Turdieva Zulfiyaning shaxsiy web sayti 2014-2015
Barcha huquqlar himoyalangan Muallif:
Turdiyeva Zulfiya
Pedagogik konfliktologiyaning ilm sifatida shakllanishi va rivojlanishi Reja: 1. «Pedagogik konfliktologiya» haqida tushuncha. 2. «Pedagogik konfliktologiya»ning ilm sifatida shakllanishi. 3. «Pedagogik konfliktologiya» fanning o’ziga xos xusiyatlari. Tayanch tushunchalar: Konfliktologiya, konflikt, qarama-qarshilik, situatsiya, foydali konflikt, zararli konflikt, yakka odamlar o’rtasidagi konfliktlar, guruhli konfliktlar, jamoa shaklidagi konfliktlar. O’zbekiston Respublikasi o’zining milliy mustaqilligini olgach ta:limtarbiya tizimiga e:tiborni kuchayganligi ma:lum. Ta:lim-tarbiya tizimining deyarli barcha sohalari yangilanib, taraqqiy topib hozirgi davr talabiga moslashib kelmoqda. Oliy o’quv o’rinlarining, jumladan, pedagogik institutlarning o’quv fanlari qayta ko’rib chiqilib ancha yangi fanlar o’quv rejasidan joy olishga muvofiq bo’lishdi. Shu fanlarning ichida «Pedagogik konfliktologiya» fani ham mavjud. Jamiyatimizning barcha sohalari kabi ta:lim tizimidagi talablarni yildanyilga kuchayib, ularga degan javobgarchilik ortib bormoqda. Ta:lim-tarbiya paytida shuningdek, oila turmushida har qanaqa kelishmovchiliklar, qaramaqarshiliklar, tushunmasliklar yuz beradi, ularni echish har qanday konfliktli situatsiyalarning oldini olish muammolari bilan pedagogik konfliktologiya ilmi shug’ullanadi. Pedagogik jarayonlarda paydo bo’lgan konfliktlarni echa bilishimiz, shunday konfliktli vaziyatlarning oldini ola bilishimiz zarur. Bu esa, ayniqsa, pedagoglar uchun zarur hisoblanadi. Pedagogik jarayonlarda har xil vaziyatlar uchrashishi mumkin. Ular o’qituvchi va o’quvchi, o’quvchilar bilan o’quvchilar o’rtasidagi konfliktlar bo’lib hisoblanadi. Maktablardagi har qanday pedagogik konfliktlar tinch yo’l bilan pedagogning boshchiligida echilishi va u konfliktlarni bo’ldirmaslikning oldi olinishi zarur bo’ladi. Maktablarda o’quvchilar o’rtasida yuz beradigan konfliktlar mazmuni bo’yicha har xil bo’lishi tabiy. Maktablarda o’quvchilar o’quvchilar bilan bo’lgan munosabatlarda muloqat tartibini buzib muloqatlar yasashi mumkin. Natijada esa kelishmovchilik, bir-birini tushinmaslik vaziyatlaridan konfliktlar kelib chiqadi. Maktablarda o’quvchilar doim pedagoglar nazoratida bo’ladi va paydo bo’lgan konfliktlar pedagoglar boshchiligida o’z echimini topadi. Ba:zan konfliktlar o’qituvchilar o’rtasida ham bo’ladi, bu esa bir-birini tushunmaslik, biri-ikkinchisining psixik holatini hisobga olmasdan muloqat qilishidan kelib chiqishi bo’lib topiladi. Konfliktlar o’zlarining o’zgachaliklariga ega bo’lib oila a:zolari o’rtasida ham uchraydi. Oila a:zolari o’rtasidagi konfliktlarning kelib chiqishining har xil sabablari bo’lishi mumkin. Birinchi sababi er-xotinlar oila qurishga tayyor bo’lmasligi mumkin, ular bir-birlarining shaxsiy o’zgachaliklarini hisobga olmagan bo’lishi mumkin. Oiladagi paydo bo’lgan konfliktlarning bola ta:limtarbiyasiga salbiy ta:siri bor. Shuning uchun ota-onalar o’z farzandlari o’rtasida konfliktlarni bo’ldirmaslikka harakat qilishlari zarur. Yigit-qizlar turmush qurmasdan oldin bir-birining shaxsiy psixik o’zgachaliklarini bilib, o’zlashtirib bo’lib turmush qurishi ma:qul. Ota-bobalarimiz «Uylanish oson, uy bo’lish qiyin» − deb bekorga aytmagan. Ba:zi hollarda ota-onalar bilan bolalar o’rtasida ham konfliktlar bo’lib qolishi m6mkin, bunday vaziyatlarda ota-onalar konfliktlarni tinch yo’l bilan echishga harakat qilishlari lozim. Yuqoridagi aytilgan va boshqada uchraydigan konfliktlarni tadqiqot qiladigan ilm pedagogik konfliktologiya ilmi hisoblanadi. Ilm ancha yosh bo’lsa ham tez rivojlanmoqda. Sababi, pedagogik jarayonda uchraydigan konfliktning t6rlari anchagina. Konfliktlarning turlariga, mazmuniga qarab ayirib uni echish metodlari, usullari, amallari ham har xil bo’ladi. Pedagogik konfliktologiya ilmining yutuklarini o’zlashtirish, bilish har bir bo’lg’usi pedagog uchun muhim ahamiyatga ega. Mustahkamlash uchun savollar. 1. Муаммони ечмастан туриб хар хил холатлардан чикиб кетиш. 2. Атироф мухитнинг узгаришига организмнинг реакцияси. 3. Укитувчининг таълим-тарбия назарияси ва амалиятнинг бирлигида 4. Болалар билан педагогик жихатдан натижали узаро муносабат урната олиш кандай кобилиятга киради? 5 Муносабатларни бошкариш услублари? 6. Авторитар услубга нималар киради? 7. Демократик услубга нималар киради? 8. Либерал услубга нималар киради? Адабиётлар: q. И.А.Каримов. «Баркамол − авлод %збекистон тара33иëтининг пойдевори». Тошкент, qoou. w. И.А.Каримов. %збекистон келажаги буюк давлат. Тошкент, qoow. e. И.А.Каримов. %збекистон XXI асрга интилмо3да. Тошкент, qooo. r. Т.А.Шилова. Психодиагностика и коррекция детей с отклонениями в поведении. М-w00t г t. З.А.Малькова. Школа и педагогика за рубежом. М., qooe. y. М.А. Аббасова. Развитие образования в зарубежных странах (qot0−qoo0). Ташкент, qoor. U Х.Кошимов в б. Педагогика тарихи. Т., qooy. q0. Р.Мавланова ва б. Педагогика. Т., w00w. qq. Ж.Урумбаев . Оchерки истории школ Каракалпакстана. Нукус, qour. qw. %.!ле5ов. №ара3алпа3станда т1лим−т1рбиялы3 ойлардынг 31липлеси5и ва ра5ажоаны5ы. Н5кис, qooe. qe. Сафо Оchил. Муста3иллик ва тарбия масалалари. Тошкент, qoot. qr. К.Тургунбаев, А.Тешабаев. Педагогик ма8орат асослари. Андижон, w00w qt. Д.А. Нуркелдиева. Мактабгача олигофренопедагогика (м1рузалар матни) ТДПУ-w00r qy. Н.Т.Якубова. Махсус педагогика тифлопедагогика. (м1рузалар матни) ТДПУ-w00r qu Х.И.Ибрагимов. Ш.А.Абдуллаева. Педагогика Т-w00u Mavzu: Pedagog va o’quvchilarning bir-birini tushinib ishlashishi pedagogik konfliktni bo’ldirmaslikning asosi. Reja: 1. Pedagogik konflikning oldini olish haqida umumiy tushuncha. g’. Pedagogik konfliktning oldini olishda pedagog va o’quvchilar qatnashining ahamiyati. 3. O’quvchilar bilan munosabatda bo’lish borasida pedagogning roli. Tayanch tushunchalar: Pedagogik konfliktning oldini olish, tarbiyachi, o’qituvchi, o’quvchi, munosabati, so’zlash madaniyati, munosabatda bo’lish mahorati. Pedagogik konfliktni echishdan uning oldini olish bir qancha oson bo’ladi. Pedagogik konfliktning oldini olishning birdan-bir yuli pedagoglar bilan pedagoglar, pedagoglar bilan tarbiyachilar o’rtasidagi munosabatni yaxshilashdan, bir-birini tushinib ishlashdan iborat. Bolalar bilan pedagogik vazifalar borasida munosabatda bo’lish ularning psixik, yakka, yosh o’zgachaliklarini bilib munosabatda bo’lish ma:qul bo’ladi. So’ngi vaqtlari tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar o’rtasidagi munosabatlarga bog’lik har turli fikrlar bo’lmoqda. Asosan ular o’rtasida munosabatlar qanday bo’lish kerak? Munosabatlarning mazmuni, formasi, usuli va boshqa taraflari bo’yicha ko’p ahamiyatli fikrlar so’zlanmokda. Pedagog bolalar bilan, har turli munosabatlarda bo’lib, ular haqida har qanday ma:lumotlar oladi: Bolaning belgili bir narsalar to’g’risidagi tushunchalari, fikrlari, qiziquvchanliklari, mumkinchiliklari bilan tanishadi. Bolalarning asosiy psixik o’zgachaliklari bo’lgan temperamenti, xarakteri, qobiliyatlari aniqlanadi. Bolalarning vazifalarini tashkilashtirishda eng ahamiyatli o’zgachaliklaridan hisoblanadigan yakka o’zgachaliklarini o’zlashtirishda da katta rol o’ynaydi (diqqat, sezish, o’ylash, hayol, esda saqlash, erk, his-tuyg’u va hokazo). Pedagogning bolalar bilan muloqatning qanday darajada amalga oshirilishi uning pedagogik maxoratiga bog’likligi bo’ladi. U mahoratli pedagogik qobilyatlardan va pedagogik texnikalardan iborat bo’lib xisoblanadi. Pedagogik qobilyatlar faqat bolalar bilan bo’lgan muloqatlarda kerak bo’lib qolmasdan pedagogning butun pedagogik vazifalarida katta rol o’ynaydi. Bolalar bilan ishlashishda pedagogik sharoitlar tez-tez o’zgarib turishlari mumkin, bunday sharoitda pedagogning asosiy vazifasi shu sharoitga tez o’zgarishi, har qanday pedagogik sharoitga to’g’ri baho bera bilish, zarur bo’lgan qarorni to’g’ri qabullashdan iborat. Agar tarbiyachi bolalarning ish xarakatini to’g’ri qabul etib, to’g’ri baho bera bilsa, u hodisalarning yuzaga kelgan sabablarini aniq ko’ra olsa va unga qo’shimcha bunday har turli chigallangan pedagogik hodisalarda o’zini ushlab tuta bilish, sabirlilik, chidamlilik, tashkillashtirishi v.b. xususiyatlar pedagogik muloqatlarning samarali amalga oshirilishida katta axamiyatga ega bo’ladi. Bolalar bilan muloqot qilishda ularning yosh o’zgachaliklarini hisobga olishning tarbiyaviy ahamiyati juda katta. Maktab o’quvchilarining yosh o’zgachaliklarini hisobga olib munosabat qilishda o’qituvchining tutgan yo’lini umumiylashtirilgan shaklda quyidagicha tariflash mumkin. 1. Boshlovchi sinflarda o’qituvchi tashkilashtiruvchi. g’. O’smir yoshdagilarga boshchi. 3. Katta yoshdagi bolalar bilan ishlashishda konsul:tant. Bolalar bilan bo’lgan munosabatlar tarbiyachining mahoratini ko’rsatadi. Bu mahoratga ega bo’lishi uchun tarbiyachi, nutq madaniyatiga ega bo’lishi kerak. Nutq eng asosiy munosabat vositasi bo’lib hisoblanadi. Bolalar bilan fikrlashish, suhbat, ularga hikoyalar aytib berish, tushuntirish, maslahat berish, yo’l-yo’riq ko’rsatish har turli munosabatlar faqat nutq orqali amalga oshiriladi. Bolalar bilan qanday ishlarni olib bormaylik so’zsiz munosabatda bo’lish mumkin emas. Bolalar bilan munosabatda bo’lishda ularning diqqatlarini shu suhbatga, yoki tushuntirishga harakat etishimiz kerak. Uning uchun dastlab tovushni ko’tarib, kerak joyida pasaytib, yoki to’xtab tovush intonatsiyalarini o’zgartirib borish kerak. *ar qanday aytiladigan fikrlar bolalarga ta:sirli, qiziqli, tushunarli bo’lishi kerak. Bolalar bilan bo’lgan munosabatlarning maqsadi hamma vaqt nazarda bo’lishi kerak (bilim berish, tarbiya berish yoki shu olib borilayotgan tarbiyaviy maqsaddagi ishning asosiy ma:nosi amalga oshadigan bo’lishi kerak). Ayirim pedagoglar bolalarga qiziqarli etib gapirib beraman deb yoki bolalarning diqqatini og’zaki aytilayotgan fikrlarga yo’naltirish maqsadida shug’ullanib, u ishning asosiy maqsadini esidan chiqarib qo’yishlari mumkin. *ar qanday suxbatlarni olib borishda suxbatlashuv faqat bolalargagina qiziqarli bo’lib qolmasdan tarbiyachigada qiziqarli bo’lishi lozim, tarbiyachining o’zida chin ixlos bilan berilib, qiziqib olib borishlari kerak. Bolalar bilan suxbatlashuv barosida hamma vaqt bolalarning his-tuyg’u hisobga olib borishi kerak. Masalan: Bola bilan yakka suxbatlashuvda bola xafa bo’lib o’tirgan bo’lishi mumkin, bunday vaziyatda bolani normal holatga olib borib keyin tegishli bo’lgan suxbatlashishni olib borish mumkin. U gurux bilan suxbatlashishni ayrim vaqtlari bolalar charchab o’tirgan, yoki harakatli, sho’x o’yinlar bilan shug’ilanishni maqul ko’rib o’tirgan bo’lishi mumkin (xullasi bolalarning qanday his-tuyg’ularda ekanligini hisobga olgan holda harakat etishimiz kerak). Bolalar bilan fikrlashishda, nutq orqali munosabatlar qilishda har turli usullarda, har turli yo’llarda olib borgan maqul bo’ladi. Unday ishlamay hamma vaqt bir usulda olib borilaversa bolalarda zerikish paydo bo’ladi. Ayrim vaqtlari bolalarga har qanday vazifalari berilishi mumkin, bunday vazifalari ularga buyriq xolda bo’lmay iltmosi turida bulgani maqul bo’ladi. Iltimosida «Iltimos etaman», «Iltimos», «Marhamat» formalarida emas albatta, «Mansur sen bunday ishlasang qanday bo’ladi?», «Omon seningcha qanday ishlagan maqul deb o’ylaysan?» v.b. turlardagi iltimoslarni qo’llanaverishi mumkin. Bolalar bilan bo’lgan munosabatlarda ayrim vaqtlari bolalar jaxlli munosabatlarda bo’lishi mumkin. Bunday vaqtlari pedagog jaxllanmasdan muloyimlilik bilan munosabat qilishi kerak, shunda bolaning jaxli tez tarqaydi, u bolaning jaxllanishi bilan tarbiyachida jaxllansa unda ular o’rtasida janjallar bo’lishi mumkin, bu ular o’rtasidagi munosabatlarni buzadi. Pedagog bolalar bilan bo’lgan munosabatlarda hamma vaqt ularning fikrlarini tinglab, ish bobida hisobga olib borishlari lozim. *ar qanday ish ularning fikrlari bo’yicha olib borilsa fikrlari maqullanib, rag’batlantirib borilsa, ularda o’zlariga ishonchlar paydo etadi. Yaqindan harakat etadi, pedagogga xoxlagan vaqtda o’z fikrlarini aytadi, uni eng yaqin do’sti hisoblaydi. Pedagogikalik konfliktlarning oldini olishning birdan bir yo’li shu yuqorida so’z etilgan pedagog ham o’quvchilar jamiyatining bir-birini tushinib ishlashi bo’lib hisoblanadi. Mavzu: Pedagogik konfliktning oldini olish − tarbiya usullarini to’g’ri qo’llash REJA: 1. Pedagogik konfliktning oldini olish haqida tushuncha. 2. Pedagogik konfliktning oldini-olishda qo’llaniladigan tarbiya usullari turlari. 3. Tarbiya usullarini to’g’ri tanlash va qo’llash. Tayanch tushunchalar: Konflikt, konfliktologiya, oldini olish, pedagog, o’quvchi, ota-ona, tarbiya metodlari, metodlarni tanlash ishontirish usuli, namuna va rag’batlantirish va tushuntirish, suxbat, ma:ruza, bayonat. Tarbiya tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning ongli ravishdagi ish faoliyatlarini o’z ishiga olgan ikki taraflama jarayon bo’lib hisoblanadi. Tarbiyachilar bilim va tarbiyaga ega bo’lgan kishilar bo’lishi kerak. Tarbiyalanuvchilar bilim va tajiriba o’rgatuvchi yoshlardan iborat. Biroq tarbiyalanuvchilar malum darjada faol faoliyat ko’rsatmasa, tajiriba va bilim o’rganishi samarali bo’lmaydi. Demak, tarbiya usuli tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o’zaro ta:sir ko’rsatish usullari hisoblanadi. Tarbiya ishlarning samarasi bo’lib tarbiyaviy jarayonning usullari, vositalarini tashkillashtirish va uni foydalanishga bog’liq. Tarbiyachilar pedagogik ta:sir etishning bolaga qulayli usullarini, eng maqul yo’llarini tanlab olishlari, uning o’zligini anglash uchun kerakli sharoitlar yaratishi mumkin. Pedagogik konfliktning oldini olish borisida asosan quyidagi tarbiyaviy metodlardan va uslublardan foydalaniladi. 1. Ishontirish metodi. (Ongni shakllantirish). 2. Namuna va ibrat metodi. 3. Rag’batlantirish va jazolash metodi. O’quvchilarni odob-axloq, intizomli etib tarbiyalashda eng ko’p qo’llanadigan metodlardan biri. Ishontirishning asosiy uslublari: tushintirish, uqtirish, nasixat, maslahat berish, iltimos va so’roq, buyruq, talab, suxbatlashish, maruza, uchrashuv, kecha v.b. Tushintirish − tarbiyaviy ishlarda keng qo’llaniladi. Bolalarga biror narsaning kerak ekanligini har bir odam uchun zarur ekanligi lo’nda aniq etib tushintirilib beriladi. Masalan, o’quvchilar uchun qoidalarni kattalar bilan xurmatda bulishni maktabda, ko’chada va ijtimoiy joylarda odob saqlashni qisqa aniq etib tushintiradi. Kattalarga salom berishni, ularga izzat hurmat ko’rsatish, ko’chada, avtobusda ularga o’rin berish kerakligi tushintiriladi. Uqtirish − ma:lum bir morallik sifatni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish, ular tomonidan shu sifatni uqub olishni taminlashga qaratiladi sababi talabni nazorat qilish o’qituvchi tarafidan past bo’ladi. Ma:ruza, munozara, disputlar − yuqori sinf o’quvchilari ko’pgina tajribalarga ega bo’lganlikdan ularga bilimga tarbiyaga shunchalik talabi kuchli bo’ladi. Shuning uchun ularni morallik jixatdan tarbiyalashda ma:ruza katta ahamiyatga ega. Bu yoshdagi bolalarda o’z fikrlarini aytish baxs munozaralarga chiqish v.b imkoniyatlari bor. Shuning uchun yuqori sinf o’quvchilari bilan disputlar o’tkazish o’rinli bo’ladi. Kitob o’quvchilari bilan konferentsiya. O’quvchilarni morallik jixatdan tarbiya maqsadida maktab va sinf bo’yicha kitob o’quvchilari konferentsiyasi o’tkaziladi. Bunday konferentsiyalarga tavsiya etiladi. Konferentsiyaning bo’ladiganligi avval xabarlantirilib, puxta tayyorgarlik ko’riladi. Bunga ko’pincha adabiyot fani o’qituvchilari boshchilik etib boradi. Tarbiyani o’rgatish va odatlantirish. Bolalarda morallik sifatlar yashayotgan muxitiga bog’lik rivojlanadi. Ota-onalar, ustozlar, tarbiyachilar boshchiligida tarbiyalanadi. Ota-ona o’qituvchilar, tarbiyachilarning boshchiligida ularda tarbiyalanadi. Tarbiyada ijtimoiy ishlarning roli. Yosh avlodni tarbiyalashda tarbiyaning eng ahamiyatli vazifalardan biri bo’lib, ularning ko’pchilikning ichiga kollektivda foyda keltirishini, ko’pchilik ijtimoiy ishlarni bajarishga o’rgatadi. №aytarib olish bolalarda yomon odatlarning, yomon harakterli xulqni qaytarib olish metodi qo’llaniladi. Bu metodni qo’llanish juda ziyraklilikni talab etadi. Masalan: o’quvchi biron bir narsaga juda qiziqib, shu narsaga juda ko’p ko’ngil bo’lib yuborishi mumkin. «O’qigandan uqqan yaxshi» degan xalq maqoli bor. Uqub olingan morallik sifat bola bilan yo’ldosh bo’ladi. Odamning etti yoshidagi odati u0 yoshda ham qolmaydi» degan xalq fikri ham bor. Demak bolalar yosh vaqtida nimaga o’rgansa, nimani uqsa, nimaga odatlansa, unga odat bo’lib qoladiganligini nasixatlaydi. Kengash berish − o’qituvchi, tarbiyachi ham katta yoshdagi odamlarning yoshlarga o’z tajribalarini, ko’rgan bilganlarini, o’qiganlarini dalillab va aniq misollar bilan ishonarli etib aytib berishi natijasida yaxshi odob-axloqlilikka, xulq-atvoridagi, xarakteridagi yomon odatlarni yo’q etishga xarakat etishdan iborat. Nasixat berish − yoshlarni yaxshi tomonga yo’naltirish, yaxshi sifatlarning shakllanishiga yo’l-yo’riq ko’rsatish degan ma:noni anglatadi. Maslahat berish − oldingi voqea yuzaga kelganda, yoki biror ishni boshlashdan oldin ishda ish-harakat, xulq-atvorda nima qilsa bo’lishi kerak ekanligi to’g’risida maslahat beriladi. Iltimos− iltimos va savol bilan bolalarga munosabatda bo’lish ular o’zlarining o’ziga bo’lgan ishonch ortadi, va maqtanish hissiyoti paydo bo’ladi. Masalan: Gulnoz sen bugun Lolaga dars tayyorlashda yordam bering iltmosYo Uyda ota-onalarga yordam beringlar, ular juda xursand bo’ladilar. Buyriq va talap etish − tarbiya borasida bolalar bilan jamaotimiz va otaonalar tarafidan qo’yiladigan maqsad va vazifalarni bajarishda bo’yruq va talab usullari ishlatiladi. Maktab o’quvchilariga o’z vazifalari, maqsadlari, bajaradigan ishlarini tushintirib qo’yish kerak. Shunda ular bo’yruqning va talabning manosini aniq tushinadi. Buyruq tovushni ko’tarib, do’q urib emas, oddiy so’z bilan aytilishi kerak. Tarbiyada namuna va o’rnak olish metodi. Bolalarda bashqalarning ish-xarakati, hulq-atvori, ongi yoki mexanik takrorlash qabuliyati kuchli rivojlangan bo’ladi. Namuna ota-bobolarimizdan, momolarimizdan o’z farzandlariga qoldirgan ugit-nasihatlari, milliy ananalari bo’lib hisoblanadi. Buning uchun ertak, maqol, hikoyalarni aytib beri shva undagi tarbiyalar haqida tushunchalar berish kerak.