- pedagogik texnologiyani uning biror darajasidan boshlab tasvirlash maqsadida bitta modul sifatida hisoblangan bir nechta modullar yig`indisi.
modul darajasi- birlamchi modullarning o`z tarkibida aslida qancha modullarga ega ekanligiga qarab quyidagi darajalarga bo`linadi:
Bir o`quv mashg`ulotini o`tkazishga mo`ljallangan modullar;
O`quv fanining bir mavzusini, bir bo`limini, bir qismini yoki hamma tarkibiy
bo`laklarini o`qitish texnologiyasini tashkil etuvchi modullar.Ularni bloklar deb ham nomlanadi;
Bir nechta turdosh o`quv fanlarini yoki ayrim fanlarni o`qitish texnologiyasini tashkil qiluvchi modullari;
DTSning tarkibiy bo`laklarini va ularni bajarish texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar;
O`quv reja va dasturlarning tarkibiy bo`laklarini va ularni bajarish texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar;
Ta'lim vositalarini tashkil qiluvchi modullar;
Pedagogik texnologiya jarayonida qo`llaniladigan usullarni tashkil qiluvchi modullar.
Algoritm - pedagogik texnologiya bo`laklari (modullar)ning o`zaro joylashuvini hamda pedagogik texnologiya jarayonlarini amalga oshirish ketma -ketligining avvaldan belgilangan tartibi, ya'ni qoidasidir.
Algoritmlash esa pedagogik texnologiya tarkibiy bo`laklarini amalga oshirish jarayonining ketma-ketligini belgilash bo`lib, ko`zlangan maqsadga erishish kafolatini amalga oshiradi. Odatda, pedagogik texnologiyani loyihalashda oldin uning algoritmi ishlab chiqiladii. Shu algoritmga muvofiq holda modullarning o`zaro joylashuvi tartibi aniqlanadi.
Pedagogik texnologiyada algoritmlar alohida mashg`ulot yoki uning biror bo`lagi algoritmi, o`quv fanini o`qitishning umumdidaktik izchilligi algoritmi, o`quvchi faoliyatini, o`qituvchi faoliyati, o`zlashtirishni nazorat qilish jarayoni, maktabni boshqarish jarayoni algoritmi kabi turlarga bo`linadi.
Pedagogik faoliyatning eng kichik bo`laklari o`zaro joylashuvini va shu faoliyatni amalga oshirish ketma-ketligini belgilash algoritmlashning birlamchi darajasi bo`lib, ularni birlamchi algoritmlar deyiladi.
Algoritmlash orqali pedagogik texnologiyani tegishlicha tayyorgarlikka ega bo`lgan mutaxassislar tomonidan oldindan belgilangan maqsadlarning to`liq amalga oshirilishini kafolatlagan holda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Modullashtirish va algoritmlash madaniyati ta’lim-tarbiya jarayonida odat tusiga kirgan holdagina turli darajalardagi pedagogik texnologiyalarni yaratish va amalda qo`llash faoliyati yanada keng rivojlana boradi.
O’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim
O’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim ning mohiyati
O’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim-o’quvchi shaxsiy imkoniyatlariga moslashtirilgan pedagogik muhitni hamda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi. Bu ta’lim texnologiyasida har bir o’quvchini tushunish, hurmat qilish, unga ishonish katta ahamiyatga ega. O’quvchi-o’qituvchi hamda o’quvchi-o’quvchi hamkorligi ko’zda tutilgan ijobiy natijalarni beradi. Bu texnologiyada kommunikativ metodlardan keng foydalaniladi, ularning ayrim asosiy belgilarini ko’rib chiqamiz.
O`qituvchi tomonidan o`quvchi shaxsiga yo`naltirilgan ta’limni amalga oshirishning quyidagi asosiy mezonlari mavjud:
1. Har bir o`quvchiga buyuk shaxsdek qarash, uni hurmat qilish, uni tushunish, qabul qilish, unga ishonish.
2. Ta’limning shunday muhitini yaratish kerakki, unda o`quvchi o`zini shaxs deb sezsin, unga bo`lgan e’tiborni tuysin.
3. Bolaga tazyiq o`tkazmaslik hamda uning kamchiligini bo`rttirmaslik, bilimlarni o`zlashtirmasligi, o`zini yomon tutishi sabablarini aniqlash va ularni bolaning shaxsiyatiga zarar etkazmaydigan tarzda bartaraf etish.
4. Ta’limda «muvaffaqiyat muhitini» tashkil etish, bolaga o`qishda muvaffaqiyat qozonishiga yordam berish, uning o`z kuchi va iqtidoriga ishonchini orttirish. O`quvchiga atrofdagilarning har biri o`zi kabi ekanligini anglatish, unda jamoaga aloqadorlik hissini rivojlantirish.
5. O`quvchining hurmati va ishonchini qozonish, o`ziga ham shaxs nuqtai nazaridan qarash.
Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’limda rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati
Umumiy o’rta ta’lim muassasasining bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’limni amalga oshirish faoliyatida bolalarning kognitiv (aqliy), kommunikativ (nutq-muloqotchanlik), ijtimoiy-hissiy va jismoniy-motor rivojlanishiga sharoit yaratilishini ta’minlash juda muhimdir. Bolaning rivojlanishiga sharoit nafaqat sinf xonalarida, balki ta’lim muassasasiga kirishda, yo’laklarda, sport va dam olish maydonchalarida ham yaratilgan bo’lishi shart.
Xona va bino-bu bolaning rivojlanishi uchun muhim bo’lgan ichki omildir,binodan tashqaridagi sport, dam olish va o’yin maydonchalari, maktab va boshqa ta’lim muassasasining hududi-tashqi omillar bo’lib xizmat qiladi.
Bola shaxsiga yo’naltirilgan rivojlantiruvchi muhit ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning yoshi, psixologik, fiziologik xususiyatlarini to’liq hisobga olgan holdagi eng qulay shart-sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi. Unga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi:
Bolaning salomatligini saqlash omillari: toza havo, toza joy, normal harorat va yorug’lik ta’minlanadigan bino va o’quv xonalari.
Maktabning bolani noxush, kutilmagan hodisalardan saqlaydigan xavfsiz joy bo’lishini ta’minlash.
Bolalarning harakat, kashf qilish va tajriba qilishlariga rag’bat ko’rsatish, ya’ni maktab hududining barcha joylarida bunga imkon bo’lsin. Masalan, sport, dam olish va o’yin maydonchasida jihozlarning etarli bo’lishi; koridorda turli o’simliklarning o’sishini kuzatish, xonada o’quv fanlariga doir ma’lumotlar, kutubxonada turli kitoblar bo’lishi va shu kabilar.
Bolalarning o’zlari ishlagan barcha narsalar, ashyo va qo’llanmalar bola ko’ra oladigan, bo’yi etadigan darajadagi masofa va balandlikda joylashgan bo’lishi.
Bolalar o’rtasida hamkorlik va muloqotga rag’bat bildirish, ya’ni darsda kichik guruh va juft bo’lib ishlashlari, darsdan tashqari vaqtda o’yin o’ynashlariga sharoit yaratilgan bo’lishi kerak.
Bolalarda maktabga tegishlilik hissi, xavfsizlik va erkinlik hissi bo’lishi.
Turli madaniyatlar mavjudligini his qildirish.
Sinf xonasi bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan alohida mavzular bo’yicha qismlarga bo’lingan va shu har bir qismlar o’z mavzulari bo’yicha bola uchun kerakli va qiziqarli bo’lgan ashyo, jihozlar, o’yinchoqlar, konstruksiyalar, belgilar, raqamlar, so’zlar va h.k.bilan jihozlanganligi.
Mebel bolaning jismoniy holatiga va erkin harakatlana olishiga to’siq bo’lmaydigan holda joylashtirilgan bo’lishi, bola o’ziga tegishli mebelni bemalol harakatlantira oladigan va nogiron o`quvchilar uchun mos mebel ham bo’lishi, shuningdek, o’qituvchi uchun mebel ham qulay bo’lishi kerak.
Bolaning idrok etish qobiliyatini rivojlantiruvchi va ijod qilishga undovchi turli shakl va rangdagi materiallar bilan ta’minlash.
Bolalar ko’rishi va tanishishi uchun narsalar va ma’lumotlarni iloji boricha bitta joyga juda ko’p joylashtirmaslik, bu bolaning ularni ajratib olishiga halaqit beradi.
Bolaga erkin tanlash imkonini berish va mustaqil qaror qabul qilishga undash.
O’z tengdoshlari bilan munosabatga kirishishiga yordam berish.
Kundalik qilinadigan ishlarni biror jadval shaklida so’zlar hamda belgilar bilan tasvirlash, uni bola ko’ra oladigan va tushunadigan holatda ilib qo’yish.
Ota-onalar va maktab o’rtasida iliq munosabatlarni shakllantiruvchi muloqot o’rnatishga imkon beruvchi muhit yaratish.
O’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta’limda dars shakli
Shaxsga yo’naltirilgan o’quv vaziyatlari o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish usul va metodlari bilan uzviy bog’liq. Bunday o’quv mashg’ulotlarining shakllari turlicha.Ular orasidan alohida e’tibor dars jarayonida o`qituvchi-o`quvchi hamkorligining tadqiqot- izlanish metodlari hamda dialogli shakllariga qaratiladi, shuningdek, ko’rgazmali, tasviriy, reproduktiv va boshqa metodlar ham qo`llaniladi.. Bunday mashg’ulotlarning shakl va usullari bevosita shaxs faoliyatiga yondashuv konsepsiyasi va tamoyillariga mos kelib, ular bola ichki dunyosi, tafakkuri va shaxsiy hayotiy tajribasini maksimal darajada faollashtirishga xizmat qiladi. Bu o’rinda o’quv faoliyatiga rag’bat uyg’otish orqali o`quvchilarni bilim egallashga yo’naltirib, bunday shakl va usullarda tashkil etilgan ta’lim jarayoni o`quvchilarning shaxsiy bilimi, tajribasi va hissiyotlarini rivojlantirishning asosiy manbalaridan biri bo`lib qoladi.
O’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim amalga oshiriladigan ayrim noan’anaviy dars shakllarini keltiramiz:
Sho’ng’ish darsi- ma’lum bilimlarni egallash uchun eng qulay muhitda bo’lish yoki shunday muhit yaratish orqali mavzuni faol o’rganish mashqlaridan iborat.
Musobaqa darsi- o’quvchilarning o’zaro musobaqalashuvini tashkil etish orqali bilimlarni mustahkamlash mashqlari.
Konsultatsiya darsi- dars jarayonida o’quvchilarning o’zaro hamda o’qituvchining konsultatsiyalarini tashkil etish orqali darsni o’zlashtirish mashqi.
Ijod darsi- o’quvchilarning mustaqil ijod etishlarini tashkil qilish darsi.
Sinov darsi- o’quvchilarning o’zlashtirishini turli shakllarda sinash tashkil qilinadigan dars.
Shubha bildirish darsi- dars mavzusi bo’yicha qoidalar, xulosalarni agar notog’ri deb hisoblansa, nimalar bo’lishi mumkinligi haqida qiziqarli bahs va tahlillar o’tkazish orqali yangi mavzuni tushuntirish darsi.
Ijodiy hisobotlar darsi- o’quvchilarning ayrim mavzular bo’yicha mustaqil o’rgangan bilimlari va xulosalari taqdimoti.
Umumlashtirish darsi- ilgari o’tilgan mavzular bo’yicha olingan bilimlarni umumlashtirish mashqlarini o’tkazish darsi.
Ilmiy-fantastika darsi- o’quvchilarning o’rgangan bilimlari asosida ijodiy xayol, taxminlar o’ylab topishlari mashqini o’tkazish orqali mustaqil fikrlashlarini kengaytirish darsi.
Haqiqatni izlash darsi- dars mavzusiga doir ayrim masalalar yuzasidan o’quvchilarning mustaqil fikrlar bildirishni tashkil etish orqali haqiqatni aniqlash va mavzuni o’zlashtirishni ta’minlash darsi.
“Paradokslar” darsi- o’quvchilarning faolliklari va qiziqishlarini oshirish maqsadida o’rganilayotgan mavzuni har turli “paradokslarga” bog’lab bayon qilish hamda tegishli tahlillar o’tkazish asosida to’g’ri xulosalarni aniqlash darsi.
Seminar darsi- yangi dars mavzusiga doir savollar bo’yicha o’quvchilarga oldindan berilgan topshiriqlarni bajarish natijalari to’g’risida ma’lumotlarni tinglash orqali sinfdagi barcha o’quvchilar darsni o’zlashtirishlarini va bilimlarini mustahkamlashni ta’minlash darsi.
Ekskursiya darsi- bu darslarda o’quvchilarni turli ob’yektlar: muzey, ziyoratgoh, korxona, ustaxona, tabiat ob’ektlari, ilmiy muassasa, kollej, litsey va boshqalarga olib borish va tanishtirish orqali ularning bilimlarini hayot bilan bog’lash va kasbga yo’naltirish ishlarini amalga oshirib borish ta’minlanadi. Juda uzoqdagi va borish qiyin bo`lgan ob’ektlarga, ular to`g`risida filmlar, turli ko`rgazmali va boshqa materiallar mavjud bo`lgan hollarda, ularni o`quvchilarga namoish etib, tushuntirish orqali videoekskursiyalar tashkil etish ham munkin.
O’quvchilarning shaxsiy sifatlarini hisobga olish, ijobiylashtirish va rivojlantirish.
O’quvchilarning yosh xususiyatlarini ta’lim- tarbiya jarayonida hisobga olish, ularning shaxsiy sifatlarini bilish, tahlil qilishga yakka tartibda yondashishda hozirgi yosh psixologiyasi va pedagogikasining qoidalari va talablaridan kelib chiqiladi. Bunda o’quvchilarning bir- birlariga nisbatan tayyorgarliklari, qiziqishlari va fanlarni turlicha o’zlashtirishlari bilan farqlanishini hisobga olish asosiy masalalardan hisoblanadi. Shunga muvofiq ravishda o’qituvchilarning ham bir- biridan o’qitish uslubi, o’quv-tarbiya jarayonini rejalashtirish bo’yicha farqlanishini hisobga olgan holda har bir o’qituvchining ma’lum vaqt davomida optimal natijaga, ya’ni o’quvchilarning ko’zda tutilgan darajada o’zlashtirishlariga erishish yuzasidan individual yondashuvlari mavjud.
O’quvchilarning shaxsiy sifatlarini hisobga olish asosida shu sifatlarni ijobiylashtirish va rivojlantirish maqsadlariga erishish uchun darsda o’quvchilarga mustaqil vazifalar berish, ularning mustaqil hulosalar chiqarishlarini, bir- birlaridan o’rganishlarini tashkil qilish, ularning o’qishlari uchun qulay muhit yaratishga alohida e’tibor berish talab qilinadi.
Ta’lim bilan tarbiyaning uzviyligini ta’minlash
Ta’lim bilan tarbiyaning uzviyligini ta’minlash hamma zamonda ham e’tibor markazida bo’lgan masalalardan hisoblanadi. Buning uchun ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarning nutqi, muloqot ko’nikmalari, hissiy, aqliy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish, jumladan: toza joy, toza havo, normal haroratli xona va unda yetarli yoritilganlik bo`lishi, xavfsizlik, sport, dam olish, o’yin maydonchalarini yetarlicha jihozlash va shu kabilarga e’tibor berish talab qilinadi.
Shu yo’nalishdagi ayrim tajribalarni keltiramiz:
Yorib o’tishlar texnologiyasi va V. Erxard maktabi. Bu texnologiya menejerlarni qayta tayyorlash o’qishlaridan iborat bo’lib, uning maqsadi har bir alohida odamning ichki olamida mavjud bo’lgan (lekin kundalik bir xildagi hayot va ish bilan bo’g’ib qo’yilgan) qobiliyatlari va intilishlarini an’anaviy muammolarni yangi muammo sifatida echish uchun kundalik izlanishlarga aynan uyg’otish hisoblanadi.
Bu kurslar tinglovchining fikrlashi va xulqidagi shaxsiy stereotiplarni bartaraf qilish, o’z imkoniyatlarini va eskirgan muammolarni yangicha echish yo’llarini ko’ra olishlarini faollashtirish va o’zgartirish bo’yicha ishlab chiqilgan ko’p sonli mashg’ulotlardan iborat.
Bu kurslarning afzal jihatlari-inson omilini ishga solishga qaratilgan bo’lib, maxsus mablag’lar sarflashni talab qilmaydi; erishilgan samara so’nib qolmaydi, ya’ni olingan samara yangi shakllarda va sharoitlarda muntazam kuchayib borishi bilan bir necha marta samara olishni ta’minlaydi; alohida yirik yangiliklar yaratishga, hosil bo’lgan boshi berk holatlardan noan’anaviy chiqish yo’llarini izlashga qaratilganligidan iborat. 48 yo’nalishdagi kurslar va seminarlar AQShning 94ta shaharlarida va boshqa mamlakatlarning 128ta shaharlarida olib borilmoqda. Bu kurslarda yiliga 57 ming kishi o’qiydi.
O’quv materialining sxemalar va shartli belgilardan iborat modellari (tayanch signallar konspektlari) asosida ta’limni intensivlashtirish texnologiyasi (V. F. Shatalov, Donetsk shahri).
Tayanch signallar konspektlari ko’rgazmali sxemalardan iborat bo’lib, ularda o’zlashtirilishi lozim axborot birliklari aks ettiriladi, ular orasidagi turli bog’liqliklar ko’rsatiladi hamda mavhum (abstrakt) materialni yaqqollashtiruvchi misollar, tajribalarni eslatish uchun belgilar va maqsadlarning ahamiyatliligi bo’yicha klassifikatsiyasi turli shartli belgilar bilan beriladi.
Tayanch signallar konspektlari bilan ishlashda qator o’ziga xos usullar va metodik echimlar qo’llaniladi.
O’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta’limdan amalda foydalanish masalalari
Maktabda pedagogik jamoa yoki metod birlashmalar miqyosida o’qituvchilarning o’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta’limni amalga oshirishda o’quvchi shaxsini o’rganish yo’nalishlari, muloqot usullari, darsda o’quvchilarning bilim darajasi, qiziqishlari, fanlarni turlicha o’zlashtirishlaridagi farqlarni hisobga olish, qulay muhit yaratish, o’quvchilarning o’zlashtirishlariga erishish va boshqa masalalar bo’yicha nazariy, metodik va amaliy tajribalar bilan tanishish, o’rganish, ommalashtirish maqsadida amaliy mashg’ulotlarni vaqti-vaqti bilan o’tkazib borish lozim. Bu mashg’ulotni mavjud sharoit va imkoniyatlarga muvofiq bahs-munozara, trening, ishchanlik o’yini yoki seminar kabi shakllardan birortasi bo’yicha o’tkazish tavsiya qilinadi.
O`quvchi shaxsiga yo`naltirilgan ta’lim samaradorligini oshirish uchun quyidagi nazariyalarga asoslanish yaxshi natijalar beradi:
Bola intellekti rivojlanishi nazariyasi
Bu nazariyani shveytsariyalik psixolog Jan Piaje (1896-1980) ishlab chiqqan.
Bu nazariya bolalar intellekti rivojlanishini tushunish uchun katta ahamiyatga ega bo`ldi. Unga ko`ra bolalar fikrlashining ko`p xususiyatlari ochib berildi. Bular: egosentrizm-boshqa odamning nuqtai-nazariga o`ta olmaslik; sinkretizm-har turli hodisalarni etarli ichki asos bo`lmagani holda o`zaro bog`lashga moyillik hosil bo`ladigan tafakkur turi; transduksiya-mantiqiy fikrlashning xususiyati bo`lib, bunda xususiydan-xususiyga tomon, umumiylikni chetlagan holda, o`tish amalga oshiriladi; artifitsializm-olamni go`yo odam qo`li bilan yaratilgan, sun’iy deb idrok qilish; animizm-olamni jonli deb hisoblash, ziddiyatlarni sezmaslik.
Bola psixikasi rivojlanishining to`rtta bosqichi nazariyasini ishlab chiqdi. Bular quyidagi bosqichlar:
1. Sensomotor bosqich (tug`ilgandan 2 yoshga to`lguncha)-jismoniy his tuyg`ular: teri sezgisi, ochlik, og`riq, shovqin, yorug`lik va boshqalarga munosabat shakllanadi.
2. Faoliyatgacha bosqich (2-7 yosh)–bola o`ziga atrofdagilar ko`zi bilan qaraydi. Bunda ijobiy muhitning ahamiyati katta. Bola o`ziga ijobiy baho berishi yaxshi rivojlanishga, past baho berishi, aksincha natijaga olib keladi.
3. Aniq faoliyat bosqichi (7-11 yosh)-faktlarni qiyoslash, ob’ektiv aqliy xulosalar chiqarish, atrofdagilarning tan olishiga erishish va bolalarcha egosentrizmdan xalos bo`lish, mavjud me’yor va qoidalarni o`zlashtirish bosqichi.
4. Rasmiy faoliyat bosqichi (11-15 yosh)-mustaqil fikrlashga intilish bilan hayotiy qadriyatlarni qayta baholash, shaxsiy e’tiqodlar, qadriyatlarga munosabat, yangi odamlar bilan o`zaro munosabatlar, umidlar, kelgusi yo`lni tanlash, biror ma’naviy qahramon yoki faoliyat sohasiga e’tibor va qiziqishlarning yo`nalganligi, axborotlarni jadal, ko`pincha, aralashiga, ba’zan tanlab, to`plash bosqichi.
Shu har bir bosqichda o`sha darajadagi o`zgarmas operatsiya paydo bo`lishi hamda uning o`zgaruvchanligi rivojlanib borishidan iborat ikkitadan bosqich mavjud. Bunda agar bolaga tanish tajribalar takrorlansa, bu oson qabul qilinadi va o`zgarmas operatsiya bo`ladi. Agar bu boshqa yoki yangi tajriba bo`lsa, bola yangi sharoitga moslashish uchun muvozanatdan chiqadi va o`zinining bilimi tarkibini o`zgartiradi. Shunday qilib, bola borgan sari ko`proq adekvat bilimlari tarkibini boyitib boradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, ta’lim-tarbiya jarayonida o`quvchining rivojlanish darajasiga mos va uning mantiqiy, aqliy va shaxsiy o`sishiga yordam beruvchi mashg`ulotlarni rejalashtirish zarur.
Eng yaqin rivojlanish sohasi nazariyasi
Bu nazariyani rossiyalik psixolog Vigotskiy Lev Semyonovich (1896-1934) ishlab chiqqan.
Bu nazariyaga ko`ra ta’lim oldinda borishi va bolaning rivojlanishini o`ziga ergashtirib borishi lozim.
Rivojlanish faqat bola yangi ko`nikmalarni o`zlashtirganida hosil bo`ladi. Lekin uni real hayotdan ajralgan holda emas, o`zida bor bo`lgan bilimlar asosida o`zlashtirishi shart. Bu «eng yaqin rivojlanish sohasi» deb nomlandi va pedagogika hamda psixologiya faniga kirdi.
Eng yaqin rivojlanish sohasi deb L.S.Vigotskiy «yetilish jarayonidagi, ertaga yetiladigan, hozir paydo bo`layotgan holatda bo`lgan funkstiyalarni, ularni rivojlanish mevasi deb emas, rivojlanish kurtaklari, gullari, ya’ni endigina yetilib kelayotgan funkstiyalar»ni tushuntirgan edi.
Eng yaqin rivojlanish sohasi bola o`z yoshiga nisbatan qiyin masalalarni katta yoshdagi odamning yordami bo`lganda yechishi jarayonida aniqlanadi. Masalan, emaklashni o`rganib olgan chaqaloq uchun emaklash u o`zlashtirgan ko`nikma, lekin tik turish va yurish esa, uning tomonidan endi o`rganilayotgan va katta yoshdagilar yordamida o`rganiladigan ko`nikma bo`lib, bu ko`nikma bolaning eng yaqin rivojlanish sohasida hisoblanadi.
O`quvchi bilan muloqotda uning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda uning eng yaqin rivojlanish sohasi keng bo`lgan belgilarni topish va asta–sekin yangi bilimlar bilan to`ldirib borish orqali kutilgan natijaga erishiladi. Bunda bolalarga do`stlik va o`zaro hurmatda bo`lish asosiy shart hisoblanadi.
IZOX QO'SHISH
Dostları ilə paylaş: |