KIRISh Muammoning dolzarbligi. Inqirozli oilalar uchun ijtimoiy psixologik xizmat mazmuni muammolarini ilmiy asosda o’rganish hozirgi davrda oliy pedagogik ta’limda amalga oshirilayotgan islohatlar bilan o’zaro bog’liqdir. Ushbu mavzuning dolzarbligi yosh avlodning tarbiyasi, mustahkam oilani shakllantirish bilan uyg’unligidadir. Bakomol yoshlarni tarbiyalash, ularning oila qurishi va mamlakatda ijtimoiy iqtisodiy yo’nalishda o’tkazilayotgan islohatlardagi faol ishtirokiga qaratilgandir. Bu strategik masala yoshlarning o’qib o’rganishlarini, mustahkam oila qurib jamiyatimizga xizmat qilishdagi faoliyatlarini yanada takomillashtirshni, ular hayotining jamiyat talablari darajasida bo’lishini talab qiladi. Bizning yurtimizda inqirozli oilalarning kam bo’lishi islohatlarga monand ishdir. Shuning uchun hum O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning taklifiga binoan 2012 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilindi.
Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda Ta’lim to’g’risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilish natijasida ta’lim jarayonida tub o’zgarishlar ro’y berdi. Oliy pedagogik ta’limning barcha jabhalarida yangi pedagogik texnologiyalar joriy qilindi. Talabalar psixologik rivojlanishidagi muhim psixologik faktorlardan biri ularning yoshiga monand ta’lim berilishini tashkil qilish masalasidir. Shuningdek ushbu ilmiy muammoning dolzarbligi ta’lim va tarbiya jarayonida uchrayotgan, muammoli ta’limda foydalanilayotgan yangi pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga joriy qilish kabi psixologik muammolarni chuqur ilmiy tahlil qilishni ham talab qiladi hamda bu jarayon yoshlarimizning axloqiy, huquqiy tarbiyasida, ularning mustahkam oilani shakllantirishlaridagi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki oiladagi munosabatlarning o’ziga xos xususiyati er xotin munosabatlarida inqirozga yo’l qo’ymaslikdan iboratdir
Tanlangan mavzuning dolzarbligi yana shu bilan xarakterlanadiki, chunki bu masala yoshlar oila qurishga tayyorgarligi tarbiyasini yuksaltirish, ularning psixologik va pedagogik ta’lim olishi, bevosita kelajagi, ya’ni jamiyatdagi o’rni, mustaqil oila qurishlari bilan bog’liqdir. Provard natijada jamiyatda mustahkam oilaning poydevorini vujudga keltirishdir.
Shuningdek, ta’limni modernizasiyalash davrida O’zbekistonda pedagogika va psixologiya fani rivojlandi, natijada talabalarni o’qib o’rgatishni ta’minlashga qaratilgan psixologik ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Biz tanlagan tadqiqot mavzusining dolzarbligi psixologik ta’limda qo’llanilayotgan pedagogik texnologiyalarning amaliyotdagi ahamiyati ya’ni iqirozli oilalar masalasinir ilmiy asosda o’rganish bilan ham uyg’unligidadir.
Ta’kidlash lozimki, yoshlarning aqliy, psixologik, jismoniy rivojida ta’limning ilg’or usullari va oila psixologiyasi fani texnologiyalarini qo’llashning bevosita psixologik amaliyotdagi o’zgacha turi sifatida, yoshlarga oila qurish jarayonida ilmiy psixologik yordam ko’rsatish, inqirozli hollarda ushbu vaziyatdan chiqish jarayonining yaxlitliligini ham aks ettiradi.
Mavzuning dolzarbligiinqirozli oilaviy munosabatlar sharoitida tarbiyaviy ishlarning mohiyati, mazmuni, yo’nalishlarining o’ziga xos psixologik xususiyatilari bilan bog’liqligi ushbu bitiruv malakaviy ishning maksad va vazifalarini aniklash bilan ham belgilanadi.
Mamlakatimizda barcha aholining 97 foizi oilalarga birlashib yashaydi, qolgan uch foizi – ya’ni, yolg’iz qolgan keksalar, ota-onadan yetim bo’lib qolgan va Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotganlar, boshqa yurtdan kelib vaqtinchalik O’zbekistonda istiqomat qilayotganlar ham oila a’zolari, yaqinlari, yurtdoshlari, turli davlat va nodavlat tashkilotlaridagi insonparvar odamlarning mehridan darig’ emas. Shu ma’noda oila – inson o’z baxti va saodati, orzu-havaslari, maqsad-muddaolarini mushtarak qilgan, o’zini inson sifatida idrok etib hayot nashidasini suradigan muqaddas makondir.
Oila – jamiyatning ajralmas bo’lagi. Biror bir xalq, millat yoki jamiyat yo’qki, u o’zining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va uning atrofidagi muammolarni, qadriyatlarini inobatga olmagan bo’lsa. Har qanday istiqbol oilaning manfaatlaridan alohida holda tasavvur qilinmaydi. Zero, har bir inson uchun oila – bu umrning boshlanishi, barcha narsalarning muqaddimasidir. Qolaversa, har bir inson o’z baxti va saodatini eng avvalo oilasi bilan bog’laydi, ya’ni, o’z uyi, oilasida baxtli bo’lgan insongina o’zini to’laqonli bahtiyor his etadi. Shuning uchun ham bizning mamlakatimizda inqirozli oilalrning bo’lmasligiga alohida ahamiyat berilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2012 yilning “Mustahkam oila yili” deb nomlanishi mamlakatimiz yoshlari uchun, ularning ekologik tarbiyasida va ekologik madaniyatini shakllantirishda amaliy ahamiyat kasb etadi. “Yangi yilga mana shunday nom berishimiz, azal azaldan, xalqimiz uchun muqaddas bo’lmish oilani hayotimiz tayanchi va suyanchi, jamiyatimizning hal qiluvchi asosiy bo’g’ini deb qabul qilishimiz zamirida, hyech shubhasiz, juda katta ma’no mohiyat mujassam. Chunki, oila sog’lom ekan - jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan - mamlakat barqaror. Buni isbotlab, tasdiqlab berishning hyech qanday hojati yo’q”.1 Prezidentimizning ushbu metodologik ahamiyatga ega bo’lgan tavsiya ham bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligidan dalolat beradi.