Education in Malaysia



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə32/124
tarix28.03.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#90806
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   124
7. Munosabatlarning tugashi – bir-birlari bilan boshqa sira yuz ko’rishmaslik bilan bog’liq qaror chiqarishdan boshlanadi. Ayrimlar sherigining aybdor emasligini bilib tursa-da, munosabatlarni tugatgisi kelaveradi, ayrimlar esa bir-biridan ko’ngilsiz bo’lib qolgan bo’lsalarda, birgada yashayveradi. Bundaylar o’zaro muomalani keskin kamaytirib, deyarli gaplashmay ham yashayveradi, bunday arazlashlar ko’pincha u yoki bu tomonning depressiv holatini, asabbuzarlikni keltirib chiqaradi. Chunki odatda bunday holatda qolgan shaxs boshqa sevgilisi yo’qligidan yoki yangi tanishlar ham shunday aldab ketishidan, bolasi taqdirini ijobiy xal qila olmasligidan juda qayg’uradi va hatto kasalga ham chalinib qoladi.
Er va xotin o’rtasidagi romantik munosabatlar yoki ishq-muhabbat aslida bir insonning boshqasi ustidan doimiy hukmronligi, bu hislardan o’z manfaati nuqtai nazaridan foydalanishi demakdir. Bunday harakatlarning tipik misoli adabiyotda o’z aksini topgan bo’lib, bu – Don Juan obrazidir. U o’z jinsiy mayllarini qondirish maqsadida yangidan-yangi qurbonlarni topadi va o’z xohishi yo’lida ularning his-tuyg’ularini toptab ketaveradi. Yoki go’zal va kelishgan ayol o’z maftunkorligi bilan erkaklarni rom etish yo’li bilan ularning xislarini jilovlab olishi mumkin. Ya’ni, Shostrom degan olimning fikricha, har qanday ishq-muhabbatda ana shunday manipulyativ holatlar mavjud bo’ladi.
Psixologik manbalarda sevgiga asoslangan munosabatlarning bir qator turlari va tipologiyasi keltirilgan. Biz bu o’rinda J. Lining 6 tipli munosabatlar nazariyasini keltirishni joiz deb bildik. Ularning dastlabkisi – Eros, bu romantizm va xissiy mayllarga asoslangan muhabbat bo’lib, undan ko’zlangan asosiy maqsad – sevgilisining visoliga erishish va u bilan yaqin, jinsiy munosabatda bo’lishdir. Mania – bir tomonning ikkinchi tomon mehri va muhabbatiga erishishi uchun hamisha xavotir va intiqlik bilan bog’liq bo’lgan talabchan, intiq hissiyotidir. Ludis – o’ziga qaratilgan, xudbinlarcha muhabbat, bunda sevgiga erishmoqchi bo’lgan shaxs nima qilib bo’lsa ham suyuklisining visoliga erishmoqni ko’zlaydi. Storge – do’stona, mustahkam va samimiy hisga asoslangan bir-biriga yaqin, anchadan buyon tanish bo’lgan odamlar o’rtasidagi sevgi. Agape – biror obyektga nisbatan intiqlik, sabr-qanoat bilan boshdan kechirilayotgan ilohiy sevgidir. Nihoyat, Pragma faqat shu inson bilan yashagandagina hayotdagi barcha maqsad-muddaolariga erishish mumkinligini anglagan, hayotiy, aniq mo’ljalli, shaxsiy xudbinlikdan xoli bo’lgan toza sevgidir (E.Xetfild, 2003).
Shu kabi sevgini tipologiyalarga ajratishga uringan olimlar soni ko’p (masalan, Maslou, Gozman, Shostrom va boshqalar), lekin barchasida ham aql-idrokka, hayotiy mo’ljallar xususiyatlariga, o’zaro hamkorlikka, tayyorlikka tayangan sevgi ancha baquvvat va umriboqiydir.
Rus olimi A.I. Antonovning ta’kidlashicha, eng mustahkam nikohga sabab bo’lgan munosabatlarda ikkala tomon ham shaxs sifatida tobora takomillashib, sayqal topib, ularda o’zaro mehrga, bir-biriga yordam berishga ishtiyoq ortib boraveradi. Ko’plab o’tkazilgan tadqiqotlar bo’yicha olimlarning ta’kidlashlaricha, er-xotinlik aloqalari yetuk inson uchun eng ahamiyatli va hayotiy zarur bo’lgan munosabatlardir.
Olimlarni qiziqtirgan muhim masala – mustahkam, baxtli nikohni tashkil etuvchi vosita nima ekanligini aniqlashdir. Shunisi xarakterliki, har bir inson o’z oldiga oila qurish, nikohga kirishni maqsad qilib qo’yar ekan, u avvalo, oila va nikoh borasida xalq orasida shakllangan tasavvurlarga tayanadi. Nikohga kirgan juftlik doimo nikoh tushunchasiga aloqador bo’lgan qat’iy doiralar va normalar dunyosida yashaydi, lekin har bir juftlikning hayoti o’zlarigagina aloqador bo’lgan o’ziga xos xufiyona, sirli olamdir. Zero, ikki individuallikning birlashuviga sabab bo’lgan his-tuyg’ular bir qarashda o’sha “xufiyonalik” sababli zarar ko’rayotganga o’hshaydi, ba’zan er va xotin bir-biriga nafaqat xarakter nuqtai nazaridan, balki tashqi ko’rinish bo’yicha ham o’xshab ketadi, deyishadi. Ikkinchidan, ayni shu birlik, o’xshashlik, “kirib ketishlik” erni ham ayolni ham jamiyatda o’ziga xos bir avtonomiyaga, jozibadorlikka erishib borayotganligining namoyon bo’lishiga turtki bo’ladi. Shu bois bo’lsa kerak, ijobiy hislar tufayli tashkil bo’lgan oilada sevish-sevilishning nafrat-agressiyaga almashinib ketishi ham oson kechadi. Arzimagan narsalar ham ba’zan ikkalasini urishtir qo’yishi mumkin. Bunday polyar, bir-biriga zid hissiyotlarning namoyon bo’lishi ayrim davrlarda unisi yoki bunisining kuchayib ketishiga ham sabab bo’ladi. Masalan, ayol farzand ko’rgan vaqtida, ko’proq chaqaloq bilan ovora bo’lib, eriga befarq qoladi, o’z navbatida unda ham ayoliga nisbatan befarqlik (hattoki, rashk, nafrat) hissi uyg’onishi, aksincha, muayan davrlarda esa ikkalasi Layli-Majnun bo’lishib, faqat bir-birining ishqida yonib yashashi ham kuzatilgan.
E.Shostrom (1994) er bilan xotin o’rtasidagi “ishqiy” pozitiv munosabatlarning quyidagi ko’rinishlarini bayon etadi:

  • bir-biriga bog’lanib qolish yoki o’zaro g’amxo’rlik qilish hissi. Bu shu qadar kuchli bo’lishi mumkinki, er-xotin boshqa bir insonga shunga o’xshash yaqin munosabatni his etmay qoladi. Natijada ba’zan o’g’lini qizg’angan qaynona kelini bilan turli narsalarni bahona qilib, nizo chiqaraveradi.

  • do’stlik – er va xotinning bir-birlarida eng nodir sifatlarni, jumladan, o’ziga xoslik va individuallikni tan olishni nazarda tutadigan hissiyot;

  • eros – sevgining romantik ko’rinishi bo’lib, er-xotinning bir-biriga nisbatan xissiy-jinsiy mayllarining kuchini belgilaydi;

  • empatiya esa, erning yoki xotinning o’z turmush o’rtog’iga doimiy g’amxo’rligi, uni tushunishi va kerak bo’lsa, altruistik fidoiyligini baholovchi hisdir;

  • o’zligini sevish, qadrlash – bir tomondan er-xotinning har qanday sharoitda o’zida eng afzal jihatlarni anglay olish va boshqa tomondan, kerak bo’lsa, yori tufayli o’z xohish-istaklarini jilovlay olish, fidoiylikni namoyon qilishga imkon beruvchi hissiyot.

E.Shostromning fikricha, “er va xotin vaqti-vaqti bilan bir-birlariga zug’um qilish, xafa qilishga ma’nan haqlidirlar”, lekin bunday munosabatlarning yakuni yaxshilik bilan tugashi, shu bahona bir-birlarini yanada yaxshi va yaqindan bilishlariga turtki bo’lishi kerak.
Er va xotin o’rtasidagi salbiy munosabatlarga asos bo’luvchi hissiyotlarga olimlar quyidagilarni kiritadilar:

  • achchiqlanish – oilaviy hayotda ko’p uchraydi, chunki u o’zaro g’amxo’rlik va bog’liqlik kamaygan sharoitlarda o’z-o’zidan paydo bo’ladi; F. Perlzning yozishicha, “Vaqti-vaqti bilan bir-biridan achchiqlanib turish – demak, bir-birini sevish va o’zaro muomalaga bo’lgan intiqlikdir”.

  • aybdorlik – o’zining qilmishi uchun o’ch olishday gap, ko’pincha bu hissiyot ataylab namoyon etiladi;

  • arazlash – turmush o’rtog’idan o’ch olish maqsadida namoyon etiladigan his-tuyg’u;

  • nafrat – turmush o’rtog’iga go’yoki dushmaniga qaraganday muomala qilish va bu yo’lda ba’zan uzoq vaqt gaplashmay qo’yish yoki ataylab o’zini yomonday ko’rsatishdir. Afsuski, bu hissiyot oilaviy hayotda tez-tez bo’lib turadi. Lekin u odamni ichidan zil ketishiga, ich-etini yeb qo’yishiga olib keladi;

  • tanqid qilish – qo’rqoqlikka o’xshaydi, aniq munosabatlarning xarakterini namoyon etishga imkon bermaydi, Shostromning fikricha, bu hissiyot achchiqlanishga o’tgani ma’qul;

  • turmush o’rtog’idan yiroqlashish, ketib qolish – bu ham ma’lum ma’noda bir-birini nazoratda ushlashning bir ko’rinishi, lekin vaziyatni aniq oydinlashtirib olishga xalaqit beradi;

  • befarqlik – umuman munosabatlarni yashiruvchi xis bo’lgani uchun u aloqalarning yomonlashib ketishini tezlashtiradi, hattoki, bunda psixoterapevtik yordam berish ham mushkul bo’lib qoladi.

Shu kabi munosabatlar mohiyatan shaxslararo munosabatlarning ko’rinishlarini ifoda etadi.


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin