158-modda. Vasiylik yoki homiylikdagi bolani farzandlikka olish Vasiylik yoki homiylikdagi bolani farzandlikka olish, agar uning ota-onasidan rozilik talab qilinmaydigan bo’lsa, vasiy yoki homiyning roziligi bilan amalga erishiladi.
159-modda. Ota-onaning bolaning farzandlikka olinishiga roziligi Bolani farzandlikka olish uchun farzandlikka olinayotgan bola ota-onasining roziligi talab etiladi.
Ota-ona bolaning muayyan bir shaxs (shaxslar) tomonidan farzandlikka olinishiga rozilik berishlari yoki farzandlikka berishga rozilik bildirib, farzandlikka oluvchilarni tanlash ixtiyorini vasiylik va homiylik organiga havola qilishlari mumkin.
Ota-onaning bolaning farzandlikka olinishiga roziligi yozma shaklda bayon etilishi kerak.
Farzandlikka olish to’g’risida qaror chiqarilgunga qadar ota-ona o’z roziligini qaytarib olishga haqlidir.
160-modda. Ota-onaning roziligisiz farzandlikka olish Farzandlikka olish quyidagi hollarda:
ota-onaning kimligi noma’lum bo’lsa;
ota-ona ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bo’lsa;
ota-ona muomalaga layoqatsiz, bedarak yo’qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan bo’lsa;
ota-ona bir yildan ortiq muddat davomida bolalar yoki davolash muassasalaridagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan bo’lsa, ota-onaning roziligisiz amalga oshiriladi.
161-modda. Davlat bolalar muassasalari tarbiyasi va ta’minotidagi bolalarni farzandlikka olish Davlat bolalar muassasalarining tarbiyasi va ta’minotidagi bolalarni farzandlikka olish, agar ularning ota-onasi roziligi talab etilmaydigan bo’lsa, shu muassasa ma’muriyatining roziligi bilan amalga oshiriladi.
162-modda. Bolani takroran farzandlikka olish Farzandlikka olish to’g’risidagi birinchi qaror sud tartibida bekor qilingandan keyingina bolaning takroran farzandlikka olishga yo’l qo’yiladi.
163-modda. Farzandlikka olish rad etilganligi ustidan shikoyat qilish Tuman, shahar hokimining farzandlikka olishni rad etganligi ustidan farzandlikka olish haqida ariza bergan shaxs sud tartibida shikoyat qilishi mumkin.