Education in Malaysia


– rasm. Yoqtirib qolishning tashqi yoqimtoylikka bog’liqligi



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə29/124
tarix28.03.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#90806
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   124
2.1.1 – rasm. Yoqtirib qolishning tashqi yoqimtoylikka bog’liqligi
Yoqtirib qolishga turtki bo’luvchi ijtimoiy-demografik xususiyatlarga eng avvalo insonning jamiyatda tutgan o’rni, ijtimoiy maqomi, ma’lumoti darajasi, kasb-kori, moddiy ta’minlanganligi, millati va diniy e’tiqodi, qayerda, kimlar bilan yashashi kabilar kiradi. Ko’pincha ayni shu belgilar yoki xususiyatlar bilan yaqin bo’lgan insonlar o’zaro bir-birlarini tezroq yoqib qoladilar, chunki o’xshash belgilar yoki ko’ngildagi sifatlarning sherikda, tanishda mavjudligi unga nisbatan ijobiy fikr-mulohazalarning shakllanishiga, stereotiplarning yaxshi ma’noda uyg’unlashishiga zamin yaratadi.
Bundan tashqari, yoqtirib qolishga shaxsning qadriyatlari tizimi, hayotdagi maqsadlarining mushtarakligi, bajarayotgan ijtimoiy rollarining yaqinligi, omadlilik kabi qator jiddiy sifatlar ham turtki bo’ladi. Shuning uchun talabaning talabani yoqtirib qolishi, tibbiyot xodimining aynan shu sohada ishlaydigan odamni bir ko’rishda “sevib qolishi”, safarda birga bo’lganlarning yoki dam olish maskanlarida tanishib qolganlar o’rtasida romantik munosabatlarning uyg’onishi ehtimoli ko’proqdir.
Bir ko’rishda yoqtirib qolish jarayonining jiddiyroq munosabat-larga aylanishini tushuntirish uchun olimlar “uch filtr nazariyasi”ni ilgari suradilar (2.1.2 – rasm).
2.1.2 – rasm. Sheriklik munosabatlarining dinamikasini ifodalovchi
“uch filtr” nazariyasi

1-filtr bir insonning boshqa bir insonni bevosita o’ziga qaratishi bilan bog’liq jarayon bo’lib, bunda yangi tanishning tashqi jozibasi, bir qarashda ko’zga tashlanadigan sifatlari (masalan, qiz bolaning sochi uzun, ko’zi moviy, yigitning bo’yi uzun, alp qomat kabi) asosiy rol o’ynaydi. Bunday munosabatlar ko’pchilikka xos, ya’ni aksariyat odamlar turli vaziyatlarda boshqa bir odamni yoqtirib qolaveradi. Agar bir-birini o’zaro yoki bir tomonlama yoqtirish mobaynida sherikning ijtimoiy-demografik xususiyatlari ham kutishlarga mos, ma’qul kelib qolsa, munosabatlar 2-filtrga o’tadi. Agar yangi tanishlarning ijtimoiy-psixologik, shaxsiy xususiyatlari va hayotiy maqsadlari ham bir-birlariga ma’qul kelsa, uyg’un munosabatlar 3-filtrga ham o’tadi. Har bir filtrdan o’tishda sheriklar bir-birlari uchun o’zlarining yangidan yangi qirralarini ochaveradilar. Ya’ni, yangidan topishgan, bir-birini yoqtirib qolgan odamlar uchun muhim bo’lgan asosiy narsa o’xshashlikni qidirish va ularni inobatga olgan holda o’z munosabatini bildirishga intilishdir. Boshqa bir yo’nalish – bu sherigida o’zida yetishmayotgan, o’zida mavjud bo’lmagan sifatni topish va uni o’zidagi sifat bilan uyg’unlantirishga intilish. Masalan, o’zi o’ta tortinchoq bo’lgan qizga dadil, gapga chechan yigitning yoqib qolishi ko’p kuzatilgan.


Uchinchi yo’nalish ikkinchiga yaqin, ya’ni, yangi tanishda o’zidagi mavjud sifatlarning qarama-qarshisini izlash, masalan, yigit kamgap bo’lsa, shaddot, sergap qizni yoqtirib qoladi. Bu kabi kemtiklarni sherigi orqali to’ldirishga intilish, ularga kelajakdagi munosabatlarda anchagina egiluvchan bo’lish va har biridagi yaxshi sifatlarni qadrlashni o’rgatadi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin