O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ‘’Ustozlarga ehtirom” mavzusida o’tkazilgan tadbir bayonnomasi



Yüklə 5,59 Mb.
tarix11.10.2023
ölçüsü5,59 Mb.
#153595
1-октябрь баённомаси


O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida
Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ‘’Ustozlarga ehtirom” mavzusida o’tkazilgan tadbir
BAYONNOMASI
28-sentabr Qo‘qon shahri
Qatnashdilar: o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dekani B.Hasanova, o‘zbek tili kafedrasi mudiri O.To’xtasinova, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig’I F.Ibragimov, fakultet professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda 150 dan ortiq talabalar.
1-boshlovchi:_Iymon_qayda_edi_ustoz_bo’lmasa,_Irfon_qayda_edi,_ustoz_bo’lmasa,_Sohibqiron_qayda,_Navoiy_qayda_Cho’lpon_qayda_edi,ustoz_bo’lmasa!_2-boshlovchi'>1-boshlovchi:
Iymon qayda edi ustoz bo’lmasa,
Irfon qayda edi, ustoz bo’lmasa,
Sohibqiron qayda, Navoiy qayda
Cho’lpon qayda edi,ustoz bo’lmasa!
2-boshlovchi:
Yo’qsillar yurtiga dunyo keltirgan,
Sahrolar bag’riga daryo keltirgan,
Ul yurtdan ,bul yurtga ziyo keltirgan
Karvon qayda edi, ustoz bo’lmasa!
1-boshlovchi: Assalomu alaykum jamiyat oldida katta mas’uliyat sohibi bo’lgan muallimlar!
2-boshlovchi: Assalomu alaykum o’z kasbining o’ziga xos shavq-zavqi ,mehrigiyosi va jozibador sehridan bahramand bo’layotgan ,o’z kasbini fidoiysi sanalgan aziz ustozlar!
1-boshlovchi: Muhammad Yusuf tilida aytganda ‘’Mashrabni mashhuri dunyolar qilgan, Abdulloning tilin burrolar qilgan’’ zotlar, sizlar tufayli biz xayolan bo’lsa ham “Oq kemalar”da sayr qilganmiz, ”Yulduzli tunlar’’da tarixning sirli xilqatlarini o’ylab, “O’tmishdan ertaklar”tinglaganmiz.
2-boshlovchi:
Sharxlab bermoq uchun mehnatingizni,
Sizning bir soatlik zahmatingizni—
Qirq ming chirog’ bilan ko’p shamlar kerak,
Qirq bahor , yana qirq ko’klamlar kerak.
1-boshlovchi: Bugungi 1- oktabr ustoz va murabbiylar kuniga bag’ishlangan ‘Ustozlarga ehtirom!” deb nomlangan tadbir kechamizga xush kelibsizlar. Tadbirni ochib berish uchun so’z navbatini o’zbek tili va adabiyoti fakulteti dekani Hasanova Barnoxon Yusupovnaga beramiz. Marhamat, ustoz!
Fakultet dekani B.Hasanova so’zi: Assalomu alaykum, hurmatli ustozlat, aziz talabalar! Sizlarni bugungi bayram bilan tabriklayman. Kelgusida talabalarimiz ham yetuk mutaxassislar bo’lib, ustoz darajasida shogirdlar ardog’ida yurishlarini tilab qolaman. Ustozlarni ardoqlab, shunday tadbir tashlil qilganlari uchun rahmat.

Bugun 1-bosqich talabalari tomonidan tayyorlangan “Tabarruklar ichra tabarruk ustoz!” nomli tadbirni ochiq deb e’lon qilaman.


Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan jonli ijrodagi qo’shiqlar, raqslar hamda ustozlarni madh etuvchi she’rlar ijro etildi.
Ayniqsa, tadbir so’ngida talaba Safarboyeva Munira, Abdurahmonova Iroda,Mo’minova Dildora, Xoldaraliyeva Fotima tomonidan ustozlarga bag’ishlangan she’ri hammada iliq taassurot qoldirdi.
Tadbir so’ngida ustozlarga talabalar gullar sovg’a qildilar.
Tadbirdan fotolavhavlar



Tyutor: D.Mamathojiyeva


Fakultet YBIB D.Rahmatullayeva
Yüklə 5,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin