Education in Malaysia


-modda. Doimiy tarbiyada bo’lganlarning o’z tarbiyachilariga ta’minot berish majburiyati



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə80/124
tarix28.03.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#90806
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   124
126-modda. Doimiy tarbiyada bo’lganlarning o’z tarbiyachilariga ta’minot berish majburiyati
Mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) yoki voyaga etgan mehnatga layoqatli bolalari bo’lmagan yoxud ulardan ta’minot uchun mablag’ ololmaydigan, amalda ularni tarbiyalaganlarga ta’minot berish majburiyati ularning doimiy tarbiyasi va ta’minotida bo’lgan shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday majburiyat vasiylikda (homiylikda) turgan shaxslar zimmasiga yuklatilmaydi.
Sud tarbiyada bo’lganlarni, agar ular tarbiyachilarning tarbiyasi va ta’minotida besh yildan kam turgan bo’lsa, ushbu moddada ko’rsatilgan majburiyatdan ozod qilishga haqli.
127-modda. O’gay ota va o’gay onaning o’gay o’g’il va o’gay qizlariga ta’minot berish majburiyati
O’gay ota va o’gay onaning tarbiyasida yoki ta’minotida bo’lgan voyaga etmagan o’gay o’g’il va o’gay qizlarning ota-onasi yo’q bo’lsa, yoxud o’z ota-onasidan etarli mablag’ ololmayotgan bo’lsa, ularga ta’minot berish majburiyati o’gay ota va o’gay ona zimmasiga yuklatilishi mumkin. Voyaga etgan yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz o’gay o’g’il va o’gay qizlarning ota-onasi, eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) va voyaga etgan mehnatga layoqatli bolalari bo’lmasa yoxud ulardan ta’minot uchun etarli mablag’ ololmasa, o’gay ota va o’gay onaning zimmasiga ularga nisbatan ham shunday majburiyat yuklatilishi mumkin.
128-modda. O’gay o’g’il va o’gay qizlarning o’gay ota va o’gay onaga ta’minot berish majburiyati
Mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o’gay ota va o’gay onaning ota-onasi, eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) yoki voyaga etgan mehnatga layoqatli bolalari bo’lmasa yoxud ulardan ta’minot uchun mablag’ ololmasa, ularga ta’minot berish majburiyati o’gay o’g’il va o’gay qizlar zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Agar o’gay o’g’il va o’gay qizni o’gay ota va o’gay ona besh yildan kam vaqt davomida tarbiyalagan va ta’minot bergan bo’lsa, shuningdek ular o’z majburiyatlarini lozim darajada bajarmagan bo’lsa, sud o’gay o’g’il va o’gay qizni o’gay otasi va o’gay onasiga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilishga haqli.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin